EDU.DIGITAL
4.7K subscribers
2.08K photos
320 videos
998 links
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.

Muhokama guruhi: @digitaleduchat

Elektron pochta: education@digital.uz

Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.

Tel: (71) 203-03-43
Download Telegram
🛡 Sun’iy intellekt sohasida hududiy rahbar kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi

🟢Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

#️⃣ Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududiy rahbar kadrlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, davlat boshqaruvida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.

💬 O‘quv-seminarda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi. Vazir o‘z chiqishida sun’iy intellekt texnologiyalari davlat va hududiy boshqaruvda muhim strategik omilga aylanayotganini ta’kidlab, ushbu jarayonda faol ishtirok etish, sun’iy intellektdan foydalanish madaniyatini yanada oshirish muhim ekanini alohida qayd etdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/122319

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤣3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston yaqin kelajakda IOIʼda kuchli davlatga aylanadi — ruminiyalik murabbiy

🏆Avvalroq, joriy yilning 19-31-yanvar kunlari Toshkent shahridagi School 21 dasturlash maktabida 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga (IOI) tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun navbatdagi ikki haftalik maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

❗️O‘quv jarayonlariga xalqaro va mahalliy tajribali murabbiylar jalb etilgan. Jumladan, ruminiyalik ikki karra IOI oltin medal sovrindori, Codeforces “Grandmaster” darajasiga ega Mihai-Valeriu Voicu xorijiy murabbiy sifatida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

“Men O‘zbekistonning so‘nggi yillarda IOI’da juda kuchli yuksalishiga guvoh bo‘ldim. Aytishim mumkinki, jamoaning Xalqaro Jautikov olimpiadasidagi ishtiroki va natijalari bu yilgi IOI olimpiadasida ham yuqori natija qayd etishlariga menda ishonch uyg‘otdi”, — dedi u.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥41🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

UNICEF GIGA: O‘zbekiston maktablarda internet sifatini to‘liq onlayn monitoring qilayotgan mintaqadagi ilk mamlakat

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Rustam Karimjonov
Maktab o'quvchilari, universitet talabalari hamda yoshlarimiz - Raqamli texnologiyalar hamda Sun'iy intellekt tehnologiyalarni BEPUL o'rganishlari va bu orqali IT sohasida yuqori daromad kasb egasi bo'lishlariga qaratilgan maxsus tavsiyalar ishlab chiqilgan edi!

👨‍💻 Juda ko'p maktab va universitetlarning informatika sinf xonalariga ushbu tavsiyalarni kompyuter stollariga chiqarib qo'yilganini ko'rib juda xursand bo'ldim.

🟡 Sizning maktab va universitetingizda ham ushbu tavsiyalar qo'yildimi, ustozlar tomonidan tushuntirishlar berildimi?

⚠️ Ushbu maxsus tavsiyalardan qaysi birlari foydali bo'ldi – deb o'ylaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring, Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Berilgan tavsiyalardan tashqari yana qo'shimcha takliflaringiz bo'lsa izohda qoldiring, eng yaxshilarini qo'shimcha tavsiyalar sifatida rasmiy e'lon qilamiz.

📱 aileaders.uz milliy online ta'lim portali orqali bepul o'rganish mumkin bo'lgan darslarni o'qishni boshlang va 5 million Sun'iy intellekt yetakchisiga aylaning.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5❤‍🔥2
Ta’limda AI tashabbuslarini boshqaruvchi rahbar va mutaxassis izlanmoqda!

💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi”ga bo‘lim boshlig‘i va mutaxassis lavozimlariga arizalar qabuli ochilganini eʼlon qiladi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:
🔹 Ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya hamda ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
🔹 SI asosidagi loyihalarni umumiy ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish;
🔹 Ta’limda SI texnologiyalaridan samarali, xavfsiz va mas’uliyatli foydalanishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
🔹 Davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikda innovatsion tashabbuslarni muvofiqlashtirish.


✍️ Nomzodlar uchun talablar:
— Loyiha boshqaruvi bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba (AT, ta’lim yoki sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar ustunlik beradi);
— Axborot texnologiyalari, ta’lim tizimi va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tushuncha;
— Rasmiy hujjatlar, konsepsiya va strategik materiallar bilan ishlash tajribasi;
— O‘zbek va ingliz tillarida erkin muloqot (rus tili — afzallik);
— Kuchli tahliliy va kreativ fikrlash, jamoani boshqarish hamda samarali kommunikatsiya ko‘nikmalari.


🔖Talabgorlar quyidagi elektron pochta manziliga CV yuborishlari mumkin: education@digital.uz

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥86👍5❤‍🔥1
Sun’iy intellekt ta’siridagi 40 ta kasb, kelajakda kimlar ishsiz qoladi?

👨‍👦‍👦Fortune nashrining xabar berishicha, Microsoft yaqinda sun’iy intellekt (SI) sababli “xavf ostida” qolishi mumkin bo‘lgan 40 ta kasb ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, tarjimonlar, jurnalistlar, yozuvchilar, sotuvchilar va hatto dasturchilar sun'iy intellekt bilan jiddiy raqobatga kirib bormoqda.

😫Eng qizig‘i, endi shunchaki “diplomim bor” deb mutaxassis bo‘lish yetarli emas. Nvidia rahbari aytganidek: “Siz ish joyingizni sun'iy intellektga emas, balki sun'iy intellektdan foydalana oladigan odamga boy berasiz.”

🔗Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va real mehnatga asoslangan kasblar hozircha xavfsizroq hisoblanadi.

⚜️Kelajak tezlashmoqda, moslashish va ortda qolmaslik esa o‘z qo'lingizda. Raqamli dunyodagi yangi hodisalar va xavflardan xabardor bo‘ling aileaders.uz saytiga tashrif buyuring va sun’iy intellekt kurslarida bepul tahsil oling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64👍4🥰1
⭐️ “Yulduz Tech Awards” tanlovining taqdirlash marosimida volontyor bo‘lishni istaysizmi?

🌐 Raqamli texnologiyalar sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, o‘z mehnati va yutuqlari bilan ajralib turgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida tashkil etilayotgan “YULDUZ TECH AWARDS” marosimi uchun volontyorlar qabul qilinmoqda.

Volontyor sifatida siz:

Yirik texnologik tadbirni tashkil etish jarayonida bevosita ishtirok etasiz;
Amaliy tajriba orttirib, foydali professional aloqalarni yo‘lga qo‘yasiz;
Faoliyatingiz e’tirof etilib, maxsus sertifikat bilan taqdirlanasiz.


Hoziroq ariza topshiring va Yulduz Tech Awards jamoasining bir qismiga aylaning!

👉 Ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/eZFtEc6HDhYFYZ8h8

___________________


⭐️ Хотите стать волонтёром на церемонии награждения конкурса “Yulduz Tech Awards”?

🌐 Для поощрения женщин, которые ведут эффективную деятельность в сфере цифровых технологий и выделяются своими достижениями и результатами, объявляется набор волонтёров на церемонию «YULDUZ TECH AWARDS».

В качестве волонтёра вы:

Примете непосредственное участие в организации крупного технологического мероприятия;
Получите практический опыт и наладите полезные профессиональные связи;
Ваш вклад будет отмечен, и вы получите специальный сертификат.


Подайте заявку уже сейчас и станьте частью команды Yulduz Tech Awards!

👉 Зарегистрируйтесь: https://forms.gle/eZFtEc6HDhYFYZ8h8

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni munosabati bilan yana bir bor barchani ta’lim olish muhimligiga e’tibor qaratishga chaqiramiz!

aileaders.uz orqali sun’iy Intellekt, raqamli texnologiyar sohasidagi kurslarni o‘qib, kelajakka tayyorlaning!

Vaqtingizni zamonaviy bilim olishga, chet tillarini o‘rganishga hamda o‘z startaplaringiz orqali insonlar hayotini yaxshilashga sarflang. Bugun o‘rganishni boshlang, ertaga raqamli kelajakni yaratuvchilardan bo‘ling!
_____________

On the occasion of January 24 – International Day of Education, we would like to stress the importance of paying more attention to education!

Education is the key to sustainable development and a better future. It empowers people, promotes equality, and helps societies grow stronger through knowledge and innovation.

AI&IT skills open the door to high-demand careers, global job markets, and remote work opportunities. With many free online resources available, anyone from Uzbekistan can start learning modern digital skills today at: aileaders.uz

Invest your time in learning IT and foreign languages as well as in developing your startup to improve people’s lives. Start now and become part of the generation shaping the digital future.

We thank our startup founders: Bahodirkhon Khamidov karmon.ai , Sevinch Ismoilova fonuskids.uz and Shakhzod Umirzakov www.tassvision.ai for helping inspire our youth in this day!
5👍2🔥2
Forwarded from Aileaders.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aileaders.uz platformasida eOppiva kurslarini bepul o‘rganing!

eOppiva kurslari — Finlandiya hukumati tomonidan yaratilgan rasmiy raqamli ta’lim platformasi bo‘lib, davlat boshqaruvi, jamiyat va raqamli ko‘nikmalar yo‘nalishlarida yuqori sifatli onlayn kurslarni taqdim etadi.

🔗Aileaders.uz orqali ushbu xalqaro kurslarga ulanib, siz quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishingiz mumkin:

➡️Raqamli xavfsizlik va boshqaruv modeli — raqamli muhitda xavfsiz ishlash, ma’lumotlarni himoya qilish va xavfsizlik standartlari;
➡️Sun’iy intellekt va qonunchilik — AI tizimlarini tartibga solish va ularni adolatli joriy etish yondashuvlari;
➡️Statistik ko‘nikmalar va tahlil — ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan ijtimoiy jarayonlarda samarali foydalanish;
➡️Jamiyat va raqamli gumanitar ta’lim — irqchilikka qarshi onlayn kurslar kabi dolzarb ijtimoiy mavzular.


➡️Videoda platformada ro‘yxatdan o‘tish va kurslarni boshlash bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma taqdim etilgan!

⚜️Hoziroq aileaders.uz saytiga kiring va eOppiva kurslari orqali bilimlaringizni mustahkamlang!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👾1
Sun’iy intellekt sohasida hududiy rahbar kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar oʻtkazilmoqda

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar davom etmoqda.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududiy rahbar kadrlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, davlat boshqaruvida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.

❗️Seminar doirasida O‘zbekiston Respublikasining sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda uni amalga oshirishda hududiy rahbarlarning vazifalari atroflicha yoritildi.

🏷Ishtirokchilar strategiyaning asosiy maqsadlari, maqsadli ko‘rsatkichlari va vazirlik hamda idoralar zimmasiga yuklatilgan vazifalar mazmun-mohiyati bilan tanishdilar, shu orqali rahbar kadrlar uchun belgilangan mas’uliyat va yuklamalarni chuqur anglashga e’tibor qaratildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🗿2