O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
1.15K subscribers
321 photos
127 videos
300 links
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali

🌐 www.uzmrc.uz
📧 info@uzmrc.uz
linkedin.company/uzmrc/

📍100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107B
☎️ 78 148 30 00
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi o‘rtasida banklarda kredit olish jarayonlari murakkab degan qarashlar mavjud. Aslida ham shundaymi?

📊 Ko‘pchilik fuqarolar kredit olishga uringanida, bu jarayon murakkab, tushunarsiz yoki juda ko‘p hujjat talab qilinadi deb o‘ylashadi. Bugun biz aynan shu mavzuda bank xodimi bilan batafsil suhbat qurib, aynan yashil ta'mir ipoteka krediti olgan mijoz misolida jarayonlarni tahlil qildik.

📽 Bank xodimi bilan intervyuni tomosha qiling – unda siz kredit olishning aslida qanday bosqichlardan iboratligi, qanday hujjatlar talab qilinishi va oylik to'lovlar kabi siz uchun foydali bo'lgan ma'lumotlar haqida batafsil ma’lumot olasiz.

Videoni tomosha qilib, kredit olishdagi noaniqliklardan xalos bo‘ling!

To‘liq videoni buyerda ko‘ring

#yashil_tamir

Telegram / Website / LinkedIn
👍42🔥1👏1
Kompaniya o’zining V emissiyasi doirasida chiqarilgan Korporativ obligatsiyalari bo‘yicha II davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini investorlarga to‘lab berdi.

Ma'lumki, 2025-yil mart oyida Kompaniya o‘z kapitali doirasida 3 yil muddatga 200 milliard so‘m miqdoridagi Korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarib, investorlar o‘rtasida to‘liq joylashtirgan edi. Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 3 oylik 12 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.

❗️Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan.

#Rasmiy_axborot

Telegram / Website / LinkedIn
👍51👏1
Kompaniya bugundan boshlab norasmiy daromadga ega bo‘lgan mijozlarga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ydi.

🔹Mazkur mexanizm Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, hamkor tijorat banklariga ipoteka kreditlarini yanada kengroq qatlamga taqdim etish imkonini beradi.

📄💵 Yangi amaliyotning joriy etilishi rasmiy daromad hujjatlarini taqdim eta olmaydigan, biroq barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ipoteka kreditidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.

🌟 Ushbu yangi mahsulot aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanib, ipoteka bozorini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👏7👍41🔥1🎉1🤩1
“UMRC SPV” MChJ kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “UMRC SPV” MChJni ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

“UMRC SPV” MChJ Kompaniya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy faoliyati – O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalarini chiqarishdan iborat.

“UMRC SPV” MChJning asosiy vazifalari:
tijorat banklaridan ipoteka kreditlari jamlanmalarini balansiga qabul qilish;
ushbu jamlanmalar ta’minoti ostida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish.

Mazkur tashabbus milliy kapital bozorini yanada rivojlantirish, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish va aholining uy-joy bilan ta’minlanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
4👏4👍2
Kompaniya 5-Osiyo Moliya Forumida ishtirok etdi.

🌍 Bugun Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan tashkil etilgan 5-Osiyo Moliya Forumi doirasida “Arzon va ekologik barqaror uy-joylarni rivojlantirish: siyosat va bozorlar” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbirda Kompaniya Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov ham nutq so‘zlab, mamlakatda yashil moliyalashtirish amaliyotlarini joriy etish, ipoteka bozorida innovatsion mexanizmlarni rivojlantirish va barqaror uy-joy qurilishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

🌱 Ushbu forum natijalari O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hamda yashil va energiya tejamkor uy-joylar bozorini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👍52👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompaniya va YeTTB o‘rtasida strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Kuni kecha Kompaniya va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) o‘rtasida strategik moliyaviy hamkorlik yuzasidan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda YeTTBning Moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash sektori direktori George Orlov boshchiligidagi delegatsiya hamda Kompaniya Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov rahbarligidagi Kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida mandat xati imzolandi, bu hujjatga ko‘ra, YeTTB tomonidan Kompaniyaga milliy valyutada 40 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdorida uzoq muddatli kredit liniyasini ajratish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

Mazkur mablag‘ Kompaniyaning hamkor tijorat banklari tomonidan aholiga ajratiladigan uy-joy va ta'mir ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Batafsil

#UZMRC #YeTTB #ipoteka #uyjoy #hamkorlik #moliyaviybarqarorlik

Telegram / Website / LinkedIn
👍3🔥21👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🌸

📚 Ustoz — hayot yo‘lida yo‘lboshchi, qalblarimizga nur sochuvchi, orzu-intilishlarimizni parvozga chorlovchi buyuk zotdir.

🔹Kompaniya jamoasi nomidan barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan tabriklaymiz!

💐Sizlarga sihat-salomatlik, bardavom sabr-toqat va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌟 Sizning mehringiz va saboqlaringiz biz uchun eng katta boylikdir!

Telegram / Website / LinkedIn
5👍2🔥2🎉2
🏢 Kompaniya Olmaotadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

📅 29–30 sentabr kunlari Olmaotada o‘tkazilgan “Uy-joy qurilish jamg‘armalari: ilg‘or tajribalar va strategik yetakchilik” xalqaro konferensiyasi doirasida Kompaniya Bosh ijrochi direktori o‘rinbosari "Markaziy Osiyo uchun yo‘l xaritasi" mavzusidagi panel muhokamasida qatnashdi.

💬 Muhokamada O‘zbekistonning uy-joy qurilish jamg‘armalari tizimidagi tajribasi, ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi yutuqlari va istiqbollari taqdim etildi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadilar.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👍4🔥1👏1
📊 Qarz oluvchilarning moliyaviy barqarorligi tahlili.

🔹 2025-yil II choragida 10–15 mln so‘m daromad guruhining ulushi 36% ga yetdi – bu eng yuqori ko‘rsatkich.
🔹 5–10 mln so‘m guruh ulushi esa 49% gacha kamaydi, <5 mln daromadli qarz oluvchilar ulushi 15% ni tashkil etdi.

➡️ Bu aholining moliyaviy salohiyati o‘sib borayotganidan dalolat beradi.

📌 Qarz oluvchilarning 69,6% ulushi oylik sof daromadlarining 45% dan kamini ipoteka kreditlariga sarflaydi.
📌 30,4% esa daromadining yarmigacha bo‘lgan qismini kredit to‘lovlariga yo‘naltirmoqda.

Batafsil

#infografika

Telegram / Website / LinkedIn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏡 Yashil ta’mir – qulaylik, tejamkorlik va ekologiya bir joyda!

🍂 Kuzgi sovuq kunlarda uyingizda issiqlik, qulaylik va tabiiy muhitni yaratish endi oson.

🌿 Yashil ta’mir ipoteka krediti sizga energiyani tejash, xarajatni kamaytirish va tabiatni asrash imkonini beradi.

🏦 Hamkor tijorat banklarimizga murojaat qiling:
■ Xalqbanki
■ Agrobank
■ Hamkorbank
■ OFB
■ InFinBank
■ Turonbank
■ BRB

To‘liq video uchun

#yashil_tamir

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌞 Quyosh energiyasi — tejamkorlik va daromad manbai!

⚡️Quyosh panellari nafaqat energiya tejamkorligi, balki barqaror daromad va iqtisodiy mustaqillikni ta’minlaydi.

🔋 Quyosh panellari:
🔹 Elektr uchun to‘lovlardan xalos qiladi.
🔹 Ortiqcha energiyani tarmoqqa sotish imkonini beradi.
🔹 Mustaqil energiya manbaiga aylantiradi.

💰 Eng quvonarlisi — quyosh panellarini “Yashil ta’mir” ipoteka krediti orqali ham xarid qilishingiz mumkin!

🏦 Hamkor tijorat banklarimizga murojaat qiling:
■ Xalqbanki
■ Agrobank
■ Hamkorbank
■ OFB
■ InFinBank
■ Turonbank
■ BRB

Batafsil videoni buyerda ko'ring

#Yashil_tamir
📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2🤩1
Forwarded from IMRS Research
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya ajratish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda. Unda ishtirok etib, o’z fikringizni bildiring!

👉 Ishtirok etish

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
👍5👏2
Kompaniya OTBning natijadorlikka yo‘naltirilgan loyiha boshqaruvi bo‘yicha treningida ishtirok etdi.

Joriy yilning 6–7-oktabr kunlari Kompaniya xodimlari Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan tashkil etilgan “OTBning natijalarga asoslangan loyihasini ishlab chiqish va monitoring qilish asoslari” mavzusidagi treningda faol ishtirok etishdi.

Mazkur trening OTB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarda natijadorlikka yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish, shuningdek, ijrochi va amalga oshiruvchi agentliklar salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, trening davomida ishtirokchilar chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Treningda olingan bilim va tajriba, Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ipoteka loyihalarining samaradorligi va monitoring jarayonlarini va shaffofligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi hafta – yangi imkoniyatlar!

Dushanba — yangi boshlanishlar, yangi niyatlar kuni.

Bugun sizga kuch, ilhom va muvaffaqiyat tilaymiz!

Keling, bu haftani birgalikda samarali o‘tkazamiz!

#HayrliDushanba #YangiHafta

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🎉1