Anhor.uz | Rasmiy kanal
✔
3.99K subscribers
33.6K photos
1.36K videos
3 files
34.3K links
Yangiliklar, voqealar, fikrlar.

Reklama boʻyich: @anhorreklama
https://anhor.uz/anhor-reklama/

Sayt tahririyati bilan aloqa uchun: @RedAnhorBot
+99890 529-9-925

Pochta: info@anhor.uz

Telegram (rus tilida) - https://xn--r1a.website/anhoruz

848428
Download Telegram
Chet el fuqarolariga mehnat qoidalarini buzganlik uchun jarima belgilanadi

O‘zbekistonda mehnat faoliyati qoidalarini buzgan chet el fuqarolariga yangi javobgarlik belgilanmoqda. Qoidabuzarlik uchun BHMning 10 baravari miqdorida jarima, ayrim holatlarda esa mamlakatdan chiqarib yuborish va 3 yilga kirishni cheklash nazarda tutilmoqda.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/foreign-workers-labor-violations-fines

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Havo sifati yomonlashsa avtomobillar toq va juft kunlarda yurishi mumkin

O‘zbekistonda havo sifati “qizil” yoki “binafsharang” darajaga yetganda avtomobillar harakatini toq va juft kunlarda cheklash taklif qilinmoqda. Shuningdek, ayrim korxonalar quvvatini pasaytirish, qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatish va aholiga SMS ogohlantirish yuborish mumkin.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/havo-sifati-yomonlashsa-avtomobillar-toq-va-juft-kunlarda-yurishi-mumkin

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Afg‘onistonda portlash oqibatida yetti o‘quvchi halok bo‘ldi, 99 nafari jarohatlandi

Afg‘onistonning Kunar viloyatida maktab yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida yetti o‘quvchi halok bo‘lib, 99 nafari jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga portlovchi moddalar omboridagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/afgonistonda-portlash-oquvchi-halok-jarohatlandi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
O‘zbekistonda maktablar va shifoxonalar zo‘ravonlik hamda erta nikohlar haqida xabar berishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda maktablar, shifoxonalar, FHDYO organlari, mahallalar va diniy tashkilotlar zo‘ravonlik, erta nikoh va voyaga yetmaganlarning homiladorligi haqida tegishli idoralarga xabar berishi shart bo‘ladi. Ushbu tartibni buzganlik uchun jarimalar joriy etish ham taklif qilinmoqda.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/jamiyat/zoravorlik-erta-nikoh-maktablar

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga tenglashtiriladi. Yangi normalar katta miqdordagi va takroriy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/bojxona-soligi-jinoyiy-javobgarlik

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
O‘zbekiston biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning barcha vositalarini qayta ko‘rib chiqadi

Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, 2026-yil oxirigacha davlat dasturlari doirasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning barcha moliyaviy vositalarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/ozbekiston-biznes-davlat-qollab-quvvatlash

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
DXX sobiq rahbarlari nega 15–17 yilga qamaldi?

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning sobiq yuqori martabali mulozimlari ustidan sud jarayoni yakunlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, DXX raisining sobiq o‘rinbosari, general-leytenant G‘ayratulla Yoziyev 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U bilan birga xizmatning yana bir necha sobiq polkovniklari ham 15 yildan 17 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingani aytilmoqda.

Video: https://youtu.be/KLoFdEgbLN4

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/ichkaridan-nazar/dxx-sobiq-rahbarlari-qamaldi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Prezident tanqididan ikki oy o'tib: Yangi Toshkentda nima o'zgardi?

Bundan roppa-rosa 3 yil avval Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hududida qurilishi boshlangan Yangi Toshkent loyihasi naq 20 ming gektar yer maydonini qamrab oladi. Ayni paytda shahar qurilishining birinchi bosqichida 6 ming gektar yer maydonida master-reja asosida qurilish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologik yechimlarga asoslangan 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/ichkaridan-nazar/prezident-tanqid-toshkent-ozgarish

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
APK Qo‘riqchi: kimni va qanday qo‘riqlaydi?

Bugun O‘zbekistonda telefoningizda bu ilova bo‘lmasa, ko‘chada, universitetda, hatto qishloqda ham shu savolga duch kelishingiz mumkin: «APK Qo‘riqchi o‘rnatilganmi?». Xo‘sh, bu “qo‘riqchi” nima, kimni qo‘riqlaydi, qanday qo‘riqlaydi va nega uni ko‘pincha talab bilan o‘rnatishyapti? Javob izlab, ilovani o‘z telefonimizga o‘rnatdik.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/ichkaridan-nazar/apk-qoriqchi-kimni-va-qanday-qoriqlaydi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
🔥1
Yer munosabatlariga oid qonunchilik takomillashtiriladi

Hujjat yer munosabatlarida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/munosabatlar-qonunchilik-takomillashtiriladi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
BMT dunyoning 16 hududida ochlik xavfi kuchayishidan ogohlantirdi

Kelgusi olti oy ichida millionlab odamlar oziq-ovqat xavfsizligining yomonlashishiga duch kelishi mumkin. Qurolli mojarolar, iqlim anomaliyalari, oziq-ovqat narxlarining oshishi va insonparvarlik yordamining qisqarishi inqirozning asosiy sabablari bo‘lib qolmoqda.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/dunyoda/bmt-ochlik-xavfi-hudum-kuchayishi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Safarbarlik: imtiyozlar, majburiyatlar va kompensatsiyalar

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ilk bor safarbarlikka tayyorgarlik ko'rish va safarbarlik to'g'risida alohida qonun ishlab chiqdi. Hujjatda safarbarlikni e’lon qilish, iqtisodiyotni tayyorlash, fuqarolar va tadbirkorlarning mol-mulkidan mudofaa ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek, harbiy xizmatga chaqirilganlarga ijtimoiy va moliyaviy kafolatlar berish tartibi belgilangan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/safarbarlik-imtiyozlar-majburiyatlar-kompensatsiyalar

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni harbiy ittifoqni mustahkamlamoqda

Anqara, Islomobod va Ar-Riyod jamoaviy mudofaa bo‘yicha majburiyatlarini tasdiqlab, mudofaa sanoati, harbiy texnologiyalarni ishlab chiqish va harbiy xizmatchilarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/turkiya-pokiston-saudiya-harbiy-ittifoq

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
👍1
OPEK+ 2027-yil boshida neft qazib olish kvotalarini o‘zgarishsiz qoldirmoqchi

Neft ittifoqiga a’zo mamlakatlar 2027-yilning birinchi choragida neft qazib olish bo‘yicha amaldagi ko‘rsatkichlarni saqlab qolish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdi. Qozog‘iston va Iroq esa o‘z ishlab chiqarish quvvatlari bahosini qayta ko‘rib chiqishga intilmoqda.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/dunyoda/opek-neft-kvota-2027

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Netanyaxu raqibiga hokimyatni bo‘lishishni taklif qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu asosiy siyosiy raqibi Gadi Ayzenkotga hokimiyatni bo‘lishish va navbatma-navbat hukumatga rahbarlik qilishni taklif etdi. U Ayzenkotga birinchi bo‘lib bosh vazir lavozimini egallash imkoniyatini berishga tayyorligini bildirgan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/dunyoda/netanyahu-hokimyat-raqibiga-taklif

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Sindorov–Gukesh: to‘rtinchi partiyada ham g‘olib aniqlanmadi

Javohir Sindorov va Gukesh Dommaraju jahon chempionligi bahsining to‘rtinchi partiyasida ham durang o‘ynadi. To‘rt partiyadan keyin hisob 2:2. Beshinchi uchrashuv 29-noyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/sport/sindorov-gukesh-tortinchi-partiyada-ham-golib-aniqlanmadi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Hududlarda 2 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi o‘girlangani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonning oltita tumanida tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari va fuqarolar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/hududlarda-2-mlrd-so-mdan-ortiq-elektr-energiyasi-o-girlangani-ma-lum-bo-ldi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
2027-yil tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun “favqulodda yil” bo‘ladi

2027-yil tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “favqulodda holatdagi yil” sifatida belgilandi. Davlat dasturlaridagi barcha moliyaviy va nomoliyaviy vositalar qayta ko‘rib chiqiladi, kredit olishda kafillik mexanizmi esa kamida 10 karra kengaytiriladi.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/iqtisodiyot/2027-yil-tadbirkorlikni-qollab-quvvatlash-uchun-favqulodda-yil-boladi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xizmatlari 23,9 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi to‘qqiz oyda 23,9 trln so‘mga yetib, real hisobda 15,3 foizga oshdi. Uning qariyb 61 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, ko‘chmas mulk bitimlari, ipoteka, aholi daromadlari va qurilish faolligi ham o‘smoqda.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/ozbekistonda-kochmas-mulk-xizmatlari-23-trln-somga-yetdi

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Keshbek nega kechikmoqda va tizim nima uchun kerak?

Oktabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari bosqichma-bosqich tasdiqlanadi. Keshbek tizimi chek talab qilishni rag‘batlantirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga xizmat qiladi, biroq soxta cheklar savdosi va o‘nlab milliard so‘mlik noqonuniy keshbek sxemalari ham aniqlangan.

Batafsil 👇
https://anhor.uz/uzl/news/keshbek-nega-kechikmoqda-va-tizim-nima-uchun-kerak

@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar