Bilol School
800 subscribers
1.49K photos
251 videos
147 files
383 links
🔸Bilol School🏤
🔸Sifatli ta‘lim🔥
🔸Qulay sharoit🏖
🔸Innovatsion metodlar💻
🔸Individual yondashuv👨‍👧
🔸Yetuk kadrlar 👩‍🎓

👨‍💻 @bilol_school_admin

📞:99-669-98-77
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤12👏6👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 “Yosh akademiklar” — norasmiy olimpiadasi!
Peshku tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamda “ Bilol School” xususiy maktabi hamkorligida iqtidorli o’quvchilarni qo’llab quvvatlash maqsadida matematika va ingliz tili fanlaridan musobaqa tashkil etildi.
📚 3–7-sinflar uchun matematika va ingliz tilidan 4 bosqichli norasmiy olimpiada.
🎁 Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!
📅 Birinchi bosqich: 29-noyabr, soat 10:00
💳 Ishtirok to‘lovi: 15 000 so‘m
📝 Ro‘yxatdan o‘tish — faqat maktab ma’muriyati orqali.
Batafsil yuqoridagi videorolikda.
@bilolschool @bilol_akademiya

https://xn--r1a.website/PeshkutumanMMTB
Forwarded from Ф.Сахибов
🦘 KENGURU-2027: ENG QULAY NARXDA RO‘YXATDAN O‘TING! 🚀

Farzandingizni tanlovga qancha erta ro‘yxatdan o‘tkazsangiz, uning tayyorgarlik ko‘rishi uchun shuncha ko‘p vaqti bo‘ladi. Eng yoqimlisi — erta ro‘yxatdan o‘tish orqali pulingizni ham tejaysiz! 💚

💰 Ishtirok narxi ro‘yxatdan o‘tish oyiga qarab belgilanadi:
🟢 Noyabr — 175 000 so‘m 🔥 Eng qulay narx!
🟡 Dekabr — 200 000 so‘m
🔴 Yanvar — 225 000 so‘m

✅ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 📲 @Olympia_uz_bot

Kangaroo | Olympia | Karakalpakstan
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh akademiklar” norasmiy olimpiadasi bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar!
❤3🔥1
🖤 INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI’UN
CHUQUR TA’ZIYA VA HAMDARDLIK
Bilol School xususiy maktabida faoliyat yuritgan, fidoyi va jonkuyar ustoz, informatika fani o‘qituvchisi Rahmonov Farid kasallik sababli vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qilamiz.

Farid ustoz o‘z kasbiga sadoqatli, ko‘ngli ochiq, samimiy va jonkuyar inson edi. U nafaqat o‘quvchilarga bilim berish, balki Bilol School xususiy maktabining rivojlanishi va taraqqiy etishiga ham munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlardan biri edi.

Ustozning insoniy fazilatlari, qilgan ezgu ishlari va ta’lim yo‘lidagi mehnatlari qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.

Bilol School jamoasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari, do‘stlari va barcha shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Alloh taolo marhumning gunohlarini mag‘firat aylasin, qabrlarini nurga to‘ldirsin, oxiratlarini obod qilsin. Joylari jannatdan bo‘lsin. Oila a’zolari va yaqinlariga sabr-u jamil ato etsin.

Farid ustozning yorqin xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.

🤲 Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
Hurmat va chuqur ehtirom bilan,
BILOL SCHOOL JAMOASI

Janoza namozi 10:00 da Xayroxayre qishlog’ida
😭39❤2
Forwarded from BILOL ISTE`DODLARI🌺🌺🌼🌼🍀🍀💐💐 (Mohigul Haydarova)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏17❤3
Forwarded from BILOL ISTE`DODLARI🌺🌺🌼🌼🍀🍀💐💐 (Mohigul Haydarova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥4❤3💯1
📣 “YOSH AKADEMIKLAR” NORASMIY OLIMPIADASI
29-noyabr kuni Bilol School xususiy maktabida bo‘lib o‘tadigan olimpiadada 3–7-sinflardan 37 ta maktabning 600 nafar o‘quvchisi ishtirok etishi kutilmoqda.
📐 Matematika — 444 nafar
🇬🇧 Ingliz tili — 239 nafar
Ikkala fanga ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar umumiy sonda bir marta hisoblangan.
🕘 Olimpiada jadvali
Matematika. Ro‘yxatga olish 08:00–08:45, boshlanishi 09:00.
Ingliz tili. Ro‘yxatga olish 10:00–10:45, boshlanishi 11:00.
❗️ Kechikkan o‘quvchilar olimpiadaga qo‘yilmaydi. Iltimos, ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘z vaqtida yetib keling.
💵 Ishtirok to‘lovi har bir o‘quvchi uchun 15 000 so‘m. To‘lov ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mas’ul xodimga naqd pulda topshiriladi.
📌 Ishtirokchilar va ularning vakillari uchun eslatma
Tashkilotchilar olimpiada jarayoniga mas’ul. Ishtirokchilar, ularning vakillari va hamrohlaridan testdan tashqari vaqtda ham maktab hududida tartib-intizomga va tozalikka rioya qilishlarini so‘raymiz.
O‘quvchining salomatligi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, mas’ul xodimga murojaat qiling. Jamoat tartibini saqlash uchun tuman IIB tomonidan xodim biriktirilgan.
Ishtirokchilarni olib kelgan haydovchilardan avtomobillarini maktab hududidan tashqarida, kirish-chiqish yo‘llarini to‘smasdan joylashtirishlarini so‘raymiz.
Olimpiada tugagach, o‘quvchilardan natijalarni kutib qolmasdan, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda uylariga qaytishlarini so‘raymiz.
📢 Natijalar 30-noyabr kuni soat 20:00 da @bilolschool Telegram kanalida e’lon qilinadi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
👍6❤1
Buxoro xususiy maktablari do’stona olimpiadasi natijasi