Green Card (Visa Support)
3.48K subscribers
114 photos
79 videos
85 links
Green card hizmatlari; royhatga olish va yutuqni rasmiylashtirish hizmatlari.



Tel: 998029699
Bot: @GreenCarduzbekbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Green Card yutgan yurtoshimiz o’z hayoti haqida so’zlab berdi.
Siz GREEN CARD lotereyasi haqida nimalarni bilasiz?

Ushbu lotareyani o’ynashga qiziqadiganlar yurtimizda yetarlicha topiladi. Eng qizig’i shundaki lotereya qonun qoidalari aniq bo’lib u yerda hech qanday yutish sirlari mavjud emas, shunday bo’lsada odamlar orasida turli tushunmovchiliklar hamon mavjud. Ho’sh ushbu green carta lotereyasi ozi nima?

Green carta lotareyasi bu Amerika qo’shma shtatlariga visa olish imkonini beruvchi lotareya bo’lib, har yili dunyoning turli mamlakatlaridan lotareya g’oliblari kompyuterlashtirilgan tizim orqali tanlab olinadi. Lotareyada yutishning hech qanday siri mavjud emas, aks holda birinchi bo’lib ro’yhatga olayotgan odamlarning o’zlari yutuqni qo’lga kiritgan bo’lardi. Ammo to’g’ri ro’yhatdan o’tish juda muhim. Aks holda lotareyada ishtirok etmaysiz.
Green carta lotareyasida ishtirok etish uchun hech qanday to’lov talab etilmaydi. Ro’yhatdan o’tish bepul. O’z o’zidan savol tug’iladi nima uchun turli joylarda har yili falon sum dan ro’yhatga olinadi? Javobi oddiy: birinchidan ro’yhatga olish uchun ofis, kompyuter, fotoaparat va boshqa turli tuman kerakli jihoz va uskunalarning arendasi va sotib olish uchun ketgan pulni qoplash uchun. Ikkinchidan green carta royhatga olish jararoni bari Ingiz tilida bo’lib ro’yhatga oluvchidan tilni bilish va o’rta hisobda 8-12 daqiqa talab etiladi. Lotareyada ishtirok etishni hohlovchilar ko’pligi sababli kimdir bu ish bilan kun boyi shug’ullani va shunga yarasha haq olishi darkor.
Lotareya haqida qisqacha malumot: Lotareyada ishtirok etish uchun orqa foni oq rangda bolgan 600*600 pixelda rasmning electron shakli va fuqaro pasportidan kopiya kerak boladi. Rasmga tushayotganda kulish, jilmayish yo turli yuz ifodalarini aks ettirish mumkin emas. Neytral holatda bolish kerak, kiyim kechak ihtiyoriy bolib har kungi kiyiladigan kiyimda suratga tushiladi. Ammo oq kiyimda suratga tushish mumkin emas. Agar bir inson doimo kiyib yuradigan diniy libosda (masalan singular sallasi) bolsa osha korinishda suratga tushishi mumkin.
Endi Lotareyada ishtirok etishdagi eng muhim jihat, bu lotereyada ishtirok etayotganingiz haqidagi tasdiqlovchi hujjat. Tasdiqlovchi hujjatni qo’lga kiritmay turib lotareyada ishtirok etish tavsiya etilmaydi, hatto registratsiya TEKINGA bo’lsa ham. Nima uchun deysizmi bunga 3 ta sabab bor.
Birinchidan lotareyada ishtirok etib yutganingiz yoki yutmaganingizni faqat va faqat tasdiqlovchi hujjatdagi kod orqali bilishingiz mumkin. Har yili koplab insonlar aldov qurboni boladilar. Siz lotareyada yutdingiz bizga falon ming dollar bersngiz yutug’ingzni beramiz deyishadi. Yutuq chiqqan bolsa ho’p ho’p, ammo yutuq chiqmagan bo’lsayu sizni aldab hujjat ko’rsatib so’ng g’oyib bo’luvchilar ham yo’q emas. Bizga ko’plab shunday murojaatlar kelib tushadi.
Ikkinchidan tekin oynatib beradigan “yordamchilar” ishtirokchi haqidagi malumotlarni o’zlarida saqlab kelasi yil ham ishtirokchi roziligini olmasdan o’ynash holatlari yuzaga keladi. Shu tariqa siz o’zingiz bilmagan holda lotareya yutishingiz yoki o’yindan diskvalifikatsiya qilinishingiz mumkin. Negaki siz kelasi yili boshqa bir yerdan registratsiyadan o’tasiz va bir paytda sizning nomingizdan boshqalar ham royhatdan otadi. Qarabsizki ikkita bir hil anketa o’yindan diskvalifikatsiya qilinishga sabab boladi. Bundan tashqari turmushga chiqmagan qizlarning malumotlari. Ming afsuslar bolsinki har yili nabodo turmushga chiqmagan qiz green cartadan yutib qolsa uning malumotlari ozgalarga sotiladi. Chunki to’ydan so’ng turmush ortogini ham amerikaga olib keta oladi. Bu naqadar pastkashlik.
Uchinchidan may oyida lotareya javoblari elon qilingan vaqtda siz lotareyangiz javobini hech qachon bila olmaysiz u kimsalarni topa olmaysiz ham. Chunki lotareya bor yo’g’I bir oy davom etgani uchun, barcha ro’yatga oluvchilar ofisni bir oyga oladilar. Bundan tashqari alohida telefon nomer ham bir oylik bo’ladi.
GREEN CARD 2021 ga aynan bizda ro’yhatdan o’tishingiz uchun sabablar!!!
- Har bir ishtirokchiga o’yinda ishtirok etayotganini tasdiqlovchi “Confirmation number” hujjat beriladi.
- Qatnashuvchilarning malumotlari sir saqlanadi va hech kimga sotilmaydi, kelasi yil ruhsatsiz o’z boshimchalik bilan ro’yhatdan ham o’tkazilmaydi.
- Ro’yhatdan o’tgan har bir fuqoro ushbu gruppa azosiga aylanadi va gruppa yil davomida har doim mavjud va ochiq bo’lib, istalgan vaqtda istalgan savolingizni so’rashingiz mumkin.
- Ro’yhatdan o’tish uchun ma’lum bir vaqtni topib barcha oila a’zolari bilan yeg’ilib kelishning hojati yo’q. Siz uchun qulay bo’lgan fotostudiyaga bo’rib barcha ishtirokchilarning suratlarini va passport malumotlarini telegram orqali gruppa adminstratorlariga yuborishingiz va qulay fursat topib Toshkent shahridagi ofislarimizdan biriga kirib tasdiqlovchi hujjatni olib ketishingiz mumkin. Bu hatto chet elda yurgan fuqorolarimiz uchun ham qulay.
- Shaharning turli joylarida ofislar.
- Va albatta yuqori sifatli hizmat ko’rsatish va ko’p yillik tajriba.
Green Card 2021 lotareyasiga bir qancha o’zgartirishlar kiritilganidan barchamizning habarimiz bor. Ushbu o’zgartirishlar ichidagi eng katta tortishuvga sabab bo’layotgan jihat bu passport. Habaringiz bor bu yilgi Green Card da har bir asosiy ishtirokchi o’z passport malumotlarini kiritishi talab etiladi. Ammo xalq tili bilan aytganda qizil passport mi yoki yashil passport mi? Ushbu va boshqa yangiliklardan habardor qilish maqsadida Amerikaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan maxsus prezentatsiya tashkillashtirildi. Prezentatsiyada oddiy fuqorolardan tortib Green Card ro’yhatga oluvchi mahalliy tashkilot va fuqorolar ham ishtirok etdilar.
Yeg’ilishda asosan 3 ta masalaga katta urg’u berildi: Passport, ro’yhatdan o’tish shakli va tasdiqlovchi hujjat.
Har bir Green Card 2021 lotareyasida ishtirok etmoqchi bo’lgan shaxs Qizil passport (zagran passport) ga ega bolishi tavsiya etildi. Bunda, faqat asosiy ishtirokchida qizil passportning bo’lishining o’zi kifoya. Aytaylik erkak kishi oilasi bilan ishtirok etmoqchi bo’lsa faqat o’zi uchun qizil passport kerak, ayoli va farzandlari uchun kerak emas. Ammo ayol ham alohida qatnashmoqchi bo’lsa uning uchun ham alohida qizil passport kerak.
Yeg’ilishda shuningdek, har bir fuqoro royhatdan o’tishni o’zi amalga oshirishi tavsiya qilindi. Ammo, ro’yhatga olish, hususan suratga tushish qoidalari bir muncha tajriba talab etgani sabab, ro’yhatdan o’tish uchun 3-shaxs yordamidan yoki turli ro’yhatga olish hizmatlaridan foydalanganda, ro’yhatga olish jarayonidagi malumotlar to’rligiga etibor kerakligi takidlandi. Shuningdek, alohida urg’u bilan RO’YHATGA OLINGANNI TASDIQLOVCHI HUJJATNI HAR BIR ISHTIROKCHI TALAB QILISHI tavsiya etildi. Ushbu hujjat har qanday sababga ko’ra berilmasa sizni ro’yhatdan otgan yoki o’tmaganingizni bilmaysiz. Bundan tashqari, yutuqni tekshirish va uni rasmiylashtirish faqat va faqat tasdiqlovchi hujjatdagi mahsus kodlar orqali amalga oshiriladi. Agagr sizda tasdiqlovchi hujjat yo’q bo’lsa, sizni onsongina turli yo’llar bilan aldab, pulingizni olishlari uchun zamin yaratib bergan bo’lasiz, hattoki tekinga ro’yhatdan o’tkazishni taklif qilsalar ham.

Yanada batafsil malumot va ro’yhatdan o’tish hizmatlaridan foydalanish uchun 👇👇👇👇

@nuriddinnabiev
99 802 96 99
Toshkent shahridagi asosiy ofis manzilimiz. Eslatib o’tamiz, agarda siz Toshkent shahrida bo’lmasangiz, bemalol Internet orqali qatnashsangiz bo’ladi. O’tgan yili Xorazmlik oila Internet orqali qatnashib yutuq sohibi bo’ldi. Internet orqali qatnashish ofisga borib qatnashishdan hech qanday farq qilmaydi.

Internet orqali qatnashish uchun @nuriddinnabiev ga yozing. Yoki 998029699 raqamiga telefon qiling.
Juda ham muhim!!!

Green Card lotareyasi har yili faqat BIR OY davomida o’ynaladi holos. Odatda lotareya Oktabr oyining birinchi haftasidan to Noyabr oyining birinchi haftasigacha ro’yhatga olinadi. Bu yilgi ro’yhatga olish ham 2 Oktabrdan to 5 Noyabrgacha davom etadi.

Menga “yil boshida Green Card o’ynagan edim, bir oy oldin ro’yhatdan o’tgan edim” kabi juda ham ko’p murojaatlar kelib tushadi. Agar siz ham yuqorida korsatilgan oylardan (Oktabr va Noyabr) tashqari oylarda ro’yhatdan o’tgan bo’lsangiz, siz o’yinda ishtirok etmayapsiz. Nega deysizmi?

Avvalambor, nima uchun ro’yhatga olish BIR OY bo’lsa, qo’shtirnoq ichidagi Green Card ro’yhatga oluvchilari yil bo’yi ro’yhatga olishini bilib olaylik. Gap shundaki, avvallari lotareyada ishtirok etish uchun faqat oddiy passport va rasm kerak edi. Yil davomida ayrim qo’shtirnoq ichidagi Green Card ro’yhatga oluvchilari, lotareyada qatnashishni istagan odamlarni malumotlarini yeg’ib, royhatga olish boshlanganda, ya’ni Oktabr oyida malumotlarni tizimga kiritishgan. Afsuski agar ma’lumot, royhatga olish boshlangunga qadar yo’qolsa, ishtirokchi oyinda ishtirok ham etmagan.

Bundan tashqari, bu yildan boshlab Green Card lotareyasida ishtirok etish uchun qizil passport (zagran pasport) kerakligini inobatga olsak, 2018 yil Noyabrdan to 2019 Sentabr oylariga qadar bo’lgan muddat oraligidagi barcha ro’yhatga olinganlar aslida o’yinda ishtirok etmayaptilar hozirgi vaqtda. Chunki hujjat topshirganda hech birlari qizil pasport malumotlarini taqdim qilmaganlar.

Hurmatli kanalimiz a’zolari!!! Agar orangizda avvalroq hujjat topshirganlar bo’lsa, bilib qo’yingki siz o’yinda ishtirok etmayapsiz. Siz hali ro’yhatdan o’tmadingiz sababi hali ro’yhatga olish boshlangani yo’q. Bundan tashqari endilikda sizga qizil pasport kerak bo’ladi royhatdan o’tishingiz uchun.
Hush habar!!!

Bu yilgi Green Card lotareysida yutish imkoni har yilgidan ham balndroq bo’lishi kutilmoqda. Buning sababi, o’tgan yillar davomida ro’yhatga olish jarayoni juda ham sodda edi, faqat rasm va ism familya kerak edi holos. Ammo bu yilgi lotareya uchun Zagran passport ( qizil pasport) talab etiladi. Ko’pchilikda bunday passport yo’qligini inobatga olsak, lotereyada ishtirok etuchilar soni bu yil har yilgidagidan ham kamroq bo’lishini anglatadi. Bu o’z navbatida ishtirokchilarning yutish imkoniyatini oshiradi.

Eslatib o’tamiz 2 Oktabr soat 22:00 dan boshlab 5 Noyabr soat 22:00 gacha Green Card 2021 lotareyasi o’ynaldi. Qizil passport uchun bugunoq ariza bersangiz 15 kunda qo’lingizda bo’ladi. Shoshiling bu yil sizga yutuq chiqshi ehtimoli har yilgidan ham balandroq.
Вақтингизни ва нақдингизни сақлаб қолинг: Грин-карта ўйновчилар учун эслатмалар

👉 https://kun.uz/16969700

📱 Kun.uz расмий саҳифалари 👇

Telegram | Facebook | YouTube
Green Card 2021 lotereyasiga qabul boshlandi.

Eslatib o’tamiz bu yilgi lotareyada qatnashish uchun Qizil Passport bo’lishi shart. Ko’k milliy passport bilan ro’yhatdan o’tish, viza olishda katta muammolar keltirib chiqaradi.
Mana osha passport malumotlari talab etiladigan bo’lim. Bu yerda passport amal qilish middati ham korsatilgan bo’lib, agarchi sizda ko’k milliy passport bo’lsa va unda Ovir stikeri bo’lsayu ammo amal qilish middati 2021 ni o’z ichiga olmasa demak bu passport bilan o’yinda ishtirok etib bo’lmaydi. Agarda Ovir ham bo’lmasa, bunday passport Green Card uchun mutlaqo yaroqsiz.

Ammo sizda B/G passport yani fuqoroligingiz yo’q bo’lsa sizga qizil passportning keragi yo’q.
Lotareyada ishtirok etishni ta'minlash uchun, tog’ri suratga tushish juda muhim. Har yili, ro’yhatga olinganlarning qariyb 40% i o’yinda ishtirok etmaydi, buning sababi notog’ri rasmga tushishdir. Siz aytishingiz mumkin, men ro’yhatdan o’tayotganimda tizim rasmni qabul qildi deb. Ammo tizim rasmni hajmi va pixeliga etibor beradi holos, suratga yuzingizni teskari qilib yoki orqaga qarab tushsangiz ham tizim qabul qilaveradi. Yuzning to’g’ri turishi, yelkalar holati hammasi katta ahamiyat kasb etadi. Agarda siz o’zingiz Green Card 2021anketasini to’ldirayotgan bo’lsangiz, sizga maslahatimiz rasmni mutahassis yordamida qirqtiring, chunki ko’p fotosalonlar, shunchaki 5x5 hajmda rasmni qirqadilar. Aslida esa, hajmdan ko’ra muhimro faktorlar ham bor.

Agar siz lotareyada o’zingiz ishtirok etmoqchi bo’lsangiz, ammo rasmni qanday to’g’ri qirqishni bilmasangiz, bizga murojaat qiling.
@nuriddinnabiev
998029699
Green Card 2021 da ishtirok etish uchun nima uchun qizil passport bo’lishi shart?
Malumki hozirda ko’pgini “Grren Card ofislari” yashil passport bilan ham ro’yhatga olishyapti. Meni ularga aytar gapim bitta, ODAMLARNI ALDAMANG!!!. Ha to’g’ri, ko’k passport bilan ham ro’yhatga olsa bo’ladi, yutuq chiqishi uchun hech qanday ahamiyati yo’q. Ammo, yutuq chiqqandan so’ng katta muammoga sabab bo’lishi aniq.Gap shundaki, anketa to’ldirish jarayonida, passport malumotlari kiritiladigan joyda passport seriya raqamini ham kiritish kerak. O’zingiz o’ylab ko’ring, sizga yutuq chiqsa, elchixonaga viza uchun bordingiz va viza uchun anketada ko’rsatilgan ko’k passportni emas, balki mutlaqo boshqacha seriya raqamli passportni taqdim qildingiz (2019 yilning Yanvar oyidan, Vizalar faqat va faqat qizil passportga qo’yilayapti).Bundan tashqari, avvalgi passportning suratli qismida sizning faqat ism va familiyangiz bo’lar edi, yangi qizil passportda esa otasining ismi ham qo’shilayapti. Barchaga malumki, bugunga qadar yutuq sohiblarining ism familiyasida birgina harfdagi hatolik, vizada rad javobini olish uchun kifoya qiladi.
Malumot uchun shuni aytib o’tish kerakki, o’tgan yildagi Green Card lotareyasi natijalariga ko’ra umumiy hisobda 82 753 odam g’olib sifatida butun dunyo bo’ylab tanlab olingan. Lekin, yutuq chiqqanida, har bir yutuq egasi ogohlantiraladi, ya’ni yutuq chiqdi degani siz hali viza oldingiz degani emas. Yuqorida aytilgan 82 753odamdan faqat 55 000 tasigina viza oladi, qolgan 27 753 ta yutuq egalari rad javobini olishadi, buning sababi O’YIN QOIDALRINI BUZISHLIK va hujjatlardagi kamchiliklardir.
Masalaning ikkinchi tomoniga ham bir nazar solaylik. Siz ko’k passportda ro’yhatdan o’tdingiz va yutuq sohibi bo’ldingiz. Yutuq chiqqanidan so’ng hujjatlarni yeg’ish va to’ldirish uchun eng kamida 300$ pulingiz ketadi. So’ng tibbiy ko’rik uchun $205 va suhbat uchun $330 tolov to’lab suhbatga kirasiz. Umumiy hisobda $835 pulingizni sarf qilib, suhbatga kirdingiz va rad javobini oldingiz. Siz nafaqat yutuqni qo’ldan chiqardingiz, balki katta miqdordagi pul mablag’ini ham ko’kka sovurdingiz. Buning barchasi bir dona qizil passport uchun ortacha $30 pul va biroz vaqt ajratmaganingiz sabab bo’lishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, qizil passport tuman passport stolidan olinadi va 10 ish kunida tayyor bo’ladi, davlat boji 265.000 so’m.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amerika Ovozi telekanalidagi Washington Choyhonasi ko'rsatuvida Green Card 2021 lotareyasi muhokamasi. O'zbek tilida barcha sizga qiziq bo'lgan savollarga javoblar berilgan.
Chet elda yurgan yurtdoshlarimiz qanday qilib Green Card o’ynaydi?
Green Card lotareyasi aslida Internet orqali o’ynaladigan lotareya bo’lib, dunyoning istalgan burchagidan turib o’ynash mumkin. Buning uchun rasm va shaxsiy malumotlar kerak boladi. Habaringiz bor, bu yilgi dasturda zagran passport (qizil passport) talab qilinayapti.
Agar chet elda yurgan fuqoro, avvalgi ko’k passportida amal qilish muddati tugamagan ovir stickeri bo’lsa va O’zbekistonga kelib qizil passport olgunicha 5 Noyabr 2019 yildan kech bo’ladigan bo’lsa, bu fuqaro Ovir stickeri bor yashil passportida ro’yhatdan o’tsa bo’ladi.
Yana bir bor eslatib o’tamiz, ro’yhatdan o’tish uchun passportning ahamiyati yo’q, ammo yutuq chiqsa viza olish jarayonida agar ishtirokchi qizil passport bilan o’ynagan bo’lsa muammo bo’lmaydi. Agar ishtirokchi Ovir stickerili passport bilan o’ynagan bo’lsa tushuntiradi, Viza olishi ham olmasligi ham mumkin. Agagr Ovir stickeri ham bo’lmagan ko’k passport bilan o’ynasa unda aniq Viza olmaydi.

@nuriddinnabiev
Barcha Green Card 2021 lotareyasida ishtirok etishni istayotganlar diqqatiga. Bizning Toshkent shahar Navoiy kochasida joylashgan ofisimiz har kuni hatto Yakshanba kunlari ham ertalab 9:00 dan kechki 21:00 ga qadar ishlaydi. Fursatni boy bermang, Green Card 2021 lotareyasida ishtirok eting va Amerikaga yo'llanmani qo'lga kiriting!!! Ro'yhatdan o'tish narxi 50.000 so'm.

Murojaat uchun telefon: 998029699 yoki telegram orqali yozing @nuriddinnabiev
Green Card lotareysini rasmiylashtirish uchun asosiy litsenziyalangan ofis qayerda?

Yuqoridagi savol juda ham ko’p soraladigan savollar sirasiga kiradi. Bir tomondan bunday savollar tug’ilishi tabiiy, chunki atrofda sohta, aldamchi ofislar bisyor bo’lib, hech kim bir yilda bir marotaba bo’ladigan lotareyada ishtirok etishda aldanib qolishni istamaydi.

Savolning javobiga keladigan bo’lsak,Green Card lotareyasini ro’yhatga olish uchun amerika qo’shma shtatlari tomonidan litsenziyalangan hech qanday ofis mavjud emas. Ha Siz to’g’ri o’qidingiz bunday litsenziya ham ofis ham mavjud emas. Hattoki Green Card lotareyasi ishtirokchilarini saralab ularni malumotlarini yeg’adigan Kentucky Consular Center markazi joylashgan Kentucky shtatiga borib, markazga Green Card lotareyasida ishtirok etishga keldim desangiz, sizga internet orqali www.dvlottery.state.gov web sayti orqali ro’yhatdan o’zingiz o’tishingiz kerakligini aytishadi.

Yana bir ko’pchilik hali ham bilmaydigan “sir” lardan biri lotareyada ishtirok etish uchun to’lovdir. Aslida lotaryada ishtirok etish mutlaqo bepul, hech qanday tolov mavjud emas. Hop unda nima uchun turli joylarda turli miqdorlarda lotareyada ishtirok etish uchun pul talab qilinadi? Gap shundaki Green Card lotareyasi internet orqali o’ynaladigan tekin lotareya bo’lgani bilan, ishtirokchilardan ma’lum qonun qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qonun qoidalar bor yo’g’i 24 varaqdan iborat va O’zbek tilida ham mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik ularni olib o’qimaydi. Endi kimdir ushbu qoidalarni yaxshi biladi, qoidalardan tashqari turli tuman lotareya bilan bog’liq holatlarga duch kelib ancha tajribaga ega. Endi ana shu odam ofis arendaga olib, fotoaparat, internaet, printer va kompyuter hozirlab lotareyada ro’yhatdan o’tish uchun insonlarga hizmat ko’rsatgani uchun haq olishi kerakku. Demak, ko’rinib turibdiki, turli tuman narxdagi ro’yhatga olishlar, har bir ro’yhatga olib beruvchining o’zidan kleib chiqqan narx bo’lib, bunda hech qanday rasmiy to’lovlar nazarda tutilmagan.
Sohta Green Card ofislari yoki ishonchli ofislar. Buni qanday bilsa bo’ladi?

Biror bir ofisni “bular sohta” yoki “ular aldoqchi” deyishlik bu katta masala bo’lib buning uchun aniq dalilllar talab etiladi. Biroq, shunday ofislar yoki ko’chada yurib Green Card o’ynatayotganlar borki, ularning qilmishi insonda katta shubhalar tug’dirishi aniq. Quyida bir nechta etibor berilishi kerak bo’lgan jihatlar haqida to’xtalib o’tamiz va shunday xolatlarga duch kelsangiz ularga ishonmaslikni tavsiya etamiz.

1. Tasdiqlovchi raqam. Agar siz biror joyda ro’yhatdan o’tsangiz, osha zahotiyoq tasdiqlovchi hujjatni oling. Agar sizga turli bahonalar bilan tasdiqlovchi hujjatni berishdan bosh tortsalar yoki uninig o’rniga turli boshqa qog’ozlarni bersalar bilingki siz aldanish qurboni bo’lishga juda yaqin turibsiz.

2. O’yin muddati. Green Card lotareyasi mana bir necha yillardirki faqat 1 oy (Oktabr va Noyabr) oylarida oynaladi. Agar sizga shu oylardan boshqa oyarda ro’yhatga olish taklif qilinsa aniq bilingki siz ro’yhatga olinmagansiz.

3. Ko’k passport bilan ham ro’yhatga olish. Albatta bu masala juda tortishuvli bo’lib, yangi qizil passportda ro’yhatga olish bu yildan joriy etildi. Ammo joriy yilning Sentabr oyida, Toshkentdagi milliy kutbxonada Amerika qo’shma shtatlarining Uzbekistondagi elchihonasi tomonidan Green Card 2021 uchun kiritilgan yangi qoidalar muhokamasida aniq va ochiq oydin aytildiki agar milliy yashil passportda Ovir stickeri bo’lmasa bunday passport bilan ishtirok etishlik viza berilmasligiga asos bo’la oladi. Bundan tashqari hatto Ovir stickeri bo’lgan taqdirda ham elchixonada ushbu holat izohlanishi va isbotlanishi kerakligi, va qizil (zagran) passport bilan ro’yhatdan o’tilish juda ham qattiq takidlangan. Yashil passportda ro'yhatdan o'tib keyin yutsa qizil qilib olamiz degan gap noto'g'ri. 2019 yil 5 Noyabrda lotareya tugaydi, va unga hech qanday o'zgartirish kiritib bo'lmaydi. Agar siz yashil passport bilan o'ynab yutsangiz, elchihonaga qizil passport olib borasiz va passport seriyalari to'g'ri kelmay viza uchun suhbatdan rad javobini olishingiz aniq bo'ladi.

Fursatdan foydalanib aziz yurtdoshlarga shuni aytamizki, yutuq chiqsa bir gap bo’lar, keyin to’g’irlaymiz degan o’y hayollar bilan lotareyada ishtirok etmang. Yutuq chiqqan taqdirda ham siz Amerikaga viza olishingiz kafolatlanmaydi. Hujjatlardagi hatolik yoki sohta yutuq chiqdi deb aldashlar sizning katta miqdordagi pulni va asabni yo’tishingiz uchun sabab bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, ushbu Green Card kanali admini @nuriddinnabiev sizlarga ishonchli va hamyonbopr ro’yhatga olish hizmatlarini taklif qiladi. Manzil Toshkent shahar Navoiy ko’chasi, 22, mo’ljal Turon Bank. Malumot uchun +998998029699. Ro’yhatdan o’tish narxi 50.000 so’m.
Hurmatli kanalimiz a'zolari!!! Vaqt borgan sari kam qolmoqda, agarda hali ham qizil pasportga topshirmagan bo'lsangiz hali ham kech emas. Bu hafta passport uchun ariza topshirsangiz, lotareya tugagunga qadar ulgurasiz. Eslatib o'tamiz Green Card 2021 lotaryasi 2019 yil 5Noyabrga qadar o'ynaladi.