Kun.uz | Online
52.4K subscribers
10.1K photos
6.13K videos
10 files
2.82K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: @kunuzmurojaat
Reklama:
+998 78 113 77 33
Download Telegram
Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi

👉 @kunonline
👍219🔥159😁5😡4👎2😢2
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Bahodir Toshmatov Milliy gvardiyaning yangi qo‘mondoni etib tayinlandi

👉 @kunonline
👍170🔥17🤔149👎4
Azizbek Ikromov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

U favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga o‘tkazilgan.

👉 @kunonline
👍207🤨42🔥14😁13👎10😡95
Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Ayubxon Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi; Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

👉 @kunonline
👍170🔥2514🤔3👎1😁1
Kun.uz | Online
Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi 👉 @kunonline
Rustam Jo‘rayev ham IIV rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimini tark etgan Jo‘rayev endi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlaydi.

Bu lavozim o‘tgan yil dekabrida Bekmurod Abdullayev ishdan olinganidan buyon bo‘sh turgandi.

👉 @kunonline
👎32😁116🔥2👍1
Ichki ishlar vaziriga yana ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Rustam Mirzayev ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi, Diyorbek Sattorov esa ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ularning ikkisi ham shu vaqtgacha Prezident administratsiyasida ishlab kelgan.

👉 @kunonline
👍188👎2910🔥10🤔3
Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Azizxon Sharipxonovich Umarxonov Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

👉 @kunonline
👍190👎37🔥1814🤔1
Kun.uz | Online
Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi Ayubxon Rahmatullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;…
Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

U Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Azizbek Ikromovning o‘rnini egalladi.

👉 @kunonline
👍3517👎16🤔3🔥1
❗️Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlar reytingida yana 1-o‘rinda

Havo sifati “xavfli” toifada turibdi.

👉 @kunonline
😁118😢40😡32👍154👎2
Google dollarning so‘mga nisbatan kursini xato ko‘rsatmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Google qidiruvidan olingan skrinshot aylanmoqda, unda 1 AQSh dollari 6778 so‘m ekani ko‘rsatilgan (ushbu xabar e’lon qilinayotgan paytda ham Google'da shu qiymat saqlanib turibdi). Lekin bu – texnik xatolik. Respublika valyuta birjasida bugungi ochilish auksion kursi 12 230,0 so‘mni tashkil etdi.

Qayd etib o‘tish lozim, dollar kursi 5 kundan buyon ketma-ket ko‘tarilmoqda.

👉 @kunonline
😁18316🔥15😢6👍3👎1
Buxoro viloyati Qorako‘l shahri Tayqir MFYda ikki qavatli, ko‘p xonadonli uyda portlash sodir bo‘ldi

Jabrlanganlar borligi aytilmoqda.

Hodisa joyiga FVV tuzilmalari yetib borgan

👉 @kunonline
😢8414😁2🤨1
Kun.uz | Online
Buxoro viloyati Qorako‘l shahri Tayqir MFYda ikki qavatli, ko‘p xonadonli uyda portlash sodir bo‘ldi Jabrlanganlar borligi aytilmoqda. Hodisa joyiga FVV tuzilmalari yetib borgan 👉 @kunonline
FVV izoh berdi:

31-yanvar kuni soat 08:23 da 112 tizimi orqali Buxoro viloyati, Qorakoʻl tuman "Tinchlik" MFY “Shoʻrobod” koʻchasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz natijasida chaqnash sodir boʻlganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

👉 @kunonline
47😢17👎6🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod tumanidagi Aviator majmuasida yong‘in chiqdi

Yong‘in 1 soatdan ortiqroq vaqtdan beri davom etyapti. Uni o‘chirishga bevosita FVVning yangi rahbari bosh-qosh bo‘lib turibdi. Jarohatlanganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Korzinka bayonotiga ko‘ra, supermarket bu binodan ijara huquqi asosida foydalanadi. Yong‘in binoning 2-qavatida, boshqa ijarachilar hududida boshlangani, uning kelib chiqishiga 1-qavatda joylashgan Korzinka'ning aloqasi yo‘qligi ma’lum qilindi.

@kunonline
😢4321👍12🤔5🔥1
👨‍💻 Texno olamda nima gap?

— O‘zbekistonda TON bilan bog‘liq ayrim servislar ishlamay qoldi;

— OpenAI botlarsiz ijtimoiy tarmoq yaratish ustida ishlayapti;

Shveysariyaliklar yong‘in paytida odamlarni qidirish uchun maxsus dron ishlab chiqdi;

— Birinchi bukiladigan iPhone qanday bo‘ladi?;

— 90-yillardagi ofis kompyuteri qaytdi, lekin ichida RTX bor

💡 Raqamli dunyoda adashib qolmaslik uchun “Kun.uz Texnologiya” sahifasini kuzatib boring.


👉 https://xn--r1a.website/+FhwW7Y1BQSthZDAy
13👎3🔥3👍2🤔1
Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess 2026 turnirida g‘olib chiqdi

Ikkinchi o‘rin esa Javohir Sindarovga nasib qildi.

Ularning ikkisi ham dunyo reytingida ko’tarilib olishdi.

👉 @kunonline
4👍35037🔥20👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Senator Abdusaid Ko‘chimov so‘nggi paytlarda faollashgan rus propagandachilariga javob berdi

“…Karvonimizga tahdid qiladigan har qanday kuchga, akillagan har qanday laychaga yoki har qanday qashqirga qarshi o‘z joyida javob berishimiz, kovushini to‘g‘rilab qo‘yishimiz, popugini pasaytirib qo‘yishimiz, aqlini kiritib qo‘yishimiz kerak”, dedi u.


👉 @kunonline
2👍432🔥48😁3635👎9