Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал
2.21K subscribers
13.1K photos
737 videos
6 files
6.08K links
Veb-sayt: www.standart.uz
Facebook: www.fb.com/uzstandard
Instagram: www.instagram.com/uzstandard
Youtube: bit.ly/3kbWQa0

Murojaat uchun:
@uzstandartga_savollar_bot
📧 uzst@standart.uz
☎️1880

📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A
Download Telegram
Xitoyning O‘zbekistonidagi elchisi bilan uchrashuv

🇺🇿 🇨🇳 O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Czyun bilan uchrashdi.

Elchi Yuy Czyun O‘zbekiston bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuvda texnik tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik ko‘makni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, standartlashtirish, mahsulotlar sinovi va metrologiya sohasida zarur bo‘lgan loyihalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Xitoy Bozorlarni tartibga solish administratsiyasi (SAMR), Xitoy Standartlashtirish tashkiloti (SAC), Xitoy Milliy metrologiya instituti (NIM China), Xitoy Sifat sertifikatsiyalash markazi (CQC), Xitoy Akkreditatsiya idorasi (CNAS) va Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirish va yana-da chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import mahsulotlarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan choralar ko‘rishga qat’iy ekanliklarini bildirdilar.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vatan himoyachilari — tinchlik va osoyishtalik kafolati

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.

Mazkur tadbirda Agentlik va Institutning markaziy apparati, hududiy filiallari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Farhod Abdullayev va Raʼno Shodiyevalar ishtirok etdi.

Anjuman davomida mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda yurt posbonlarining fidokorona va mashaqqatli mehnati alohida eʼtirof etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi muddatli harbiy xizmatchilar oilalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi muhim oʻrni va masʼuliyatini taʼkidlash, namunali askarlar hamda ularning ota-onalarini ulugʻlashdan iborat boʻldi. Ushbu tadbir oila, jamiyat va harbiy tizim oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.

Ishtirokchilar muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning maʼnaviy-maʼrifiy va kasbiy tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida sanʼatkorlar oʻz hayot yoʻllari, Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatining yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, Vatanga sadoqatli shaxslar etib tarbiyalash yoʻlidagi oʻrni haqida soʻz yuritdilar. Ushbu tadbir yosh avlodda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar oilalarini qoʻllab-quvvatlash hamda oila institutining jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilgani taʼkidlandi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun sizlar bilan jahonda keskin geosiyosiy o‘zgarishlar bo‘layotgan, davlatlarning suverenitetiga xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan murakkab paytda uchrashib turibmiz.

Bunday sharoitda tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni tanqidiy muhokama qilib, Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangicha tashkil qilish kerakligini davrning o‘zi taqozo etmoqda
”,

– dedi Prezidentimiz so‘zining avvalida.

Facebook|Instagram|X
Koreya Milliy texnologiya va standartlar instituti hamda KATRI sinov va tadqiqot instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟢 Uchrashuv davomida Size Korea loyihasi, standartlashtirish hamda sinov sohasiga oid masalalar muhokama qilindi.

🩷 Ma’lumot uchun, Size Korea (Koreya inson o‘lchamlari bo‘yicha tadqiqot) loyihasi 1979-yilda “Milliy standart tana holati bo‘yicha tadqiqot” nomi ostida boshlangan bo‘lib, har besh yilda muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Hozirda loyihaning 8-bosqichi (2020-yil noyabr – 2023-yil sentyabr) amalga oshirilmoqda. Ushbu tadqiqotlar doirasida koreys inson standartlariga oid katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lib, unda taxminan 120 ming kishi, 15,5 milliondan ortiq o‘lchov va shakl ma’lumotlari jamlangan.

🟤 Koreyalik ekspertlar Size Korea tizimi Koreyada kiyim-kechak va poyabzal o‘lchamlarini belgilashda qo‘llanilishini, o‘lchamlar asosan millimetr (masalan, poyabzal o‘lchami — 230 mm) orqali aniqlanishini ta’kidladilar. Shuningdek, ushbu tizim Yevropa yoki AQSh o‘lchamlaridan farq qilishi, xaridorlarga esa ko‘pincha o‘z o‘lchamidan biroz kattaroq mahsulot tanlash tavsiya etilishi qayd etildi. Mazkur tizim, ayniqsa, kiyim-kechak va poyabzalni onlayn xarid qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘lchamlar Tailand yoki Xitoy kabi boshqa mamlakatlarnikidan farq qilishi mumkinligi aytib o‘tildi.

🟡 Uchrashuv yakunida Size Korea loyihasi doirasida standartlashtirish va mahsulot sinovi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Oʻzbekiston texnik tartibga solish agentligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini agentlik xodimlari oʻrtasida keng tushuntirish, unda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, maqsad va vazifalarni chuqur anglash hamda xalq muhokamasida faol ishtirok etishga undashdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida strategiyada belgilangan inson qadrini ulugʻlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya, sogʻliqni saqlash va raqamlashtirish sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining texnik tartibga solish sohasi bilan uzviy bogʻliq jihatlari, xususan, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini takomillashtirish orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilari strategiya mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar. Muhokamalar jarayonida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining xalq manfaatlariga xizmat qilishi, uning samarali ijrosi har bir davlat idorasi va xodimning masʼuliyati ekani qayd etildi.

Yakunida ishtirokchilar strategiyani hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish, belgilangan vazifalar ijrosiga munosib hissa qoʻshish hamda xalq muhokamasida faollik koʻrsatish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdilar.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1