Forwarded from Khumoyun Writes
Hozirgina Singapurda biz bilan birga Sammitda qatnashayotgan 2 hind bilan suhbat:
- Sizlar qayerdansiz
- Hindistondanmiz, sen qayerdansan?
- O’zbekistondanman 😊
- Emmm… bu Rossiyani bir qismimi?
- Yo’q, yo’q, Boburni blasizmi?
- Ha blamiz
- Og’lini ismi nmaliginichi?
- Akbar?
- Humoyun, mening ismim ham Humoyun. Akbar Humoyunni og’li. O’zbekiston esa Bobur tug’ilgan joy
- Loading… 😵💫
Bizga o’rgatishgani bo’yicha, butun dunyo bizni biladi, bizni buyuk bobolar avlodiligimizni biladi. Aslida esa, hatto tarixi bizniki bilan bog’liq Hindlar ham bilishmaydi. Biz hadeb maqtanavermay, o’tmishdan ko’ra hozir va kelajakka e’tibor berishimiz kerak menimcha. Bo’lmasa O’zbekistondanman desa, Pakistan/Afganistan/Rossiya bo’lib qolib ketaveramiz.
@khumoyun_writes

👍88🔥14😁10❤3
.ru bilan tugaydigan saytlar ishlamayapti, sizlarda ham shunday bo'lyaptimi? 🧐
Anonymous Poll
44%
Ha
56%
Yo'q
😁17👍4
⚠️ QALLOBLARGA ALDANIB QOLMANG!!! ⚠️
Hali ham Asror Zokirov ismli shaxsning qarmog'iga ilinib chuv tushib yurganlar bor ekan. 20-yanvar kuni TUIT kanalida yozilgan xabarlarni jo'natib qolishdi. 22 yoshli onasi xasta bir yigitimiz, pul to'lab tajriba olaman deb "stajirovka"ga Zokirovning "ABCSDEFGHIJKLMNOPQRSTUVXYZ"Soft degan kompaniyalaridan biriga 400 ming so'mni amallab topib ishga kirib, aldanib qolibdi. Ushbu link TUIT Online kanalida to'liq xabarni o'qishingiz mumkin: https://xn--r1a.website/tuit_online/18656
Asror haqida, ko'p kanallarda ko'p postlar yozilgan, uning hiylalari orqali ko'p insonlar aldangan, gap tushuntirib bo'lmas bu chala dasturchi qarmog'iga tushib qolmasligi uchun necha yildan beri ko'p kanallar egasi bilan harakat qilib kelamiz. 2018-yilda OKS Technologies kompaniyasida ishlayotgan paytimda, ensklopediyadek varoqlari ko'p rezyumesini opkelib ishga kirgan Asrorni kompaniyadan quvilishiga ham sababchi bo'lgan edim. Muhammadjavohir akani "U" bilan tortishuvlarini esa alohida kitob qilib yozsa bo'ladi. Soxada 4-5 yildan beri yurganlar bu nomni biladi va hardoim qolganlarni ogohlantiradi, bilmay qolganlar esa hali ham talaygina ekan.
Do'stlar shu va shunday qalloblarga aldanib qolmaslik uchun quyidagi narsalarni qiling:
1. Hech qachon SIZ pul to'lab "stajirovkaga" bormang! Bunday narsa bo'lmagan va aldamchi yo'l, undan ko'ra amallab birovni ishini tekinga qilib bo'lsa ham tajriba orttiring, Ustoz-Shogird kabi kanallarda, ishchi yoki sherik qidirayotganlar talaygina. Asli tog'ri holatda "stajer" bo'lsa ham unga kompaniya pul to'lashi kerak, aksincha emas. Lekin bizda, ba'zi bir chala dasturchilar ochgan kompaniyalarda pul ber - tajriba ol mantig'i bilan, "bizness" qilishyabdi.
2. Tajribani o'zingiz, kichik loyiha qilib bo'lsa ham, tekin API lardan foydalanib, o'zingiz oling.
3. Hardoim biron bir xujjatga qo'l qo'ymasdan oldin, uni o'qib chiqing, xujjat nima haqida, sizga qanday talablar bor, sizga qanday jarimalar bor, siz nima qilishga majbur qilinasiz. Barcha punktlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqing.
4. Agar ja kompaniyada pul to'lab ishlamasam, tajriba orttira olmayman desangiz va oilangizni rizqini qalloblarga oborib bermasdan oldin, dasturchilar guruhlarida, ko'proq tajribaga ega, oz-ko'pni ko'rgan dasturchilardan so'rang. Mana bu X kompaniya/shaxs dan mana bunday taklif bo'lyapti, bu haqida bilganlar o'qiganlar, eshitganlar, sotib olganlar bormi, nima deysizlar deng. Ja bo'lmasa, shu o'zimizning kanal guruhiga yozing. Albatta boshidan o'tkazgan yoki eshitgan, ko'zi ochilgan insonlar chiqib keladi.
5. Agar umuman Asror Zokirov ismli shaxs haqida kompaniya yo taklifda yozilgan bo'lsa, betiga qaramay qoching.
Bu ma'lumotlar boshqalarga ham yetib borish uchun, o'z kanallaringizda tarqating. Aldanib qolmang!!!
@khumoyun_codes

👍99🔥10❤2😁2
Khumoyun Codes pinned «⚠️ QALLOBLARGA ALDANIB QOLMANG!!! ⚠️ Hali ham Asror Zokirov ismli shaxsning qarmog'iga ilinib chuv tushib yurganlar bor ekan. 20-yanvar kuni TUIT kanalida yozilgan xabarlarni jo'natib qolishdi. 22 yoshli onasi xasta bir yigitimiz, pul to'lab tajriba olaman…»
Forwarded from Ustoz-Shogird
Assalomu alaykum do`stlar!
Kecha Asror va Smart Software mavzusi ko`tarilgan edi.
Asror men bilan bog`landi. Rosa ko`p ma'lumotlarni tashlab berdi.
Shu bilan birga bu [1], bu [2], bu [3], bu [4] va bu [5] postlarni ham o`qib/eshitib chiqdim. Boshqa AT kanallarida ham unga ishonmaslik haqida ko`p postlarni ko`rdim.
💰 Hozir taklif bermoqchi bo`lgan narsam, agar Asror bilan ishlab, ziyon ko`rgan bo`lsangiz yoki pulingizni bermagan bo`lsa, ayni vaqti, isbot bilan kelib, pulini olib ketsin demoqda. Zarar yetkazgani uchun ustiga $500 qo`shib beraman demoqda.
Agar kim ziyon ko`rgan bo`lsa, manga (@SaidolimBot) habarini bering, yordam berishga harakat qilaman.
❌ Shu o`rinda tavsiyalarim:
1. Shartnomani imzolashdan avval shartlarini o`qib chiqing.
2. Naqt pul bilan ishlaydigan odamdan qoching. Ertaga haqqingizni yeganda qarshilik qila olmay qolasiz.
3. Barha narsalarni video va audioga yozib olinyaptimi, demak nimadur muammoni yopishga harakat qilinmoqda.
4. "Amaliyotchi" va "Ish o`rganishga borish", "O`quv material sotib olish" - barchasi bir biridan farqli narsalar. Amaliyotga bormoqchimisiz, sizga dars o`tadigan odamni va rejasini aniq bilib oling. Loyiha qilamiz va shuni ustuda o`rganasan desa, kirmaganingiz ma'qul.
5. "Amaliyot tekin bo`lishi kerakmi?", - deyilsa, bu mavzuda man 3 ta xolatni ham aytib o`tgan edim.
6. Davlatdan shartnomani 100 so`mga olib, dasturchiga 10 so`mga qildirsa, nima bo`ladi? - Hammaning biznes modeli har xil. Shu sababli ham rahbaringiz bilan ochiq gaplashing.
7. Bitta joyda ishlab turib, boshqasiga o`tib ketsa adolatdanmi? - Menda ishlab turib, ertasiga, uzr ketdim deganlar ko`p bo`lgan. Hammasi sizning ish yuritishingizga va kelishuvga bog`liq.
8. Loyihani tugatib, keyin pulini olasan deyilgan bo`lsa. Loyihani 80% ini qilib, ketib qolsa, pulini oladimi? - Mening fikrim, haqqini olishi kerak. Lekin kelishuvda loyihani topshirdangan deyin olasan deyilsa, demak kuyadi. Agar baholash uchun shartlar (o`lchovlar) kelishilmagan bo`lsa, unda aldanadi.
9. Ishga kirishda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak? - Ko`p katta dasturchilarga aloqaga chiqish mumkin, ularning 2-3 tasi bilan maslahat qiling.
10. Senior deb kimni aytsa bo`ladi? - O`zidan katta darajada ishlagan odam unga baho berganida.
11. Agar 1 yil tex xizmat (support) qilib berasan, - desa. Ishonmang. Ertaga nima muammo (bug) chiqadi, nima qo`shimcha bo`ladi, bilmaysiz. Aniq bo`lmagan narsaga rozi bo`lmang.
Tavsiyalar ko`p. Nasib qilsa hali aytib boramiz.
Hozir esa, sizda bo`lgan muammo va dallillarni yuboring. Yordam berishga harakat qilaman.
Asror so`zida tursa, ziyon ko`rganlarni pulini qaytaradi. Shundan boshlaylik.
👉 Telegram orqali yoza olmasangiz: https://forms.gle/z4nco5jWW4qSPYFVA shu forma orqali yozsangiz ham bo`ladi. Ma'lumotlaringizni begonalarga chiqarmayman.
Katta rahmat!
P.S. Vaqt tafovuti tufayli kechroq yozishim mumkin. Lekin albatta javob beraman.
👉 @UstozShogird kanaliga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23
TLDR: Shogirdimga yoqadigan ish va pul keltiradigan ish orasidagi tanlovda yordam bera olmadim. Agar sizning sevimli ishingiz, lekin kam pul keltiradigan va ko‘p pul keltirib uncha yoqtirmaydigan ishingiz bo‘lsa nima qilardingiz?
Bir shogirdim bilan gaplashib qoldim, hozir mana deyarli 2.5 yildan beri dasturchilik bilan shug‘ullanishi lekin dasturlashdan maza qilmasligi haqida gapirdi. Mediaga juda ham qiziqayotgani shu sohaga o‘tib, dasturlashni tashlab ketishni xohlayotgani haqida o‘ylayotganini, lekin hozirgi olayotgan oyligiga media sohada yana necha yilda chiqishi mumkinligini o‘ylab, ikki yo‘l orasida qolganini aytdi. Bunday savollar menga ko‘p kelgan, to‘g‘risi nima deb javob berishga ham hayronman. Chunki har bir odamni fe’l-atvoridan, qilayotgan ishlaridan, sharoitidan kelib chiqib individual javob berish kerak. Men vaziyatni oxirigacha baholay olmayman, chunki holatni 100% tushunmasligim aniq, ertaga uni qilma buni qil deb, odamni baxt va pul orasidagi tanlovida sababchi bo‘lib qolishdan ham qo‘rqaman. Shuning uchun bu savolga javob berolmay qiynaldim.
Agar odam biron bir ishni o‘zi sevib qilsa, yaxshi o‘qib o‘rganib, o‘z ustida doim ishlasa, bir kun u ham yaxshi daromadga olib chiqishi mumkin. Lekin bu shunchaki vaqtinchalik havas bo‘lsa-chi? Yoki qiyinchiliklardan qochish mexanizmning bir qismi bo‘lsa-chi? Chunki universitetga kirmasimdan oldin, matematika va fizikani o‘rganishni to‘xtatib, rassomchilikka o‘qiyman, meni iqtidorim shunda deb barchasini tashlab ketmoqchi bo‘lganman. Hozir o‘sha paytda akamlar bilan maslahatlashib, sohani tashlab ketmaganim uchun o‘zim qilgan qarordan minnatdorman. Chunki bu kasb orqali yaxshi natijalarga erishdim, yaxshi networkga ega bo‘ldim, mendan minnatdor shogirdlar chiqardim, moliyaviy erkinlikka erishib oila-ro‘zg‘orga yetarlik pul topyapman. Lekin baribir, 1 ish kuni mobaynida, bir marotaba bo‘lsa ham dasturchilik o‘zi menikimi degan savolni o‘zimdan so‘rab ko‘raman, ayniqsa nimadir ishni qilolmasam. Balki bu imposter sindromining bir qismidir, balki dangasalik natijasi, to‘g‘risi bilmadim. Shunisi aniqki, agar rostdan ham o‘z kasbimga mehrim bo‘lmaganda, menga yoqmaganda va iqtidorim bo‘lmaganda allaqachon tashlab ketardim. Rasm chizishni esa hozir shunchaki Copilotga topshirib qo‘ya qoldim 😬
Shuning uchun, agar sizda ham shunday savollar paydo bo‘lsa, oldin siz butunlay o‘tib ketmoqchi bo‘lgan sohangizni hobby sifatida boshlab ko‘ring, kuniga ish vaqtidan kamroq, lekin yetarli vaqt ajratib o‘rganib/ishlab ko‘ring. Agar 3 oydan keyin ham, sizning hayotingiz quvonchi bo‘lishi kerak bo‘lgan hobbyingiz sizning hayolingizdagi baxtni olib kelsa va undan bosh ko‘tarolmay qolsangiz o‘ting, bo‘lmasa dangasalikni yig‘ishtirib, asosiy ishingizni mukammalroq o‘rganishga harakat qiling, hobby hobbyligicha qolaversin.
Qaysidir intervyuda Bobur Yoldoshev kino va teatr haqida yo o'zidan yo' birovdan iqtibos keltirgandi: "Kino meni boqadi, lekin teatr mening hayotim"
Sizda ham shunday holat bo‘lganmi? 🧐 Izohlarda qoldiring 👇

👍26🔥8❤1
Forwarded from RN by Azim (Azim Aliyev)
🚀 React Native ➕ va ➖ lari 🤔
🌐 Assalomu alaykum aziz obunachilar! Bugun biz kanalimizda React Native'ning qulaylik va kamchiliklarini ko'rib chiqamiz! 🚀
📱 React Native:
✅ O'rganishdagi qulaylik: Agar Javascript va ReactJS bilan tanish bo'lsangiz o'rganishda muammo bo'lmaydi va Mobil dasturchi sifatida tezroq ish boshlashingiz mumkin.
✅ Responsive: Uning kuchli funksiyalari va komponentlaridan foydalanib, turli qurilmalarga avtomatik ravishda moslashuvchi ilovalar yaratishingiz mumkin.
✅ Kutubxonalar: Foydalanuvchilar va kutubxonalar soni ko'pligi u bilan ishlashda katta qulaylik beradi.
✅ Hamyonbop: Startup yoki yangi produkt ustida ishlashda iOS/Android developerlarga "katta" pul to'lamaysiz.(React Native dasturchini olasiz tamom 😁).
❌ Kamchilik: Ilovalar va qurilmalarni yuklash uchun ko'proq vaqt talab etadi.
❌ Kamchilik: Native tillarda yozilgan ilovalar kabi (Swift, Kotlin) tez va ravon bo'lmasligi munkun (albatta dasturchining maxorati katta rol o'ynaydi).
Albatta, fikrlar subyektiv, xulosa har kimning o'zidan!
Fikr va mulohazalarni izohlarda qoldiring va albatta do'stlaringiz bilan ulashing.
@RNinjauz

👍17
RN by Azim
🚀 React Native ➕ va ➖ lari 🤔 🌐 Assalomu alaykum aziz obunachilar! Bugun biz kanalimizda React Native'ning qulaylik va kamchiliklarini ko'rib chiqamiz! 🚀 📱 React Native: ✅ O'rganishdagi qulaylik: Agar Javascript va ReactJS bilan tanish bo'lsangiz o'rganishda…
React Native chi ukamiz Azimjon kanal boshlaptilar, obuna bo’lamiz 👉🏻 @RNinjauz
👍10
Forwarded from e shoppingg
#HayrliIsh
Assalom alaykum!
Dasturlashni o‘rganayapsiz, tirishqoqsiz, lekin o‘z shaxsiy kompyuteringiz yo‘q.
Afsus, kompyuterim bo‘lganida edi, undan-da shijoat bilan o‘rganardim, kelajakda o‘z kasbimning mutaxassisi, oilasmga foydasi tegadigan yetuk inson bo‘lib yetishardim deb fikr qilayabsizmi? Moliyaviy imkoniyatingiz chegaralanganmi?
Bir eskiroq, lekin boshlang'ich dasturlash uchun kuchi yetib ortadigan holatdagi Desktop hadya qilish niyatimiz bor. Shunday imkoniyatni berishimiz uchun haqdor odam qidirayabmiz. Agar shu odam siz bo'lishni hohlasangiz, shu habar izohlarida nima uchun sizni tanlashimiz haqida 2, 3 jumla yozib yuboring.
Desktopni sizga hadya, ehson ko‘rinishida berishga tayyormiz.
Xarakteristika:
CPU: Core i5, i7 4-avlod,
Video Card: MB ga integraciya qilingan,
RAM: 16GB DDR3,
SSD: 240-512GB SSD,
Display: 22 inch LCD Display
Murojaat uchun: shu habar izohlarida yozib qoldiring.

👍41
Men 2000-yilda:
Bir kun kelib men dasturchi bo'lib ketib hammangizga ko'rsatib qo'yaman. Kanalimda aql o'rgatib, sizlarni tog'ri yo'lga boshlayman 😊☝️
Men 2024-yilda:
Demak boshliqlarni turlarini ko'rib chiqamiz🗿
P.S. 2000-yildan qancha keyin tug'ilgansiz? 😅
@khumoyun_writes
Bir kun kelib men dasturchi bo'lib ketib hammangizga ko'rsatib qo'yaman. Kanalimda aql o'rgatib, sizlarni tog'ri yo'lga boshlayman 😊☝️
Men 2024-yilda:
Demak boshliqlarni turlarini ko'rib chiqamiz
P.S. 2000-yildan qancha keyin tug'ilgansiz? 😅
@khumoyun_writes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28😁19❤🔥5❤2
O'zingiz va ishingiz haqida blog yurutishning kutilmagan foydasi 😉
O'zingiz va ishingiz haqida blog/kanal yurutishning nima foydasi bor ekan deb hech o'ylab ko'rganmisz? Menimcha ha, bunga har xil sabablar bo'lishi mumkin, masalan:
- Shaxsiy brendni rivojlantirish va o'zingizni ommaga tanitish
- Pul ishlab topish (reklama orqasidan)
- Bilimlaringizni boshqalar bilan ulashish
- Jamiyatda bo'layotgan ishlarga o'z fikrlaringizni bildirish va hamfikrlarni topish
- Shunchaki dardingizni to'kib sochish
- O'zingizni yutuqlaringizni boshqalar bilan ulashib, yanada ko'proq motivatsiya olish
Shu va shunga o'xshash sabablarni deb men ham kanal yurutishni boshlaganman. Lekin men boshlagan bu ish, kutilmagan tomondan menga yordam berdi. Nimaga yordam berdi deysizmi? Baxtimni topishga! Qanday qilib deysizmi? Yo'q, men kanalimning obunachilaridan biri bilan turmush qurmadim 😅 lekin hozirda U kanalim obunachilaridan biri. Ko'pincha uchrashuvlarda, "bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'illanasiz?" degan savolimga javob berib bo'lib, "o'zingizchi?" deb so'rab qo'yishganda, "Telegramda kanalim bor, u yerda dasturlashga oid kontent tayyorlayman, maqolalar, tarjimalar, videodarslar, deyarli 2.5mingta odam meni kuzatadi, qiziqsangiz o'qib ko'rishingiz mumkin" deb Telegram kanalimni linkini ko'rsatib qo'yar edim. Bu uchrashuvlardan keyin necha kishi meni kanalimga kirib, yozganlarimni o'qiganini aniq bilmayman, lekin bir kishi to'liq o'qib chiqqanini aniq bilaman va u inson bilan mana bir yildan beri baxtli hayot kechirib kelmoqdaman. 3-marotaba uchrashuvga chiqganimda, "yozganlaringizni o'qidim, juda ham samimiy inson ekanligingizga shu yozganlaringizni o'qib amin bo'ldim" deganidan so'ng U mening insonim ekanligini tushunib yetdim va Allohga shukur qildim. Shundan so'ng, U bilan oila atalmish muqaddas rishta ila hayotimni bog'lashga harakatimni boshladim va niyatimga yetdim. Alhadmulillah.
Xulosa shuki do'stlar, biz qilayotgan har bir ishimizning tagida biz kutmagan foyda bo'lishi mumkin. Alloh taolo bizga berayotgan har bir fikrning, biz qilayotgan har bir ishimizning va biz bilan sodir bo'layotgan har qanday ishning hikmati va hayri bor. Bunga shunchaki ishonish kerak va bunday tizimni yo'lga qo'ygan zotga, hamd aytish kerak.

❤52👍23🔥12⚡6😁1😢1🎉1