Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
4.67K subscribers
11.1K photos
994 videos
310 files
734 links
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram sahifasi

Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
7-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Fransiyaning “Jazz-Maqom” guruhi chiqish qildi.

Tomoshabinlar o‘ziga xos ohanglar tarannumi tajribasini yaratish uchun jaz va anʼanaviy oʻzbek maqom sadolarini uyg‘unlashtirgan yangi musiqiy tildan bahramand bo‘ldilar.

Konsert O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro jaz festivali doirasida Fransiya elchixonasi ko‘magida bo‘lib o‘tdi.
___
7 мая на открытой площадке Дворца международных форумов «Узбекистан» выступила французская группа “Jazz-Maqom”.

Зрители насладились новым музыкальным языком, который объединил джаз и традиционные узбекские макомы для создания особого «слухового» опыта.

Концерт прошел в рамках Международного фестиваля джаза, организованного Фондом развития культуры и искусства Узбекистана при поддержке посольства Франции.
👍43
7-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining ochiq maydonida Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro jaz festivali dasturida bugungi zamonaviy Britaniya sahnasining eng yorqin va zalvarli soul musiqachilaridan biri Toni Momrellning ijodiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentdagi san’at ixlosmandlari uchun Toni Momrell “KeepPushing” nomli mualliflik albomiga mansub eng sara qo‘shiqlarini ijro etib, haqiqiy farahbaxsh jaz muhitini yaratdi.
__

7 мая на открытой площадке Дворца международных форумов «Узбекистан» в программе Международного фестиваля джаза, организованного Фонда развития культуры и искусства Узбекистана, состоялось выступление Тони Момрелла, одного из самых ярких и значимых соул-музыкантов современной британской сцены.

Для зрителей в Ташкенте Тони Момрелл исполнил свои лучшие песни из альбома “KeepPushing” и создал атмосферу настоящего соул-джаза.
😍6
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “O‘zbekiston-360” bilan birgalikda “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi bo‘ylab go‘yibona sayohatga taklif etadilar.

6-mart kuni Parijda O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z poyoniga yetdi. Namoyishdan bahramand bo‘lish uchun mamlakatimiz muzeylari sara to‘plamlari bisotidagi 130 dan ortiq buyumlar taqdim etildi. Ko‘rgazma katta olqishlarga sazovor bo‘lib, ochilganidan buyon unga 260 mingdan ortiq san’at ixlosmandlari tashrif buyurdilar.

Ko‘rgazma endi virtual tashrif buyurish uchun muntazir.

Havola: https://uzbekistan360.uz/ru/location/parijdagi-luvr-muzeyi
___

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана совместно с Uzbekistan-360 представляют виртуальный тур по выставке «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечение караванных путей».

6 марта в Париже завершилась выставка, посвященная культурному и историческому наследию Узбекистана. В экспозиции были представлены более 130 предметов из собраний музеев страны. Выставка пользовалась большой популярностью, с момента открытия ее посетило более 260,000 человек.

Теперь выставка доступна для виртуального посещения.

Ссылка: https://uzbekistan360.uz/ru/location/parijdagi-luvr-muzeyi
8😍2