Ma‘noli So‘zlar
1.05K subscribers
8.28K photos
1.08K videos
8 files
1.6K links
Siz kutgan va
Siz izlagan kanal...!!!

Yurakdan yozilganlar yurakka boradi...

Eng sara va eng so'nggi...

Statuslar...

Rasmlar...

Musiqa..

Aforizmlar...

Faqat bizda!

#Inshaalloh_10k🖤🖇
Download Telegram
Ma‘noli So‘zlar
O'limga bir kun yaqinlashdik... @manoli_sozlarrr
#Anglaganlarim

Qorongʻu yoʻllar...yuqori tezlikdagi mashina...Baland ovozdagi musiqa...Va birdaniga koʻz oldimda chaqnagan chiroqlar...
Men jonim oʻlimga shu qadar yaqin ekanligini sezdimki,avval biror bora nafasim haqida bu kabi qaygʻurmagan ekanman.Zum oʻtmay boʻlgan hodisalar orasida koʻrganlarim bu bir umrlik hayotim edi .Bir umrlik... Nahot umrim bir butun shu yerda tugashi mumkin edi .Men tayyor edimmi bunga?... Yoʻq ,aslo...Hayotimni asragan Allohga hamdlar boʻlsin.Gunohkor bandangga yana bir bor imkon berganingga shukurlar boʻlsin Allohim.Banda...Men oʻzim bandalik shartlarini bajaolgandimmi ? Javob bermoq ogʻir...Tilimda aytgan shahodat kalimasi dilimda ham jarang berar edimi ? .Jonim koʻzlarimga kelmasidan burun hech bu savollarni xayolga ham olmas edim .
Shu qadar aslimdan yiroq ekanimni bir lahzada anglatding, Yo Robbim.
Hali imkon bor ekan har nafasimiz nafsimiz uchun urishidan ehtiyot boʻlmoq kerak ekan....
Va albatta unga qaytishimizni unutmaslik...
Oʻlim aslida dahshatli emas.Agar banda iymonli boʻlsa ,jon bermoq ham huzur ekan oʻylasam ...

Alloh oʻzi asrasin. oʻzi vaqt va imkon bersin ...

@manoli_sozlarrr
👍2