#Muhabbat πΉ
Ba'zan o'ylab qolaman...
Qandoq ham baxtliman deya...
Ba'zan yuragim taka-puka uradi, huddi oshig'i bilan diydorlashgan mashuqadek!
Har kimda bir istak bo'ladi: sevgan yorini hammadan ham yaxshi, go'zal xulqli bo'lishini, u hammadan mukammal bo'lishini istaydi!!!
Men sevdim... Shunchalar sevdimki, qancha gunoh va masiyatlar bilan yaqinlashsam-da, Undan so'rasam-da, so'rayversam-da ko'ksimdan itarmaydigan, "bor, ket!", deb meni O'zidan uzoqlashtirmaydigan Zotni sevdim!
U Odamni yaratib, unga O'z nafasidan "puf"ladi...
Uning nafasi kirgan har bir vujudni yaxshi ko'raman, har biriga hurmatim bor..!
Biram baxtlimanki, biram baxtiyormanki!!!
Qandoq ham baxtsiz bo'lay, axir buyuk Rob men so'ramasam ham O'ziga sajda qilguvchilardan qilgan bo'lsa, axir Muhammad alayhΔ±ssalomni tanlab, u zot alayhissalomni Rosul qilib saylab, besh vaqt ibodatni va boshqa farz amallarni amr etganidan so'ng ham, tug'yonga ketgan, ishonmagan, ergashmagan necha minglab, millionlab, milliardlab insonlar o'tdi, hali yana qanchasi o'tadi... Mana shuncha adashgan, gunohkorlar orasidan meni tanlab aqlim qabul qila olgunicha, nafsim ko'targunicha O'zini tanitib qo'ygan bo'lsa...
Muhammad alayhissalom uchun ham o'sha Alloh, o'sha Qur'on, o'sha Ka'ba edi... Men uchun ham o'shandoq!!!
Odatda, boshimizga bir tashvish tushsa: "qaysi gunohlarim uchun?", deymiz.
Hech egilmagan boshimni sajdada egdim, qaysi qilgan solih amalim bilan Alloh menga O'zigagina ibodat qilishdek baxtni bergan bilmadim, lekin o'sha amalimni ko'proq bo'lishini xohlardim!!!
Robbim, O'zingga shukr, mana shu yurtda, mana shu tuproqda, mana shu oilada, Δ°slom ne'matini to'liq berganing uchun, meni O'zingga ibodat qilish bilan sevintirgan, baxtiyor qilganing uchun!!!
Sening nafasing tekkan har bir jonni, vujudni yaxshi ko'raman, Robbim!
Sendan uzoqlashtiradigan, Seni norizo qiladigan amallardan qanchalar qo'rqsam, shunchalar yomon ko'raman..!
π Β©Fatima Aliy π
πΈ @Fatima_Aliy πΈ