Khumoyun Codes
4.21K subscribers
377 photos
52 videos
12 files
371 links
Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar.

Muallif: Khumoyun Inoyatov
| Boshqa tarmoqlarga linklar:https://linktr.ee/ikhumoyun
| Tanlangan maqolalar:https://bit.ly/3PBHPOM
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va’da qilingan suhbatimizga trailer 🎞️🎙️

200 🔥 yig’ishga yig’dikku lekin texnik muammo bo’lshini hisobga olmagan ekanmiz, umumiy plan olgan kameramizda ovoz yozilmagan va o’chib qolavergan. Shunga sync qilishda muammo bor. Tog’rlab chiqib bo’ldik deyarli, o’xshasa bugun o’xshamasa ertaga chiqadi.

@khumoyun_codes
🔥716💯4👍1
📣 Suhbat yuklandi 📣

Saidolimaka bilan bo'lgan suhbatimiz YouTube ga yuklandi. Suhbat davomida juda ham ko'p qiziqarli va foydali ma'lumotlar berildi. Asosiy "Dasturchi butun umr kod yozadimi?" savolimizga ham javob oldik. Tushlikdan keyin backgroundda eshtishlik chiqipti o'ziyam. Albatta tomosha qiling 😊

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Keyingi suhbatlarda kimni ko'rishni hohlashingizni post izohlariga yozib qoldiring 👇

@khumoyun_codes

https://youtu.be/VnWxsQYw7vg
3🔥187👍2
Hozir HAAD kanalida juda yaxshi yangilikni o'qib qoldim, pentesterlar orasida juda mashhur platformalardan biri "Hack The Box"ga HAAD o'quvchilariga maxsus 50% lik "talabalar chegirmasi" berilarkan. 2 oycha oldin Saud aka bilan shu narsa haqida gaplashgandik, qilish kerak deb, mana uddasidan chiqishbdi, qoyil qoldim 👏 Bu oldin universitet talabalari uchun bor edi, endi markaz o'quvchilari uchun ham bor.

INHAda o'qiyotgan paytimizda ham, INHA talabalari uchun juda ko'p platformalarda chegirmalar bor edi, JetBrainsni barcha IDElarini tekinga olardik, GitHub ham PRO edi. Ba'zi universitetlar hali ham bunday imkoniyatlarni talabalarga berishga shoshilmaydi, iloji boricha bunday chegirmalarni talabalarga berish kerak, balki bu chegirmalar ortidan ertaga kuchli mutaxasislar, startupchi biznesmanlarni soni yana ko'payar.

P.S. Reklama emas :)

@khumoyun_codes
👍116🔥1
Juda ajoyib texnologiya haqidagi yangilikga ko'zim tushdi. Californiyadagi universitetlarning birida, taktil displey deb nomlanayotgan relyefli displey ustida ishlashoytgan ekan, videodagi prototiplarni ko'rsangiz ular hali hom, lekin bir kun kelib bu texnologiya keng ommaga taqdim etilib, kundalik qurilmalarimizda ishlatilsa UI/UX yangi davri boshlansa kerak. Agar tog'ri qo'llanilsa, ko'zi ojiz odamlar ham qurilmalardan nafaqat "voiceover" orqali, balki ushbu texnologiya yordamida osonlikcha foydalanishi mumkindir.

Eng yaxshi ishlatilinishi mumkin bo'lgan sohlardan biri bu albatta avtomobil sanoatida, oxirgi paytda urfga kirgan faqat ekranlar bilan jihozlanib, jismoniy knopkalardan voz kechilayotgan bir paytda bu ayni zo'r yechim bo'larmidi.

Frontendchi sifatida bizda nima o'zgaradi desak, tactile screen bilan ishlagani yangi APImiz bo'ladi va biz nafaqat tugmacha ranglarini balki balandligini ham o'zgartiramiz 😂️️️️️️

Nimalarda kerak bo'lshi mumkinligini o'zingiz o'ylab izohlarda qoldiring :)

@khumoyun_codes
💯83👍3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugalgi mehmonimizni taniydiganlar bormi? Balki ularni kurslarini ko'rgandirsiz?

200 🔥 va suhbat hafta o'rtasida chiqadi, bo'lmasa yakshanbaga qoladi. OLOVlarni bosamiz 😅

Suhbatdoshimiz: Qudrat Abdurahimov a.k.a. Ustozlarning ustozi

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥151👍2
O‘zbekistonlik dasturchilar Yandex Cup 2025 finalida g‘olib bo‘ldi

🏆 Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yandex Cup 2025 xalqaro chempionati finalida backend va frontend yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir Abdug’aniyev qo‘lga kiritdi.

🌐 Final bosqichida 21 davlatdan 196 nafar dasturchi ishtirok etdi, tanlovda qatnashish uchun esa jami 21 mingdan ortiq ariza topshirilgan.

🧑‍💻 Topshiriqlar real dasturiy ishlanmalarga maksimal darajada yaqin bo‘lib, servislar arxitekturasi, navbatlar (queues), algoritmlar, vaqt va yuklama bilan ishlash kabi masalalarni qamrab oldi. Format — 5 soat ichida 6 ta vazifa — nafaqat bilim, balki muhandislik fikrlashini ham sinovdan o‘tkazdi.

Bu natija tizimli mashq va real vazifalar xalqaro darajadagi muvaffaqiyatga olib kelishining yaqqol namunasidir.

👉 Batafsil ma’lumot va g‘oliblarning fikrlarini bu yerdan o‘qishingiz mumkin

@khumoyun_codes
👍34🔥137
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ustozlarning ustozi” Qudrat aka bilan suhbatimizdan lavhalar 🎙️🎞️

Montaj ham tugay deb qoldi, lekin 200 🔥 dan darak yo’q 🤔

@khumoyun_codes
1🔥163👏65
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
2🔥35💯43👍1
Khumoyun Codes
O‘zbekistonlik dasturchilar Yandex Cup 2025 finalida g‘olib bo‘ldi 🏆 Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Yandex Cup 2025 xalqaro chempionati finalida backend va frontend yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblikni o‘zbekistonlik dasturchilar — Nazarbek Boltaboyev va Akobir…
Yandex Cup 2025 yutgan do'stimiz Akobir Abdug'aniev ning kanallari bor ekan, ularni ham kuzatishni tavsiya qilaman. Balki bunaqa natijalarga erishishni sirlarini bizga ham ocharlar 😅

👇👇👇
@akobirabduganiev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🎉2😁1
Forwarded from Dr. Algorithm
Dasturchining odatlari

O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!


Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.

Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?


1. Daraja.

O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.

Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?


Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.

Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?


Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.

2. Soft skill

Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...

Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.


1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish. 
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.

3. Jamoada ishlash.

Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.

Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.

"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?


Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.

Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish 
+ Hashar
+ Ehson

Manimcha, biz nimanidir xato qildik.


Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.

~~~

Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?


Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani. 

Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan? 

+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi. 
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak. 
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi. 

bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?

Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda. 

Yechim

Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak. 
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz. 
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.

#dasturlash #odatlar

30.12.2025 London
@DrAlgorithm
🔥32👍10💯1😡1
Khumoyun Codes
2024-yil sarhisobi 🗓 Oxirgi 4 yildan beri yil sarhisobini kanalda qo'yib boraman. Bu yilgi sarhisobni ham qarshi oling 😊 Bu yil nimalar bo'ldi, nimalar qildim: - O'zim va hamfikr insonlar uchun yangi ish studiyasi ochdim, jihozladim, to'liq barcha tehnikasi…
2025-yil sarhisobi 🗓

Oxirgi 5 yildan beri yil sarhisobini kanalda qo'yib boraman. Bu yil ham an'analarga sodiq qoldim, lekin qisman 🤏

- 3 ta yangi shogird oldim, qo'ldan kelgancha bilimlarimni ulashdim, ishli ham bo'lib ulgurshdi
- Kiberxavfsizlik kursini o'qib tugatdim, ko'pgina CTF musobaqalarida qatnashdim
- 2 martta sayohat qildim, davlatlar sonini 2 taga ko'paytirib, 15 taga yetkazdik
- Onamlar bilan Umra safariga bordim (Bu meni eng katta orzularimdan biri edi, Hudoga shukur yetishdim)
- SkillUp da yangiliklar qildik, yangi versiyasi ishga tushdi
- Kontent yil oxirida bo'lsa ham qaytdim
- Networkimni kengaytirdim, yangi tanish bilishlar orttirdim 😄

Shuni o'zimi? Ha, shuni o'zi! Reja qilgan ishlarimni ba'zilarini qildim, ba'zilarini qilolmadim, asosiysi o'zimda va oilamda barcha sog'-salomat, doimiy ishim bor, bosh omon bo'lsa kirib kelayotgan 2026-yilda balki natijalar bundan ko'proq va yaxshiroq bo'lar, bilmadim. Ba'zi rejalarni tuzib qo'ydim. Lekin buyil odatdagidek to'liq ro'yhat qilib yozgim yo'q, 2027-yil kirib kelayotganda nimalar bo'lganini albatta aytaman. Ayta oladiganim faqat, buyil consistensy bilan ishlash, shaxsiy brandga e'tibor berish va kiberxavfsizlik bo'yicha sertifikatlarni qo'lga kiritsh. Nasib qilsa ro'yhatimiz bu keyingi safar uzunroq bo'lar 😊

P.S. Siz ham kanallaringiz bo'lmasa ham, qayergadir bu yil nimalar qilganingiz va keyingi yilga nimalar qilmoqchi bo'lganligingizni yozib qo'ying. Vaqti-vaqti bilan uni tekshiring, bu shunchaki reja/maqsadlarni unitib qo'ymasdan harakat qilishga yordam beradi.

@khumoyun_codes
👍17🔥105💯1
Vanihoyat men o'zimning birinchi kiberxavfsizlik bo'yicha sertifikatimni oldim.

Yo'q bo'lib ketganimni sababi ham shu edi. Davom etamiz 🙃

@khumoyun_codes
1🔥6011👍7🤩1
Aniq yo'nalish 🎯

Qattiq strukturalangan kompaniyalarning bir yaxshi tarafi bor. Siz keyingi bosqichga o'tishingiz uchun nimalar kerakligi aniq yozib qo'yilgan bo'ladi. Bu sizning manageringiz yoki boshlig'ingizni kayfiyatiga bog'liq bo'lmaydi. Ya'ni biz seni kompaniyamizda "Senior" deb hisoblashimiz uchun, mana bu, mana bu narsalarni bilishing kerak, mana bu ishlarni qilgan bo'lishing kerak, keyinchalik mana bu ma'suliyatlarni bo'yninga olishinga tayyor bo'lishing kerak deyiladi.

Birinchi martta bunday narsani Super Dispatchdagi 2 oylik tajribam paytida ko'rgandim. Notionda Frontend chapteridagilar uchun aniq "Ladder" deb nomlangan sahifada, hard va soft ko'nikmalarni bosqichma bosqich ajaratib chiqilgandi. Deylik sen Level 3 ya'ni Seniorga o'tmoqchi bo'lsang, Level 2 va 1 dagi barcha narsalar + 10 ta mana shu narsalarni bilishing kerak.

Undan keyingi tog'ri strukturali kompaniyam EPAM, oldin bosqichlar uchun "Skill Matrix" bo'lardi, "Ladder"ni to'liqroq versiyasi. Hozir alohida platforma bor, sizdan kompaniyadagi profilingizda ko'rsatgan ko'nikmalaringiz, orttirgan tajribangiz, olgan sertifikatlaringiz bo'yicha keyingi bosqichga o'tishingiz uchun nimalar kerakligini aniq darajalarga bo'lib ko'rsatadi, shunga qarab qaysidir ichki kurslarni o'qishni tavsiya qiladi. Agar buni o'zi yetarli bo'lmasa "Skill Advisory" ya'ni ko'nikma maslahati sessiyalarini o'tkazishingiz mumkin. Bunday sessiyalarda oldindan "maslahatga tayyorman" degan har qanday o'zingiz hohlagan odam bilan suhbat o'tkazib maslahat olshingiz mumkin. O'zlarini tajribalari va boshqa bilgan keyslardan kelib chiqib sizga aniq maslahat berishadi.

Hozir men shunday sessiyalarning biridan chiqdim, ko'p maslahatlar oldim. Demak buyil men level up qilishim uchun 4 ta sertifikat qo'lga kiritishim kerak. Shulardan:
• 2 tasi Cloud bo'yicha
• 1 tasi NodeJS bo'yicha
• 1 tasi AI bo'yicha

Undan tashqari exam attempt sotib olib qo'ygan yana 3 ta sertifikatim bor, 2 tasi Cyber Sec, 1 tasi Cloud bo'yicha. Menimcha bu yil sertifikatlar yili bo'ladiyov 😅

Sizni ish joyingizda ham shunday "Ladder" va "Matrix" lar bormi, o'sish uchun nima qilasiz?

@khumoyun_codes
🔥28👍7😢1
Bosqich tugadi 👍

Mana bugun EPAMdagi yana bir loyihadagi oxirgi kunni o'tkazdim, bu hisob bo'yicha 6-loyiham ekan. Bu safargi domain Car Rental ya'ni avtomobil ijarasi haqida edi. Ko'p narsalarni o'rgandim, ko'p narsalarni qaytardim, juda ham ko'p challengelar bo'ldi, ayniqsa Monorepo loyiha bo'lganiga oldinroq yozganimdek Monorepo + AEM juda ham bir "mazza" qiladigan qorishma bo'ldi. Lekin bu bosqichdanam o'tdik Hudoga shukur. Jamoada hardoimgidek do'stona atmosfera bilan ishladik. Bu yerda gapiradigan ortiqchga gap yo'q.

Lekin, aynan ushbu loyihada bir narsani qayta qayta qilaverib qandaydir LOOPga tushib qolgandek tuyildi o'zimga. Domain o'zgarishi mumkin, jamoa o'zgarishi mumkin, stack ham bir oz o'zgarishi mumkin. Ammo, anchadan beri shunchaki ishchi bo'lib yurganingiz va korporativ muhit ichida yashayotganingiz uchun, ishdan oladigan "kayf"ni his qilmay qolar ekansiz. Deylik siz Lego zavodida ishchisiz va sizning vazifangiz Lego setlarini yig'ib test qilib ko'rish. Bu ish bilan siz har kuni 7-8 yildan beri shug'illanayotgan bo'lsangiz, bu ishni sevsangiz ham, sizga "rutina"ga aylanib qoladi, o'zingiz uchun sotib olib yasayman desangiz qo'lingiz ishga bormaydi ba'zida.

Frontendda challengelar ko'p, hali 30% ni o'tdimmi yo'qmi ishonchim komil emas, lekin men bu takrorlanishdan charchadim. Hobby ham, ish ham bir xil bo'lsa qiyin ekan, shunga nimanidir notog'ri qilyapman deb o'ylayapman. Bu burnoutmas menimcha, bu shunchaki zerikish, buni qandaydir qilib to'g'irlash kerak, hali o'ylab ko'rmadim.

Siz ham takrorlanaveradigan ishingizdan hech zerikkanmisz?

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156🤔2
Yandex Nonushtadan so’ng ofis tour qildik. Agar qiziq bo’lsa 200 🔥 reaksiya yig’sak. Kichik vlogimiz ertaga chiqadi. Go?

@khumoyun_inoyatov
🔥214👍125🎉4❤‍🔥1
Ha aytgancha, Telegramda startuplar, sun’iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan.

Qiziq bo‘lsa obuna bo’ling 👇🏻
@hisperspective
👍83💯1
Talablarga binoan, Yandex Nonushta va Yandex Uzbekistan Office bo'yicha tour haqida vlogimizni YouTube ga yukladik 🎞. Undan tashqari Yandex Cup g'oliblari bilan ham kichik suhbat qurdik.

Videoimiz uncha uzun bo'lmadi, ko'rib, like va izohlaringizni yozib, ulashib qo'yasiz degan umiddamiz 😉

P.S. Nonushtaga chaqirib, bizga office bo'yicha tour uyushtirgan Anvar Umarov va Yandex Cup g'oliblari Akobir Abduganiev va Otabek Abduboqievga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

https://youtu.be/iF9J5_Y5Mcg

@khumoyun_codes
🔥19👍74🎉1