JETmediaUZ
58 subscribers
445 photos
12 videos
2 files
59 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
πŸ”ΉMicrosoft o'zining paket menejerini ishlab chiqayotganligi to'g'risida bir necha bora mish-mishlarga ko'zim tushgandi. Linuxdaka apt, yum yoki dnf kapi endi Windowsda ham o'zining paket menejeri Winget borligiga bugun guvox bo'ldim.
❕https://github.com/microsoft/winget-cli/releases orqali yuklab olib, siz ham test qilishingiz mumkin. Quyida ba'zi komandalarni sanab o'tamiz.
- Qaysi dasturlarni o'rnatish mumkinligini tekshirish: winget install
- Sublime4 redaktorini o'rnatish: winget install SublimeHQ.SublimeText.4

G'oya yaxshi. Amalda qachon tadbiq etilishini kutamiz. Zero bir qator komanda bilan bir necha dasturni o'rnatishdan yoqimliroq xolat bo'lmasa kerak (Linux foydalanuvchilari juda yaxshi bilishadi).

❓Siz ham sinab, qaysi dasturlarni ishbu komanda orqali o'rnatib ko'rganingiz haqida izohda yozib qoldiring.

βœ…@jetmediauz
😳 Ko'pchilik uchun Tesla orzudagi mashina bo'lgan bir vaqtda, NewYork ko'chalarida uni oddiy taksiga aylantirishdi 😁

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉMicrosoft Windows 11 da ko'plab o'zgarishlar qilgani haqida turli ma'lumotlar deyarli to'xtovsiz internet tarmog'ida aylanmoqda. Lekin ko'pchilik e'tiboriga kamdan-kam tushuvchi ko'k ekran, endi qora rangga aylangani esa kutilmagan xolat.
Sizningcha bu yaxshimi yoki avvalgidek tizimda jiddiy xatoliklar bo'lganida ekran ko'k rangga o'tgani yaxshimidi?

βœ…@jetmediauz
πŸ”Ή Renegate Project loyihasi ishtirokchilari OnePlus 6T smartfonida yaqindagina taqdim etilgan Windows 11 operatsion tizimini ishga tushirishdi.
Ish jarayonida Windows 11 bilan ishlashda deyarli muammolar paydo bo'lmagan. Faqatgina Wi-Fi tizimini ishlatishning imkoni bo'lmagan.

Video: https://youtu.be/4EG1GLHWKWg

βœ…@jetmediauz
πŸ“² Bir necha kun avval iPhone smartfonlarida antiqa muammo haqida ma'lumot paydo bo'ldi.
Gap shundaki, agarda o'z iPhone qurilmangizdan β€˜%p%s%s%s%s%n’ yoki β€˜%secretclub%power’ nomli Wi-Fi tarmog'iga ulansangiz, qurilmangizda Wi-Fi modul ishlamay qoladi. Muammodan standart sozlamalarga qaytish bir oz yordam berishi mumkin (General > Reset > Reset Network Settings). Ma'lumotlarga ko'ra, ba'zi xollarda smartfonni ishlab chiqaruvchi sozlamasiga qaytarishga ham to'g'ri kelgan.
Xullas, bo'lar-bo'lmas no'malum tarmoqlarga ulanavermang 😁

βœ…@jetmediauz
πŸ”ΉMicrosoft yangi Office paket dasturini taqdim etish arafasida.
Yangi interfeys Windows 11ga moslangan xolatda ishlab chiqilgan. Asosiy o'zgarishlar dastur oynasining yuqori qismida amalga oshirilgan.
Office 2022 ko'rinishi bo'yicha rolik: https://vimeo.com/436301932

βœ…@jetmediauz