Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал
2.25K subscribers
13.3K photos
746 videos
6 files
6.16K links
Veb-sayt: www.standart.uz
Facebook: www.fb.com/uzstandard
Instagram: www.instagram.com/uzstandard
Youtube: bit.ly/3kbWQa0

Murojaat uchun:
@uzstandartga_savollar_bot
📧 uzst@standart.uz
☎️1880

📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A
Download Telegram
Мамлакатимиз ҳарбий хавфсизлиги ва мудофаасини янада мустаҳкамлашнинг устувор вазифалари муҳокама қилинди

Ўзбекистон Республикаси Президенти, Қуролли Кучлар Олий Бош Қўмондони Шавкат Мирзиёев раислигида 13 январь куни Хавфсизлик кенгашининг мамлакатимиз ҳарбий хавфсизлиги ва мудофаасини мустаҳкамлаш масалалари бўйича кенгайтирилган йиғилиши бўлиб ўтди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/806195

Телеграм каналларимиз
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган йиғилишини ўтказди.

Телеграм каналларимиз
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida quyidagi vazifa va imkoniyatlar belgilab olindi:

- muddatli harbiy xizmatning yangi modeli shakllantirilishi belgilandi, bunda har bir harbiy xizmatchi armiyadan qaytganda kasbiy ko‘nikmalar va real istiqbollarga ega bo‘ladi;

- "Bir million dasturchi" va "Sun’iy intellekt sohasida besh million yetakchi" dasturlari doirasida har yili 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilar o‘qitiladi;

- muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, harbiy xizmatdan qaytgandan keyin o‘qishi qo‘llab-quvvatlanadi, shu jumladan sertifikat xarajatlari qoplanadi va foizsiz ta’lim kreditlari beriladi;

- muddatli harbiy xizmatdan qaytganlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish choralari kengaytirilmoqda, shu jumladan ularning tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi va ishga joylashishda qo‘shimcha imtiyozlar beriladi;

- harbiy xizmatchilarning xizmat va turmush sharoitlari yanada yaxshilanadi, harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi:

- 1-apreldan boshlab ofitserlarning ko‘p yillik xizmati uchun ustama haqi 2 baravarga oshiriladi;

- kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va serjantlarning ish haqi 10 foizga oshiriladi;

- hududiy mudofaa organlarining harbiy bo‘lmagan xodimlari mehnatiga haq to‘lash joriy yilda 20 foizga, kelgusi yilda yana 50 foizga oshiriladi;

- 30 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarga pensiya hisoblashda hisobga olinadigan pul ta’minoti miqdori 75 foizdan 100 foizgacha oshiriladi;

- ma’naviy-ma’rifiy tarbiya maqsadida joriy yilda harbiy qism va muassasalar 1 million nusxada badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanadi;

- armiyada sportni rivojlantirish davom ettiriladi, jumladan, yoshlarning qiziqishiga javob beradigan zamonaviy yo‘nalishlar joriy etiladi;

- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bunda raqamli makon xususiyatlarini hisobga olish muhimligi ta’kidlandi.

Также на заседании Совета безопасности под председательством Президента Шавката Мирзиёева определены следующие задачи и возможности:

- обозначено формирование новой модели срочной военной службы, при которой каждый военнослужащий получает профессиональные навыки и реальные перспективы после демобилизации;

- ежегодно 5 тысяч военнослужащих-срочников будут обучаться в рамках программ "Один миллион программистов" и "Пять миллионов лидеров в сфере ИИ";

- создаются условия для поступления военнослужащих в высшие учебные заведения в период службы, а также поддержки обучения после демобилизации, включая компенсацию расходов на сертификаты и предоставление беспроцентных образовательных кредитов;

- расширяются меры содействия занятости демобилизованных военнослужащих, включая поддержку предпринимательства и дополнительные преимущества при трудоустройстве;

- принято решение о дальнейшем улучшении условий службы и быта военнослужащих, особое внимание уделено социальной защите военнослужащих, их семей и военных пенсионеров:

- с 1 апреля надбавка за выслугу лет для офицеров увеличивается в 2 раза;

- заработная плата контрактных солдат и сержантов повышается на 10 процентов;

- оплата труда гражданского персонала территориальных органов обороны увеличивается на 20 процентов в текущем году и ещё на 50 процентов в следующем;

- при расчете пенсий для военнослужащих со стажем более 30 лет учитываемый размер денежного довольствия увеличивается с 75 процентов до 100 процентов;

- в целях духовно-нравственного воспитания в текущем году военные части и учреждения будут обеспечены 1 миллионом экземпляров художественной литературы;

- продолжится развитие спорта в армии, включая внедрение современных направлений, отвечающих интересам молодёжи;

- подчеркнута важность воспитания молодежи в духе патриотизма с учетом реалий цифровой среды.

Facebook|Instagram|X
Texnik tartibga solish sohasini raqamlashtirish — zamonaviy rivojlanish sari qadam

🎹 O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida izchil va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Uzinfocom – Yagona integrator” bilan hamkorlikda “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.

Mazkur milliy axborot tizimi sertifikatlashtirish, metrologiya, standartlashtirish va akkreditatsiya yo‘nalishlarida elektron, ochiq va shaffof xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Tizim xizmat ko‘rsatish jarayonlarida inson omiliga bog‘liqlikni kamaytirib, ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash orqali samaradorlikni oshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda ushbu platforma orqali 116 ta muvofiqlikni baholash organlari, 400 ta sinov va 127 ta metrologiya laboratoriyalari, shuningdek, 30 dan ortiq texnik qo‘mitalar faoliyati qamrab olingan. Milliy axborot tizimida 3 500 nafardan ortiq soha mutaxassislari doimiy ravishda faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga, tris.uz milliy axborot tizimi hozirda 40 dan ortiq davlat va xususiy tashkilotlar bilan o‘zaro elektron ma’lumot almashinuvini amalga oshirmoqda. Bu esa sohadagi axborot aylanishining tezkorligi va ishonchliligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Navbatdagi strategik qadam sifatida texnik tartibga solish sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu orqali xizmatlar sifatini yanada oshirish, tahlil va qaror qabul qilish jarayonlarini aqlli tizimlar yordamida takomillashtirish ko‘zda tutilgan.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝1
Xitoyning O‘zbekistonidagi elchisi bilan uchrashuv

🇺🇿 🇨🇳 O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Czyun bilan uchrashdi.

Elchi Yuy Czyun O‘zbekiston bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuvda texnik tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik ko‘makni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, standartlashtirish, mahsulotlar sinovi va metrologiya sohasida zarur bo‘lgan loyihalar yuzasidan taqdimot qilindi.

Xitoy Bozorlarni tartibga solish administratsiyasi (SAMR), Xitoy Standartlashtirish tashkiloti (SAC), Xitoy Milliy metrologiya instituti (NIM China), Xitoy Sifat sertifikatsiyalash markazi (CQC), Xitoy Akkreditatsiya idorasi (CNAS) va Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirish va yana-da chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, eksport-import mahsulotlarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan choralar ko‘rishga qat’iy ekanliklarini bildirdilar.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vatan himoyachilari — tinchlik va osoyishtalik kafolati

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.

Mazkur tadbirda Agentlik va Institutning markaziy apparati, hududiy filiallari xodimlari, shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Farhod Abdullayev va Raʼno Shodiyevalar ishtirok etdi.

Anjuman davomida mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda yurt posbonlarining fidokorona va mashaqqatli mehnati alohida eʼtirof etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi muddatli harbiy xizmatchilar oilalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi muhim oʻrni va masʼuliyatini taʼkidlash, namunali askarlar hamda ularning ota-onalarini ulugʻlashdan iborat boʻldi. Ushbu tadbir oila, jamiyat va harbiy tizim oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.

Ishtirokchilar muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning maʼnaviy-maʼrifiy va kasbiy tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida sanʼatkorlar oʻz hayot yoʻllari, Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatining yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, Vatanga sadoqatli shaxslar etib tarbiyalash yoʻlidagi oʻrni haqida soʻz yuritdilar. Ushbu tadbir yosh avlodda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar oilalarini qoʻllab-quvvatlash hamda oila institutining jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilgani taʼkidlandi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1