EDU.DIGITAL
4.7K subscribers
2.08K photos
320 videos
997 links
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.

Muhokama guruhi: @digitaleduchat

Elektron pochta: education@digital.uz

Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.

Tel: (71) 203-03-43
Download Telegram
IOI-2026’ga navbatdagi tayyorlov oʻquv mashgʻulotlari boshlandi

🏷Bugun Toshkent shahridagi School 21 dasturlash maktabida 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga (IOI) tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun navbatdagi ikki haftalik maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

➡️ O‘quv jarayoniga xalqaro va mahalliy tajribali murabbiylar jalb etilgan. Jumladan, Ruminiyalik ikki karra IOI oltin medal sovrindori, Codeforces “Grandmaster” darajasiga ega Mihai-Valeriu Voicu xorijiy murabbiy sifatida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

➡️Shuningdek, EGOI 2024 bronza medali sohibasi Zarnigor Raximova hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU assistenti Hojiyev Sunnatullo mahalliy murabbiylar sifatida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga hissa qo‘shmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar iqtidorli o‘quvchilarni xalqaro musobaqalarga munosib tayyorlashga xizmat qilmoqda.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlash men uchun shunchaki kasb emas — Javohir Raxmonberganov

⚜️Bugungi qahramonimiz Javohir. U 18 yoshda va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bitiruvchisi hisoblanadi. Hozirda Javohir Toshkentdagi xalqaro Westminster universitetining birinchi bosqich talabasi.

Javohir frilanser dasturchilik qilib oyiga oʻrtacha $500 daromad topmoqda. Uning dasturlashga boʻlgan qiziqishi karantin paytida boshlangan.

🔗“O‘sha paytlarda boshqalar yozgan kodlarni tahrir qilib, o‘rganardim. Hali ham eslayman birinchi topgan daromadim 30 ming so‘m edi. 5-6-sinf o‘quvchisi edim. Bu natija menga kuch, ishonch va yangi orzular berdi”, - deb eslaydi u.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥8🤩54👏2
🛡 Sun’iy intellekt sohasida hududiy rahbar kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi

🟢Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

#️⃣ Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududiy rahbar kadrlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, davlat boshqaruvida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.

💬 O‘quv-seminarda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi. Vazir o‘z chiqishida sun’iy intellekt texnologiyalari davlat va hududiy boshqaruvda muhim strategik omilga aylanayotganini ta’kidlab, ushbu jarayonda faol ishtirok etish, sun’iy intellektdan foydalanish madaniyatini yanada oshirish muhim ekanini alohida qayd etdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/122319

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤣3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston yaqin kelajakda IOIʼda kuchli davlatga aylanadi — ruminiyalik murabbiy

🏆Avvalroq, joriy yilning 19-31-yanvar kunlari Toshkent shahridagi School 21 dasturlash maktabida 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga (IOI) tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun navbatdagi ikki haftalik maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

❗️O‘quv jarayonlariga xalqaro va mahalliy tajribali murabbiylar jalb etilgan. Jumladan, ruminiyalik ikki karra IOI oltin medal sovrindori, Codeforces “Grandmaster” darajasiga ega Mihai-Valeriu Voicu xorijiy murabbiy sifatida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

“Men O‘zbekistonning so‘nggi yillarda IOI’da juda kuchli yuksalishiga guvoh bo‘ldim. Aytishim mumkinki, jamoaning Xalqaro Jautikov olimpiadasidagi ishtiroki va natijalari bu yilgi IOI olimpiadasida ham yuqori natija qayd etishlariga menda ishonch uyg‘otdi”, — dedi u.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥41🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

UNICEF GIGA: O‘zbekiston maktablarda internet sifatini to‘liq onlayn monitoring qilayotgan mintaqadagi ilk mamlakat

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Rustam Karimjonov
Maktab o'quvchilari, universitet talabalari hamda yoshlarimiz - Raqamli texnologiyalar hamda Sun'iy intellekt tehnologiyalarni BEPUL o'rganishlari va bu orqali IT sohasida yuqori daromad kasb egasi bo'lishlariga qaratilgan maxsus tavsiyalar ishlab chiqilgan edi!

👨‍💻 Juda ko'p maktab va universitetlarning informatika sinf xonalariga ushbu tavsiyalarni kompyuter stollariga chiqarib qo'yilganini ko'rib juda xursand bo'ldim.

🟡 Sizning maktab va universitetingizda ham ushbu tavsiyalar qo'yildimi, ustozlar tomonidan tushuntirishlar berildimi?

⚠️ Ushbu maxsus tavsiyalardan qaysi birlari foydali bo'ldi – deb o'ylaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring, Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Berilgan tavsiyalardan tashqari yana qo'shimcha takliflaringiz bo'lsa izohda qoldiring, eng yaxshilarini qo'shimcha tavsiyalar sifatida rasmiy e'lon qilamiz.

📱 aileaders.uz milliy online ta'lim portali orqali bepul o'rganish mumkin bo'lgan darslarni o'qishni boshlang va 5 million Sun'iy intellekt yetakchisiga aylaning.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5❤‍🔥2
Ta’limda AI tashabbuslarini boshqaruvchi rahbar va mutaxassis izlanmoqda!

💻Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Ta’limda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi”ga bo‘lim boshlig‘i va mutaxassis lavozimlariga arizalar qabuli ochilganini eʼlon qiladi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:
🔹 Ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya hamda ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
🔹 SI asosidagi loyihalarni umumiy ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish;
🔹 Ta’limda SI texnologiyalaridan samarali, xavfsiz va mas’uliyatli foydalanishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
🔹 Davlat va xususiy sektor bilan hamkorlikda innovatsion tashabbuslarni muvofiqlashtirish.


✍️ Nomzodlar uchun talablar:
— Loyiha boshqaruvi bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba (AT, ta’lim yoki sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar ustunlik beradi);
— Axborot texnologiyalari, ta’lim tizimi va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tushuncha;
— Rasmiy hujjatlar, konsepsiya va strategik materiallar bilan ishlash tajribasi;
— O‘zbek va ingliz tillarida erkin muloqot (rus tili — afzallik);
— Kuchli tahliliy va kreativ fikrlash, jamoani boshqarish hamda samarali kommunikatsiya ko‘nikmalari.


🔖Talabgorlar quyidagi elektron pochta manziliga CV yuborishlari mumkin: education@digital.uz

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥86👍5❤‍🔥1
Sun’iy intellekt ta’siridagi 40 ta kasb, kelajakda kimlar ishsiz qoladi?

👨‍👦‍👦Fortune nashrining xabar berishicha, Microsoft yaqinda sun’iy intellekt (SI) sababli “xavf ostida” qolishi mumkin bo‘lgan 40 ta kasb ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, tarjimonlar, jurnalistlar, yozuvchilar, sotuvchilar va hatto dasturchilar sun'iy intellekt bilan jiddiy raqobatga kirib bormoqda.

😫Eng qizig‘i, endi shunchaki “diplomim bor” deb mutaxassis bo‘lish yetarli emas. Nvidia rahbari aytganidek: “Siz ish joyingizni sun'iy intellektga emas, balki sun'iy intellektdan foydalana oladigan odamga boy berasiz.”

🔗Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va real mehnatga asoslangan kasblar hozircha xavfsizroq hisoblanadi.

⚜️Kelajak tezlashmoqda, moslashish va ortda qolmaslik esa o‘z qo'lingizda. Raqamli dunyodagi yangi hodisalar va xavflardan xabardor bo‘ling aileaders.uz saytiga tashrif buyuring va sun’iy intellekt kurslarida bepul tahsil oling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64👍4🥰1