#kechinma
Jarangin eshitsam boʻlib darbadar,
Tutilib qolaman tishlagancha lab…
Qalbimni toʻntarib qoqsalar agar,
Birgina tushadi isming tirqillab…
Mening bisotimda oʻzingsan faqat,
Yana bor yodimda kulishlaring ham…
Yoʻqotmay asrasam kerak to abad,
Xadiya qilgansan shuni yaxshiyam…
Yasemin
https://tttttt.me/drabllar
Jarangin eshitsam boʻlib darbadar,
Tutilib qolaman tishlagancha lab…
Qalbimni toʻntarib qoqsalar agar,
Birgina tushadi isming tirqillab…
Mening bisotimda oʻzingsan faqat,
Yana bor yodimda kulishlaring ham…
Yoʻqotmay asrasam kerak to abad,
Xadiya qilgansan shuni yaxshiyam…
Yasemin
https://tttttt.me/drabllar
❤6🤔1
#kechinma
Alloh beraverdi shukrlar etdim,
Yalinib baxt tomon aslo bormadim…
Ortimga qaradim va anglab yetdim,
Mendan ham oldinda ekan omadim…
Qancha mashaqqatlar yoʻlidan oʻtdim,
Yaratgan kuch berdi, sira tolmadim…
Hammadan birinchi maqsadga yetdim,
Mendan ham oldinda ekan omadim…
Yasemin
Alloh beraverdi shukrlar etdim,
Yalinib baxt tomon aslo bormadim…
Ortimga qaradim va anglab yetdim,
Mendan ham oldinda ekan omadim…
Qancha mashaqqatlar yoʻlidan oʻtdim,
Yaratgan kuch berdi, sira tolmadim…
Hammadan birinchi maqsadga yetdim,
Mendan ham oldinda ekan omadim…
Yasemin
❤13👍3🔥1
#kechinma
Yangarasa ismingni jaranggi,
Muhabbat tugʻilar yap-yangi,
Shu onda yorishar ishq tonggi,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Qalbimga qoʻysaydim berkitib,
Bir oʻzim koʻrsaydim intiqib,
Yashayman diydorga payt kutib,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Nomingga she’rlarim bitilar,
Sen borsan, oʻzga rad etilar,
Borliging tushunib yetdilar,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Kimliging bilmoqni istar koʻp,
Oʻrningda boʻlmoqni istar koʻp,
Ammo sen bir imkon berma, xoʻp,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Sen tomon talpinar dil, vujud,
Koʻksimda eng buyuk ishq mavjud,
Xudodan iltifot va yohud,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Yasemin
Yangarasa ismingni jaranggi,
Muhabbat tugʻilar yap-yangi,
Shu onda yorishar ishq tonggi,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Qalbimga qoʻysaydim berkitib,
Bir oʻzim koʻrsaydim intiqib,
Yashayman diydorga payt kutib,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Nomingga she’rlarim bitilar,
Sen borsan, oʻzga rad etilar,
Borliging tushunib yetdilar,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Kimliging bilmoqni istar koʻp,
Oʻrningda boʻlmoqni istar koʻp,
Ammo sen bir imkon berma, xoʻp,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Sen tomon talpinar dil, vujud,
Koʻksimda eng buyuk ishq mavjud,
Xudodan iltifot va yohud,
Hammadan yashirgan sirimsan…
Yasemin
❤6👍3