Kun.uz | Online
52.1K subscribers
10.1K photos
6.14K videos
10 files
2.82K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: @kunuzmurojaat
Reklama:
+998 78 113 77 33
Download Telegram
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov ishdan olindi.

Agentlik mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard so‘mlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard so‘mga sotib yuborgan.

👉 @kunonline
1👍285🔥3129😁21😡20🤔8👎1😢1
«O‘zbekneftgaz» AJda katta taftish ketmoqda – prezident

Ushbu tashkilotlarda milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlangan.

Shu kunlarda «O‘zbekneftgaz» AJ sobiq rahbari Bahodir Sidiqov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

👉 @kunonline
1🔥113👍6115😁10👎1
Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari B.Abdullayev va departament boshlig‘i R.Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

👉 @kunonline
2👍337🔥3912😁9👎1😡1
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi yig‘ilishda davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uchun mas’ullar faoliyatini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani qayd etildi.

👉 @kunonline
👍25023😁11🔥2👎1
«O‘zbekneftgaz» AJ sobiq rahbari Bahodir Sidiqov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Tergovni DXX olib bormoqda.

Davlat rahbari DXX raisiga “O‘zbekneftegaz” AJ uchun mas’ul xodimlarining javobgarligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

👉 @kunonline
👍310🔥3912🤔9😁5👎1
Shavkat Mirziyoyev: Shuncha shaxs noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi?

“2025-yil sudda 422 ta shaxs oqlangani sudyalarni mustaqil qaror qabul qilayotganidan dalolat. Bu, albatta, yaxshi! Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Shuncha shaxsning noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi?

Tergovda son emas, sifat bo‘lishi kerak. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillashtirish zarur”, – dedi prezident.

Shuningdek, davlat raxbari Toshkentdagi ichki ishlar idoralarida 100 ta tergovchi lavozimi uch oydan buyon vakant ekanini aytdi. Oqibatda bu yuklama ham boshqa xodimlarga tushgani uchun sifat yo‘qolib borayotgani qayd etildi.

👉 @kunonline
2👍27232🔥28😁9🤔7👎2
Toshkentning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” tashkil qilinadi

Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.

Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi.

👉 @kunonline
1👍403🔥126😁4837🤔6🤨5👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Erkalatib yubordik» – rossiyalik propagandachi Markaziy Osiyo davlatlari «o‘z o‘rnini bilishi» kerakligini aytdi

Mixeyev ushbu mamlakatlar «o‘z xatti-harakatlari haqida o‘ylab ko‘rishi» va «o‘z o‘rnini bilishi» kerakligini ta’kidlab, Ukraina atrofidagi vaziyat bilan parallel o‘tkazgan.

👉 @kunonline
1😡699👎77😁4515👍10🤔6🤨3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiq dovonida quyuq tuman tushdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu hududda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishini so‘radi.

👉 @kunonline
19👍8🔥2👎1🤔1
Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi

👉 @kunonline
👍219🔥159😁5😡4👎2😢2
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Bahodir Toshmatov Milliy gvardiyaning yangi qo‘mondoni etib tayinlandi

👉 @kunonline
👍170🔥17🤔149👎4
Azizbek Ikromov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

U favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

👉 @kunonline
👍207🤨42🔥14😁13👎10😡96
Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Ayubxon Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi; Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

👉 @kunonline
👍170🔥2515🤔3👎1😁1😢1
Kun.uz | Online
Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi 👉 @kunonline
Rustam Jo‘rayev ham IIV rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimini tark etgan Jo‘rayev endi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlaydi.

Bu lavozim o‘tgan yil dekabrida Bekmurod Abdullayev ishdan olinganidan buyon bo‘sh turgandi.

👉 @kunonline
👎32😁116🔥2👍1
Ichki ishlar vaziriga yana ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Rustam Mirzayev ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi, Diyorbek Sattorov esa ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ularning ikkisi ham shu vaqtgacha Prezident administratsiyasida ishlab kelgan.

👉 @kunonline
👍188👎2910🔥10🤔3
Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Azizxon Sharipxonovich Umarxonov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

👉 @kunonline
👍190👎37🔥1814🤔1
Kun.uz | Online
Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi Ayubxon Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;…
Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

U Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Azizbek Ikromovning o‘rnini egalladi.

👉 @kunonline
👍3517👎16🤔3🔥1
❗️Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlar reytingida yana 1-o‘rinda

Havo sifati “xavfli” toifada turibdi.

👉 @kunonline
😁118😢41😡32👍154👎2
Google dollarning so‘mga nisbatan kursini xato ko‘rsatmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Google qidiruvidan olingan skrinshot aylanmoqda, unda 1 AQSh dollari 6778 so‘m ekani ko‘rsatilgan (ushbu xabar e’lon qilinayotgan paytda ham Google'da shu qiymat saqlanib turibdi). Lekin bu – texnik xatolik. Respublika valyuta birjasida bugungi ochilish auksion kursi 12 230,0 so‘mni tashkil etdi.

Qayd etib o‘tish lozim, dollar kursi 5 kundan buyon ketma-ket ko‘tarilmoqda.

👉 @kunonline
😁18316🔥15😢6👍3👎1
Buxoro viloyati Qorako‘l shahri Tayqir MFYda ikki qavatli, ko‘p xonadonli uyda portlash sodir bo‘ldi

Jabrlanganlar borligi aytilmoqda.

Hodisa joyiga FVV tuzilmalari yetib borgan

👉 @kunonline
😢8415😁2🤨1