Koreya Milliy texnologiya va standartlar instituti hamda KATRI sinov va tadqiqot instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🟢 Uchrashuv davomida Size Korea loyihasi, standartlashtirish hamda sinov sohasiga oid masalalar muhokama qilindi.🩷 Ma’lumot uchun, Size Korea (Koreya inson o‘lchamlari bo‘yicha tadqiqot) loyihasi 1979-yilda “Milliy standart tana holati bo‘yicha tadqiqot” nomi ostida boshlangan bo‘lib, har besh yilda muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Hozirda loyihaning 8-bosqichi (2020-yil noyabr – 2023-yil sentyabr) amalga oshirilmoqda. Ushbu tadqiqotlar doirasida koreys inson standartlariga oid katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lib, unda taxminan 120 ming kishi, 15,5 milliondan ortiq o‘lchov va shakl ma’lumotlari jamlangan.🟤 Koreyalik ekspertlar Size Korea tizimi Koreyada kiyim-kechak va poyabzal o‘lchamlarini belgilashda qo‘llanilishini, o‘lchamlar asosan millimetr (masalan, poyabzal o‘lchami — 230 mm) orqali aniqlanishini ta’kidladilar. Shuningdek, ushbu tizim Yevropa yoki AQSh o‘lchamlaridan farq qilishi, xaridorlarga esa ko‘pincha o‘z o‘lchamidan biroz kattaroq mahsulot tanlash tavsiya etilishi qayd etildi. Mazkur tizim, ayniqsa, kiyim-kechak va poyabzalni onlayn xarid qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘lchamlar Tailand yoki Xitoy kabi boshqa mamlakatlarnikidan farq qilishi mumkinligi aytib o‘tildi.🟡 Uchrashuv yakunida Size Korea loyihasi doirasida standartlashtirish va mahsulot sinovi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Oʻzbekiston texnik tartibga solish agentligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini agentlik xodimlari oʻrtasida keng tushuntirish, unda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, maqsad va vazifalarni chuqur anglash hamda xalq muhokamasida faol ishtirok etishga undashdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida strategiyada belgilangan inson qadrini ulugʻlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya, sogʻliqni saqlash va raqamlashtirish sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining texnik tartibga solish sohasi bilan uzviy bogʻliq jihatlari, xususan, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini takomillashtirish orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Tadbir ishtirokchilari strategiya mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar. Muhokamalar jarayonida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining xalq manfaatlariga xizmat qilishi, uning samarali ijrosi har bir davlat idorasi va xodimning masʼuliyati ekani qayd etildi.
Yakunida ishtirokchilar strategiyani hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish, belgilangan vazifalar ijrosiga munosib hissa qoʻshish hamda xalq muhokamasida faollik koʻrsatish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Tafakkur yo’li
#Xurshida_Hasanova
Tafakkur yo’li bizni birlashtirsin!
https://youtu.be/sFfoa_EfGTg?si=8Co0lEWyEtsfu6Lk
Telegram
Tafakkur yo’li bizni birlashtirsin!
https://youtu.be/sFfoa_EfGTg?si=8Co0lEWyEtsfu6Lk
Telegram
YouTube
O’zbekiston milliy metrologiya instituti “Qadam” ko’rsatuvida!
Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
❤2
Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi bilan onlain uchrashuv o‘tkazildi
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
BIPM (Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi) bilan uchrashuvda to'laqonlik azolik masalasi, metrologiya sohasidagi hamkorlik, xalqaro standartlar integratsiyasi va o‘lchovlar bo‘yicha bosh konferensiya (CGPM) bilan aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Shu bilan birga O‘zbekistonning metrologiya tizimini rivojlantirish va xalqaro darajada tan olish, O‘lchov birliklari va standartlar bo‘yicha BIPM tavsiyalarini joriy etish mavzulariga e'tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vashington shahrida standartlashtirish sohasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlari poytaxti — Vashington shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) vitse-prezidentlari Jozef Tretler (Joseph Tretler) va Meri Saunders (Mary Saunders) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) o‘z faoliyatini 1918-yildan boshlagan bo‘lib, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) hamda Global akkreditatsiya hamkorligi (GLOBAC)ning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. ANSI ISO tashkilotining 560 ta texnik qo‘mitasida to‘laqonli, 8 ta texnik qo‘mitasida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi hamda 93 ta sekretariatni boshqaradi.
Global sifat infratuzilmasi indeksida 186 ta davlat orasida AQSh 2-o‘rinni egallagan. Jumladan, metrologiya sohasida — 1-o‘rin, standartlashtirishda — 9-o‘rin, akkreditatsiyada — 1-o‘rin qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, standartlashtirish va akkreditatsiya sohasida hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, ISO va IEC xalqaro tashkilotlarining texnik qo‘mitalarida ishtirokni jadallashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh tomoni O‘zbekistonning “C5+1” formati doirasida Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikdagi faol ishtiroki, ISO va IEC doirasidagi sa’y-harakatlari, Global sifat infratuzilmasi indeksida 52-pog‘onaga ko‘tarilgani, sohada raqamlashtirish jarayonlari izchil joriy etilayotgani hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlarining faollashganini ijobiy baholadi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston standartlar instituti tuzilmasidagi Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislarni AQShda tajriba oshirishga yuborish, milliy qonunchilikni JST bitimlari, qoidalari va me’yorlariga muvofiqlashtirish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha doimiy hamkorlik hamda AQSh bozoriga chiqishda standart talablari yuzasidan trening-seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida Amerika Milliy standartlar instituti (ANSI) va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2 2❤1