JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
😁 Google Translate ko'p foydalanadiganla yaxshi bilishadi bunaqa xolatti 🙃
#yumor

@jetmediauz
📡 Joriy yilning 1-iyun sanasidan provayderlar o'z tariflarida "gacha" qo'shimchasini olib tashlashlari hamda uning o'rniga aniq va tushunarli raqamlarni ko'rsatishni talab qilinadi. Bu borada O'zkomnazorat davlat inspeksiyasi nazoratni kuchaytiradi.
⚡️ Umuman oganda, agar provayderingiz sizga shartnomada ko'rsatilgan tezlikni taqdim etolmasa, yoki sifat achinarli xolatda bo'lsa, provayderingizga qilgan murojatlaringiz besamar va foydasiz bo'lsa, u holda aynan yuqorida tilga olingan O'zkomnazorat inspeksiyasiga murojat qilishingiz lozim. GIS.UZ yoki 1144 raqami orqali ko'pincha muammolar yechimi tezlashgan yoki aniq muammo xal qilingan shaxsan mening tajribamda.

@jetmediauz
🚗 Juda ixcham va arzon elektromobil tez orada yevropa yo'llarida paydo bo'ladi!
Microlino nomli ushbu kichik avtomobilcha bir to'liq quvvatdan 200 kmgacha yo'l yura oladi. Narxi taxminan 12000 yevro.
Sotib olgan bo'larmidingiz?

@jetmediauz
Channel photo updated
GIT nimaligini, qanday foydali imkoniyatlari borligini bilmoqchi bo'lganlar uchun juda qulay va yaxshi resurs mavjud ekan. Xar holda GIT oson tizim deb bo'lmaydi. Quyidagi resurs yordamida GITni osongina o'zlashtirib olasiz.
Servisni o'zingizning PCda ishga tushirishingiz (https://github.com/pcottle/learnGitBranching) yoki tayyor (https://learngitbranching.js.org ) platformadan foydalanishingiz mumkin.
Siz GITni qanday o'rgangansiz, yoki o'rganmoqchisiz?

@jetmediauz
🟦 Microsoft kompaniyasi 24-iyun sanasida Windows operatsion tizimining yangi versiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Hozirda bu yangi Windows 11 bo'ladimi yoki Windows 10 uchun yangi katta Update bo'lishi nomalum.
Eslatib o'tamiz, Windows 10 2015-yilda taqdim etilgan edi. Bundan tashqari yaqindagina Microsoft kompaniyasi vakillari Windows 10X versiyasini taqdim etmasliklarini ma'lum qilishgan edi.

@jetmediauz
😳 Xitoy rasmiylari bir necha dasturlarni zararli dasturlar ro'yhatiga kiritdi.
Eng qizig'i, ushbu dasturlar ro'yhatida Microsoft kompaniyasining ommabop Word, Excel va PowerPoint dasturlari ham mavjud.
Bir yo'la operatsion tizimni ham virus dib e'lon qilishmaptide 😁

@jetmediauz
💻Noutbuklar olamida tushunarsiz xolat!
1) Dell kompaniyasiga tegishli Alienware m15 R5 noutbukida GeForce RTX 3070 video kartasi o'rnatilgan. Qiziq tomoni, ushbu noutbuk foydalanuvchilari video kartani to'liq imkoniyatda ishlamayotganidan nolishmoqda. Mustaqil ekspertlar tekshiruvidan keyin ma'lum bo'lishicha, Dell yuqorida tilga olingan noutbukda qizishni oldini olish maqsadida video karta yadrolari ishini cheklagan. Shu sababli ham video karta xar qanaqasiga urinmang, to'liq kuch bilan ishlay olmaydi.

2) Yana bir xolat Intel kompaniyasi bilan bog'liq.
Kompaniya bu yildan USB4 portini to'liq qo'llashni boshlashi zarur edi. Lekin mikrochiplar yetishmovchiligi ushbu kompaniyaga ham o'z ta'sirini ko'rsatishi oqibatida, Intel ishlab chiqaruvchilarga eskiroq chipdan foydalanishni tavsiya qilgan. Lekin eski chiplar USB4 standartini to'liq qo'llab-quvvatlamaydi. O'z-o'zidan siz yangi noutbuk sotib olganingizda, undagi USB4 qisman yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xullas bu yog'i lotoreya...

@jetmediauz
🔷Qarshi olamiz: Windows Server 2022 preview!
Ish jarayon serverlar bilan bog'liqligi sababli, Windows Server operatsion tizimlari bilan ham ishlashga to'g'ri keladi. Microsoft Serverlar uchun mo'ljallangan Windows Server 2022ni taqdim etdi. Hozircha tanishish uchun. Kuzga borib, to'liq versiya taqdim etilsa ajab emas.
Imkoniyatlari: https://cloudblogs.microsoft.com/windowsserver/2021/03/02/announcing-windows-server-2022-now-in-preview/

Tekshirish uchun yuklab olish: Windows Server 2022 LTSC in preview
- https://www.microsoft.com/en-us/evalcenter/evaluate-windows-server
- https://www.microsoft.com/en-us/software-download/windowsinsiderpreviewserver
- http://aka.ms/ws2022azurepreview

@jetmediauz
😁 Yaqin o'tmish...

@jetmediauz
⚡️Xiaomi kompaniyasi mutahassislari fikriga ko'ra, 2022 yildan boshlab, smartfon ishlab chiqaruvchilari USB kabel orqali quvvatlashdan simsiz quvvatlash turiga asta o'tishni taxmin qilishmoqda. Lekin bu yo'nalishni yanada tezlashtirish uchun barcha joyda simsiz quvvatlash tizimlarini rivojlantirish va kengaytirish lozimligi takidlangan.
Agar imkoniyat bo'lganida, qaysi quvvatlash turini tanlagan bo'lardingiz?

@jetmediauz
🔹Windows 11 ko'rinishi...
E'tiborga tushgani, Pusk joylashuvi o'zgarganida... Qolgani deyarli Windows 10...

@jetmediauz
Apple Watch uchun NightWatch lupa ishlab chiqildi.
Lupa soatingizni budilnikga aylantiribgina qolmay, balki qo'shimchasiga soatning quvvatlash tizimini o'z bag'riga olgan xolda, quvvatlash vazifasini, vakum qismi yordamida soat ovozini kuchaytirishga yordam beradi. Eng muhimi Tap Mode qo'llovi mavjud va lupaga tegingan xolda soat ekranini aktivlashtirishingiz mumkin.
💰NightWatch narxi 50$

@jetmediauz
⚡️Google qurilmalarni boshqa qurilmalar yordamida topish imkoniyatini beruvchi dasturi ustida ish olib bormoqda.
Hozirda o'z smartfoningizni yo'qotib qo'ysangiz, unda internet va lokatsiya yoqilmagan bo'lsa, uni topish muammoli masala. Yangi dasturiy ta'minot yordamida Google dunyodaki aktiv uch milliard qurilmalarni ishga solib, smartfoningizni topish imkonini oshirish ustida izlanmoqda. Hozircha bu imkoniyat qachon ommaga taqdim etilishi nomalum

@jetmediauz
🔢 Qiziq fakt. 3000ga yaqin iPhone foydalanuvchilari orasida o'tkazilgan so'rovga ko'ra, 18% foydalanuvchilar keyingi iPhone 13 raqami o'rniga boshqa son yoki nom ishlatilmasa, uni sotib olmasliklarini aytishgan. 74% foydalanuvchilarga buni farqi yo'qligi, lekin baribir boshqa nom yoki raqamni o'ylab ko'rishsa yaxshi bo'lishini takidlashgan.
Qiziq, nima sababdan iPhone foydalanuvchilari 13 sonidan bunchalik qo'rqishadi?

@jetmediauz
💻7 soat davomida 25ta PC yig'ib, operatsion tizim hamda Office dasturlari to'liq o'rnatildi. Bir kishi uchun shaxsiy rekord 😁
PC yangi ochilayotgan universitet kutubxonasi uchun. Umuman, kanalimizda PC sborka fotolarini joylashimizga qanday qaraysiz?

@jetmediauz <== Sborkadan barcha suratlar kanalimizda...