π΄π‘π‘Ÿπ‘’π‘™π‘™π‘–π‘˜πŸͺ»
225 subscribers
2.2K photos
33 videos
216 links
Taqdirdan qocholmaysiz,
qochish ham taqdir...πŸ’™

Kanal egasi - @oftoobmonand
Aprellik - @nastarindan kanalida davom etmoqdaβ™₯️
Kitoblarimdan - @qahvali_mutolaa
Download Telegram
​​Begona bir lablar, shivirlar isming,
Mening yuragimni yeydi xotira,
Sovuq xona ichra,
Sovugan yurak..
Qari qizday, sovuq,
Ezgin..
Bokira...

Pirpirab turibdi osmon fonusi,
Koβ€˜zimda choβ€˜milar ming bitta yulduz..
Nursiz derazaga isming yozaman..
Yuvilib ketadi..
Qoβ€˜llarimda muz...


Ertaklar aytaman, yigβ€˜loqi ishqqa..
U va Men..

Shu hissiz xonada mahbus...
Soyalar izimda undirgan shubha..
Sening yuragingda gullaydi..
Afsus..

Bedor daraxtlarga osilar ruhim,
Uyqusi keladi zulmat kechaning,
Va oshib tushadi hammasidan ham..
Begona yurakda
Baxtli ekaning...
❀️‍πŸ”₯

©️Muslima Komiljon qizi
❀‍πŸ”₯4❀3
Open budjetga ovoz bermoqchilar uchun ishonchli profil topib keldim🌝. Kitob uchun pul ishlab olishingiz mumkin ovoz berib.

1 ta ovoz narxi - 30.000

Murojaat uchun profil:
@Choriyevna_08_05
Va kuz...
Sening fasling.

Yaproqlarin sochar yuzingga...❀️

Men senga intiluvchi
Bahorman, xolos.

Toβ€˜kilaman,
senga yetganda...
πŸ’—

@apreIIik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀7❀‍πŸ”₯4
Men asabiylashdim
U ham.
Men yozmadim
U ham.
Men hafa bo’ldim
U ham.
Men qizbolaman
Menimcha u ham.
πŸ’˜7❀6
Menga toΚ»rt fasl ham farqsizdir butkul,
Menga begonadir qonun va mezon.
Xohlasam kuz chogΚ»i yozib qoΚ»yib gul,
Xohlasam bahorda boΚ»laman xazon...


Men shunday devona, telba bir nasim,
SogΚ»inish, sevishdan yot tashvishim yoΚ»q.
OΚ»zganing men bilan ishi boΚ»lmasin,
OΚ»zgalar bilan-da mening ishim yoΚ»q...

Men uchun dunyoni suv bossa ne gΚ»am,
Barchasi bir boΚ»lib yoΚ»q boΚ»lmaydimi...
Ming asr ichinda toΚ»lmagan bir kam,
KoΚ»z yosh bilan boΚ»lsin, bir toΚ»lmaydimi!

Hurlarning labida tutgan bolidan,
Lazzat topolmagan inson – haykaldir.
Kimlarning ayshi-yu gul visolidan,
Kimningdir hijroni menga afzaldir.

Bor-u yoΚ»qligini unutgan tushkun
Darveshlar tengiman, ulardan-da xor.
Baribir bu hayot oddiy bir tush-ku,
Xudojon, kel meni uygΚ»otib yubor!

Β©Nurmuhammad Abduzoir
❀4❀‍πŸ”₯3
Gar kelsang,
choy bilan suhbat bor.
Yo qahva ichsak ham hoΚ»p, mayli.
Lekin-chi, shu yomgΚ»ir yogΚ»ganda
Bir marta kelmasang boΚ»lmaydi…

Β©Durdona Inomjonova
❀3❀‍πŸ”₯3
πŸ’›πŸŒ
1❀7πŸ’˜3❀‍πŸ”₯2
Kanalni kimdir reklama qildimi🌝
❀5
Forwarded from Kundalik🩡
KUNDALIK KANALIDA KONKURS!

Sharti:

1.@nastarindan
2. https://xn--r1a.website/+DUQbfDFMa7Y1M2Qy
3. https://xn--r1a.website/+Lo5Xcu_mt_AyZDdi

Shu kanalga so'rov yuborib kommentga + qoldirasiz!

G'olib random orqali aniqlanadi!

G'olib soni 1 ta.

G'olib ishtirokchiga rasmdagi kitob puliπŸ’Έ tashlab beriladi!




Boshlandi: 25.11.2026
Juma kuni 20:00 tugaydi!


πŸ’ŒSpamlar uchun:
@BAXTLILIK_BOT

Konkurs bo'layotgan kanal:
@baxt_lilikπŸ’™
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Konkursga homiy olinadi βœ…

Garant- 100+


Kanalini rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi imkoniyat.

Narxi: 20 mingπŸ’Έ

πŸ’Œ Murojaat uchun: @BAXTLILIK_BOT
Majnuntollar ostida sayr qilishli kayfiyat🫠
***

Men xazon emasman salga toΚ»kilib,
Yana shamollarda har yon yelgani.
Boshqa tugΚ»ilmayman yerlarga shoΚ»ngΚ»ib,
Kelasi bahorda qaytib kelgani

Men axir bilasan qush ham emasman,
Har tong ostonangda donlar tergani,
Haydasang va uchib baland osmondan
Yana derazangga qaytib kelgani

Men nihol emasman sen deb ochilib,
Yoqmasam kesishga hadding siqqani,
QoΚ»limdan kelmaydi koΚ»zimni yumib,
Yangi bir tomirdan oΚ»sib chiqqani

Demakki bariga koΚ»nmogΚ»ing kerak,
Ishq uchun atalmish shu mening arzim,
Unutma, gar mendan ketmoqchi boΚ»lsang,
Men bahor emasman kuzman, azizim!

Β©Botir Bannop

@Botir_Bannop
❀3