Vatan himoyachilari — tinchlik va osoyishtalik kafolati
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.
Mazkur tadbirda Agentlik va Institutning markaziy apparati, hududiy filiallari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Farhod Abdullayev va Raʼno Shodiyevalar ishtirok etdi.
Anjuman davomida mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda yurt posbonlarining fidokorona va mashaqqatli mehnati alohida eʼtirof etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi muddatli harbiy xizmatchilar oilalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi muhim oʻrni va masʼuliyatini taʼkidlash, namunali askarlar hamda ularning ota-onalarini ulugʻlashdan iborat boʻldi. Ushbu tadbir oila, jamiyat va harbiy tizim oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.
Ishtirokchilar muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning maʼnaviy-maʼrifiy va kasbiy tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida sanʼatkorlar oʻz hayot yoʻllari, Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatining yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, Vatanga sadoqatli shaxslar etib tarbiyalash yoʻlidagi oʻrni haqida soʻz yuritdilar. Ushbu tadbir yosh avlodda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar oilalarini qoʻllab-quvvatlash hamda oila institutining jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilgani taʼkidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
– dedi Prezidentimiz so‘zining avvalida.
Facebook|Instagram|X
“Bugun sizlar bilan jahonda keskin geosiyosiy o‘zgarishlar bo‘layotgan, davlatlarning suverenitetiga xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan murakkab paytda uchrashib turibmiz.
Bunday sharoitda tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni tanqidiy muhokama qilib, Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangicha tashkil qilish kerakligini davrning o‘zi taqozo etmoqda”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining avvalida.
Facebook|Instagram|X
Koreya Milliy texnologiya va standartlar instituti hamda KATRI sinov va tadqiqot instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🟢 Uchrashuv davomida Size Korea loyihasi, standartlashtirish hamda sinov sohasiga oid masalalar muhokama qilindi.🩷 Ma’lumot uchun, Size Korea (Koreya inson o‘lchamlari bo‘yicha tadqiqot) loyihasi 1979-yilda “Milliy standart tana holati bo‘yicha tadqiqot” nomi ostida boshlangan bo‘lib, har besh yilda muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Hozirda loyihaning 8-bosqichi (2020-yil noyabr – 2023-yil sentyabr) amalga oshirilmoqda. Ushbu tadqiqotlar doirasida koreys inson standartlariga oid katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan bo‘lib, unda taxminan 120 ming kishi, 15,5 milliondan ortiq o‘lchov va shakl ma’lumotlari jamlangan.🟤 Koreyalik ekspertlar Size Korea tizimi Koreyada kiyim-kechak va poyabzal o‘lchamlarini belgilashda qo‘llanilishini, o‘lchamlar asosan millimetr (masalan, poyabzal o‘lchami — 230 mm) orqali aniqlanishini ta’kidladilar. Shuningdek, ushbu tizim Yevropa yoki AQSh o‘lchamlaridan farq qilishi, xaridorlarga esa ko‘pincha o‘z o‘lchamidan biroz kattaroq mahsulot tanlash tavsiya etilishi qayd etildi. Mazkur tizim, ayniqsa, kiyim-kechak va poyabzalni onlayn xarid qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘lchamlar Tailand yoki Xitoy kabi boshqa mamlakatlarnikidan farq qilishi mumkinligi aytib o‘tildi.🟡 Uchrashuv yakunida Size Korea loyihasi doirasida standartlashtirish va mahsulot sinovi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Oʻzbekiston texnik tartibga solish agentligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini agentlik xodimlari oʻrtasida keng tushuntirish, unda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, maqsad va vazifalarni chuqur anglash hamda xalq muhokamasida faol ishtirok etishga undashdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida strategiyada belgilangan inson qadrini ulugʻlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat boshqaruvini takomillashtirish, taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya, sogʻliqni saqlash va raqamlashtirish sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining texnik tartibga solish sohasi bilan uzviy bogʻliq jihatlari, xususan, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini takomillashtirish orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Tadbir ishtirokchilari strategiya mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar. Muhokamalar jarayonida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining xalq manfaatlariga xizmat qilishi, uning samarali ijrosi har bir davlat idorasi va xodimning masʼuliyati ekani qayd etildi.
Yakunida ishtirokchilar strategiyani hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etish, belgilangan vazifalar ijrosiga munosib hissa qoʻshish hamda xalq muhokamasida faollik koʻrsatish zarurligiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Tafakkur yo’li
#Xurshida_Hasanova
Tafakkur yo’li bizni birlashtirsin!
https://youtu.be/sFfoa_EfGTg?si=8Co0lEWyEtsfu6Lk
Telegram
Tafakkur yo’li bizni birlashtirsin!
https://youtu.be/sFfoa_EfGTg?si=8Co0lEWyEtsfu6Lk
Telegram
YouTube
O’zbekiston milliy metrologiya instituti “Qadam” ko’rsatuvida!
Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
❤1
Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi bilan onlain uchrashuv o‘tkazildi
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
BIPM (Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi) bilan uchrashuvda to'laqonlik azolik masalasi, metrologiya sohasidagi hamkorlik, xalqaro standartlar integratsiyasi va o‘lchovlar bo‘yicha bosh konferensiya (CGPM) bilan aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Shu bilan birga O‘zbekistonning metrologiya tizimini rivojlantirish va xalqaro darajada tan olish, O‘lchov birliklari va standartlar bo‘yicha BIPM tavsiyalarini joriy etish mavzulariga e'tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM