Alisher Qodirov
10.9K subscribers
675 photos
315 videos
1 file
325 links
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Download Telegram
Mustaqillik kuni munosabati bilan Davlat rahbarining an’anaviy ma’ruzasi jiddiy bayonot va eslatmalarga boy bo‘ldi.

Xavotir yaratishdan manfaatdor bo‘lgan chetdagi “siyosiy biznesmenlar” va yetti marta o‘lchamasa, yerga qadam qo‘ymaydigan o‘zimizning ehtiyotkorlarga yana bir bor, O‘zbekistondagi demokratik islohotlar va ochiqlik siyosati ortga qaytmasligi eslatildi.

Turli inson, e’tiqod va dunyoqarash bo‘lishi mumkin, lekin yagona, inson va adolat ustuvor bo‘lgan O‘zbekistonda bir maqsad atrofida birlashadigan barqaror jamiyat qudratli davlat poydevori ekani ta’kidlandi: “Bu yurtda begona yo‘q, hammamiz yagona O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida birlashishimiz kerak!”

Vatansizlik va qadriyatsizlik targ‘iboti ta’siridagi yoshlarga murojaat: 700 mingga yaqin vatandoshlarimiz dunyoni turli burchaklaridan qaytib keldilar, ular hal qiluvchi mezon faqatgina daromad emas, balki vatandagi halovat ham ekanini anglash darajasida ulg‘aydilar. Bu bilan, hayotimizni tinch va to‘kin maskanda yashash, Vatanimizni shunday joyga aylantirish o‘zimizni qo‘limizda ekani, qolaversa, avlodlar oldidagi vazifamizligi eslatildi.

Xalqaro inqirozlar bo‘yicha ham qarashlar adolatli va sobit: jafokash falastinliklarni o‘z davlatiga ega bo‘lish yo‘lidagi intilishlari va afg‘on xalqining siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz!

Mustaqillik kuni faqat bayram emas, mustaqil bo‘lib yashash yo‘lidagi majburiyatlarimizni ham eslatadigan kun bo‘lishi kerak. Bu majburiyatlardan biri, davlatimizni qudratli qilish yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarish bo‘lishi lozim!

@alisherQodir
👍47🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun millatlar qamoqxonasi bo’lgan sovet tuzumidan qutulgan kunimizdir.

Mustaqillikni qadrlash, asrash va himoya qilish uchun har qanday muammo qarshisida tarqoq tortishuvda emas mustahkam birlikda bo’lishimiz kerak!

Vatan, Millat va Mustaqillikni idrok qilish vaqti keldi!

@alisherQodir
🔥114👍60🤔7😐3
Mana bu yerda xulosa qilishimiz kerak bo’lgan masala ko’rayapman…

Ispaniyani guruhimizda deb tasavvur qiling…
👍55🔥9🤔6😐2
Turkiya 2002-yildagi Jahon chempionatiga bitta ota va 22 ta o’g’il bo’lib borgan. Rivaldo, Ronaldo, Roberto Karloslari bor Braziliya bilan bir bosh baland o’ynab mag’lub bo’lishgan. Bronza uchun o’yinda esa Ronaldu Portugaliyasi va Raul Ispaniyasini mag’lub etgan Hiddink Koreyasini yengishgan.

Hozir qardoshlarda hamma narsa bor: top murabbiy, zo’r futbolchilar, sharoit, lekin ruh yo’qdek. Turkiya-2002 da bir butun ruh bor edi. Fotih Terim o’shanda “imperator” laqabini olgan.

Futbolga mas’ullarimiz milliy jamoani jangga tayyorlashdan ko’ra ko’proq yuz bilan yiqilmaslik haqida o’ylayotgandek taassurot uyg’onmoqda. Bunga Olimpiadadagi salbiy natija sabab bo’layotgandir? Lekin, Olimpiadada jamoa yaxshi o’ynadi, jamoaga yetarli sharoit yaratib berilganida, hatto natija ham bo’lishi mumkin edi.

Fikrimcha, xomxayollarni to’xtatib, Islom Ismoilovning U17siga o’xshagan bir butun, jangchi jamoa yaratish haqida o’ylash kerak. Bunday jamoa natija qilmasa ham hurmat ko’radi, lekin, istagi va imkoniyatlari turli darajada bo’lganlar bilan Amerika sayohatini o’zbek muxlisi kechirmasa kerak!

Milliy jamoa milliy g’ururimizga aylanib bo’ldi. Koreyaning Hiddingi yo’q, qaytib bo’lmasa ham kerak. Kapadze atrofida yosh bo’lsa ham jonu-jahdi bor o’yinchilarni yig’ib, jamoaviy ruh ustida ishlash kerak.

Bu meni muxlis fikrim! Qo’rqqanga qo’sh ko’rinaveradi, deydi xalqimiz. To’g’ri o’ylab tezroq qaror qilish kerak.

@alisherQodir
👍127🔥32🤔3😐3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuchni adolatda ekaniga qat’iy ishonadigan O‘zbekistonning tashqi siyosati qisqa vaqtda Markaziy Osiyoni nizolarga to‘la mintaqadan o‘zaro manfaatli hamkorlik mintaqasiga aylantirdi.

Bu tajribani o‘zaro kelisha olmayotgan qudratli davlatlar rahbarlari o‘rganishi kerak. Afsus ular bugun adolatlilikda namuna emaslar.

Adolatsiz dunyodan halovat ko’tarildi. Inson qadri ikkilamchi, budjetlar qurollanishga yo‘naltirilmoqda.

O‘zbekiston budjeti Yangi O‘zbekiston islohotlari muvaffaqiyatiga yo‘naltirilgan. Yangi O’zbekiston islohotlaridan bosh maqsad esa O‘zbekistonni qudratli, xalqni farovon qilishdir.

Davlat budjeti yarim yillik ijrosini ko’rib chiqdik va takliflarimizni berdik.

@alisherQodir
🔥63👍54
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuch adolatda, lekin adolatni birdamlik va kuch bilan himoya ham qilish kerak.

Nafaqat islom dunyosi jiddiy fitnaga duchor bo’lmoqda, falastinliklar qirg’in qilinmoqda, balki isroilliklar ham qonxo’r rejim tomonidan garovga olinganligi oydinlashib bormoqda.

@alisherQodir
👍84🔥15😐4🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonga yangi moliyaviy institut - islomiy moliyalash tizimi kirib kelmoqda. Tadbirkor loyihaga mablag‘ni ikki barobar garov va foiz hisobiga olish bilan sherik sifatida bank bilan birgalikda ishlash o‘rtasida tanlashi mumkin bo‘ladi. Ikki tizim bir-biriga raqobatchi emas, turli takliflar xolos.

Qonunchilikka tegishli qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda barcha fraksiyalar tomonidan ma’qullanishi ijobiy holat.

@alisherQodir
👍107🔥26🤔1
​​​​Namangan safarimda bir inson bilan tanishib qoldim.

Isoqjon Jamolov Ichki ishlar vazirligining Maxsus maqsadli guruh (ОМОН) askari. 1999-yilda bir oilani garovga olib portlatib yubormoqchi bo’lgan terroristni ustiga yotib atrofidagi odamlar hayotini saqlab qolgan, natijada ikki qo’lini yo’qotgan qahramon vatandoshimiz!

Majruhlikka rozi bo’lmay oila qurib, uch farzandni tarbiya qilibdi, katta o’g’li O’tkirbek AQShning Garvard universiteti magistranti, ikkinchi o’g’li Abrorbek Ichki ishlar akademiyasi tinglovchisi, qizi Roxatoy Tibbiyot oliygohida talaba. Isoqjonning o’zi esa dehqon xo’jaligi yuritadi, meni hayratlantirgani, shu qo’llari bilan ketmon chopadi!


Fojiali voqeani so’rasangiz, samimiy: “…begunoh ayol va yosh bolalar o’limiga qarab turolmasdim” deyishidan to’lqinlanmay iloji yo’q!

Isoqjon kabi vatandoshlar bilan faxrlanishimiz, u kabi vazifasiga sadoqatli insonlarni maktablarning Tarbiya faniga mavzu qilishimiz lozim!

Isoqjonni partiyaga a’zo qildik. Kelgusi saylovlarda partiyamizning mahalliy kengashlarida deputatlikka nomzod bo’lishga taklif bermoqchiman.

@alisherQodir
👍141🔥69
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G’azo avval va hozir…

Minglab begunoh ayollar va bolalar faqat falastinlik bo’lgani va vatanidan ketmayotgani uchun qatl qilinmoqda!

Bu G’azo emas, balki AQSh va Isroilga dunyodagi munosabatning avvalgi va hozirgi ko’rinishidir.

@alisherQodir
👍110🔥41😐19🤔5
Balki biz AQSh Prezidentidan savdo qilishni o‘rganishimiz kerakdir, lekin AQSh Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan xalqlararo nizolarga yechim topish va nizolashayotganlarni o‘zaro manfaatli hamkorlarga aylantirish yo‘llarini aniq o‘rganishi kerak…

@alisherQodir
🔥112👍73🤔16😐10
Millatni obod qilmoqchi bo‘lganlar ta’lim-tarbiyaga homiylik qilib, ustozlarni obod qiladilar, barbod qilmoqchi bo‘lganlar ustozlar haqqini yeb, tarbiyani barbod va millatni besavod qiladilar.

O‘zbekistonda milliy taraqqiyot yo‘li — Yangi O‘zbekiston islohotlarining eng ustuvor vazifasi ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishdir. “Milliy tiklanish” partiyasi butun fidoyi tarafdorlari bilan bu islohotlarning bosh tashabbuskori — Davlat rahbarining yonida, islohotlarni natijaga olib borish uchun mustahkam turadi.

Aziz ustoz, o‘qituvchi va tarbiyachilar, bayramingiz bilan tabriklayman! Millat kelajagi sizga omonat ekanligini unutmang.

@alisherQodir
🔥60👍52😐1
Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil bo‘ldi.

Shu munosabat bilan, hurmatli
Ibragimov Eldar Riza o‘g‘li raisligidagi ozarbayjonlik hamkasblarimiz bilan videoaloqa formatida Parlamentlararo do‘stlik guruhining majlisini o‘tkazdik.

Samimiy va ishchan ruhda o‘tgan majlisda Strategik sherik hisoblanadigan davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalarni muhokama qildik.

@alisherQodir
🔥42👍36
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 4-oktyabr, sovet bosqinchilari tomonidan barcha inson haq-huquqlarini yer bilan yakson qilib millatimiz oydinlari otib o‘ldirilgan, qonli qo’llari bilan o’zligimizni bo’g’ish boshlangan kun - millatimiz uchun motam kuni!

Bunday kunlar qaytmasligi uchun bu kunni aslo unutmasligimiz kerak!

Har qanday holatda ham milliy manfaatlarimizni ustun qo‘yishimiz uchun kuchli bo‘lishimiz, xalq, millat va davlat bo‘lib bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak!

@alisherQodir
🔥88👍59🤔6😐4
Kopa-Kannavaro…
Bilim va tajriba tandemi.

Milliy jamoamiz bitta va bizni vazifamiz uni qo’llab-quvvatlash!

@alisherQodir
🔥67👍44🤔16😐11
Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti bo’ladi.

Turkiy dunyoning kelajagi Turkiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyev, Erdog‘an, Aliyev va Toqayevning umumiy manfaatlarda bir-birlariga yelkadosh bo‘lishlariga bog‘liq.
Bu birlikka qarshi juda chuqur o‘ylayotgan va ishlayotganlar bor…

Global beboshliklar to‘lqinida bu birlikning ahamiyati oshib bormoqda.

@alisherQodir
👍125🔥4🤔3
Shaxslarni tasvirga olishda ularning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Ma’muriy javobgarlik (46-modda), Fuqarolik (10-modda) va Mehnat kodekslariga (175-modda) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Boshqa bir shaxsni tasvirga olish mas’uliyat va majburiyatlardan iborat ekanini unutmaslik kerak.

@alisherQodir
👍53🔥17🤔3
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyoda qonli tortishuvlar sababi, chegara masalalarini hal qilishdagi fidoiyligi uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirgani bekorga emas.

Agar Turk dunyosining ota yurti Markaziy Osiyoda tinchlik, hamkorlik va qondoshlik muhiti bo‘lmaganida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) bugungi xalqaro maydondagi jiddiy ovozga aylanib borayotgan nufuzi bo‘lmas edi.

40 millionga yaqin xalqi bilan, turkiy dunyoning ma’naviy xazinasi bo‘lgan O‘zbekiston 2019-yilda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish va mintaqada muhitni o‘zgartirish orqali TDT nufuzini kuchaytirishga jiddiy hissa qo‘shdi.

TDT sammitida Prezident Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbuslar amalga oshsa, tashkilot nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va ma’naviy tarraqiyot yo‘lida ham birlikka erishadi.

Dunyo xalqlari adolatsiz kuchlini haq bo‘layotganidan iztirob chekayotgan bir vaqtda, kuchni adolatda ekanligi doimo shiori bo‘lgan turkiylarni bir-birini qo‘llashi va birlashishi juda chuqur ramziy ma’noga ega.

@alisherQodir
🔥52👍33
Kuchli doimo haq bo’layotgan bugungi dunyoda rivojlanayotgan davlatlar uchun o'zaro manfaatlarni hurmat va himoya qila oladigan darajada kuchli davlatlardan iborat ittifoq a’zosi bo’lish zaruratga aylanmoqda.

Qondosh va dindosh bo’lgan turkiylarni maqsad va manfaatlarda birlashtirayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti yaqin yillarda Yevroosiyo mintaqasidagi qudratli ittifoqqa aylanishi kutiladi.

Jahongir Olimovning Zamonida TDTning Gabala sammiti haqida suhbatlashdik.

@alisherQodir
👍37🔥19