Centrum Air Press
2.68K subscribers
165 photos
3 videos
40 links
Centrum Air aviakompaniyasi matbuot xizmatining rasmiy Telegram-kanali.

Официальный телеграм-канал пресс-службы авиакомпании Centrum Air.
Download Telegram
Centrum Air Press
🇺🇿 Reyslar jadvali yangilanishi C6401–C6402 (Toshkent — Moskva — Toshkent) Hurmatli yo‘lovchilar, Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslarning uchish vaqti yangilangani haqida ma’lum qilamiz. 10-dekabr C6401 Toshkent 19:45 — Moskva 22:25…
🇺🇿 Reyslar jadvali yangilanishi C6401–C6402

10-dekabr

C6401 Toshkent 21:00 — Moskva 23:40
11-dekabr
C6402 Moskva 01:00 — Toshkent 07:05

🇷🇺 Обновление расписания рейсов C6401–C6402

10 декабря

C6401 Ташкент 21:00 — Москва 23:40
11 декабря
C6402 Москва 01:00 — Ташкент 07:05
2👌2
Centrum Air Press
🇺🇿 Reyslar jadvali yangilanishi C6401–C6402 (Toshkent — Moskva — Toshkent) Hurmatli yo‘lovchilar, Toshkent — Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reyslarning uchish vaqti yangilangani haqida ma’lum qilamiz. 10-dekabr C6401 Toshkent 19:45 — Moskva 22:25…
🇺🇿 Reyslar jadvali yangilanishi C6401–C6402

10-dekabr

C6401 Toshkent 23:00 — Moskva 01:40 (+1)
11-dekabr
C6402 Moskva 02:55 — Toshkent 09:00

🇷🇺 Обновление расписания рейсов C6401–C6402

10 декабря

C6401 Ташкент 23:00 — Москва 01:40 (+1)
11 декабря
C6402 Москва 02:55 — Ташкент 09:00
👌3
Официальное заявление авиакомпании Centrum Air

Мы хотим внести ясность в обсуждение в социальных сетях, связанное с публикацией на развлекательной платформе Pikabu.

По итогам всестороннего изучения ситуации сообщаем, что материал не отражал реальных событий и не имел отношения к непосредственной работе пилота либо к авиакомпании Centrum Air. Публикацию подготовило и разместило стороннее PR-агентство, которое вело страницу пилота. После ознакомления с содержанием материала пилот самостоятельно его удалил, так как подобный формат высказываний о животных неуместен и неприемлем.

Произошедшее не умаляет серьёзности ситуации. Centrum Air последовательно разделяет ценности гуманного и ответственного отношения к животным и на практике поддерживает зоозащитные и экологические инициативы.

В декабре 2024 года экипажи и сотрудники авиакомпании лично посетили приют @mehr_shelter, оказав помощь и поддержку его подопечным. 22 января 2025 года авиакомпания публично осветила сбор средств в поддержку приюта, обеспечив широкую информационную огласку инициативы.

В продолжение данной деятельности выпустили специальный благотворительный календарь на 2025 год с участием животных из приютов для привлечения внимания общественности к вопросам защиты и помощи нашим меньшим братьям.

В ответ на сложившуюся ситуацию приняли дополнительные инициативы для поддержки животных:

1. Введем специальный социальный тариф на перевозку домашних животных с 20% скидкой;

2. Поддержим приюты всем необходимым: медицинскими препаратами, кормами и т.д.;

3. Проинформируем о реализованных мерах и результатах помощи в официальных каналах авиакомпании.

Авиакомпания Centrum Air глубоко сожалеет о случившемся инциденте и приносит искренние извинения. Мы продолжим благотворительные проекты по защите животных и на деле будем проявлять свое неравнодушие.
20👏11🔥5🙏3
Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy bayonoti

Centrum Air aviakompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda Pikabu platformasida eʼlon qilingan material yuzasidan kelib chiqqan muhokamalarga munosabat bildirib, vaziyatga aniqlik kiritishni lozim deb hisoblaydi.

Masala aviakompaniya rahbariyati tomonidan har tomonlama o‘rganib chiqilganidan so‘ng maʼlum bo‘ldiki, mazkur material real voqelikni aks ettirmaydi hamda uchuvchining bevosita kasbiy faoliyati yoki Centrum Air aviakompaniyasi bilan bog‘liq emas. Ushbu material uchuvchining sahifasini yuritgan uchinchi taraf PR-agentligi tomonidan tayyorlangan va e’lon qilingan. Material mazmuni bilan tanishganidan so‘ng uchuvchi hayvonlarga oid bunday bayonotlar noo‘rin va qabul qilib bo‘lmas deb topib, uni mustaqil ravishda o‘chirib tashlagan.

Material o‘chirilgan bo‘lsa-da, yuzaga kelgan holatga jiddiy baho berilmoqda. Zero, Centrum Air aviakompaniyasi hayvonlarga nisbatan insonparvar va masʼuliyatli munosabat tamoyillarini qatʼiy qo‘llab-quvvatlaydi, zootashabbuslar va ekologik loyihalarda faol ishtirok etib keladi.

Jumladan, 2024-yilning dekabrida aviakompaniya ekipaj va xodimlari @mehr_shelter boshpanasiga tashrif buyurib, bu yerda saqlanayotgan jonivorlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdi. 2025-yil 22-yanvar kuni esa aviakompaniya hayvonlar boshpanasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya mablag‘larini to‘plash jarayonini keng yoritib, mazkur tashabbusning ommaviy targ‘ib etilishini ta’minladi.

Bundan tashqari, aviakompaniya 2025-yilda kichik do‘stlarimizni himoya qilish va ularga yordam berish masalalariga e’tibor qaratishga qaratilgan boshpanalardagi hayvonlar ishtirokida maxsus xayriya taqvimini chop etdi.

Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan hayvonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha tashabbuslar qabul qilindi, jumladan:

1. Reyslarimizda uy hayvonlarini tashish uchun 20 foizlik chegirmali maxsus ijtimoiy tarif joriy etiladi;

2. Hayvonlar boshpanalariga zarur tibbiy preparatlar, ozuqa va boshqa ehtiyojlar bilan amaliy yordam ko‘rsatiladi;

3. Ko‘rilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan yordam natijalari aviakompaniyaning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilib boriladi.

Centrum Air aviakompaniyasi yuzaga kelgan holatdan chuqur afsusda ekanini bildiradi va jamoatchilikdan uzr so‘raydi. Biz hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan xayriya loyihalarini izchil davom ettiramiz hamda kichik do‘stlarimiz taqdiriga befarq emasligimizni amaliy ishlar bilan namoyon etamiz.
🙏109👏7👌3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ketma-ket ikkinchi yildirki jamoamiz yilni ezgu ishlar bilan — Toshkentdagi «Yoqimli mushuklar» boshpanasiga tashrif bilan boshlamoqda. Uchuvchilar va bort kuzatuvchilari Centrum xoldingi nomidan boshpanaga uning paxmoq parvarishlanuvchilari uchun yem, dori-darmonlar va boshqa zarur buyumlarni topshirdilar.

Barchani ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilishga chorlab qolamiz 🤍
Yordam berishning turli yo‘llari bor: toʻrt oyoqli do‘stlardan biriga uy hadya etish, boshpanani moliyaviy jihatdan, yem yoki vaksinalar bilan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu loyiha haqida ijtimoiy tarmoqlarda so‘zlab berish orqali.

Keling, yilni birgalikda ezgu ishlar bilan boshlaylik! при

🔹🔹🔹

Уже второй год подряд наша команда начинает год с добрых дел — с визита в ташкентский приют «Милые кошки». Пилоты и бортпроводники от имени всего холдинга Centrum передали приюту корм, лекарства и другие необходимые вещи для его пушистых подопечных.

Мы приглашаем всех присоединиться к этой доброй инициативе 🤍
Помочь можно по-разному: подарить дом одному из хвостатых, поддержать приют финансово, кормом или вакцинами, а также рассказать об этом проекте в своих социальных сетях.

Давайте вместе начнём год с добрых дел!
14👏8🙏3
Centrum Air tug‘ilgan kuni munosabati bilan barcha muntazam yo‘nalishlarimiz bo‘yicha aviachiptalarga 18% chegirma — biz 3 yoshga to‘ldik! Quvonchimizni siz bilan baham ko‘rmoqchimiz. Aksiya atigi 3 kun davom etadi! 🎂🌷

💳 Chiptalarni xarid qilish: faqat 2026-yil 17–19-yanvar kunlari
✈️ Parvoz qilish: xohlagan vaqtingizda 😍

Chegirma ko‘rsatilgan muddatlar doirasida aviachipta xarid qilinayotganda avtomat ravishda qo‘llaniladi. Aviachiptalarni rasmiy centrum-air.com saytimiz va Telegram Mini App’dan bron qiling.

🔹🔹🔹

Скидка 18% на авиабилеты на все наши регулярные направления в честь Дня рождения Centrum Air – нам 3 года! Мы хотим разделить радость с вами. Акция действует всего 3 дня! 🎂🌷
 
💳 Покупать билеты: только с 17 по 19 января 2026 года
✈️ Лететь: когда захочется 😍
 
Скидка применяется автоматически при покупке авиабилетов в рамках указанных сроков. Бронируйте авиабилеты на нашем официальном сайте centrum-air.com и в Telegram Mini App.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
Salom, flotimizdagi 14-chi samolyot!

Aviakompaniyamizning uch yilligini yangi Airbus 321neo bortini kutib olish bilan nishonlaymiz! U kompaniya aviaparkidagi 14-chi havo kemasi. UK32133 bort raqamini olgan yangi samolyot 17-yanvar kuni Lyublyanadan (Sloveniya) Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi.

Samolyot tez orada yo‘nalishlarimiz bo‘yicha parvozlarni boshlaydi. Bortda ko‘rishguncha!

🔹🔹🔹

Привет, наш 14-ый самолёт во флоте!

Отмечаем трёхлетие нашей авиакомпании встречей нового борта Airbus 321neo! Это 14-ое воздушное судно в авиапарке компании. Самолёт с бортовым номером UK32133 прибыл из Любляны (Словения) в Международный аэропорт Ташкента имени Ислама Каримова 17 января.

В ближайшее время самолёт уже отправится по нашим маршрутам. Встречаемся на борту!
10👏5👌1
🇺🇿 Novosibirsk — Toshkent reysi jadvali yangilanishi

Hurmatli yo‘lovchilar,
havo kemasida texnik ishlarni amalga oshirish zaruriyati sababli reys jadvali quyidagicha o‘zgartirildi:

18-yanvar (mahalliy vaqt bilan)
C6446 Novosibirsk 03:00 — Toshkent 04:15

Xohish bildirgan barcha yo‘lovchilarga mehmonxonaga joylashish taklif qilindi. Aviakompaniya vaziyatni imkon qadar tezroq hal etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Yo‘lovchilar xavfsizligi aviakompaniya uchun mutloq ustuvor vazifadir. Centrum Air yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va sabr-toqatingiz hamda vaziyatni to‘g‘ri tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.
@centrumair_speaking

🇷🇺 Обновление расписания рейса Новосибирск Ташкент

Уважаемые пассажиры,
в связи с необходимостью проведения технических работ на воздушном судне скорректировано расписание рейса:

18 января (время местное)
С6446 Новосибирск 03:00 — Ташкент 04:15

Всем пассажирам, изъявившим желание, было предложено размещение в гостинице. Авиакомпания предпринимает все необходимые меры для скорейшего решения ситуации.

Безопасность пассажиров является безусловным приоритетом авиакомпании. Centrum Air приносит извинения за доставленные неудобства и благодарит пассажиров за понимание.
@centrumair_speaking
🔥4
Centrum Air Press
🇺🇿 Novosibirsk — Toshkent reysi jadvali yangilanishi Hurmatli yo‘lovchilar, havo kemasida texnik ishlarni amalga oshirish zaruriyati sababli reys jadvali quyidagicha o‘zgartirildi: 18-yanvar (mahalliy vaqt bilan) C6446 Novosibirsk 03:00 — Toshkent 04:15…
🇷🇺Авиакомпания Centrum Air внимательно следит за развитием ситуации. В случае изменений информация будет оперативно опубликована в официальном канале авиакомпании.

🇺🇿 Centrum Air aviakompaniyasi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. O‘zgarishlar boʻlsa, aviakompaniyaning rasmiy kanalida tezkor ravishda xabar qilinadi.
1🔥1
🇺🇿 Reyslar jadvali yangilanishi C6446 (Novosibirsk — Toshkent)

Hurmatli yo‘lovchilar,
reysni amalga oshirish vaqti yangilandi:

C6446 Novosibirsk 13:00 — Toshkent 14:15

Vaqt mahalliy soat mintaqalari hisobga olingan holda ko‘rsatilgan.

Jadvaldagi keyingi o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
@centrumair_speaking

🇷🇺 Обновление расписания рейса C6446 (Новосибирск — Ташкент)

Уважаемые пассажиры,
обновлено время выполнения рейса:

C6446 Новосибирск 13:00 — Ташкент 14:15

Время указано с учётом местных часовых поясов.

О дальнейших изменениях в расписании будет сообщено дополнительно.
@centrumair_speaking
1🔥1
🇺🇿 C6446 Novosibirsk — Toshkent reysi boʻyicha maʼlumot

Hurmatli yo‘lovchilar,
Rossiya Federatsiyasi hududidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelgani sababli C6446 reysiga xizmat ko‘rsatish hamda uchishida kichik kechikishlar bo‘lishi mumkin.

26-yanvar (mahalliy vaqt bilan)
C6446 Novosibirsk 21:15 — Toshkent 22:30

Aviakompaniya yer usti xizmatlari bilan birgalikda kechikishlarni minimallashtirish va reysni imkon qadar tezroq amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Qo‘shimcha o‘zgarishlar bo‘lsa, tezkor ravishda xabar beramiz.
@centrumair_speaking

🇷🇺 Информация по рейсу C6446 Новосибирск – Ташкент

Уважаемые пассажиры,
в связи с техническими неполадками в системе регистрации на территории Российской Федерации, возможны незначительные задержки при обслуживании и вылете рейса C6446.

26 января (время местное):
C6446 Новосибирск 21:15 – Ташкент 22:30

Авиакомпания совместно с наземными службами принимает все необходимые меры для минимизации задержек и скорейшего выполнения рейса.

О дальнейших изменениях в расписании будет сообщено дополнительно.
@centrumair_speaking
3👌2
Mahalliy reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish yopilishi va bortga chiqish yakunlanish vaqtlarini o‘zgartirdik. Aeroportga oldinroq keling!

🔹🔹🔹

Мы изменили время закрытия регистрации и завершения посадки для местных рейсов. Приезжайте в аэропорт заранее!
1👏1
O‘zbekistonda ziyoratchilar uchun Yagona haj va umra portali — haj-umra.gov.uz saytida majburiy onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi joriy etilmoqda:

📍1-fevraldan — haj safariga bormoqchi bo‘lganlar uchun,
📍1-maydan — umra safariga bormoqchi bo‘lganlar uchun ro‘yxatdan o‘tish majburiy.

Portalda ro‘yxatdan o‘tmasdan ushbu tadbirlarda ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✈️Toshkent ➡️ Jidda 4,7 mln so‘mdan boshlab. Aviachiptalarni rasmiy centrum-air.com saytimiz va Telegram Mini App’dan band qiling.

🔹🔹🔹

В Узбекистане вводится обязательная онлайн-регистрация для паломников на Едином портале хаджа и умры - haj-umra.gov.uz:

📍с 1 февраля — процедура обязательна для тех, кто хочет совершить хадж,
📍с 1 мая – для тех, кто хочет совершить умру.

Участие в этих мероприятиях без регистрации на портале не допускается.

✈️Ташкент ➡️ Джидда от 4,7 млн сумов. Бронируйте авиабилеты на нашем официальном сайте centrum-air.com и в Telegram Mini App.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 C6530 Phuket — Toshkent reysi bo‘yicha yangilangan ma’lumot

Hurmatli yo‘lovchilar,
Phuket International Airport aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagining vaqtincha yopilishi hamda operatsion jadvalga kiritilgan o‘zgarishlar sababli aviakompaniya C6530 reysining 4-fevral kungi parvozini ko‘chirishga majbur bo‘ldi.

5-fevral (mahalliy vaqt bilan):
C6530 Phuket 15:00 — Toshkent 20:15

Kutish davrida xizmat ko‘rsatish qoidalariga muvofiq, yoʻlovchilarning ovqatlanishi tashkil etildi. Phuketda yuqori turistik mavsum boʻlgani va joylashtirish imkoniyatlari cheklanganligini inobatga olgan holda aviakompaniya aeroport xizmatlari bilan hamkorlikda yo‘lovchilar uchun kutish vaqtida imkon qadar qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rdi.

Reysning ko‘chirilishi xavfsiz parvozni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va reglament talablari bilan bog‘liq.

Centrum Air uchun yo‘lovchilar xavfsizligi doimo ustuvor ahamiyatga ega. Aviakompaniya yetkazilgan noqulayliklar uchun samimiy uzr so‘raydi va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.
@centrumair_speaking

🇷🇺 Обновление по рейсу C6530 Пхукет — Ташкент

Уважаемые пассажиры,
в связи с временным закрытием взлётно-посадочной полосы в Phuket International Airport и последующей корректировкой операционного графика авиакомпания была вынуждена перенести вылет рейса C6530 4 февраля.

5 февраля (местное время):
C6530 Пхукет 15:00 — Ташкент 20:15

На период ожидания пассажирам было предоставлено питание в соответствии с правилами обслуживания. С учётом высокого сезона в Пхукете и ограниченной доступности размещения авиакомпания совместно с аэропортовыми службами предприняла все возможные меры, чтобы обеспечить пассажирам комфортные условия ожидания вылёта.

Перенос рейса связан с производственными и регламентными ограничениями, необходимыми для обеспечения безопасного выполнения полёта.

Безопасность пассажиров остаётся безусловным приоритетом Centrum Air. Авиакомпания приносит искренние извинения за доставленные неудобства и благодарит за понимание.
@centrumair_speaking
👏1
🇺🇿 Aviakompaniyaning rasmiy murojaati

Centrum Air aviakompaniyasi C6530 reysi yo‘lovchilaridan parvoz kechiktirilgani uchun samimiy uzr so‘raydi hamda sabr-toqatingiz, tushunganingiz va ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.

Minnatdorchilik belgisi sifatida va keltirilgan noqulayliklar uchun kompensatsiya tariqasida yo‘lovchilarga quyidagi qo‘shimcha xizmatlarni taklif qilishga tayyormiz:

• keyingi aviachiptani sotib olish uchun 25% li chegirma promokodi;
• bepul bagaj tashish;
• havo kemasi salonidan joyni bepul tanlash.

Kompensatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun, iltimos, +998 55 518 88 88 telefoni orqali mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga bog‘laning yoki customercare@centrum-air.com elektron pochtasiga so‘rov yuboring.

Biz har bir yo‘lovchini qadrlaymiz va Centrum Air bilan kelgusi sayohatlaringiz imkon qadar qulay o‘tishi uchun barcha choralarni ko‘ramiz.

🇷🇺 Официальное обращение авиакомпании


Авиакомпания Centrum Air приносит искренние и глубочайшие извинения пассажирам рейса C6530 за задержку вылета и благодарит вас за терпение, понимание и доверие.

В знак признательности и в качестве компенсации за доставленные неудобства мы готовы предложить пассажирам следующие дополнительные услуги:

• скидочный промокод 25% на покупку следующего авиабилета;
• бесплатный провоз багажа;
• бесплатный выбор места в салоне воздушного судна.

Чтобы воспользоваться компенсационными услугами, пожалуйста, свяжитесь с нашей службой поддержки по телефону +998 55 518 88 88 или направьте запрос на электронную почту customercare@centrum-air.com.

Мы ценим каждого пассажира и делаем всё возможное, чтобы ваши будущие путешествия с Centrum Air проходили максимально комфортно.
1👏1