Agro-Olam.Uz | Расмий канал
21.1K subscribers
16.7K photos
7.2K videos
1.68K files
15.6K links
Қишлоқ хўжалигида содир бўлаётган энг сўнгги ва ишончли хабарлар шунингдек барча фойдали маълумот, видео лавҳа ва китоблар фақат бизда.

Веб сайт👉 agro-olam.uz

Мақола йўллаш учун👉 @AgroOlamUzAdmin

Реклама: @AgroOlamGroup
Download Telegram
SHOSHILINCH AXBOROT 
 
Joriy yilning 16 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.
16 noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17-18 noyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabrda shimolda, 17-18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayadi.

#uzgydromet #respublika #hudud #noyabr #qor #yomgir
SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 11-12 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
11-12 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
11 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va 12 fevral respublikaning qolgan hududlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin), kuchli bo‘lishi mumkin.

#uzgidromet #shoshilinch_axborot #prognoz #dekabr #harorat #bulutli #shamol #chang #boron #tozon #qor_kochish_xavfi