Ayollarga oid Ahkomlar
51 subscribers
10 photos
•📖 شرح عمدة المرأة 📖•

Ayol kishi haqiqatdan ham jamiyat uchun asos-poydevordir. Agar ayol isloh boʻlsa, jamiyat isloh boʻladi. Agar u buzilsa, jamiyat buziladi.

💡Asl hikmat yashab qolishing emas, diningda sobit turib iymonda o’lishingdir!
Download Telegram
❤2👍1
📋 2-Hadis

Abu Sa'id Xudriy roziyallohu
anhudan rivoyat qilinadi:

«Rosululloh sollallohu alayhi vasallam
qurbonlik kuni (yoki fitr kuni)
namozgohga chiqdilar. Keyin ayollarning oldidan o'tdilar va: «Ey ayollar jamoasi! Sadaqa qilinglar, chunki menga do'zax ahlining aksariyati sizlar ekaningiz
ko'rsatildi»,
dedilar.

«Nima uchun, ey Allohning Rosuli?» deyishdi.

«La'natni ko'p aytasizlar va erga
noshukrlik qilasizlar. Sabotli
erkakning aqlini ketkazib yuborishda
sizlardek aqli va dini noqislarni
ko'rmadim»
, dedilar.

«Ey Allohning Rosuli, dinimiz va aqlimiz noqisligi nima?» deyishdi.

«Bir ayolning guvohligi erkak kishi guvohligining yarmicha emasmi?» dedilar.

«Shunday», deyishdi.

«Ana shu aqlining noqisligidir. U hayz ko'rganida namoz ham o'qimaydi, ro'za ham tutmaydi, shunday emasmi?» dedilar.

«Shunday», deyishdi.

«Ana shu dinidagi noqisligidir»,
dedilar».

Sahih al-Buxoriy, 304


📖 @ahkom_hadislar
❤4🫡1
💡Ikkinchi hadisdan yanada ko’proq foydalarni o’rganamiz in shaa Alloh…
👍3🥰3
Ikkinchi hadisdan foydalar📜


🏷️ 1. Ayol kishining hayit namozida namozgohga chiqishi mustahab ekanligi. Hijoblangan holatda albatta.

* ba’zi ulamolar boshqa bir hadisga ko’ra, ayol kishining hayit namoziga chiqishi vojib ham deyishgan.

• Hayzli ayol masjidga kirishi mumkin emas. (Masjid va namozgoh deganda ikki hil narsa nazarda tutulmoqda)

🏷️ 2. Ayollarni sadaqaga undashlik.

🏷️ 3. Sadaqa do’zaxdan saqlanish sabablaridan biridir.

* Ibn Battol rohimahulloh aytadi:

Saqada (nafaqat insonning Alloh va o’zi o’rtasidagi gunohlari, balki) maxluqlar orasidagi bo’ladigan gunohlarga ham kafforat bo’ladi.

(Erga nonko’rlik bu Allohning haqqida emas balki erning haqqida sodir qilingan ma’siyat) ulamolar mana shunday gunohlarga ham sadaqa kafforat bo’ladi deyishgan ekan.

🏷️ 4. Ayol kishini tarbiyalash vositalaridan biri, uni gunoh qilishdan tiyib qo’yadigan narsa bilan unga va’z nasihat qilishdir.

* Hadisda Rosululloh solallohu alayhi vasallam ayollarga: do’zax ahlining aksariyati sizlar ekaningizni ko’rdim. La’natni ko’p aytasizlar va erga nonko’rlik qilasizlar dedilar.

Davomi bor…


📖 @ahkom_hadislar
👍2🔥2
Ikkinchi hadisdan foydalar📜


🏷️ 5. Gohida inson ma’viza qilganda qattiqroq gapirishi joiz bo’ladi. (Ko’pchilik orasida xos bir kishiga qarab emas umumiy qilib nasihat qilinadi)

🏷️ 6. Do’zax ahlining aksari ayollar ekanligi.

🏷️ 7. Ayol kishining do’zaxga kirishiga sabab bo’ladigan eng katta omillardan biri: eriga nonko’rlik qilishi va ko’p la’nat aytishidir. (Tilni saqlamaslik)

🏷️ 8. Ayollarni yoshlikdanoq (eriga nonko’r, tili buzuq bo’lmasliklari uchun) gapirish, muomila qilish odoblariga o’rgatish muhim ekanligi.

🏷️ 9. Ayol kishi aqli va diynida noqis ekanligi.

Ayolning aqlidagi noqislik bu fitriy narsa bo’lib, Alloh taolo ayollarni fitratan shunday yaratgandir. Bunga ko’ra ayollarni ayblab malomat qilinmaydi.

Diynidagi nuqson esa hayzi sababli. Bu sababdan ham ayol gunohkor bo’lmaydi.

🏷️ 10. Ayol kishining aqli noqis degani, bu uning har jihatdan imkoniyati zaif degani emas. Gohida mana shu noqis aqli bilan sabotli kishini ham aqlini ketgazishga qodir bo’ladi.

Davomi bor…


📖 @ahkom_hadislar
👍2🔥2
Ikkinchi hadisdan foydalar📜


🏷️ 11. Aql insonda ko’payishi ham kamayishi mumkin. Ba’zilar fitratan aqilli bo’lishsa, ba’zilar ta’lim olishlik, o’z ustida ko’proq ishlashlik bilan bunga erishishlari mumkin.

🏷️ 12. Ayol kishi qanchalik ilm olmasin aqlidagi noqislikni hech qachon to’ldira olmaydi. Chunki bu ayolning fitratidagi narsa bo’lib, Alloh taolo uni shunday yaratgan.

* Ba’zi ayollar erkaklardan ko’ra ko’proq ilm olib, ma’lum bir darajalarga chiqishlari mumkin. Lekin bu bilan Alloh taolo yaratgan hilqatidan chiqib keta olmaydi. (Qayerdadir baribir pand berib qoladi deydiku)

🏷️ 13. Kim ayol kishining aqlida nuqsonli ekanini inkor qilsa, bu haqida habar bergan Rosululloh solallohu alayhi vasallamning hadisini inkor qilgan bo’ladi.

* Rosululloh solallohu alayhi vasallam hech qachon o’z aqlidan yoki nafsidan kelib chiqib gapirmaganlar. U zotning har bir gaplari Alloh taolo u zotga ta’lim bergan narsa bo’lgan.

Shunday ekan ba’zilar mana shu hadisga qarshi chiqib, yo’q ayollar ichida erkaklardan ko’ra aqillilari bor deb aytishlikdan, shunday e’tiqod qilishlikdan qattiq ehtiyot bo’lishi kerak. Toki hadisni inkor qilishdek katta gunohga tushib qolmasin.

Davomi bor…


📖 @ahkom_hadislar
👍3❤2
Musulmon kishi uchun muslima Ayol kim?

Ayol-ona
Ayol-opa, singil
Ayol-qiz farzand
Ayol-jufti halol

Demak musulmon kishining hayotidagi ayollar u uchun eng aziz bo’lgan kishilar ekan.

📖 @ahkom_hadislar
🔥5👍2
بسم الله الرحمن الرحيم ✨

اسلام عليكم ورحمة الله وبركاته

Hadislar sharhida davom etamiz in shaa Alloh …


📖 @ahkom_hadislar
❤2👍2
2-Hadisdan foydalar📜
davomi…


🏷️ 14. Ayol kishining dini ziyoda yoki noqis bo’lishi
(o’zgarib turishi) mumkin. Toat bilan ziyoda bo’ladi, ma’siyatlar bilan yoki toatlarni tark qilishlik bilan esa kamayadi. Huddi hayz holatidek.

* Ayol Hayz holatida gunohkor bo’lmaydi, ammo namoz ro’za singari toatlarni tark qilganligi uchun dini noqis hisoblanadi.

* Hayz holatida namoz o’qishlik gunoh sanaladi!

* Aksincha hayz vaqtida Allohning buyrug’iga itoat qilib, namoz va ro’zani tark etgani uchun ham ayol kishiga ajr yoziladi deb umid qilinadi.

🔖 Ulamolar mana bu hadisni iymonni ziyoda bo’lib kamayishiga ham hujjat qilib keltirishadi.


🔖 Har qanday ziyoda bo’ladigan narsa kamayadi ham.


📚Imom Navaviy rohimahulloh mana bu hadisning sharhida aytadi:

Kimni ibodati qancha ko’paysa, iymoni-diyni shuncha ziyodalashadi. Kimni ibodati qanchalik kamaysa, uning iymoni-diyni shunchalik kamayib boraveradi.
davomi bor…


📖 @ahkom_hadislar
👍2❤1
Ikkinchi hadisdan foydalar📜


🏷️ 15. Hayz ko’rgan ayol to poklanmagunicha namoz o’qishi, ro’za tutishi joiz emas. Poklanganidan keyin esa faqat ro’zaning qazosini o’taydi. Namozning qazosini o’tamaydi.

🏷️ 16. Ayol kishining aqli noqis bo’lishining ko’rinishlaridan biri: ayolning guvohligi erkak kishining guvohligini yarmiga yuradi.

* Ayol kishining aqli noqis ekanligining barcha ko’rinishini mana shu (guvohlik masalasida) narsada emas. Bundan boshqa ko’rinishlari ham bo’lishi mumkin…

📖 @ahkom_hadislar
👍3
🏷️ La’nat aytishlik xaromdir.

La’natlash xarom ammo gunohi kabirami yoki gunohi sag’irami?

Sag’ira gunohni ko’p qilishlik uni kabira hukmida qiladi. Ulamolar mana shu qoida e’tiboridan ko’p la’nat aytishni gunohi kabiralardan sanashadi.

📖 @ahkom_hadislar
Imom Navaviy rohimahulloh aytadi:

Muayyan kishini la’natlab bo’lmaydi. U hoh musulmon bo’lsin, hoh kofir bo’lsin, hoh bir hayvon bo’lsin. Illo ochiq kufrda ketganligi dalil bilan sobit bo’lgan kishilarni la’natlasa bo’ladi. (Joizdir)

Misol: Shayton, Abu Jahl, Fir’avn la’natullohlar kabi.

📖 Ammo sifat bilan la’natlash xarom emas. Muayyan bir shaxsni emas aksincha sifat bilan: Yolg’onchilarga, zolimlarga, ribo bilan shug’ullanuvchilarga, kofirlarga, mushriklarga, xoinlarga
…( mana shunday sıfatlar bilan keltirib) Allohning la’nati bo’lsin deb la’nat aytishlik joiz.

Falonchiga yoki senga Allohning la’nati bo’lsin deb muayyan bir shaxsni la’natlashdan esa extiyot bo’lish kerak.

☝🏻Chunki: La’natlangan kishi agar la’natga haqli bo’lmasa, u(la’nat) la’nat aytuvchining o’ziga qaytadi.

📖 @ahkom_hadislar
❤2👍2
Audio
24:39

La’natlash mavzusida “To’liq ma’lumot” uchun

📖 @ahkom_hadislar
#foyda

🏷️ Ayol kishini eriga noshukurlik, nonko’rlik qilishi gunohi kabira hisoblanadi.

Imom Navaviy rohimahulloh aytadi:

Eriga nonko’r bo’lish gunohi kabiralardandir. Chunki biror gunohga do’zax o’ti bo’ladi yoki o’sha amalni qilgan do’zaxga haqli bo’ladi deb
(qur’on-sunnatda) jazo kelsa, bu uni kabira ekanini bildiradi.


🏷️ Islomga tenglik tushunchasi yo’q. Islomda ADOLAT bor !

* Tenglik bu adolat degani emas.

📖 @ahkom_hadislar
👍4
Alloh taolo qur’onda Zakariyo alayhissalomning duosini keltiradi:

وَلَمۡ أَكُنۢ بِدُعَآئِكَ رَبِّ شَقِيّٗا

Senga duo qilishlik bilan (hechqachon) badbaxt bo’lmaganman Robbim

#foyda

🏷️ Mo’min kishi Robbisiga Duo qilib badbaxt bo’lmaydi!

1. Agar sen qilgan duo dunyoda mustajob qilinmasa Robbing uni oxiratga olib qo’yadi. (Zoye ketmaydi)

2. Yoki Robbing uni qachondir shu dunyoda mustajob qiladi.

3. Mustajob qilinmagan duolaring senga keladigan boshqa balolarni daf qilinishiga sabab bo’ladi.

* demak har 3 o’rinda ham mo’minning duosi zoye ketmaydi

📖 @ahkom_hadislar
❤5👍5💘1
Mavzudan tashqari #eslatma

Hozirgi kunda ayollar badanlariga turli nakleykalar yopishtirishi kuzatiladi.
Muslima ayollarni nazarda tutib aytilyapti.

Mana bunday rasm, nakleykalarni yopishtirish, Faqat uyda bo’lsa ham, hech kim ko’rmasa ham “kofirlarga o’zini o’xshatish” jumlasidan joiz emas!

🏷️“Tatirovka” - harom (agar ismi shunaqa yozilsa) Tatirovka bilan bu nakleykalarni ko’rinishi bir hil. Birinchisi badanga o’yib chizilsa, ikkinchisi yopishtiriladi.

Rosululloh solallohu alayhi vasallam:

“Kim bir qavmga o’zini o’xshatsa bas u o’shalardandir”
deganlar.

Bugun muslima ayollarimiz kimlarga taqlid qilyapti?
Tattu chizdirib yuradigan fosiqa ayollarga emasmikin
…

📖 @ahkom_hadislar
👍5❤1💯1
The owner of this channel has been inactive for the last 11 months. If they remain inactive for the next 19 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.