Alisher Qodirov
10.9K subscribers
675 photos
315 videos
1 file
325 links
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim


https://taplink.cc/alisher_qodir
Download Telegram
BMTning “Davlatlarning ichki ishlariga aralashishga yo'l qo'yilmasligi va ularning mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish to'g'risida”gi 2531-rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan deklaratsiyaning “Har bir davlat o'zining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tizimini boshqa biron-bir davlatning aralashuvisiz tanlashning ajralmas huquqiga ega” degan xatboshiga qo’shimcha sifatida, tagiga chizib, alohida ajratib “Isroil va AQSh roziligi asosida” degan so’zlar qo’shib qo’yilishi kerak.

Ovozga qo’yish shart emas.

@alisherQodir
👍113🔥49🤔8😐5
Germaniyaning sobiq kansleri Merkel Rossiyani Ukrainaga hujumi bilan Isroilni Eronga hujumini bir-biriga o‘xshamas holatlar ekanini aytib, Isroilni Eronga hujumini oqladi.

Yevropa siyosatini ikkiyuzli ekanligiga yaqqol namuna!

Har ikki holatda atom bombasiga ega davlat faqat o‘zi to‘g‘ri deb hisoblagan asoslarda davlatchiligi uchun hayotiy xavf yaratadi deb hisoblagan qo‘shnisiga umume’tirof etilgan tartibni rad etib hujum qildi.

Yevropa foyda ko‘rayotgani uchun Isroilni yonida va Rossiyaning qarshisida!

Yevropa xalqlarida vijdon bor, juda ko‘p qismi haqiqatparvar insonlar, lekin siyosatchilari manfaat uchun ikkiyuzlik va vijdonsizlikni zarurat sifatida qabul qilgan, buni doimo ko‘zda tutish kerak.

@alisherQodir
👍83🔥17😐6🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg’ona Quvasoydamiz. Quvasoy ko’chalari to’liq quyosh energiyasi bilan yoritilmoqda. Quyosh energiyasi qulay va foydali ekanligiga yana bir bor ishondim.

Bu sohada bilib-bilmasdan qilingan xatolar hisobiga yo’qotilgan ishonch qaytarilishi kerak. Narxlar joyiga tushdi, iste’molchi sifatsiz, arzongarov panellarni ajratishni o’rgandi.

Davlat ishlab chiqargan 1 kilovatt energiyani aholiga 600 so’mga sotadi. Tannarxni qoplash uchun qolgan 400 so’m ham byudjetdan, yana o’zimizni pulimizdan qoplanadi.

Uyiga 20 kilovatlik quyosh paneli o’rnatgan deputatimiz energiya iste’molini to’liq qoplab, ortganini davlatga sotayotgani, daromadi hisobiga gaz iste’molini ham qoplayotganini aytdi. Hisobiga ko’ra, 1 kilovat energiya 200-230 so’mga tushmoqda.

Davlat idoralarini imkoni boricha quyosh panellaridan energiya olishga o’tkazish, aholini esa rag’batlantirish, moliyaviy qo’llab-quvvatlashni yanada kengaytirish lozim.

@alisherQodir
👍59🔥16🤔3
Siyosatda murosa va muvozanat - zarurat, OAVning murosasozligi esa to‘g‘rini dorga tortilishida arqonni ushlab turishdek gap.

Nafsi aksini talab qilib tursa ham, vaqti va joyini topib to‘g‘risini ayta oladiganlar noyob insonlardir. Bunday insonlar jamiyatning vijdoni sifatida asrab-avaylanishi zarur.

Matbuot va OAV hodimlarini kasb bayrami bilan tabriklayman.

Jasorat va farosat bilan to‘g‘rini himoya qila olgan har bir kuningiz bayramingizdir, aslida

@alisherQodir
👍77🔥19😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijdagi ish o‘rni uchun kurashayotgan, davlatimizni qiynayotgan ishsizlik muammosini hal qilish uchun oilasidan uzoqda yurishdek yukka rozi bo‘layotgan qorako‘zlarimizni qarzga botirib, ko‘rsatgan ozgina ko‘magimiz uchun xizmat haqini oldindan undirib olish to‘g‘ri emas!

Masala Hukumat bilan muhokama qilinadi.

@alisherQodir
👍84🔥19🤔3😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu lavhani shanba va yakshanba kunlari “yonayotgan vazifalar” o’ylab topadigan “tinimbilmas fidoiy” boshliqlar va ishidan ayrilib qolmaslik uchun oilasini garovga qo’yib yuborgan xodim ota-onalar ko’rishsin.

Oila buzilsa, jamiyatni parokandalikdan hech qanday iqtisodiy o’sish saqlab qola olmaydi!

Qonunchilikda qat’iy qilib, shanba va yakshanbani oila kuni sifatida belgilash, bu kunlarda bolalar maktabga, ota-onalar ishga bormasligi kerak. Bu kunlarda ishlashi zarurat bo’lgan sohalarga ko’proq oylik va haftani boshqa kunlarida oilasi haqini qaytarib berish ko’zda tutilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, natijaga erishgan inson Stiv Jobsni qanoatiga ko’ra: “Natijaga erishish uchun 24 soat ishlash emas, aqlni ishlatish kerak”.

@alisherQodir
👍96🔥30😐3
Dunyoda ro’y berayotgan murakkab silkinishlar davrida O’zbekiston🇺🇿 va Ozarbayjon🇦🇿 davlat rahbarlari ikki qadrdon birodar sifatida, ikki qondosh turkiy xalqni birdam va bardavom, o’zaro manfaatli hamkorlikda rivojlanish namunasini ko’rsatishmoqda.

@alisherQodir
👍81🔥19😐4
24 million qoidabuzarlik, shundan 19 milliontasi tezlik bilan bog’liq. Bu yerda nimadir noto’g’ri ishlayapti.

Tezlik uchun cheklov joy, vaqt va zaruratiga qarab belgilanishi kerak. Masalan, magistral yo’l, masofa uzoq, aholi yashash punkti emas, nega 130 yurish mumkinmas?

Qizilda o’tish, cheklangan joyda ikki karra tez yurish, avariya xavfi yaratib qasddan tartibsiz harakat… marhamat, ayovsiz jarimani bosish kerak, lekin ayrim jazolar bo’yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur.

Davlat xizmat avtolariga alohida e’tiborni ta’qiqlash ham kechikkan qaror. Tartib hammaga bir bo’lish kerak.

40-50 yillik avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish - juda to’g’ri taklif. Xatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham no’to’g’ri bo’lmaydi, deb o’ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo’lishi kerak.

Ichki ishlar tizimi xodimlarini tayyorlash bo’yicha tashabbus o’rinli va og’riqli muammo. Bu sohada ishini yaxshi biladigan, o’qigan, har tomonlama jamiyatga namuna bo’ladigan qorako’zlar ishlashi kerak, vazirlikdagi mansabdorning jiyan yoki hamqishloqlari emas. Jamiyat formadagi xodimlar bilan faxrlanishi kerak.

Tartib hayotiy zarurat, u hammaga kerak. Lekin cheklovlar va jazolarsiz tartibni ta’minlash mumkin emas.

Ochiq va tahliliy ruhda o’tgan yig’ilishda Davlat rahbari bilan tavsiya va tashabbuslarni muhokama qildik. Qonunlarni o’zgartirish bo’yicha maslahatlashuvlarni boshlaymiz.

@alisherQodir
👍97🔥15😐8🤔2
Bog’cha tarbiyachilari va maktab o’qituvchilari maxsus harbiy xizmatga askar tanlagandek tanlanmas va tayyorlanmas ekan, O’zbekistonda yoshlar bilan bog’liq muammolar tugamaydi.

Terrorist bir necha insonni hayotiga bugun zomin bo’lishi mumkin, qalban majruh va bolaga berahm tarbiyachi yoki o’qituvchi nafaqat bugun, butun ishlagan davrida bolalarni agressiv maxluqlarga aylantiradi va minglab insonlar, qolaversa mamlakat kelajagini xonavayron qilaveradi.

@alisherQodir
👍94🔥12😐7🤔6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi a’zolari Qonunchilik palatasining Yalpi majlislarida deyarli savol bermaydilar?

@alisherQodir
👍70🔥22😐12🤔2
Ishxona oldidagi qurt yeb bitirgan daraxtni oldirib tashlash uchun 1 yil qog’oz qildik, hamma bir-biriga soladi! Kesishga kelganlarni ko’rib yig’lashni ham kulishni ham bilmaysan, daraxt kesish emas, odamni dorga osishga kelishgandek…

Daraxt kesilmasin, degani, mutlaqo kesilmasin emas, zarur bo’lsa kesilishi mumkin, degani bo’lishi kerak!

Albatta, daraxt kerak, havo yetmayapti, lekin unutmaylik, daraxtni inson uchun asraymiz, insonni daraxt uchun emas!

Bu ketishda kelajak avlod dinini unutib daraxtga e’tiqod qilishni boshlab yubormasa…

Daraxtni himoyasiga birlashgandek suv, yer, energoresurslar, oziq-ovqat va vaqt, qolaversa o’zligimizni isrofiga qarshi ham birlasha olsak edi!

@alisherQodir
🔥618👍577😐166🤔42
“Reklama to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, har qanday alkogolli ichimliklar reklamasi, alkogolli ichimliklar nomi, belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarda homiylik qilish taqiqlanadi.

Bu festivalni o’tkazgan va o’tkazishga ruxsat berganlar javobgarlikka tortilishi kerak.

@alisherQodir
👍605🔥521😐17🤔3
2 yoshli bog’cha bolasining o‘limiga sabab bo‘lgan tarbiyachi ayolga 6 yil qamoq!

Jinoyat kodeksining 50-moddasiga muvofiq, jinoyatchi faqat ayol bo‘lgani uchun jazo muddatining 3 dan 2 qismi belgilanadi.

E’tibor bering, har qanday ayol, har qanday jinoyat uchun, hatto qasddan odam o‘ldirgan, buni takroran qilgan xavfli retsidivist bo‘lsa ham, shu moddaga muvofiq, jazo muddatining 3 dan 2 qismi beriladi.

Jinoyatni rag‘batlantirishdek insoniylik! Balki shu sabab ayollar orasida jinoyatchilik oshib borayotgandir…

Qonunni mutaxassislar bilan muhokama qilmoqchimiz.

Shu bilan birga tarbiya-ta’lim muassasalaridagi faoliyatni og’ir ekanligidan kelib chiqib, pensiya yoshini 50 yoshgacha qisqartirish, pensionerlarni bolalar bilan bevosita ishlashini cheklash haqida o‘ylashimiz kerak.

Bu bolalar xavfsizligi uchun zarurat, shu bilan birga, sohada qon almashinuvini tezlatish, tarbiya va ta’limga zamonaviy qarashlarni tezroq kirishi uchun ham kerak.

@alisherQodir
🔥113👍73🤔9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atrof-muhitni asrash, ekomadaniyat - hayotiy ehtiyoj sifatida tarbiya bilan singdirilishi kerak.

Shunday emasligi uchun daraxtni kesish va sug’orishni bir toifadagi huquqbuzarlik sifatida o’ylay olamiz…

Ekologiyaga yetkazilgan zarar uchun jarimani ko’paytirish taklif qilinayotgan qonun loyihasiga e’tirozlarimiz bor.

@alisherQodir
👍94🔥24😐6🤔3
Bu ayrim toifadagi vatandoshlarni ensasini qotirib, g’ashini keltirsada juda yaxshi oldinga tashlangan qadam…

O’zbek tili taqdiri o’zimizga bog’liq.

O’zbeklarning tili poyintar-soyintar, aralash-quralash til bo’lib ketmasligi uchun bu so’zlarni ishlatishimiz, jarayonni esa mantiq chegarasidan chiqmagan holda davom ettirishimiz kerak.

@alisherQodir
👍178🔥52😐13🤔7
Islomgacha bo’lgan davrda poytaxti Andijonning Marhamat tumanida bo‘lgan Dovon davlatini Xitoy maktablarida hozirgacha o‘qitishadi. Dovon davlati ahilligi, ayol-u erkak mohir jangchiligi, tog‘-u toshga qaramaydigan uchar otlari bilan birga, yuqori madaniyati va qadriyati hisobiga Xitoy imperiyasiga hech mag‘lub bo‘lmagan, aksincha ularni doimo xavotirda ushlagan.

Tuman ziyolilari, tarixiy faktlarga tayanib, yurtimizga bosib kelgan bosqinchilarni “marhamat” deb kutib olgan xiyonatkorlarning taklifi bilan qo‘yilgan Marhamat nomidan or qilishayotganini aytishmoqda.

Shu tumanda tug‘ilgan shoir Muhammad Yusuf ham bu masalada misralar bitgan ekan:

Har kimsa ham ot qo‘ysin o‘z uzlatiga,
Har kimga o‘z uyi aziz tomi bilan.
Zor qilmasin birovning «marhamat»iga-
Mingtepani ataylik o‘z nomi bilan.


Bir komissiya qarori bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan nom o‘nlab yillar o‘ylanyapti, lekin Dovon davlatining aniq joyi bo‘lgan noyob arxeologik hudud hech o‘ylamasdan, osongina sug‘oriladigan dehqonchilik uchun tarqatib yuborilgan, “hey” deydigan dovonlik yo’q…

Bosqinchilar qosh-qovog’iga tikilib, boshimizni silashdan umidvor bo’lib o’zligimizni kamsitdik, tahqirladik, “qahramonlarcha” voz kechdik, bunga majbur bo’lgandirmiz, lekin bu kunlarda ichimizdan o’zligimizga qoloqlik deb, besh so’m daromad uchun, inqirozdagi g’arb ma’naviyatini yoqlaydigan, kelajak avlodni ma’rifat, g’urur va jasoratga da’vat qiladigan tariximizni daromad bermaydigan serxarajat tashvish sifatida baholaydigan, qo’yavering kaltabinlarni, ularga chidash mumkin, rahbarlar paydo bo’la boshladi.

Tariximizdagi xatolarni takrorlamaslik uchun o’tmishimizni va o’zligimizni qadrlashni o’rganishimiz kerak.

@alisherQodir
👍124🔥42😐2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fuqaroning mulkiy huquqi so’zsiz ustuvor, lekin qanday fuqaro mulkini qiymatiga qiymat qo’shilishini istamaydi?

Renovatsiya - yashash joyini zamonaviyroq, qulayroq, qolaversa, umumjamiyat manfaatlariga uyg’unroq qilishdir.

Masalan, zamonaviy uyda energoresurslar kamsarf bo’ladi, bu uy egasining hamyoniga, davlatning byudjetiga foyda keltiradi…

Partiyamiz dasturidagi ustuvor maqsadlardan bo’lgan “Shaharsozlik renovatsiyasi to’g’risida”gi qonun loyihasini birinchi o’qishda maqulladik.

@alisherQodir
👍100🔥23🤔4😐4
O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi tortishilmaydi. Dunyoviy davlat ko‘pchilik saylagan Parlament tomonidan qabul qilinib, ko‘pchilik saylagan Prezident tomonidan maqullangan qonunlarni buzmagan holda, o‘zi istaganidek yashash imkonini beradi.

Vatanimizda barcha millat va dunyoqarashdagi vatandoshlar emin-erkin, qonunlarni buzmagan holda farovonlikka intilishi uchun sharoit yaratish ustuvor maqsad ekanligi mustahkam belgilangan. Hamma teng va hech kim kamsitilmasligi kafolatlangan.

Agar biron vatandosh pivo ichmoqchi bo‘lsa, ichadi, bu uning tanlovi, ichmaydigan vatandosh ichmaydi va buning sababini har ikki toifa hech kimga izoh berishga majbur emas.

Alkogolni ichish mumkin, lekin reklama qilish mumkinmas, bu amaldagi qonunda belgilangan, albatta, parlament saylovlarini mutlaqo yutadigan biron siyosiy kuch qonunni o‘zgartirib alkogolni “milliy qadriyat”, bir jinslilarni oila qurish talabini esa erkin tanlov sifatida norma qilishi ham mumkin, bunga siz huquq berasiz…

“Milliy tiklanish” har qanday taraqqiyotni qadriyatlarga tayanishi kerak degan g‘oyasida mustahkamligini eslatib qo‘ymoqchiman.

Jenifer Lopesni konserti serdaromad ish va yopiq tadbir, narkotika tarqatib, davlatga qarshi targ‘ibot qilmasa, o‘tkazadi, tanasini ko‘rsatish uni tanlovi, ko‘rish esa tadbirga bilet olganlarniki, dunyoviylik shu!

Lekin, xuddi shunday o‘ranib yurmoqchi bo‘lgan ayol vatandoshni ham tanlovi qonun bilan himoya qilingan. Yalong‘och namoyishini dunyoviylik deb qabul qildik, endi yopinib yurish huquqiga ham dahl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik. Lopesga qanday kiyinishni o‘rgatmaganimizdek, e’tiqodli ayollarimizga ro‘molni qanday o‘rashni o‘rgatishni, qolaversa, shu yoshga kelib e’tiqodi talabiga rioya qilgan ayollarni pasportga ro‘molini yechib tushishga majburlashni ham to‘xtatish kerak. Identifikatsiya talablari yuzni ochiq bo‘lishini taqozo qiladi, sochni emas. Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik.

Dunyoviylik ishonganga ham, ishonmaganga ham teng bo‘laolish degani, zo‘rni zaifga hayotdan dars berishi emas.

Lopes raqsini tushunish uchun Markesni dunyo falsafasini o’qigan bo’lish kerak…

@alisherQodir
👍36.8K🔥34.8K😐94🤔60
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Partiyaning fraktsiya majlisida Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturi ijrosini borishi haqida hisobotini eshitdik.

@alisherQodir
👍101🔥20🤔5😐3
Janubiy Koreya Milliy Assambleyasining ICAPP doimiy qo’mitasi a’zolari bilan uchrashuv o’tkazdik.

O’zbekiston Janubiy Koreyaning 4 ta strategik hamkor davlatlaridan biri hisoblanadi.

Janubiy Koreyada yashayotgan o’zbeklar soni 100 mingdan oshdi, shundan 16 ming nafari talabalar. Markaziy Osiyoda eng katta koreys diasporasi O’zbekistonda istiqomat qiladi (180 ming nafar).

Mamlakatlarimiz orasidagi aloqalarning mustahkam va o’zaro manfaatli rivojlanishi Parlamentlar, qolaversa partiyalar orasida yaqin muloqotni taqozo qiladi.

@alisherQodir
👍84🔥52🤔3😐2