Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atrof-muhitni asrash, ekomadaniyat - hayotiy ehtiyoj sifatida tarbiya bilan singdirilishi kerak.
Shunday emasligi uchun daraxtni kesish va sug’orishni bir toifadagi huquqbuzarlik sifatida o’ylay olamiz…
Ekologiyaga yetkazilgan zarar uchun jarimani ko’paytirish taklif qilinayotgan qonun loyihasiga e’tirozlarimiz bor.
@alisherQodir

👍94🔥24😐6🤔3
Bu ayrim toifadagi vatandoshlarni ensasini qotirib, g’ashini keltirsada juda yaxshi oldinga tashlangan qadam…
O’zbek tili taqdiri o’zimizga bog’liq.
O’zbeklarning tili poyintar-soyintar, aralash-quralash til bo’lib ketmasligi uchun bu so’zlarni ishlatishimiz, jarayonni esa mantiq chegarasidan chiqmagan holda davom ettirishimiz kerak.

👍178🔥52😐13🤔7
Islomgacha bo’lgan davrda poytaxti Andijonning Marhamat tumanida bo‘lgan Dovon davlatini Xitoy maktablarida hozirgacha o‘qitishadi. Dovon davlati ahilligi, ayol-u erkak mohir jangchiligi, tog‘-u toshga qaramaydigan uchar otlari bilan birga, yuqori madaniyati va qadriyati hisobiga Xitoy imperiyasiga hech mag‘lub bo‘lmagan, aksincha ularni doimo xavotirda ushlagan.
Tuman ziyolilari, tarixiy faktlarga tayanib, yurtimizga bosib kelgan bosqinchilarni “marhamat” deb kutib olgan xiyonatkorlarning taklifi bilan qo‘yilgan Marhamat nomidan or qilishayotganini aytishmoqda.
Shu tumanda tug‘ilgan shoir Muhammad Yusuf ham bu masalada misralar bitgan ekan:
Har kimsa ham ot qo‘ysin o‘z uzlatiga,
Har kimga o‘z uyi aziz tomi bilan.
Zor qilmasin birovning «marhamat»iga-
Mingtepani ataylik o‘z nomi bilan.
Bir komissiya qarori bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan nom o‘nlab yillar o‘ylanyapti, lekin Dovon davlatining aniq joyi bo‘lgan noyob arxeologik hudud hech o‘ylamasdan, osongina sug‘oriladigan dehqonchilik uchun tarqatib yuborilgan, “hey” deydigan dovonlik yo’q…
Bosqinchilar qosh-qovog’iga tikilib, boshimizni silashdan umidvor bo’lib o’zligimizni kamsitdik, tahqirladik, “qahramonlarcha” voz kechdik, bunga majbur bo’lgandirmiz, lekin bu kunlarda ichimizdan o’zligimizga qoloqlik deb, besh so’m daromad uchun, inqirozdagi g’arb ma’naviyatini yoqlaydigan, kelajak avlodni ma’rifat, g’urur va jasoratga da’vat qiladigan tariximizni daromad bermaydigan serxarajat tashvish sifatida baholaydigan, qo’yavering kaltabinlarni, ularga chidash mumkin, rahbarlar paydo bo’la boshladi.
Tariximizdagi xatolarni takrorlamaslik uchun o’tmishimizni va o’zligimizni qadrlashni o’rganishimiz kerak.

Telegram
"MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
🙏 "Mingtepa" haqida eshitganmisiz?
Hududlarda o'rganishlar davom etmoqda.
🖥 MTDP | Telegram
Hududlarda o'rganishlar davom etmoqda.
🖥 MTDP | Telegram
👍124🔥42😐2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fuqaroning mulkiy huquqi so’zsiz ustuvor, lekin qanday fuqaro mulkini qiymatiga qiymat qo’shilishini istamaydi?
Renovatsiya - yashash joyini zamonaviyroq, qulayroq, qolaversa, umumjamiyat manfaatlariga uyg’unroq qilishdir.
Masalan, zamonaviy uyda energoresurslar kamsarf bo’ladi, bu uy egasining hamyoniga, davlatning byudjetiga foyda keltiradi…
Partiyamiz dasturidagi ustuvor maqsadlardan bo’lgan “Shaharsozlik renovatsiyasi to’g’risida”gi qonun loyihasini birinchi o’qishda maqulladik.

👍100🔥23🤔4😐4
O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi tortishilmaydi. Dunyoviy davlat ko‘pchilik saylagan Parlament tomonidan qabul qilinib, ko‘pchilik saylagan Prezident tomonidan maqullangan qonunlarni buzmagan holda, o‘zi istaganidek yashash imkonini beradi.
Vatanimizda barcha millat va dunyoqarashdagi vatandoshlar emin-erkin, qonunlarni buzmagan holda farovonlikka intilishi uchun sharoit yaratish ustuvor maqsad ekanligi mustahkam belgilangan. Hamma teng va hech kim kamsitilmasligi kafolatlangan.
Agar biron vatandosh pivo ichmoqchi bo‘lsa, ichadi, bu uning tanlovi, ichmaydigan vatandosh ichmaydi va buning sababini har ikki toifa hech kimga izoh berishga majbur emas.
Alkogolni ichish mumkin, lekin reklama qilish mumkinmas, bu amaldagi qonunda belgilangan, albatta, parlament saylovlarini mutlaqo yutadigan biron siyosiy kuch qonunni o‘zgartirib alkogolni “milliy qadriyat”, bir jinslilarni oila qurish talabini esa erkin tanlov sifatida norma qilishi ham mumkin, bunga siz huquq berasiz…
“Milliy tiklanish” har qanday taraqqiyotni qadriyatlarga tayanishi kerak degan g‘oyasida mustahkamligini eslatib qo‘ymoqchiman.
Jenifer Lopesni konserti serdaromad ish va yopiq tadbir, narkotika tarqatib, davlatga qarshi targ‘ibot qilmasa, o‘tkazadi, tanasini ko‘rsatish uni tanlovi, ko‘rish esa tadbirga bilet olganlarniki, dunyoviylik shu!
Lekin, xuddi shunday o‘ranib yurmoqchi bo‘lgan ayol vatandoshni ham tanlovi qonun bilan himoya qilingan. Yalong‘och namoyishini dunyoviylik deb qabul qildik, endi yopinib yurish huquqiga ham dahl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik. Lopesga qanday kiyinishni o‘rgatmaganimizdek, e’tiqodli ayollarimizga ro‘molni qanday o‘rashni o‘rgatishni, qolaversa, shu yoshga kelib e’tiqodi talabiga rioya qilgan ayollarni pasportga ro‘molini yechib tushishga majburlashni ham to‘xtatish kerak. Identifikatsiya talablari yuzni ochiq bo‘lishini taqozo qiladi, sochni emas. Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik.
Dunyoviylik ishonganga ham, ishonmaganga ham teng bo‘laolish degani, zo‘rni zaifga hayotdan dars berishi emas.
Lopes raqsini tushunish uchun Markesni dunyo falsafasini o’qigan bo’lish kerak…

👍36.8K🔥34.8K😐94🤔60
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Partiyaning fraktsiya majlisida Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi ijrosini borishi haqida hisobotini eshitdik.
@alisherQodir
@alisherQodir
👍101🔥20🤔5😐3
Janubiy Koreya Milliy Assambleyasining ICAPP doimiy qo’mitasi a’zolari bilan uchrashuv o’tkazdik.
O’zbekiston Janubiy Koreyaning 4 ta strategik hamkor davlatlaridan biri hisoblanadi.
Janubiy Koreyada yashayotgan o’zbeklar soni 100 mingdan oshdi, shundan 16 ming nafari talabalar. Markaziy Osiyoda eng katta koreys diasporasi O’zbekistonda istiqomat qiladi (180 ming nafar).
Mamlakatlarimiz orasidagi aloqalarning mustahkam va o’zaro manfaatli rivojlanishi Parlamentlar, qolaversa partiyalar orasida yaqin muloqotni taqozo qiladi.

👍84🔥52🤔3😐2
Xalqimizga tibbiy xizmat ko’rsatish va dori vositalari sotish tizimini tartibga solish, shifokor va farmatsevtlar malakasini kuzatib borish imkonini beradigan tashabbus Qonunchilik palatasida qabul qilindi, lekin Senat tomonidan qaytarildi.
Senat e’tirozlari qonun mazmuniga zarar beradi deb hisoblaganimiz uchun mas’ul qo’mitaning kelishuv komissiyasi tuzish taklifini emas, muholifatni qonun loyihasini tashabbuskorga qaytarish to’g’risidagi taklifini qo’llab-quvvatladik.
Ushbu progressiv qonun tibbiyot sohasidagi islohotlar uchun juda muhim. Qonun tashabbuskori - Vazirlar Mahkamasi loyihani ishlashi va qisqa muddatda qayta kiritishi kerak.

👍97🔥16🤔5😐5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizni qudratli va xalqimizni farovon qilish yo‘lida doimo shijoatli tadbirkorlarimizga eng samimiy tilaklarimizni yo‘llaymiz.
“Azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir".

👍103🔥18🤔5😐2
Imom Buxoriy majmuasi Yangi O‘zbekistonning haybatiga munosib darajada ma’naviy ustunlardan biri bo’lib qad ko’tarmoqda.
Imom Buxoriydek ajdodi bor xalq uchun islom taraqqiyot va ma’rifatning muhim manbai bo’lib xizmat qiladi.
@alisherQodir
Imom Buxoriydek ajdodi bor xalq uchun islom taraqqiyot va ma’rifatning muhim manbai bo’lib xizmat qiladi.
@alisherQodir
Telegram
Shavkat Mirziyoyev_press-service
Давлатимиз раҳбари Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди.
—
Глава государства посетил комплекс Имама Бухари.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍76🔥29🤔1😐1
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🔥30😐1

YouTube
Onani, Vatanni, millatni tanlab bo‘lmaydi
Mustaqillik faqatgina bir-birimizni tabriklaydigan bayram emas, balki vatan oldidagi majburiyatlarimizni eslatadigan bayram bo’lishi kerak
👍72🔥18🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahidlar bog’ida sovet tuzumi qatag’on qilgan shahid ajdodlarimiz xotirasiga ehson o’tkazildi.
Ularni kim va nima uchun qatl qildi?
Kelajak yorug’ bo’lishi uchun o’tmishni qorong’u va qonli kunlarini hech qachon unutmasligimiz va avlodlarga unuttirmasligimiz kerak.
Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin.
Ozodligimiz uchun shahid bo’lgan ajdodlarimizni Alloh rahmat qilsin.

👍99🔥20🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tinchlik va to’kinlikka, ilm va hunarga o’jarlik bilan intilish, yolg’onga rozi bo’lmasdan to’g’riga hissa qo’shish, jaholatni ma’rifat bilan to’xtatish - uyg’onishdir…
Vatan va millatni boy berib qo’ymaslik uchun uyg’onish kerak.
Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
@alisherQodir
Vatan va millatni boy berib qo’ymaslik uchun uyg’onish kerak.
Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
@alisherQodir
👍81🔥19🤔1
Mustaqillik kuni munosabati bilan Davlat rahbarining an’anaviy ma’ruzasi jiddiy bayonot va eslatmalarga boy bo‘ldi.
Xavotir yaratishdan manfaatdor bo‘lgan chetdagi “siyosiy biznesmenlar” va yetti marta o‘lchamasa, yerga qadam qo‘ymaydigan o‘zimizning ehtiyotkorlarga yana bir bor, O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va ochiqlik siyosati ortga qaytmasligi eslatildi.
Turli inson, e’tiqod va dunyoqarash bo‘lishi mumkin, lekin yagona, inson va adolat ustuvor bo‘lgan O‘zbekistonda bir maqsad atrofida birlashadigan barqaror jamiyat qudratli davlat poydevori ekani ta’kidlandi: “Bu yurtda begona yo‘q, hammamiz yagona O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida birlashishimiz kerak!”
Vatansizlik va qadriyatsizlik targ‘iboti ta’siridagi yoshlarga murojaat: 700 mingga yaqin vatandoshlarimiz dunyoni turli burchaklaridan qaytib keldilar, ular hal qiluvchi mezon faqatgina daromad emas, balki vatandagi halovat ham ekanini anglash darajasida ulg‘aydilar. Bu bilan, hayotimizni tinch va to‘kin maskanda yashash, Vatanimizni shunday joyga aylantirish o‘zimizni qo‘limizda ekani, qolaversa, avlodlar oldidagi vazifamizligi eslatildi.
Xalqaro inqirozlar bo‘yicha ham qarashlar adolatli va sobit: jafokash falastinliklarni o‘z davlatiga ega bo‘lish yo‘lidagi intilishlari va afg‘on xalqining siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz!
Mustaqillik kuni faqat bayram emas, mustaqil bo‘lib yashash yo‘lidagi majburiyatlarimizni ham eslatadigan kun bo‘lishi kerak. Bu majburiyatlardan biri, davlatimizni qudratli qilish yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarish bo‘lishi lozim!

Яшасин Ўзбекистон давлати! Яшасин Ўзбекистон халқи!
—
Да здравствует наш родной Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Да здравствует наш родной Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍47🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun millatlar qamoqxonasi bo’lgan sovet tuzumidan qutulgan kunimizdir.
Mustaqillikni qadrlash, asrash va himoya qilish uchun har qanday muammo qarshisida tarqoq tortishuvda emas mustahkam birlikda bo’lishimiz kerak!
Vatan, Millat va Mustaqillikni idrok qilish vaqti keldi!

🔥114👍60🤔7😐3