Duv-Duv Gap kreativlik maktabi
560 subscribers
54 photos
15 videos
30 links
Oʻzbekistondagi birinchi kreativlik maktabi.

Bilim + tajriba. Marketing, strategiya, kreativ yo'nalishlarida bilim olasiz va real loyihalarda tajriba orttirasiz.

Aloqa uchun: @duvduvgap_manager

Web sahifamiz: https://duvduvacademy.uz
Download Telegram
Ertaga 19:30 muhim kun 🔥

Seminarda ulashga bilimlarini online bo’lishadilar

Online webinamiz bo’ladigan manzilga qo’shiling👇
t.me/marketingbolimi
❤5🔥2
Landi-landi, 6-mavsum boshlandi! 🥳

Barcha intiqlik bilan kutgan "Duv-Duv Gap" kreativlik maktabiga qabul rasman ochildi.

Marhamat, hoziroq havola orqali ro'yxatdan o'ting va o'quvchimizga aylaning 👇

duvduvacademy.uz

Bor yog’i 30 nafar offline, online 10 nafar o’quvchi qabul qilamiz
❤3
Kursimizga yozilishda sizda savollaringiz bormi?👀

Nimalarni ochiqlab beraylik? izohga javobingizni yozing👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Forwarded from 605 Agency
TAF!'ga keladiganlar bormi?

Ertaga festivalning Local Opportunities bo‘limida marketologimiz, Nosir Nosirjonov chiqish qiladilar. Raisimiz esa shu bo‘limning hassakashi bo‘lib xizmat qiladilar.

Batafsil ma‘lumot — mana bu yerda. Ko‘rishamiz!
❤7👍2
Duv Duv Gap yangi mavsum darslariga 5% chegirma yoki bepul o’qishni imkoniyatini olishni xohlaysizmi? 👀
Anonymous Poll
92%
Ha
5%
Yo’q
5%
Boshqasi: talab va takliflaringiz bo’lsa izohlarda yozib qoldiring
🐳5❤4⚡1
Duv-Duv Gap kreativlik maktabi
Duv Duv Gap yangi mavsum darslariga 5% chegirma yoki bepul o’qishni imkoniyatini olishni xohlaysizmi? 👀
Duv Duv Gap kreativlik maktabini kengaytiryapmiz, sizning fikringiz kerak

Hozir Oʻzbekistondagi birinchi kreativlik maktabida o‘zgarishlar bo‘lyapti: yangi yo‘nalishlar va kurslar ustida ishlayapmiz. Lekin yangi mahsulotni qanday boʻlishini avval sizdan so‘ramoqchimiz.

Buni marketingda cusdev (customer development) deyishadi. Ya’ni, kelajakdagi o‘quvchilar bilan oldindan gaplashib, ularga aynan nima kerakligini tushunish. Shunda kurslar bizga yoqadigan emas, sizga foydasi tegadigan bo‘ladi.

3-5 daqiqa vaqtingizni ajratib, soʻrovnomani toʻldirib bera olasizmi? Evaziga esa sizga Duv Duv Gap kurslariga 5% chegirma beramiz.

Soʻrovnomani toʻldirish uchun pastdagi havolani bosing:

👉 So’rovnomani to’ldirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4⚡2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Brendlar kreativ uzr soʻrasa* qanday boʻladi?

Tasavvur qiling: KFC’ga sevimli tovugʻingizni yeyish uchun kirdingiz, lekin sizga:
— Kechirasiz, tovuq qolmadi, — deyishdi.

Tovuq nomi bilan bog‘liq brend uchun bu haqiqiy falokat.
Aynan shunday holat 2018-yil fevral oyida Buyuk Britaniyada yuz bergan. Logistikadagi muammolar sababli KFC’ning 900 ta restoranlarining yarmidan koʻpi vaqtincha yopilishga majbur boʻlgan. Aniqroq qilsak, KFC restoranlariga tovuq umuman yetib bormagan.

Bunday holatda nima qilish kerak?

1. Rasmiy bayonot chiqarish
2. Logistik hamkorni ayblash
3. Hammasini tuzatishga va’da berish

KFC esa kreativni tanladi.

Mother London kreativ agentligi bilan hamkorlikda brend bo‘sh tovuq chelagi tasvirlangan reklama maketini chiqardi. Ammo chelakdagi odatiy KFC harflarining o‘rniga ularni joyini almashtirib yozishdi. Natijada:

FCK.

Va bu yozuv tagida mayda shrift bilan afsusdaliklari, mijozlarga uzr, KFC xodimlariga esa tashakkur bayon qilishdi. Bu juda qisqa, ammo aniq tan olish edi. Bu reklama Britaniyaning 2 dona gazetasida e’lon qilingan, lekin: 797 mln’dan ortiq koʻrish, OAV’da yuzlab pozitiv e’lonlar va “Oltin Kann sheri”ni olgan.

Nega bu kreativ yechim e’tiborga loyiq?

KFC o‘zini mukammal qilib ko‘rsatishga urinmagan. Muammoni tan oldi, uzr so‘radi va buni o‘z brendiga xos uslubda — hazil bilan, ammo vaziyatning jiddiyligini inkor qilmasdan amalga oshirdi.

O‘nta rasmiy uzr matnini yozish va shunchaki xatoga yo‘l qo‘ygan brend bo‘lib qolish mumkin. Yoki bitta kreativ g‘oya orqali oddiy “Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz” jumlasidan ko‘ra ko‘proq narsani ifodalashingiz mumkin.

Shuning uchun FCK — shunchaki harflar bilan muvaffaqiyatli o‘yin emas. Bu kreativning PR kommunikatsiyadagi o‘rnini ko‘rsatuvchi misol.

Kreativ — bu shunchaki noodatiy narsa o‘ylab topish emas. Bu murakkab xabarlar uchun eng to‘g‘ri ifoda shaklini topishdir.

*Eslab qolishingiz kerak boʻlgan eng muhim narsa: Kreativ xatoni tuzatmaydi. Har qanday kreativ brend pozitsiyasi, kommunikatsiya usuli va vaziyatdan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim.

Postni uzr soʻrashi kerak boʻlganlarga yuboring, bizgayam motivatsiya boʻlsin 😎

Duv Duv Gap kreativlik maktabi
❤4👍2🔥2🤣2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Duv Duv luğat 📖

🔍 Marketing research — kalavani uçini topiş.

Nomaʼlum vaziyatda töğri yönalişni va mijoz muammosining asosini aniqlaş.

Marketingga kör-körona pul tikmaslik uçun bozorni, raqobatçilarni va mijozlarni avvaldan örganib çiqiş. Yaʼni, kalavaning uçi topilsa, ipning qolgan qismi oson yeçiladi — research ham marketing kampaniyangiz ipini töğri yeçişga yordam beradi.

Luğatda yana qaysi terminlarni körişni xohlaysiz?

Duv Duv Gap maktabi
❤6
Rasman - kreativlik darslarini o'tishni ruxsat beruvchi maqomga ega bo'ldik

Kreativ Maktabimiz rasmiy maqomga ega bo'ldi. Shu vaqtgacha shunchaki MChJ holatida edik, bunda dars berish uchun alohida ro'yxatdan o'tish kerak edi.

28-oktabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabarnomamizni qabul qildi. "Kreativlik Maktabi" endi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha davlat reyestriga qabul qilindi.

Odamlar kreativlikni - ihom kelishiga yoki iste'dodga bog'liq deb o'ylashdi. Biz boshqacha o'ylaymiz: kreativlik bu o'rganiladigan kasb. Uning metodi, intizomi va natijasi bor.

Bu hujjat o'quvchilarimiz uchun nimani anglatadi:
- o'qish rasmiy malaka oshirish sifatida baholanadi;
- ish beruvchiga ko'rsatish mumkin bo'lgan hujjat;
- kompaniyalar xodimlarini biz orqali rasmiy ravishda o'qitishi mumkin.

Duv Duv Gap davom etadi. Aniqrog'i, endi boshlanyapti. Alloh baraka bersin, rivojlanishni va xalqimiz uchun manfaatli bo'lishini nasib qilsin.

@otabeksharapov — dangasa tadbirkor va kreativ rais
❤8🔥4👍2
“Kreativ” kursi darslarini yangilaşni boşladik. Yangi oqimda öquvçilarni köproq çiniqtiramiz 💪🏻

Öqişni reja qilgan bölsangiz — ❤️ qöyib keting)
❤31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁7
Assalomu alaykum! Kechki suhbatga nima deysiz?

Maktabimiz va darslar haqidagi savollaringizni izohlarda yozing, javob beramiz)
❤11
Sotuv boʻlimiga rosa savol yogʻdirib, endi bu yerda yozmaslikmi? Gaplashaylik, choyxonalarga boraylik 🫠

Lekin, SMM’chimiz ish tashlash qiladi, oʻzi hayajonlanganidan bir kun yangi alifboda, bir kun eskisida post yozyapti 😅
😁14❤3
E, “onasini emsin”daka bitta gʻoya qivorsek, oʻqiysizmi? 😅

P.S: “Onasini emsin” loyihasi mavzuga oid qonun qabul qilinishiga turtki boʻlgan. Va 0 byudjet bilan qilingan.

Loyihaga havolani qoldiramiz, balki koʻrmagandirsiz:
1️⃣ https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/30/breastfeeding/
2️⃣
https://youtu.be/ombbiq-jZC4
❤5👍1
Kurs formati — oflayn va onlayn, davomiylik 2 oy.

Darslar nazariya va amaliyotga asoslangan. Shaxsiy loyihangiz yoki spiker tomonidan beriladigan real brif ustida ishlashingiz mumkin. Bajarilgan ishni kurs yakunida diplom ishi sifatida topshirasiz va Otabek Sharapovdan feedback olasiz.

Loyihani ishga tushirishingiz, yoki oʻquvchimizga oʻxshab sotishingiz mumkin, masalan. Xa, nima qilibdi, qaysidir brend uchun tayyor gʻoyaku 😌

Aytganday, idea topishni shakllantirish uchun darslarda anchagina kampeynlarni koʻrib, tahlil ham qilamiz.
🔥7🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kurs tajriba qilib koʻrishga imkoniyat beradi — oʻquvchilar Otabek Sharapov bilan 2 kundan buyon research va insayt topishni qoʻllarida qilib koʻrishyapti.

Tashqaridan qarab: “Oson deb oʻylaganmidingiz?” degisi kelib ketdi odamni 😅

P.S: boshida tushunish qiyin, keyin esa miya boshqa yoʻnalishda ishlashni boshlaydi.
❤6
Forwarded from Marketing bo'limi
Ertaga «Kreativ chiniqish» qilamiz!

605 jamoasi bilan yangi chiqqan reklamalarni birga ko‘ramiz. Qaysi g‘oya ishlagan, qaysi joylarini o‘rganishimiz kerak — shu haqda gaplashamiz.

Siz ham suhbatga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, oldindan ro‘yxatdan o‘tib keling.

📅 28-noyabr, shanba · 11:00
📍 Alfa biznes markazi, 4-qavat
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Keling, gurunglashamiz.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi.
❤3👍2
Forwarded from Marketing bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1