Founder
2.3K subscribers
169 photos
12 videos
3 files
56 links
Стартапы, фаундеры, истории
@osuvonov
Download Telegram
Startap g’oya.

Juda ko’p bizneslar uchun mijozlar bazasi, ularning kontaktlari va aloqaga chiqish imkoniyarlari katta og’riq.

Amerikada Apollo (https://www.apollo.io/) va Zoominfo (https://www.zoominfo.com/) loyihalari bor.

O’rganib chiqib O’zbekiston, Markaziy Osiyo va MDH bozorlari uchun qilib ko’rish kerak.
- Qanday qilish kerak? Men bilmiman:) You have to figure out.

Agar kimdir qiziqsa yordam berishga tayyorman.

P.S. Ko’pchilikka tanish resurs bu Linkedin Sales Navigator bo’lsa kerak.

@founderdotio
🔥6👍5😁1
So‘nggi sakkiz oy davomida biz kompaniyamizni tubdan qayta qurish bilan shug‘ullanmoqdamiz.

Bu jarayon — bizning yo‘limizdagi eng qiyin, eng noqulay, lekin ayni paytda eng zarur bosqichlardan biri bo‘ldi. U uzoq muddatli muvaffaqiyatimiz uchun asos yaratadigan hal qiluvchi qadamdir.

Bu vaqt ichida biz og‘ir, ammo mas’uliyatli qarorlar qabul qildik — yillar davomida rivojlanishimizga katta hissa qo‘shgan iqtidorli va fidoyi hamkasblarimiz bilan xayrlashdik. Ularning mehnati va hissasiga minnatdormiz va kelgusi faoliyatlarida ularga eng ezgu tilaklarimizni bildiraman.

Shu bilan birga, biz kompaniya boshqaruvining asosiy elementlarini qayta ko‘rib chiqdik:
• Individual KPIlar o‘rniga faqat jamoaviy bonuslarga asoslangan yangi mukofotlash tizimini joriy qildik
• Hamkorlik, mas’uliyat va umumiy natijaga yo‘naltirilgan yangi fikrlash tarziga o‘tdik
• Tezkorlik, aniqlik va egalik hissini oshirish uchun tashkilot tuzilmasini qayta shakllantirdik
Va o‘tgan haftada biz ushbu transformatsiyaning eng muhim poydevorlaridan birini taqdim etdik — Madaniyat (Culture). U biz qanday ishlashimiz, yetakchilik qilishimiz va birgalikda o‘sishimizni belgilovchi tamoyillar majmuasidir.

Sales Doctor’ning “Birga Madaniyat”si — bizni bir jamoa sifatida birlashtiradigan qadriyatlar:
🔹 Mas’uliyat (Commitment)
Va’daga sodiq bo‘lish, kelishuvlarni bajarish va jamoa bizga doim ishonishi mumkin bo‘lishi.
🔹 Muloqot (Communication)
Aniq muvofiqlashtirish, aytilgan ishni bajarish va kutilyotgan natijalar hamda jarayon bo‘yicha ochiq fikr almashish.
🔹 Ekspertlik (Expertise)
Doimiy ravishda bilimni kengaytirish va hamkasblarimizning o‘sishiga faol yordam berish.
🔹 Shaxsiyat (Personality)
Jamoani kuchaytiradigan inson bo‘lish — sog‘lom, hurmatli va samarali ish muhitini yaratish.
Qayta qurish hech qachon oson emas. Ammo bu zarur. Va biz ushbu o‘zgarishlar kompaniyamizning keyingi bosqichi uchun yanada mustahkam va sog‘lom poydevor yaratishiga ishonamiz.

P.S. Textni sayqallashda ChatGPT yordam berdi.
🔥8👍2👏1🎉1
Forwarded from Bakhrom Abdukadirov
🚀 Инвесторни БЕФАРҚ қолдирмайдиган Pitch қандай бўлади?

Бугун “Pitch”, яъни тақдимот ҳақида гаплашамиз. Ажойиб ғояларнинг ёмон тақдимот сабаб йўқолиб кетганини, аксинча, кучли тақдимот туфайли ўртача ғоялар молиялашганини кўп бор кузатганман.

Агар инвесторлар олдида чиқиш қилиш сизни ҳаяжонга солса, бу табиий. Лекин ёдда тутинг: Pitch - бу слайд ўқиш эмас, балки инвесторни ўз дунёнгизга чорлаш санъати.

Инвестор эслаб қоладиган Pitch формуласи:

1️⃣ Оғриқдан бошланг: Инвестор ғояга эмас, ҳал этилган муаммога сармоя киритади. Илк сониялардаёқ қуйидаги саволга жавоб беринг: “Бу муаммо нега шунчалик оғриқлики ва одамлар уни ҳал қилиш учун нега пул тўлайди?” Қуруқ гап эмас, балки ҳикоя айтиб беринг. Реал мижоз, реал вазият бўлсин.

2️⃣ Ечимингизни БИР жумла билан айтинг 10 та слайддан кейин эмас. Формула оддий: “Биз X га Y қилишга Z орқали ёрдам берамиз”. Агар Pitch шу формулага сиғмаса, демак лойиҳада ҳали равшанлик етишмайди. Афсуски...

3️⃣ Сеҳр»ни кўрсатинг: Муваффақиятли асосчи муаммо ҳақида бошқалар билмайдиган нозик жиҳатни билади. Бу - сизни ғолиб қиладиган ички интуициядур. Инвесторнинг қалбида битта фикр туғилиши керак: “Ҳа, айнан шу жамоа бу муаммони ҳал қилади.”

4️⃣ Талаб борлигини ДАЛИЛ билан кўрсатинг. Traction бу Pitch’нинг кислородидир. Агар сизда қуйидагилар бўлса, дарҳол кўрсатинг:
Тўлов қилган мижозлар
Кутиш рўйхати
Пилотлар ёки демо версиялари
Агар traction ҳали бўлмаса, валидацияни кўрсатинг: 50+ мижоз билан суҳбат, тестлар, прототип фидбеклари.

5️⃣ Жамоани танитинг: Нега АЙНАН сиз? Инвесторлар дастурларга эмас, одамларга ишонишади. Нега айнан сиз шу муаммони ҳал қилишга бел боғладингиз? Нега бу стартап ҳаётингиздаги асосий миссия? Ҳаққонийлик = ишончни қуришнинг энг тез йўли деб ҳисоблайман.

6️⃣ Аниқ ASK (сўров) билан якунланг. Кўпчилик энг муҳим қисмни унутади. ASK бўлмаса бу ҳикояга айланиб қолади. ASK билан бу бизнесдур. Аниқ тайин қилинг:
💰 $200k эвазига 10% улуш
🤝 Стратегик шериклар
👥 100 та тест фойдаланувчиси

💡 Муҳим маслаҳатлар:

📌 Слайдларни ўқиманг. Слайдлар гапларингизни тасвирлаши керак, ўрнингизни босиши эмас. Агар фақат ўқиб бераётган бўлсангиз унда сиз ортиқчасиз.

📌 Инвестор - ҳакам эмас. Биз сизнинг йиқилишингизни кутмаймиз, аксинча, муваффақият қозонишингизни хоҳлаймиз. Бизни бозор ҳақида ўзимиз билмаган нарсаларга ўргатинг.

📌 «Билмайман» дейишдан қўрқманг. Агар саволга жавоб йўқ бўлса, алдаманг. «Ҳозирча жавобим йўқ, лекин аниқлаштириб хабар бераман» дейиш - энг тўғри йўл деб ҳисоблайман.

Pitch бу инвесторни ҳайратга солиш эмас, балки уни сизнинг миссиянгизга шерик қилишдир.


👇 Инвесторлар сизга берган энг қийин савол нима бўлган? Изоҳларда муҳокама қиламиз.

@baxrom_ceo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2
🚀 SaaS ko'rsatkichlari bo'yicha to'liq qo'llanma — 2025

Agar siz B2B SaaS, ERP yoki Marketplace sohasida ishlasangiz — bu qo'llanma siz uchun.

📊 Nimalar bor:
• 29 ta asosiy metrika (MRR, ARR, CAC, LTV, NRR...)
• Har biri uchun formula + hisoblash misoli
• Jahon va Markaziy Osiyo benchmarklari
• Bosqichma-bosqich tushuntirish

Marketolog, founder yoki menejer bo'lsangiz — saqlang va jamoangiz bilan ulashing.

👉 To'liq qo'llanma: https://note.smartup24.com/uz-saas-metrics-2025?source=smartup
👍5🔥3
🔥17👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anybody wants to be rich?

Not for startup founders.

@founderdotio
😁33🔥3👍1
Kamroq gapirib ko'proq eshiting.

To'g'ri savol berishni o
'rganing.

@founderdotio
👍18🔥16👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi loyiha boshlayotgan asoschilarning juda ko'pchiligi mahsulot yoki xizmatini tekinga berish bilan boshlashni xohlashadi.

Men tushunmiman nima uchun shunaqa xohish bor. Yo'q, aslida ozroq tushunar ekanman.

Ularning fikricha shu usul orqali ular mijoz va foydalanuvchilarni o'rgatib olib keyin pul olishni boshlashadi.
Agar sizda pul ko'p bo'lsa ehtimol bu usul ishlaydi. Fremium va free trial modellari katta kompaniyalarga yarashadi chunki ularda resurs bor.

Mening fikrimcha siz birinchi 10, 20 va 50ta mijozga birinchi kundan sotishga harakat qilishingiz kerak.
Ularga kerak yoki kerak emasligini shunda bilasiz.
Agar ishlasa keyin yana fremium modelini qo'llash haqida o'ylab ko'rsangiz bo'ladi.

"Product market fit" ga tez kelish imkoniyatingiz oshadi.

@founderdotio
🔥11👍5👏3
Top 10 startup lies 👇

1) "We made a revolutionary AI technology" → we are using an OpenAI API

2) "We grew 200% last month" → we had 3 users, now we have 9

3) "We have a disruptive business model" → we haven’t earned a single dollar

4) "We’re expanding globally" → someone from India signed up once

5) "We’re in stealth mode” → we don’t have any product

6) "We have the best engineering team" → we hired tech students to help us for free

7) "Our unit economics is extremely positive" → well, maybe in 10 years

8) "We’re seeing incredible inbound interest" → one random guy liked our LinkedIn post

9) "We have a strong company culture" → we occasionally order pizza to the office

10) "We’ve validated product-market fit" → three users didn’t cancel immediately

From Linkedin.

@founderdotio
😁32👍7👏2🔥1
C Space da “Pizza Pitch” mini.
Suratda Denis Kalishkin.

Startaplar:

-Aisha AI
-Fridge
-Airexa
-Novo AI
-Neuronix
-TheCarGo
-Help AI
-Ilma
-Yodda
-TenderGPT
-Shifo AI
-Kidup

@founderdotio
🔥8👍5
I’m NOT a fan of startup battles and pitch competitions — whether it’s presidential tech awards, “Shark Tank”-style shows, or even large global startup battles.

And yes, this is said with respect to the good people who organize and support these events. Most of them really want to help founders.

But I strongly disagree with the core idea.

Why should a small group of judges decide which startup is “great” and which one is “so-so”?
That decision belongs to the market. To users. To customers who are willing to pay.

For founders: stop wasting your time.
Instead of rehearsing pitches and chasing trophies, focus on selling, learning from real users, and building a real business.

Winning a pitch competition may feel good — but it’s neither a true milestone nor a signal of long-term success. No reason to be proud.

Revenue, retention, and customers are.

P.S. Demo days and acceleration programs are useful

If you will ever meet me at these kind of events, I am forced to do this:)
👍25🔥17😁9👏4
DON'T DIE

Juda ko'p startap boshlagan founderlar g'alaba qozonish haqida va bozorni qanday egallash bo'yicha o'ylaydilar. Bu yaxshi.

Lekin sizning asoschi sifatida birinchi vazifangiz bu tirik qolishdir. O'lim vodiysidan (death valley) chiqib olish. Har xil manbalarga asosan 90 foizdan ko'proq loyihalar o'lishadi.

Agar sizning startapingiz tirik qolsa va Product Market fitni topsa unda G'alaba qozonish va keyinchalik kengayish (Expnasion) haqida o'ylasangiz bo'ladi.

@founderdotio
🔥11👍10
Founder pinned «Startap va AQSHda olingan bilimlar haqida suhbat qildik. https://youtu.be/awB3Oza3clU?si=y8lduBqqMY5KPqAf»
3 ta Pree-seed va Seed bosqichidagi startaplarga Product Market Fitni topishiga yordam berishga tayyorman.

Loiyhada 2ta founder va tech co-founderi bo'lishi juda muhim.

Aloqa uchun:
@osuvonov

@founderdotio
🔥16👍13
👍17🔥11