F Λ R M O N O V
343 subscribers
286 photos
44 videos
2 files
498 links
Менинг каналим. Ёзганларим ўзимга ёқади.

Саволлар https://xn--r1a.website/+AZCm0vbV69M2ZjEy
Download Telegram
Sun'iy intellekt yovuz niyatli odamlar va savodsizlar qo'liga tushib qolsa juda ham yomon qurolga aylanadi

@farmonoff
😁12🗿6🤯1
Forwarded from 95 ÇOY
izohsiz

dizayner-da endi shunday did bilan…
❤1
95 ÇOY
izohsiz dizayner-da endi shunday did bilan…
9 yillik dizayner sifatida aytaman. Forma va shu guruhga kiradigan har qanday chop qilinadigan materiallar uchun dizaynlar hammasiga vektor grafika yasaladi, grafik planshetda chizilmaydi, alohida dasturlarda yasaladi.

Bu dizayner qizimizga hech qanaqa e'tiroz yo'q, uning malakasi va xatolarining yechimlari vaqt o'tgach keladigan narsalar.

Hamma e'tiroz, shu dizaynga buyurtma bergan va tanlagan shaxs hamda guruhlarga. Butun bir jamiyat, millat va davlatning tashqi ko'rinishini qo'l tegdi degan munosabat bilan ishlagan odamlar kim, qanday va qanaqa qadriyatga egaligi hamon savol ostida qolmoqda.

@farmonoff
❤17👍4😁2
Bu rasmiy video ekan: https://xn--r1a.website/marketingclub_event/2154

Texnik taraflarini gapirmay qo'ya qolay mayli ancha uzun bo'lib ketadi post. Lekin, bo'sh kiyimning yugurishi g'oyasi kimning hayoliga kelgan? Katta ko'chada kiyim yugurib yurishi bilan nimani ko'rsatishgan? SI ni yaxshi tushunishlarimi?

Bo'sh kiyim sharqda yaxshi assotsatsiya bermaydi. Odam ishlatadigan narsalar san'atda va adabiyotda ijobiy ma'no emas, salbiy ma'noda keladi (bo'm bo'sh kiyim, bo'm bo'sh beshik, bo'm bo'sh uy, bo'm bo'sh qishloq/shahar va h.k.). Faqatgina hajmi kichikroq instrumentlar (bo'sh idish, bo'sh cho'ntak, bo'sh qop va h.k.) adabiyot va tasvirda neytral ma'noni anglatadi.

Vazifani o'z mutaxassislariga topshirish shunchalik qiyin ishmi yoki buning tagida boshqa maqsadlar ko'zlanganmi, bilmadim. O'zbekiston terma jamoasining o'yinidan boshqa uning atrofidagi barcha narsa bizni ajablantiryapti tinmasdan 🙂

@farmonoff
💯4❤2👍1😭1
Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom Anvar Mamajonov chizgan deb eshitganman, Keyinchalik Anvar aka bilan shaxsan suhbatlashganimda bu haqida gapirishni xohlamasligini aytgan (men eshitgan versiyadagi u vaqtlarda bir kechada uyidan olib ketilib bayroq muallifligi I. Karimov deb yozilgan qog'ozga qo'l qo'ydirishganini tasdiqlashga qo'rqishini sezganman 🙂). Farhod Yo'ldoshev haqida esa hech qayerda maa'lumot yo'q, rassomlardan o'xshash ism, familiyalik faqat Muborak Yo'ldoshev bor.

Bayroqning standartlashtirilgan o'lcham va tizimlari bor archive.uz dagi ma'lumotlarga ko'ra. Barcha o'lchamlar aniq qilib yozilgan, qayerda ishlatilinishiga qarab hisoblab olinadi (pastdagi 1-rasm). Biz kompyuterda ishlaydigan dizaynerlar odatda pixel o'lchamida olamiz (masalan 40 sm. = 400 px. ko'rinishida). Ranglar odatda 3 xil tyavsiflanadi. Ekranlar yoki monitorlar uchun RGb tizimida, veb saytlar uchun HEX tizimida, bosma mahsulotlar uchun CYMK tizimida. Qonunga ko'ra bayroqning rang kodlari (pastdagi 2-rasm). Xullas, qayerda ishlatilinishiga qarab palitrada shu raqamlarni yozsa bayroq ranglari hosil bo'ladi.

Mirzoning postidagi Bakiro ning fikriga qo'shilaman, qonun ishlamayapti. Bayroq haqidagi qonunning 11-moddasida "Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi" deb yozilgan. Bu menimcha to'g'ri emas, aniq tashkilot kerak bu bilan shug'ullanadigan. Hozir xohlagan odam istagancha ishlatib yotibdi bayroqni, buni nazorati esa hammada va hech kimda.

Bayroqdagi xatolar asosan bosma holatda ko'rinadi. Dazmol qilinmagan, ranglar o'zgarib ketgan, yulduzlar tartibi buzilgan, o'lchamlar o'zgargan... Katta katta davlat tadbirlarida ham bu xatolarni ko'ramiz, futbol muxlislari qolib. Hatto gerb o'rniga Prezident muxrini ishlatib yotishibdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Serra Leoneni bayrog'ini ishlaatib yurishadi #uzb heshtegi ni yonida

Hamma yoq betartib. Bizda dizayn, tasvir bo'yicha qilinishi kerak bo'lgan ishlar juda ko'p va hech biri qilinmayapti.

@farmonoff
❤4⚡2💯2
Channel photo updated
Forwarded from Mirzodan maktub
Bugun taqvimda Yoshlar bayrami.

Tabrigim — jamiyat qoliplaridan biroz tashqari, oʻziga yoqqan kiyimini kiyib olgan, koʻplarga tushunarsiz musiqalar eshitadigan, andegraundda yurgan, lekin shundoq yonimizda real ishlarni qilib tashlayotgan yoki oʻz vaqtini kutayotgan yoshlarga. Biz turlichamiz: kimgadir sahnalar yoqadi, kimdir esa qorong'u burchakda turib mamlakatni u yoki bu sohada olg‘a siljitadi.

Bu tabrik — hech qanday e’tiroflarni kutmay, kechalari kod yozayotgan dasturchiga, chekkada kitob ulashayotgan fidoyiga, stereotiplarni sindirib, ming qarshiliklarga qaramay mural chizayotgan yoki bir darveshsifat shoir, koʻp tillarni biladigan sochi uzun bir futbol jurnalistiga yoki chopon bilan krossovka kiyib olgan suratkashga. Siz katta tadbirlarni xush koʻrmassiz, matritsa sizga shubha bilan qarar va kurashlar uchun sizni yetarlicha kuchli deb bilmas, lekin aynan shular va e’tibordan xoli andegraund muhit odamni haqiqiy pankka, yengilmas va mustaqil kuchga aylantiradi.

Biz har xilmiz (kimdir bir tadbir uchun kostyum-shim kiygani bilan, aslida ijodkor-isyonkor ruhli yoshdir) va aynan shu xilma-xilligimiz bilan O‘zbekistonni rivojlantiryapmiz. Hayotni qarsaklar emas, siz kabi o‘z maqsadi sari jimgina, sabr va ehtimol birooozgina xorgʻinlik bilan harakat qilayotganlar olg‘a yetaklaydi. O‘z ustingizda ishlashdan, har kuni yangi bilim olishdan va o‘z aqldan ozgan g‘oyangizga ishonishdan to‘xtamang.

Bayramimiz (oʻzi aslida har kun bayram) muborak bo‘lsin, ichki intizom va sokin shijoat egalari! O‘zingizni va atrofni o‘zgartirishdan charchamang. Bugungi ko‘rinmas mehnatingiz ertaga eng mustahkam poydevorga aylanadi. Yoʻlingiz yorugʻ boʻlsin. Suratdagi kabi oʻz bilganingizcha uching, samimiyatni va boshqalar nazdida axmoqona sanalgan gʻoyangizga ishonchni soʻndirmang!

Surat: “Majnun” (Jontemir) by Behzod Boltayev

@mirzodanmaktub
❤2
F Λ R M O N O V
Bayroq o'zi kelib chiqishi juda qiziq bo'lgan. Wikipediada muallif Farhod Yoʻldashev deb berilgan. Kelajagi buyuk avlod hisoblangan biz, maktabda o'qigan kitoblarimizda Islom Karimov deb berilgan. Tor davralarda esa gerbni ham bayroqni ham bir odam, rassom…
Rahmat 🫡

Tilaklarim emas, layfxaklarim bor temgdoshlarimga. Shon-shuhrat, kimgadir past ketish evaziga keladigan moddiyat yoki hokimiyat ortidan quvmang. Hech kimga, bugun sizni ro’yxatlarga qo’shayotgan, davraning to’riga chiqarayotgan odamlarga ham ishonmang, ular uchun siz vositasiz, sizning harakatingiz yoki “nimadiringiz” kerak. Shu “nimadir” tugasa yana poygakdan ko’chaga qarab tepishadi 🙂

Har doim bazani mustahkam qilish kerak. Sizni hamma narsa tashlab ketadi, faqatgina sof ilm, kuchli baza qoladi. Bu hypelar, qiy-chuvlar o’tadi, jamiyat yana ilm ustalariga ehtiyoj sezadi. Ana shunda siz shuncha yillik ilmingiz, mehnatingiz bilan sahnaga chiqib kelasiz, hurmat topasiz.

Ko’proq harakatda bo’ling, ko’proq o’qing, ko’proq parhez qiling. O’z yo’lingiz, o’z uslubingiz va qadriyatlaringiz bo’lsin. Har doim tinch, halovatda uxlang 🤝
❤4🏆2
F Λ R M O N O V
Rahmat 🫡 Tilaklarim emas, layfxaklarim bor temgdoshlarimga. Shon-shuhrat, kimgadir past ketish evaziga keladigan moddiyat yoki hokimiyat ortidan quvmang. Hech kimga, bugun sizni ro’yxatlarga qo’shayotgan, davraning to’riga chiqarayotgan odamlarga ham ishonmang…
Kamolot davrida yurganimda ham keyin ham shu holatni ko’rdim. Kimningdir jiyani, shogirdi sifatida yuzaga chiqqanlar tez so’nishgan. Lekin o’sha vaqtda kichik harakatlar, sabr bilan o’sib kelganlar hozir hammasi xususiyda ham davlat tashkilotida ham yoshlar sohasida ham yaxshi ishlar qilib kelyapti. O’sha jiyanlar va shogirdlar yo’q hech qayerda.

Nega bunaqa narsalarni aytyapman? Faoliyatingizni qaysidir qismida siz ham shu to’siqqa dush kelishingiz mumkin, bu sistemaning kamchiligi. Yoki o’zingiz shunaqa yordam xohlashingiz mumkin, yengillik hammaga yoqadi.

Lekin ikkala holat ham sizga salbiy effekt beradi. Sizni ko’taradigan ham odam qiladigan ham shu vaqt va intizom sinovidan o’tadigan mehnat. Men tanigan hamma odamlar aynan shunaqa kichik qadamlar bilan shu kunlarga va martabalarga kelishgan.

Bugun bayram, bunaqa post yozmoqchi emas edim, esimga tushib qoldi. Faqat iltimos, bu g’irt noliydigan odam ekan, inqillab nolishdan boshqasini bilmas ekan deb tushunmanglar. Men o’zbekman, shu vatanni yoshlaridanman, berilgan imkoniyatlardan maksimal bo’lmasa ham qo’ldan kelgancha eplab kelyapman 😄
❤4
2018-yildan beri dizayn sohasidaman. Bu sohada ko'rmagan stressim qolmadi, ajablanishim juda qiyin 😄

Barcha turdagi takliflarga ochiqman. Dizayn bo'yicha istalgan darajadagi ishni qila olaman va qildira olaman.

Portfolio:
https://nurjahon.framer.ai/

Vakansiyalar bo'lsa telegramda
@nurjahon_farmonov akkauntida bo'laman.
🤯9🔥3❤1
Rahmat, Uzgeeks!

Sun'iy intellekt davridagi dizaynerlar haqida gaplashdik. Sekin qoramol olib dala-dashtga chiqib ketaveraylikmi yoki davom etaylikmi shu haqida o'zimni fikrlarimni aytishga harakat qildim.

@farmonoff
❤6🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Steamdan Cybepunk 2077 ni qayta o'ynash uchun ochaman desam play tugmasidan keyingi bosqichga o'tmay qolgan edi. Modlardan keyin shunaqa bo'ldi deb o'yladim, tuzatishga erindim, chunki 153 ta mod bor edi Vortex app da. GPT Codex ga kompyuterimda to'liq dostup berib tuzat desam, o'zi mani kompimga Nexus mods saytidan kerakli modlarni yuklab oldi, ularni Vortex app ga o'rnatdi, o'yinni ham tuzatib, unga kirib, o'ynab ketsa bo'ladimi))

Juda ajoyib zamonda yashayabmiz, kundan kun qiziq yangiliklar)

@farmonoff
🤣5
"Meta" kompaniyasi (Facebook, Instagram shuniki) AI bo'limi boshlig'ining X dagi postini o'qib ko'ringlar.

Uning da'vosicha AGI (Sun'iy ong) davri boshlanibdi. Yopiq testlarda ijobiy natijaga erishishgan manimcha.

Asosiy savolni o'rtaga tashlagan: "O'zini cheksiz rivojlantira oladigan superintellekt ustidan insoniyat nazoratni qanday ushlab qoladi?"

Tasavvur qiling, sizning ukangiz bor, u ulg'ayadi, jismonan va moddiyan sizdan o'tib ketadi. Endi u sizga oldingidek so'zsiz bo'ysunadimi yoki o'zining bilganicha yashashni boshlaydimi? 🤔

Umuman olganda, sizlarga SI borasida ko'p gaplarim bor. Vaqti kelsa aytarman.

Hozircha aytmoqchi bo'lganim, dunyo juda tez rivojlanyapti. Bizni o'ta qiziq va juda ham noma'lum kelajak kutmoqda 🙂

Postga link: https://x.com/alexandr_wang/status/2124636606959345776?a=6U62N9huLFEfgt8tz7M&s=46

@farmonoff