β#Tabassum
Bolalik xotiralari. (Sunnat to'yi - millat to'yi, birodarlar)
1995-yil. 3 yosh edim. Meni to'y qilib "uylantiramiz" deyishdi. Og'zim quloqda. Yettinchi osmonda uchib yuribman. Uyimizda qarindoshlar, qo'ni-qo'shnilar, yaqin tanishlar yig'ilgan, Hamma menga pul berib tabriklayapti. Cho'ntagim pulga liq to'la. Kamiga salla, choponcha kiygizib, atrofimni o'rab tantanali musiqalar sadosi ostida ustimdan 1-3-5 eski tiyinlik va 1-3 so'mlik tangalar sochishdi. Rahmatli dadam o'sha davrda eng katta pul - 50 so'mlik berdilar. Qolganlar 3 so'm,10 so'm, 25 so'm qistirib tashlashyapti. Shuncha pul bo'lib kamiga yerdagi tangaga egilishga uyalib qaramadim ham. )) O'zimcha bu pullarga nima olish haqida xayol suryapman. Osmon musappo. Sevinchim ichimga sig'may toshyapti. Bizning shevada aytganda "dimog'im chog'."
O'sha paytlar kichik xolam yaqinda turmushga chiqqan edi. Yangi kelinchak do'ppisi-yu ko'ylagida yuribdilar. Onam menga o'sha xolamni ko'rsatib "Ana seni kelinchang", - dedilar. Qarasam rostdan ham uylanyapman. Biz xursand. Xo'rozdek kerilib yuribmiz.
Bir payt katta tog'am kelib
- Jonim, yur mehmonlarga she'r aytib berchi. Sandan she'r eshitishmoqchi ekan. - deb meni ichkari xonaga boshladilar. Yoshlikdan she'riyatga juda qiziqardim va 3-4 yoshimdayoq 10 tacha she'r, 3-4 ta kichik suralarni yodlagan edim. She'rlarni 2-3 marta o'qib darrov yod olar edim. Hamma tilimga qiziqib she'r, suralar ayttitar edi. Shu sababdan odatiy holat edi.
Xullas, tog'am ichkariga olib kirdilar. Uy to'la erkak!!! To'rda oppoq qoshlari uzun amaki o'tiribdi. "Che to" ichkarida ob-havo g'alati. Nimadir "ne to". Oltinchi hissiyot ishga tushib ketib ko'nglim nimanidir sezgandek darrov ortga qarab qochdim. Tog'am hali ikkinchi xonadan chiqmasimdan orqamdan quvib yetib ushlab ko'tarib "jallod"lar ichiga olib kirib ketdilar. Qarasam, voy-vo' 10 tacha erkak shartta meni o'rtaga olib, qavat-qavat ko'rpacha bilan baland qilib to'shalgan to'shakka yotqizib qo'l-oyog'imni bosib qapishtirib qo'yishdi. Endi baqiraman deb og'zimni ochgan edim og'zimga 2ta katta nonni juftlab joylab tiqishdi. Qoshlari uzun amaki esa, yaramas katta "xanjar"ini chiqarib "Bismillah"- deb meni tilka pora qilib tashladi... Eh... Adolating shumi, dunyo deya qilt etmay yotaverdim.
Nimani xayol qilgan edim-u, ne ahvolga tushdim.
O'shandan beri uylantiramiz deyishsa yuragim orqaga tortadi. Bu safar yana nimadan ayrilar ekanman deb. π
Β© Hayot Baxtiyor oβgβli
O'zimizning kanaldan
@Hikoyalar