Green Card (Visa Support)
3.55K subscribers
113 photos
79 videos
85 links
Green card hizmatlari; royhatga olish va yutuqni rasmiylashtirish hizmatlari.



Tel: 998029699
Bot: @GreenCarduzbekbot
Download Telegram
Agar sizda chaqaloq bo’lsa uni qanday suratga olishni bilmayapsizmi?
Buning uchun oppoq choyshab yoki matoga bolani yotqizib, bosh kiyim va turli yuzni tosadigan sorg’ich yoki shunga oxshash narsalarsiz ko’zlari ochiq holda kameraga qaratib suratga olasiz. Suratga yuqori sifatli telefonda ham olsa bo’ladi. Agar bola hali yangi tug’ilgan bo’lsa va ko’zlari yaxshi ochilmagan bo’lsa u holda boricha suratga olib tashlaysiz.

Eslatib o’tamiz Toshkent shahar Navoiy ko’chasida joylashgan ofisimizda Green Carta uchun suratga tushirish hizmatlari mavjud. Murojaat uchun;

@nuriddinnabiev
+998998029699
Hurmatli kanalimiz a'zolari!!! Green Card 2021 uchun ro'yhatga olish tugab bormoqda, shoshiling, o'z omadingizni biz bilan sinab koring. Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ofisimiz shanba va oddih kunlari ham ishlaydi.

Manzil: Toshkent Navoiy kochasi, 22. Mo'ljal Turon bank. Agagr siz Toshkentda bo'lmasangiz Internet orqali barcha malumotlarni @nuriddinnabiev ga jo'nating. Tel:+998998029699
Bir yigit bugun ofisga hursand bo’lib keldi. Menga Green Card lotareyasida ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatib mendan so’radi:

- “ Ushbu hujjat ro’yhatdan o’tganimni tasdiqlaydimi ? ” dedi,
- Men “ha” dedim.
- “Unday bo’lsa nima uchun qizil (zagran passport) kerak deb aytayapsizlar? Men yashil fuqorolik passportim bilan ro’yhatdan o’tdimku” dedi.
- Men unga “Zagran passport nabodo yutuq chiqsa elchihonadan Viza olish uchun kerak, yashil passportga 2019 yildan buyon hech qanday Viza qo’yilmayapti.” dedim
- Shunda u hursand bo’lib “ ha, agar yutsam qizil (zagran) passport olaman” dedi.
- Ammo mening javobim uni o’ylantirib qo’ydi. Men unga “Sizning yashil passportingizdagi seriya raqam yangi oladigan qizil passportingizdagi raqam bilan to’g’ri kelmaydi, tizimga o’zgartirish ham kiritib bo’lmaydi. Siz endi yutuq chiqsa hursand bo’lmang, chiqmasa hafa bo’lmang. Chunki elchihonada birgina hujjatdagi harf hato bo’lsa, Viza berilmasligi uchun yetarli.

Ushbu suhbat nafaqat lotareyada ishtirok etuvchilar uchun, balki ro’yhatga oluvchilar uchun ham ibrat bo’lsin. Ro’yhatga olishni o’rganish onson, ammo buning ham o’ziga yarasha mas’ulyati bor. Yutuq chiqqandan so’ng hamma ham hujjat yeg’ib elchihonaga taqdim etmagan, ayniqsa ro’yhatga olishni yaqinda boshlaganlar. Elchihonada, to’ldirilgan anketa bilan DS-260 formasidagi Ism sharif, passport ma’lumotlaridagi birgina harfdagi hatolik Viza berilmasligi uchun yetarlicha asosdir. Odamlarni bekorga vaqtini va pulini sariflamang, qoidaga amal qilgan holda ishtirokchilarni ro’yhatga oling va pulingizni HALOLLAB toping!!! Siz aytishingiz mumkin,” o’ynagan ishtirokchilarning hammasi ham yutavermaydi, yashil passport bilan ro’yhatga olaveramiz harna pul topib qolganimiz” deb. Ammo har bir ishtirokchi umid bilan Siz anketani barcha qoidalarga buysungan holda to’ldirayotganingizga ishonib pul beradi. Odamlarni aldamang, ularga bor haqiqatni ayting, bekorga ishtirokchi sonini oshirib sanoqli yutuqli kvotalarni havoga uchurmang!!!
Green Card lotareyasi Sentabr oyida takroriy oyinaladimi?
YO’Q. Hech qanday takroriy tanlash bo’lmaydi. 2019 yil Sentabr oyidadi, Amerika elchixonasi tomonidan o’tkazilgan Green Card 2021 uchun kiritilgan o’zgartirishlarni tushuntirish davomida ham ushbu savol ko’tarildi. Rasmiy elchixona hodimi hech qachon bunday bo’lmaganini takidladi.
Eslatib o’tamiz Green Card 2021 lotareyasi uchun arizalar 5 Noyabr kech soat 22:00 gacha davom etadi. Bizning Toshkent shahar Navoiyko’chasi, 22 da joylashgan ofisimiz har kuni shanba va yakshanba kunlari ham ishlaydi. Murojaat uchun +998998029699, @nuriddinnabiev.
Seshanba kuni 5.11.2019, soat 21:00 da Green Card 2021 lotareyasi yakunlanadi. Topshiruvchilar soni haddan ziyod ko'p bo'lgani tufayli, rasmiy web sahifa tushlikdan so'ng yaxshi ishlamayapti. Shu munosabat bilan, ro'yhatdan o'tishni istaganlar kunning birinchi yarmida kelishlari tavsiya etiladi.

Eslatib o’tamiz Toshkent shahar Navoiyko’chasi, 22 da joylashgan ofisimiz har kuni shanba va yakshanba kunlari ham ishlaydi. Ish vaqti 9:00 dan 21:00 gacha. Ro'yhatdan o'tish narxi 70.000 so'm.

Murojaat uchun +998998029699, @nuriddinnabiev.
Green Card 2021 dasturini ro’yhatga olish rasman yakunlandi. Noyabr oyida qishgi vaqt oralig’iga o’tish munosabati bilan ro’yhatga olish vaqti 1 soatga uzaytirildi. Ya’ni Noyabr oyiga qadar AQSh va O’zbekiston vaqtlari oralig’i 9 soat bo’lgan bo’lsa Noyabr oyidan boshlab 10 soatni tashkil etdi. Boshqacha qilib aytganda Noyabr oyiga qadar New York vaqti bn soat 12:00 O’zbekiston vaqti bilan 21:00 ga teng bo’lgan bo’lsa, Noyabrdan boshlab New York dagi 12:00 O’zbekiston vaqti bilan 22:00 ga teng bo’ladi.

5 Noyabr kuni tarmoqda juda ham ko’p ariza topshiruvchilar bir vaqtning o’zida anketa topshirishga harakat qilganlari sababli tarmoqda jiddiy muammolar yuzaga kelib anketa topshirishningiloji bo’lmadi.
Barcha lotareyada ishtirok etgan yurtdoshlarimizga omadlar tilab qolamiz. Bizdan uzoqlashmang, barcha Green Card haqidagi ishonchli malumotlar bizda. Nasib etsa 5 May, 2020 yilda javoblar elon qilinganda yana siz azizlar bilan habarlashamiz.

Eslatib o’tamiz, Green Card lotareyasi har yili faqat Oktabr oyining birinchi haftasidan Noyabr oyining birinchi haftasigacha oynaladi. Bundan boshqa oylarda ro’yhatdan o’tish imkoni mavjud emas. Aldanib qolmang!!!
Диккат!!!

“Green Card 2022” ариза кабули хали БОШЛАНМАГАН. Умуман “Green Card” лотереяси бир йилда бир маротаба Октябрь ва Ноябрь ойларида булиб утади.

Агар сиз аввалрокдан руйхатдан утмокчи булсангиз, ва ариза берсангиз;
⁃ октябрь ойига кадар сизнинг оилавий холатингиз узгариши (турмуш куриш, уйланиш, фарзандли булиш ва бошкалар) кайта руйхатга олинишни талаб килади:
⁃ Тизим факат октябрь ойида очилганлиги сабаб сиз РОСТДАН ХАМ РУЙХАТГА ОЛИНГАНИНГИЗНИ то октябрь ойига кадар била олмайсиз. Куп холларда сиз октябрь ойида сизни «руйхатга олган» ёрдамчингизни топа олмайсиз.
⁃ “Green Card” лотереясида бирон бир янги коида кушилса (худди утган йилги каби) кайтадан руйхатга олиниш талаб киланади. Аммо сизни аввал руйхатга олган кимсани топа олмайсиз. Утган йили куплаб юртдошларимиз «олдиндан руйхатга» олинишдан азият чекдилар ва тулаган пулларига куйдилар.

Юкоридагиларни инобатга олган холда, “Green Card” лотареяси учун аризани факат ва факат Октябрь ойида топширишингизни маслахат берамиз.

Бундан ташкари, “Green Card” лотореяси гуёки хар йили аник буладигандек туйилади барчамизга. Аммо, хар йили лотареяга ариза топширишдан аввал янги коидалар ва иштирок эта оладиган мамлакатлар руйхати эълон килинади. Агар Узбекистон иштирокчи мамлакатлар каторидан урин олмаса ( сунгги 5 йилда 50.000 узбек мигранти Америкага борган булса), бугунги кунда руйхатдан утаётган ва утказаётганларнинг сай харакатлар бекор булади.

УШБУ ХАБАРНИ ЯКИНЛАРИНГИЗГА ХАМ ТАРКАТИНГ. УЛАРНИ АЛДАНИБ КОЛИШЛАРИДАН ОГОХ ЭТИНГ!!!
Green Card (Visa Support) pinned «Диккат!!! “Green Card 2022” ариза кабули хали БОШЛАНМАГАН. Умуман “Green Card” лотереяси бир йилда бир маротаба Октябрь ва Ноябрь ойларида булиб утади. Агар сиз аввалрокдан руйхатдан утмокчи булсангиз, ва ариза берсангиз; ⁃ октябрь ойига кадар сизнинг…»
Ассалому алайкум!!! Барчангизни кириб келган Рамазон ойи билан муборакбод этамиз.
Маълумки, бугунги кунда дунё буйлаб Covid-19 пандемияси туфайли куплаб тадбирлар уз вактидан кечиктирилмокда. Шу жумладан “Green Card 2021” лотареясининг жавоблари эълон килиниши расман 2020 йил 5 МАЙдан 06 ИЮНЬ санасига кучирилганини маълум киламиз.
Бугун 2020 йил 6 июнь Узбекистон вакти билан соат 21:00 да Green Card 2021 жавоблари эълон килинади!!!

Жавобларни dvlottery.state.gov сайти оркали текширишингиз мумкин.

Иштирокчилар куплиги сабабли жавобларни текшириш бир неча кун талаб этади.

Барча иштирокчиларга омад тилаймиз!!!
Z******VA, P****NA ishtirokchimiz yutuq bilan tabriklaymiz!!! Yosh oila yutuq egasi bo'ldi.
Green Card 2021 dasturi bo’yicha dunyo bo’ylab jami 191 davlat ishtirok etdi va 128512 ta ishtirokchi tanlab olindi.
Eslatib o’tamiz tanlab olinganlarning barchasiga ham viza berilmaydi!!! O’yin qoidalariga ko’ra faqatgina dunyo bo’ylab 55000 odamga viza beriladi, qolgan ishtirokchilar turli sabablarga kora rad javobini oladilar.

Green Card 2021 da yangi bo’lim, horijga chiqish passporti (qizil pasport), joriy etilgani sabab, barcha yashil pasport bilan o’yinda ishtirok etganlar Viza berilishida rad javobini olishlari elchihona tomonidan ham ma’qullandi.

Quyida, dunyo bo’ylab eng ko’p yutuq egalari tanlab olingan mamlakatlar 10 taligini e’lon qilamiz.

🇪🇬 Misr - 6002
🇮🇷 Eron - 6001
🇩🇿 Jazoir - 6001
🇷🇺 Rossiya - 6001
🇸🇩 Sudan - 6001
🇺🇦 Ukraina - 5604
🇺🇿 O’zbekiston - 5319
🇨🇩 Kongo - 4503
🇲🇦 Marokash - 4458
🇦🇱 Albaniya - 3962

O’rta Osiyo boyicha.
🇺🇿 O’zbekiston - 5319
🇰🇿 Qozog’iston - 2406
🇹🇯 Tojikiston - 2332
🇦🇫 Afg’oniston - 2189
🇰🇬 Qirg’iziston - 2130
🇹🇲 Turkmaniston -870

Green Card haqidagi eng so’nggi habarlar kanaliga qo’shiling 👉 https://tttttt.me/green_card_uzbekistan
Green Card 2022 lotareyasi qachon o’ynalishi haqida aniq malumot hali mavjud emas. Lotareya bu yil oynalishi yoki o’ynalmasligi ham hali nomalum. Shu boisdan barchangizga oldindan, turli firmalarga hujjat topshirib ro’yhatdan o’tishga harakat qilmasligingizni tavsiya qilamiz. Shuningdek, o’yinda ishtirok etishni hohlovchilar uchun, horijga chiqish pasportini (qizil pasport) avvalroqdan olishni tavsiya qilamiz.

Eslatib o’tamiz Green Card lotareyasi faqat bir yilda bir marotaba Oktabr oying birinchi haftasi va Noyabr oyining birinchi haftalari oralig’ida o’tkaziladi.

Green Card haqidagi eng so’nggi habarlar kanaliga qo’shiling 👉 https://tttttt.me/green_card_uzbekistan
Rasman!!!
Green Card 2022 dasturi, 2020 yil 7 Oktabr 21:00 (Toshkent) dan 2020 yil 10 Noyabr 22:00 (Toshkent) oraliqlarida bo’lib o’tadi.

Yuqorida ko’rsatilgan muddatlardan tashqari (avval yoki keyin) qilingan registratsiya haqiqiy emas!!!
Green Card (Visa Support) pinned «Rasman!!! Green Card 2022 dasturi, 2020 yil 7 Oktabr 21:00 (Toshkent) dan 2020 yil 10 Noyabr 22:00 (Toshkent) oraliqlarida bo’lib o’tadi. Yuqorida ko’rsatilgan muddatlardan tashqari (avval yoki keyin) qilingan registratsiya haqiqiy emas!!!»
Ассалому алайкум ҳурматли каналимиз аъзолари! Бугун Тошкент вақти билан 21:00 да "Green Card 2022" лотареяси бошланади. Лотереяда иштирок этиш учун ҳар бир иштирокчи(да):

- Камида 18 ёшга тўлган бўлиши;
- Ҳорижга чиқиш пасспорти (қизил пасспорт) бўлиши (фақат асосий иштирокчи учун, болаларга керак эмас);
- Ўрта малумотли (11 синф, коллеж, литсей) ёки 2 йиллик ҳунарманд стажи бўлиши керак;

Рўйҳатга олиш 2020 йил 10 ноябрга 22:00 га қадар давом этади.
GREEN CARD 2020 лотарейсида иштирок этмоқчи бўлган барча юртдошларимизни Тошкент шаҳридаги офисимизда кутиб қоламиз. Офисимиз ҲАР КУНИ 9:00 дан 22:00 гача, ДАМ ОЛИШ КУНЛАРИСИЗ ишлайди. Офисга фақат қизил пасспорт билан келинса кифоя, суратга тушуриш ҳизмати мавжуд. Мўлжал Самарқанд дарвоза кўнгил очар маркази рўпарасида.

Вилоятларда ёки бошқа мамлакда яшайдиган юртдошларимиз, ONLINE рўйҳатдан ўтишлари мумкин. Бунинг учун яшаш жойидаги суратхонага бориб, орқа фони табиий оқ фонда бўлган суратга тушиб пасспорт билан телеграм орқали +998998029699 рақамига юборишлари мумкин. Тўловлар Payme, Click ёки Paynet орқали ҳам амалга оширса бўлади.

Барча иштирокчилар рўйҳатга олинган заҳотиёқ тасдиқловчи ҳужжат "Cонфирматион нумбер" шу заҳотиёқ берилади. Бизнинг офисда ҳеч кимнинг маълумотлари сақланиб қолинмайди, ва келаси йил беруҳсат рўйҳатга олинмайди.

Бу йилги рўҳатга олиш нархлари қуйидагича:
- Онлине ройҳатга олиш 50.000
- Оффлине (офисда) рўйҳатдан ўтиш 70.000 (битта оила учун ҳам шундай)

*ҳар йилги мижозларимиз учун маҳсус чегирмалар мавжуд.
Ҳижобли аёл Греен cард учун ҳижобини ечиб тушиши шартми?

Ҳижобли аёл Греен Cард учун суратга тушаётганида ҳижобини ечмайди. Юзлари тўлиқ ко’риниб турадиган ҳолда рўмолини ўрайди. Шунингдек, суратга тушаётганда эркак, аёл ва болалар оппоқ кийимда тушишлари тавсия қилинмайди. Чунки оқ фонда суратга оқ кийимда тушилса кийим ва орқа фон бир ҳил бо’либ қолади.
Эслатиб о’тамиз Тошкент шаҳар, Самарқанд дарвоза кўчаси, 6-уй да жойлашган офисимизда Греен Cарта учун суратга тушириш ҳизматлари мавжуд.

Мурожаат учун телефон:
+998998029699
Эслатма!

GREEN CARD лотареясида иштирок этувчилар сони дунё бўйлаб кўплиги сабабли, лотареяда иложи борича вақтлироқ рўйҳатдан ўтиш тавсия этилади. Ўтган йилги мавсумда лотареянинг оҳирги 10 кунлигида тизимнинг яхши ишламаганлиги сабабли кўпчилик рўйҳатдан ўта олмаган.

Эслатиб ўтамиз, Тошкент шаҳар, Самарқанд Дарвоза кучаси, 6-уй (Самарқанд дарвоза дўконлар мажмуаси рўпарасида) жойлашган офисимиз Якшанба кунлари ҳам ишлайди.