Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал
2.23K subscribers
13.1K photos
737 videos
6 files
6.08K links
Veb-sayt: www.standart.uz
Facebook: www.fb.com/uzstandard
Instagram: www.instagram.com/uzstandard
Youtube: bit.ly/3kbWQa0

Murojaat uchun:
@uzstandartga_savollar_bot
📧 uzst@standart.uz
☎️1880

📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A
Download Telegram
Oʻzbekiston texnik tartibga solish agentligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini agentlik xodimlari oʻrtasida keng tushuntirish, unda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, maqsad va vazifalarni chuqur anglash hamda xalq muhokamasida faol ishtirok etishga undashdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida strategiyada belgilangan inson qadrini ulugʻlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya, sogʻliqni saqlash va raqamlashtirish sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining texnik tartibga solish sohasi bilan uzviy bogʻliq jihatlari, xususan, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini takomillashtirish orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilari strategiya mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar. Muhokamalar jarayonida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining xalq manfaatlariga xizmat qilishi, uning samarali ijrosi har bir davlat idorasi va xodimning masʼuliyati ekani qayd etildi.

Yakunida ishtirokchilar strategiyani hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish, belgilangan vazifalar ijrosiga munosib hissa qoʻshish hamda xalq muhokamasida faollik koʻrsatish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdilar.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi bilan onlain uchrashuv o‘tkazildi

BIPM (Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi) bilan uchrashuvda to'laqonlik azolik masalasi, metrologiya sohasidagi hamkorlik, xalqaro standartlar integratsiyasi va o‘lchovlar bo‘yicha bosh konferensiya (CGPM) bilan aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Shu bilan birga O‘zbekistonning metrologiya tizimini rivojlantirish va xalqaro darajada tan olish, O‘lchov birliklari va standartlar bo‘yicha BIPM tavsiyalarini joriy etish mavzulariga e'tibor qaratildi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vashington shahrida standartlashtirish sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi

🇺🇿🇺🇸Amerika Qo‘shma Shtatlari poytaxti — Vashington shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vitse-prezidentlari Jozef Tretler (Joseph Tretler) va Meri Saunders (Mary Saunders) bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) o‘z faoliyatini 1918-yildan boshlagan bo‘lib, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) hamda Global akkreditatsiya hamkorligi (GLOBAC)ning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. ANSI ISO tashkilotining 560 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 8 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi hamda 93 ta sekretariatni boshqaradi.

Global sifat infratuzilmasi indeksida 186 ta davlat orasida AQSh 2-o‘rinni egallagan. Jumladan, metrologiya sohasida — 1-o‘rin, standartlashtirishda — 9-o‘rin, akkreditatsiyada — 1-o‘rin qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, standartlashtirish va akkreditatsiya sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, ISO va IEC xalqaro tashkilotlarining texnik qo‘mitalarida ishtirokni jadallashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh tomoni O‘zbekistonning “C5+1” formati doirasida Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikdagi faol ishtiroki, ISO va IEC doirasidagi sa’y-harakatlari, Global sifat infratuzilmasi indeksida 52-pog‘onaga ko‘tarilgani, sohada raqamlashtirish jarayonlari izchil joriy etilayotgani hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlarining faollashganini ijobiy baholadi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston standartlar instituti tuzilmasidagi Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislarni AQShda tajriba oshirishga yuborish, milliy qonunchilikni JST bitimlari, qoidalari va me’yorlariga muvofiqlashtirish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy hamkorlik hamda AQSh bozoriga chiqishda standart talablari yuzasidan trening-seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥221
Ўзбекистон ва АҚШ ўртасида стандартлаштириш соҳасида ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинди

Америка Қўшма Штатлари пойтахти Вашингтон шаҳрида Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги директори Акмал Жуманазаров Америка Миллий стандартлар институти (ANSI) вице-президентлари Жозеф Третлер ва Мери Саундерс билан учрашув ўтказди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/809295

Телеграм каналларимиз
🔥4
Vashington shahrida FDA bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 🇺🇸 Vashington shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi hamkorligida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va AQSh Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (Food and Drug Administration, FDA) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov AQSh Oziq-ovqat va dorilar sifati bo‘yicha boshqarmasi (FDA) departament rahbari Terry Woods bilan muzokaralar olib bordi.

Ma’lumot uchun, FDA — AQShda oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar xavfsizligi hamda sifatini nazorat qiluvchi asosiy davlat organlaridan biri bo‘lib, mahsulotlarni tasdiqlash, standartlarni belgilash va iste’molchilar sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.

Uchrashuv davomida mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, bozor nazoratini tashkil etish, AQShda bozor nazorati bilan shug‘ullanuvchi idoralar faoliyati va vakolatlari, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini AQSh bozoriga olib kirishda FDA ruxsatnomalarini olish tartiblariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, AQShda mahsulotlarni qadoqlash, yorliqlash va saqlashga qo‘yiladigan talablar, bozor nazoratining asosiy prinsiplari, nazorat organlarining funksiyalari hamda bozor nazorati sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, FDA oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, xavfsizligi, etiketkalanishi va ishlab chiqarish sanitariya holatini tartibga soladi. AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi departamenti (USDA) go‘sht, parranda go‘shti, tuxum va organik mahsulotlar uchun mas’ul hisoblanadi. Shuningdek, Hayvon va o‘simliklar salomatligini nazorat qilish xizmati (USDA APHIS) iqtisodiy va ekologik jihatdan ahamiyatli zararkunandalarga qarshi choralarni amalga oshiradi. Oziq-ovqat xavfsizligi va inspeksiya xizmati (FSIS) USDA tarkibida faoliyat yuritadi, Bojxona va chegara himoya xizmati (CBP) import mahsulotlarining hujjatlari, identifikatsiyasi va xavfsizligini nazorat qiladi, Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridagi pestitsidlar uchun me’yorlarni belgilaydi.

FDA vakillari xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda “Mahsulot xavfsizligi to‘g‘risida” va “Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilayotganini alohida ijobiy baholadilar.

Uchrashuv yakunida texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat-inspeksiya faoliyatini takomillashtirish, uni raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, mutaxassislarni AQShda tajriba orttirishga yuborish hamda AQSh bozoriga chiqish talablari bo‘yicha o‘quv-trening seminarlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1