EDU.DIGITAL
4.7K subscribers
2.08K photos
320 videos
998 links
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.

Muhokama guruhi: @digitaleduchat

Elektron pochta: education@digital.uz

Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.

Tel: (71) 203-03-43
Download Telegram
HisobMate bilan umumiy xarajatlar endi muammo emas

🏷Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan “Founders Circle” startap asoschilari uchrashuvida ko‘plab startaplar o‘z loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ular orasida Abbos Ibrohimov ham o‘zining “HisobMate” startapi bilan qatnashdi.

HisobMate qanday muammoni hal qiladi?

Bugungi kunda Toshkentda minglab talabalar va yosh mutaxassislar ijara uylarda yoki jamoada birga yashashadi. Har kuni tushlik, ijara yoki kommunal to‘lovlarni hisob-kitob qilishda chalkashliklar yuzaga keladi. Eng yomoni yaqin odamdan pul so‘rashdagi noqulaylik.

❗️Loyiha nimalarga qodir?

HisobMate — umumiy xarajatlarni avtomatik boshqarish uchun eng qulay yechim. Loyiha asoschisi Abbosning ta’kidlashicha, ilova bir qator afzalliklarga ega:

➡️Tezkorlik - qarzdorlikni soniyalar ichida hisoblaydi;
➡️ Avtomatlashtirish - eslatmalarni inson emas, balki tizimning o‘zi avtomatik yuboradi;
➡️Smart funksiya - QR-kod orqali chekdagi summani guruh a’zolariga avtomat taqsimlaydi.


HisobMate xonadoshlar va hamkasblar o‘rtasida moliyaviy shaffoflikni ta’minlashga va kundalik hayotni soddalashtirishga xizmat qiladi”, — deydi loyiha asoschisi.

👨‍👦‍👦Tadbir doirasida Abbos yangi strategik hamkorlar bilan tanishib, loyihani yanada rivojlantirish uchun yangi aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

➡️Videoni Youtube kanalimizda to'liq talqinda tomosha qiling


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31❤‍🔥1🔥1
Har yili “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturi doirasida 5 ming nafar harbiy oʻqitiladi

⚜️Bu haqda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilishida aytib oʻtildi.

➡️Xabarga koʻra, har yili 5 ming askar saralab olinib, “Besh million sunʼiy intellekt yetakchisi” dasturi doirasida oʻqitiladi.

➡️Askarlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy qismning oʻzida oliygohga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi.

➡️Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishini boshlaydi.

➡️Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏52❤‍🔥1
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

📖O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 34 yil to‘ldi. Vatan taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan barchaga mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilaymiz.

🎉Bayram muborak bo‘lsin!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥1
Kompensatsiya qilinadigan xalqaro AT-sertifikatlar ro‘yxati yangilandi

🏷Qadrli yoshlar, Sizlarning talablaringiz hamda yangi raqamli texnologiyalar tendensiyalarini inobatga olgan holda, kompensatsiya qilinadigan xalqaro AT-sertifikatlar ro‘yxati yangilandi.

🔰Yangilangan ro‘yxatga hozirda talabgir bo‘lgan kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar ilmi hamda maʼlumotlar tahlili kabi yo‘nalishlar qo‘shildi.

🔗Eslatma: 2026-yil 14-yanvarga qadar avvalgi ro‘yxat bo‘yicha o‘qib, sertifikat olingan, o‘quv kurslari va imtihon xarajatlari uchun to‘liq to‘lov qilingan shartnoma va unga muvofiq amalga oshirilgan to‘lov kvitansiyasi taqdim qilingan taqdirda (31-martga qadar murojaat qilinsa), kompensatsiyalar avvalgi ro‘yxat asosida qoplab beriladi.

📝Xalqaro AT-sertifikatga o‘qish va olish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1👍1
Xalqaro Jautikov olimpiadasining informatika yo‘nalishida yuqori natija qayd etildi

⚜️Joriy yilning 10–15-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan 700 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi informatika yo‘nalishida umumiy hisobda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

⬇️Sovrindorlar bilan tanishing:
➡️Jaxonali Xaydaraliyev — oltin medal;
➡️Ulug‘bek Rahmatullayev — oltin medal;
➡️Timur Kadirbergenov — kumush medal;
➡️Jahongirshoh Avazxonov — kumush medal;
➡️Humoyun Abduraupov — bronza medal;
➡️Isamiddin Baybolov — bronza medal.


🎉Gʻolib va sovrindorlarni tabriklaymiz!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105❤‍🔥2🔥2
Seero — kuchli xotira va to‘g‘ri metodika

💠 Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Muhammadayub Alibekov “Founders Circle” startap asoschilari uchrashuvida o‘zining “Seero” startapi bilan qatnashdi.

Seero qanday muammoni hal qiladi?
Tadqiqotlarga ko‘ra, insonlar yangi o‘rgangan ma’lumotlarining qariyb 70 foizini bir hafta ichida esdan chiqarishadi. Bu talabalar, til o‘rganuvchilar va mutaxassislar uchun eng katta to‘siqdir.

Loyiha nimalarga qodir?
Seero - inson xotirasi va diqqatini ilmiy asoslangan algoritmlar yordamida rivojlantiruvchi startap. Kuchli xotira tug‘ma emas, to‘g‘ri metodika natijasidir. Loyiha asoschisining ta’kidlashicha, loyiha bir qator ustunliklarga ega:

Bo‘laklash — ma’lumotni kichik va oson qismlarga ajratish;
Oraliqli takrorlash — ma’lumotni unutilishidan oldin qayta takrorlash;
Faol eslash — shunchaki o‘qish emas, miyani eslashga majburlash;
Assotsiativ yodlash — obraz va bog‘lanishlar orqali oson yodlash;


Tadbir doirasida yosh mutaxassis yangi strategik hamkorlar bilan tanishib, loyihani yanada rivojlantirish uchun yangi aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

Videoni Youtube kanalimizda to'liq talqinda tomosha qiling

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🎉2
IOI-2026’ga navbatdagi tayyorlov oʻquv mashgʻulotlari boshlandi

🏷Bugun Toshkent shahridagi School 21 dasturlash maktabida 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga (IOI) tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun navbatdagi ikki haftalik maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

➡️ O‘quv jarayoniga xalqaro va mahalliy tajribali murabbiylar jalb etilgan. Jumladan, Ruminiyalik ikki karra IOI oltin medal sovrindori, Codeforces “Grandmaster” darajasiga ega Mihai-Valeriu Voicu xorijiy murabbiy sifatida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

➡️Shuningdek, EGOI 2024 bronza medali sohibasi Zarnigor Raximova hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU assistenti Hojiyev Sunnatullo mahalliy murabbiylar sifatida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga hissa qo‘shmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar iqtidorli o‘quvchilarni xalqaro musobaqalarga munosib tayyorlashga xizmat qilmoqda.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlash men uchun shunchaki kasb emas — Javohir Raxmonberganov

⚜️Bugungi qahramonimiz Javohir. U 18 yoshda va “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bitiruvchisi hisoblanadi. Hozirda Javohir Toshkentdagi xalqaro Westminster universitetining birinchi bosqich talabasi.

Javohir frilanser dasturchilik qilib oyiga oʻrtacha $500 daromad topmoqda. Uning dasturlashga boʻlgan qiziqishi karantin paytida boshlangan.

🔗“O‘sha paytlarda boshqalar yozgan kodlarni tahrir qilib, o‘rganardim. Hali ham eslayman birinchi topgan daromadim 30 ming so‘m edi. 5-6-sinf o‘quvchisi edim. Bu natija menga kuch, ishonch va yangi orzular berdi”, - deb eslaydi u.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥8🤩54👏2
🛡 Sun’iy intellekt sohasida hududiy rahbar kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi

🟢Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tuman (shahar) hokimlari hamda tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari uchun sun’iy intellekt yo‘nalishida malaka oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

#️⃣ Mazkur tadbirning asosiy maqsadi hududiy rahbar kadrlarning sun’iy intellekt sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, davlat boshqaruvida zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishdan iborat bo‘ldi.

💬 O‘quv-seminarda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi. Vazir o‘z chiqishida sun’iy intellekt texnologiyalari davlat va hududiy boshqaruvda muhim strategik omilga aylanayotganini ta’kidlab, ushbu jarayonda faol ishtirok etish, sun’iy intellektdan foydalanish madaniyatini yanada oshirish muhim ekanini alohida qayd etdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/122319

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤣3