EDU.DIGITAL
4.71K subscribers
2.06K photos
318 videos
988 links
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.

Muhokama guruhi: @digitaleduchat

Elektron pochta: education@digital.uz

Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.

Tel: (71) 203-03-43
Download Telegram
Sun’iy intellekt sohasida hududiy rahbar kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar oʻtkazilmoqda

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar davom etmoqda.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududiy rahbar kadrlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, davlat boshqaruvida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.

❗️Seminar doirasida O‘zbekiston Respublikasining sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda uni amalga oshirishda hududiy rahbarlarning vazifalari atroflicha yoritildi.

🏷Ishtirokchilar strategiyaning asosiy maqsadlari, maqsadli ko‘rsatkichlari va vazirlik hamda idoralar zimmasiga yuklatilgan vazifalar mazmun-mohiyati bilan tanishdilar, shu orqali rahbar kadrlar uchun belgilangan mas’uliyat va yuklamalarni chuqur anglashga e’tibor qaratildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🗿2
🛡 “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi bo‘lib o‘tdi

🟪So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Yetakchi davlatlar sun’iy intellektni innovatsion texnologiya bilan bir qatorda milliy raqobatbardoshlik va inson kapitalini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi sifatida ko‘rmoqda. O‘zbekistonda ham raqamli transformatsiya jarayonlari doirasida sun’iy intellekt salohiyatidan samarali foydalanish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 2025-yil 28-noyabr kuni sun’iy intellekt bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro forum doirasida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berilgan edi.

➡️Bugun, 29-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum talaba-yoshlarni loyiha doirasida keng qamrab olish, Prezident tashabbuslarini yoshlar orasida targ‘ib etish hamda “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasining “talabalar karvoni”ga rasmiy start berish maqsadida tashkil etildi.

💬 Forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov talaba-yoshlar yaratgan sun’iy intellektga asoslangan innovatsion ishlanmalar, startap loyihalar hamda zamonaviy raqamli yechimlar bilan tanishdi. Vazir ishlanmalarni ko‘zdan kechirib, yoshlarning tashabbuskorligi, ilmiy-amaliy yondashuvi va innovatsion g‘oyalarini yuqori baholadi. Shuningdek, loyihalarni yanada takomillashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/125831

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” talabalar forumi oʻtkazildi

Forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov talaba-yoshlar yaratgan sun’iy intellektga asoslangan innovatsion ishlanmalar, startap loyihalar hamda zamonaviy raqamli yechimlar bilan tanishdi.

❗️Shuningdek, loyihalarni yanada takomillashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda tijoratlashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berildi.

⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🥰3🔥1👻1
Sun’iy intellekt sohasida 210 nafar hududiy rahbar kadrlar malakasi oshirildi

Joriy yilning 20-yanvaridan 30-yanvarigacha Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududiy rahbar kadrlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, davlat boshqaruvida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.

❗️Seminar doirasida O‘zbekiston Respublikasining sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda uni amalga oshirishda hududiy rahbarlarning vazifalari atroflicha yoritildi.

🏷30-yanvar kuni Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar bo‘limlari rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘z yakuniga yetdi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥11💋1