PhD student turlari: kuzatuv
Bir qancha PhD talabalarning ishlarini yaqindan kuzatib kelaman. Akademiyada ancha vaqt o‘tkazgach, ularning har xil turlarda ko‘rish boshlanar ekan. Avvalgi olingan bilimlar muhim, lekin asosiy drive (oldinga yurgizuvchi kuch) mustaqillikda deb o‘ylayman. Shunga qarab, uch xil talabalarni kuzatdim.
1. Mustaqil talaba - odatda professor talab qilmasa ham, o‘zi tushungan holda kerakli gipotezalarni o‘ylay oladi va eksperimentlarni qila oladi. Muammoni o‘zi aniqlab, unga bir qancha yechimlarni urinib ko‘ra oladi. Faqatgina yechimlardan birortasi ishlamasa va boshqa fikr qolmaganda, professor bilan fikr almashadi.
2. Ijrochi talaba - ko‘proq o‘zi mustaqil fikr yurita olmaydi, lekin aytilgan eksperimentlarni barchasini go‘zal holda qila oladi. Ya’ni, muammoni o‘zi aniqlay olmasligi mumkin, lekin shu-shu yechimlarni urinib ko‘r desangiz, juda sifatli ish qilib, olib kela oladi. O‘zbeklarning katta qismi shu guruhga kiradi, deb o‘ylayman.
3. Qaram talab - bu na muammoni aniqlay oladi, na yechim o‘ylay oladi, va na taklif qilingan yechimlarga urinib ko‘ra oladi. Doim tiqilib qolgan, tormoz holda yuradi. Odatda ular ham doim ilmiy darajasini oladi lekin ko‘p ishlari professor yoki boshqa PhD talabalar tomonidan qilingan bo‘ladi.
Uchinchi guruh kam uchraydi, lekin bizda ham bitta shunaqasi bordek ko‘rindi. Hozir professorni aynan o‘sha odamning ishini o‘zi o‘tirib, qilishni muhokama qilayotganini ko‘rib, shu postni yozish fikri keldi.
Bu guruhlash boshqa sohalarda ham uchrashi tabiiy. Akademiyada ko‘pdan beri bo‘lganimiz uchun, shu misolda kuzatuvni yoritib o‘tdim. Silarda ham shunaqami?

👍20💯6🔥5⚡2❤1
Yuqoridagi postdan beri PhD dissertatsiyasini yozish bilan bandman.
Dissertatsiyani yozish va umumiy jarayon haqida postlar yozishim sizlarga ham qiziqmi?

👍72🔥21💯9❤4
Oxfordda PhD aslida DPhil deyiladi, chunki Doctor of Philosophy (DPhil).
Thesisni (dissertatsiya) ikki xil yozish mumkin. Integrated yoki monograph.
Integrated thesis, ya’ni birlashtirilgan yoki maqolalar asosidagi dissertatsiya. Kamida 3ta chop etilgan maqolani olib, boshiga introduction/literature review va oxiriga discussion qo‘shib, boshqa katta o‘zgartirishlarsiz topshirsangiz bo‘ladi. Albatta, chop etilgan maqolalar sizning ishingiz bo‘lishi kerak (lead yoki co-lead). Bu biroz osonroq yo‘l.
Monograph thesis, ya’ni an’anaviy monografiya dissertatsiya. Bunda kitob shaklga keltirilgan, aniq bir mavzu ostida, barcha qismlari bir-biriga bog‘langan dissertatsiya yozasiz. Chop etilgan maqolalaringizdagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin, lekin mavzu shakllanishi va bog‘liqlikligini ta’minlab berishingiz kerak.
Qaysi yo‘lni tanlash fakultetingiz qoidalariga bog‘liq. Ba’zi fakultetlarda xohlaganingizni tanlashingiz mumkin, ba’zilari (misol, mening fakultetim) faqat monograph talab etadi. So‘z miqdori ham fakultet qoidalariga qarab farqlanadi. Bizda ko‘pi bilan 50 ming, ba’zilarda esa 100 minggacha mumkin.

🔥13❤7👍7🤩1
Men dissertatsiyani quyidagi strukturada yozyapman.
• Introduction
• General Methods
• Part 1
• Part 2
• Part 3
• Discussion
Parts 1-3 asosiy ilmiy qismlari hisoblanadi. Unda qilingan ishlarning “sharbati” ko‘rsatiladi. Mening holatimda har biri o‘zi alohida ilmiy maqola.
Eng qizig‘i, bu 3 ta ishning birontasini haligacha chop etilgani yo‘q.
EDIT:
PS. Oxfordda PhD yoqlash uchun ilmiy ish chop etish talabi yoʻq.

👍35😁10🔥5❤4
Qiziq parallelism
Andijondagi yangi ochilgan koʻprik haqida koʻrib, uzoq davom etgani, aynan temir yoʻl stansiyasi ustidan qurilgani haqida oʻrganib, qiziq solishtirish hayolimga keldi.
Oxfordda ham 3.5 yil choʻzilib kelgan Botley Bridge ham temir yoʻl oldida (lekin poyezdlar uchun) qurilib topshirildi.
237 million funt sterling sarflandi. Jarayon 3ta Primer Minister koʻrdi. Bu vaqt davomida PhD tugatsa ham boʻladi.
Kelganimdan beri shu yoʻl yopiq turgandi. Va nihoyat ochilibdi. Rasmda koʻrsangiz boʻladi.
Unga endi Andijondagi yangi koʻprikni solishtirib koʻring-a. Juda chiroyli chiqqan ekan oʻzimizda.
Uzoq yillar hizmat qiladi deb umid qilib qolamiz.

❤13🔥6
Ilmiy ishda mualliflik qanday boʻladi?
Tasavvur qiling, siz manti pishirmoqchisiz.
Dadangiz masalliqlar uchun pul berdi.
Funding acquisition. Mualliflikka kirdi.
Akangiz bozorga borib, mahsulotlarni olib keldi.
Resources. Mualliflikka kirdi.
Dangasa ukangizni zoʻrgʻa koʻndirib, amakingiznikidan mantiqosqon olib kelishga yubordingiz.
Logistics/technical support. U ham mualliflikka kirdi.
Mantiqosqon amakingizniki edi.
Equipment/resources provided. Amakingiz ham mualliflikka kirdi.
Kichik singlingiz qoʻshni bolalar va jiyanlaringiz bilan oʻynab yurgandi. Ularni chaqirib, manti tugdurdingiz.
Data collection/cleaning. Hammalari mualliflikka kirdi.
Aslida esa mantining boshidan oxirigacha asosiy ishni siz va opangiz qildingiz: xamir qorish, masalliq tayyorlash, tugish, pishirish.
Investigation, methodology, execution, writing. Siz va opangiz birinchi hammuallif boʻlasiz.
Lekin hamma ishni oyingiz buyurgandi.
Supervision. Oyingiz oxirgi, asosiy muallif boʻldi.
Mantini qanday qilishni oyingizga ham, sizga ham aslida buvingiz oʻrgatgan.
Senior mentorship/methodology. Buvingiz ham qoʻshildi. Oyingiz va dadangizdan bitta oldin.
Bobongiz ham ogorodda yurgandi.
Senior mentorship/methodology. Bobongiz ham qoʻshildi. Buvingizdan bitta oldin.
Natija
Maqola nomi:
Oʻzbek mantisini yangi uslub bilan tayyorlash.
Muallilar:
Siz*, Opangiz*, Akangiz, Ukangiz, Amakingiz, Singlingiz, Qo‘shni bolalar, Jiyanlaringiz, Bobongiz, Buvingiz, Dadangiz, Oyingiz§
* These authors contributed equally (Bu mualliflar teng hissa qoʻshgan)
§ Corresponding author (Masʼul muallif)
Mantini ikki kishi pishirdi.
Maqolada esa hamma 12 kishi muallif boʻladi.

🔥31😁28👍8❤5⚡1🤩1
Pul baxt olib kelishi ehtimoliy masala.
Pulsizlik baxtsizlik olib kelishi esa aniq.

🔥57💯42😁10👍8🤔7❤4❤🔥1👎1🕊1
Coffee with platformasi bilan qilgan suhbatimiz chiqibdi.
Ular yoshlarga haqiqiy hikoyalar orqali karyera qilishni tushunishga yordam beradi.
Ikboljon Sobirov - Artificial Intelligence (AI) Researcher | Coffee With
https://www.coffeewith.xyz/videos/interview/ikboljon-sobirov-artificial-intelligence-ai-researcher

www.coffeewith.xyz
Ikboljon Sobirov - Artificial Intelligence (AI) Researcher | Coffee With
Meet Ikboljon, an AI researcher from Uzbekistan who loves solving clinical problems with code, curiosity, and teamwork.
🔥19👍10❤7
Butun tariximizni sunʼiy intellekt bilan yozishlariga qarshiman.
❤21🔥17💯13😁9🤔4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥14❤5❤🔥2😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammasi taqdirmi yoki insonda tanlash erkinligi bormi?
Predestination (taqdirning oldindan belgilanishi) va free will (iroda erkinligi) juda ko‘p bahs qilinadigan mavzulardan biri.
Agar hamma narsa taqdirda yozilgan bo‘lsa, unda insonda tanlash erkinligi bormi?
Shaxsan men bu ikkisini o‘rtada mo‘tadillik bilan ko‘raman. (Juda subyektiv qarashim)
Videoda ko‘rsatilgan holat kabi, inson har bir bosayotgan qadamida tanlov bor va o‘z xohishiga ko‘ra o‘ng yoki chapga yuradi. Lekin, bu bosiladigan va bosib o‘tilishi mumkin bo‘lgan cheksiz yo‘llarning barchasi taqdirda yozilgan, deb o‘ylayman.
Ya’ni inson o‘z qarorlarini erkin qabul qiladi. Lekin, shu qarorlarning har biri, hatto tanlanmay qolgan variantlar va ularning ehtimoliy oqibatlari ham taqdir doirasida qoladi.
Bu xuddi probabilistic machine learning (ehtimollar nazariyasiga asoslangan mashina o‘rganishi) sohasidagi juda ham kuchli model deb qarasak ham bo‘ladi.
Masalan, siz hoziroq sigareta chekishni boshlash yoki boshlamaslik haqida qaror qabul qilishingiz mumkin. Bunda sizda erkinlik bor. Lekin qaysi qarorni qabul qilishingizga qarab, kelajagingiz turlicha shakllanadi.
Taqdirda esa, chekishni tanlaganingiz va tanlamaganingiz holatida shakllanadigan kelajak chiziqlari allaqachon yozilib bo‘lgan.
Balki taqdir biz bosib o‘tishimiz shart bo‘lgan ma’lum bir yagona yo‘l emas, balki bosib o‘tishimiz mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarning jamlanmasidir??
PS Videoda to‘rt o‘lchamli (4D) tasavvur, ya’ni uchta fazoviy o‘lcham va vaqt o‘lchami orqali ifodalangan model ko‘rsatilgan (internetdan qayerdandir topgandim).

🔥35❤10🤝3👍1💘1
PhD supervisorimning ismi Charalambos Antoniades. Uzun va talaffuzi oson bo‘lmagan ism. Charis (Xaris) deb murojaat qilamiz (o‘zini xohishiga ko‘ra), lekin to‘liq ismini ham hammamiz bilamiz.
2022-yilda ular bilan birinchi marta aloqa qilganimizda ular mendan ismimni qisqaroq varianti bormi deb so‘ragan edi. Men atayin yo‘q degandim. To‘liq ismni qanday bo‘lsa, shundayligicha o‘rganishlarini xohlagandim.
Bugunga kelib, ular ham, atrofimizdagi boshqa hamkasblarimiz ham hammasi ismi-sharifimni yoddan, to‘liqligicha, harfma-harf biladi. Hech kimga qiyin emas.
Aytmoqchi bo‘lganim, biz boshqa millatlarning ismlarini o‘rganishga harakat qilganimiz kabi, ular ham biznikini o‘rganishlari tabiiy bo‘lishi kerak.
Ismimizni boshqalarga qulay bo‘lishi uchun inglizchalashtirishimiz yoki o‘zimizga yangi laqab topishimiz shart emas.
Ya’ni, biz ularning ismlarini o‘rganganimiz kabi, ular ham bizning ismimizni o‘zligicha o‘rganishlari mumkin.

❤41👍28💯20⚡2🔥2
Yangi ilmiy maqolamiz nashr etildi.
Unda arteriya kaltsiylashishi nega yetarli oʻlchov belgisi boʻla olmasligi va koronar yalligʻlanish kasallikni sodir boʻlishidan yillar oldin aniqlab bera olishini koʻrsatganmiz.
Toʻliq maqola:
https://doi.org/10.1001/jamacardio.2026.5006

👍36🔥16❤6🎉4
Jensen Huang. Bir deganda 33 yil davomida 5 trillion dollarlik qurilgan legacy bilan xayrlashish.
Bir kompaniyaga sodiqlik qay darajada boʻlishi kerak deb oʻylaysiz?

❤16🔥4🤔2👍1
Maʼlum bir korxonaga boʻlgan sadoqat chegaralangan boʻlishi kerak.
Bir korxonada ishlar ekansiz, siz oʻz mehnatingizni va undanda muhimroq hayotingizni sarf etasiz. Siz foyda keltirayotganingiz uchun ham sizga maosh va insentivalar beriladi.
Bu bilan sizning sadoqatingiz sotib olinayotgani yoʻq. Vaqtingiz va foydangiz uchun teng almashinish.
Sodiqlikni sotib olish eng qiyin masalalardan biri. Katta kompaniyalar odatda "stock" variantlari kabi takliflar bilan sizni koʻproq olib qolishga harakat qiladi.
Shu bilan birga, sizdan foyda koʻrmagan kunidan boshlab, siz ularga begonasiz. Misol uchun, 30 yillik qurgan legacy ham sizni saqlab qolmaydi.
Shunday boʻlsa, bir korxonada qancha vaqt qolgan toʻgʻri?
Holatdan holatga qarab. Baʼzi tadqiqotlarga koʻra 64% ish joyini oʻzgartirganlar karyerasi yaxshilangani va oyliklari oshganini xabarini beradi. Baʼzilari esa umumiy foydali agar-da toʻgʻri yondashuv qilinsa, deb yozadi.
Shaxsan oʻzimdagi oʻlchov men vaqt oʻtkazayotgan joyda va jamoada yangi ilm ola olamanmi yoki yoʻq degan savol bilan boshlanadi. Keyin esa, tark etsam boshqa borar joyimda koʻproq ilm ola olamanmi yoki yoʻq.
Oddiygina opportunity cost analizi.
Koʻpincha holda menda bu 3-5 yil davomida yangilanishga olib keladi.
PhD 3 yilda tugatib, toʻrtinchi yili ham bir jamoada ishimni davom ettirish rejasi. Avvalgi safar ham shunday, 2 yillik magistraturadan keyin yana bir yil bir jamoada qolgan edim.
Hozirgi holatimda, yetarlicha oʻrgandimmi? Juda ham. Yana oʻrganishda davom eta olamanmi? Bir oz. Juda kamdek koʻrinib turibdi. Qolishga arziydigan darajadami? Most likely. Boshqa yaxshiroq variant bormi? Mavhum holda bor.
Demak, keyingi bosqichda kelasi rejani mavhumlikdan aniqlikka olib chiqish bilan band boʻlgan holda, yangi hayot izlab, bel bogʻlayman.

🔥30👍8❤5⚡1
BHF Oxford Centre of Research Excellence simpoziumida qilgan kichik maʼruzamizdan lavhalar
🔥43❤9👏5👍2
Eng qizig‘i duxtir so‘zi aslida o‘qituvchi degan ma’noni anglatadi. Eski lotin tilidan.
Shuning uchun Doctor of Philosophy - filosofiya doktori (ya’ni filosofiya ko‘p turdagi ilm-fanlar, doktor esa shuning o‘qituvchisi) degan ma’noda keladi. Doctor of Law, Doctor of Medicine v.h.k. ham xuddi shu tartibda.
O‘zi boshida ta’lim berish uchun shu darajani olish kerak bo‘lgan. Tadqiqot qilishga aloqasi ham bo‘lmagan. Faqat o‘qitish uchun litsenziya ro‘lini o‘ynagan.
Keyinchalik ma’no ko‘chib, shifokor degan shaklda ko‘proq ommalashgan.

❤23🔥10👍4⚡1🤔1
Kasallikni erta aniqladik. Endi-chi?
Sun’iy intellektning tibbiyotdagi foydalari judayam ko‘payib bormoqda. Xususan, rivojlangan davlatlarda kasalliklarni hali hech qanday alomatlari paydo bo‘lmasidan oldin aniqlash va oldini olishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bizning jamoamizda ham qilayotgan ishlarimizning katta qismi yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish choralarini taklif qilishga qaratilgan.
Albatta, kasallikning oldini olish uni davolashdan ko‘ra ancha arzonga tushishi mumkin. Davlat siyosati va iqtisodiy nuqtayi nazardan profilaktikaga investitsiya kiritishning foydasi katta.
Lekin meni ko‘p o‘ylantiradigan bir savol, kasalliklarni erta aniqlash imkoniyatimiz oshib borayotgan bir paytda, davlat va tibbiyot tizimlari bunga qanchalik tayyor o‘zi?
Shifokorlar bugungi kasallarni ko‘rishga ulgurmayotgan bir vaqtda, hali hech qanday shikoyati bo‘lmagan, lekin kelajakda kasal bo‘lishi xavfi yuqori insonlarni kim qaray oladi? Bu odamni analiz qilish, xo‘p mayli SI bilan kasallikni oldindan aniqlash, keyin, unga oldini olish choralarini ko‘rish va uni kuzatib borish. Shifokorni bularni qilishga vaqti yetmaydi-da. O‘zi bugun kasal odamlarni davolab ulgurmayapti.
Bu savollar men qilayotgan ishlarni O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlarga olib kelish va amaliyotda qo‘llash haqida o‘ylaganimda ko‘p keladi.
Aytaylik, ishlab chiqqan texnologiyamiz yordamida minglab insonlarda yurak-qon tomir kasalliklarining insonga ko‘rinmas simptomlarini va kelajakdagi yuqori xavfni aniqlay oldik. Ularga tegishli profilaktik choralarni ham tavsiya qildik.
Xo‘sh, indan keyin-chi?
Bu insonlarning barchasi bilan shug‘ullanish uchun bizning tibbiyot tizimida yetarlicha mutaxassis, vaqt va imkoniyat bormi?
Boshqa tomondan, aynan resurslari cheklangan davlatlar uchun kasalliklarning oldini olish yanada muhimroq. Chunki, bugun oldi olingan kasallik ertaga davolanishi kerak bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishi mumkin. Juda ko‘plab Health Economics tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatadi.
Ammo buning uchun bugunning o‘zida qo‘shimcha vaqt va inson resurslari kerak bo‘ladi.
Yechim qanday bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?

❤15👍7🔥4