O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
1.15K subscribers
321 photos
127 videos
300 links
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali

🌐 www.uzmrc.uz
📧 info@uzmrc.uz
linkedin.company/uzmrc/

📍100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107B
☎️ 78 148 30 00
Download Telegram
1️⃣🤝🏦⚡️

“Uy-joy va ipoteka bozori” tahliliy hisoboti

O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda 2020-2025 yillar uchun “Uy-joy va ipoteka bozori” tahliliy hisobotini tayyorladi.

Tahliliy hisobotda so‘nggi besh yil davomida uy-joy narxlari, ipoteka kreditlash hajmi hamda uy-joy, ijara narxlari dinamikasiga oid eng muhim ko‘rsatkichlar yoritildi.

Ushbu hisobotni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O’zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ko'maklashdi.

Hisobot yuzasidan qisqacha xulosalar

📊 O‘zbekiston uy-joy bozori: 2020–2025 yillardagi asosiy tendensiyalar

Uy-joy narxlari: keskin o‘sishdan barqarorlashuvga o'tdi

2020–2023-yillarda uy-joy narxlari tez sur’atlarda oshgan bo‘lsa, 2024–2025-yillarda bozorda narxlar korreksiya bosqichiga kirdi.

Davr davomida uy-joy narxlari 30% ga oshdi. Shuningdek, 2018-yildan buyon birinchi marta 2025-yil 3-choragida uy-joy narxlarida pasayish kuzatildi.

⬇️ Birlamchi bozorda 4,5%,
Ikkilamchi bozorda 8,3% ga pasaydi.

Davr davomida uy-joy arzonligi yaxshilandi: Daromadlar bo’yicha guruhlangan ipoteka to‘lovi va daromad nisbati (MPIR) ancha pasaydi, biroq past daromadli qatlam uchun uy-joyga ega bo‘lish hanuz murakkabligicha qolmoqda.

Aholi uchun uy-joy arzonligi muammosi kuchli, ayniqsa past daromadli qatlamda:
1-guruh (eng quyi daromadli qatlam) MPIR: 138%
5-guruh (eng yuqori daromadli qatlam) MPIR: <30%

💳 Ipoteka bozori: Bozor kengaymoqda, xususiy sektor ulushi ortmoqda.

⬆️2020–2024-yillarda yillik ipoteka kreditlash hajmi 2 barobar oshdi: 9,1 trln so‘mdan 17,1 trln so‘mga.
O‘zbekiston hozirda ipoteka kreditlarining YaIMga nisbati bo‘yicha 4,7% daraja bilan mintaqadagi ko‘plab davlatlardan yuqoriga chiqdi.

Ipoteka bozorini moliyalashtirish diversifikatsiyasi:
Davlat ulushi: 77% → 56%
Bank mablag‘lari: 35%ga
Kompaniya ulushi: 9%ga yetdi

#UzMRC #IpotekaBozori #UyJoyBozori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍1
1️⃣🤝🏦⚡️

Kompaniya o‘zining oltinchi chiqarilishdagi 200 milliard so'mlik korporativ obligatsiyalarini to'liq joylashtirdi.


Kompaniya obligatsiya dasturi doirasida birinchi transhda chiqarilgan 200 000 000 000 (ikki yuz milliard) so‘mlik, nominal qiymati 1 000 000 (bir million) so‘m bo‘lgan 200 000 (ikki yuz ming) dona korporativ obligatsiyalarini joriy yilning 5-dekabr kuni to‘liq joylashtirganligini ma’lum qiladi.

Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi orqali savdo qoidalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiq obuna usulida joylashtirildi.

Hozirda Kompaniya tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 990 milliard so‘mni tashkil etib, bu esa Kompaniyani korporativ obligatsiyalr bozoridagi eng yirik emitentga aylantirdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Kompaniya korporativ obligatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritiliganligi va REPO imkoniyati yaratilganligi, shuningdek obligatsiyalardan olinadigan daromadlarning foyda solig’idan ozod etilishi obligatsiyalarning jozibadorligini yanada oshirib, navbatdagi chiqarilishlarda tijorat banklaridan tashqari sug‘urta tashkilotlari, fondlar va boshqa investorlarning ham katta qiziqish bildirishiga olib kelishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
1️⃣🤝🏦⚡️

🇺🇿Bugun — 8-dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

☑️Konstitutsiya — mamlakatimizning bosh qomusi bo‘lib, unda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiluvchi eng muhim huquqiy asoslar mujassam.

🎉Ushbu muhim kun munosabati bilan barchangizni Kompaniya jamoasi chin dildan tabriklaydi.

#Konstitutsiya

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🎉31
1️⃣🤝🏦⚡️

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

🎉 10 dekabr — milliy faxrimiz timsoli bo‘lgan muqaddas madhiyamiz qabul qilingan kun.

Bugun biz nafaqat bir kuyni, balki xalqimizning g‘ururi, tarixiy xotirasi va erkinlikka intilgan orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan ulug‘ timsolni nishonlaymiz.

Shoir Abdulla Oripovning teran ma’nodagi so‘zlari, bastakor Mutal Burhonovning ruh bag‘ishlovchi ohanglari bugun ham har bir yurtdoshimizni yurtga muhabbat va sadoqat ruhida birlashtirib kelmoqda.

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉4👏31👍1
🇺🇿O‘zbekiston uy-joy va ipoteka bozori

O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda 2020-2025 yillar uchun “Uy-joy va ipoteka bozori” tahliliy hisobotini tayyorladi.

Tahliliy hisobotda so‘nggi besh yil davomida uy-joy narxlari, ipoteka kreditlash hajmi hamda uy-joy, ijara narxlari dinamikasiga oid eng muhim ko‘rsatkichlar yoritildi.

Asosiy xulosalar:

Uy-joy narxlarining o’sishiga asosiy turtki aholi tomonidan bo’layotgan kuchli talab, qurilish xarajatlarining oshishi, spekulyativ sarmoyalar va ipoteka sohasining davlat tomonidan moliyaviy qo’llab quvvatlanishi bo’lib qolmoqda.

📈 Narxlar o’sishi
Uy-joy narxlarining o’zgarishi hududlar kesimida katta tafovutga ega. Uy-joy narxlari qimmatlashgan 2022-2023 yillarda asosiy o’sish markazlari:
Toshkent shahri- 60%- 67%
Samarqand, Andijon va Namangan- 40-45% bo’ldi.
Shuningdek Xorazm, Jizzax va Qoroqolpog’istonda narxlar o’sishi barqaroq (10-15%) saqlanib qoldi.

📉 Arzonlik darajasi
Uy-joy narxining o’rtacha yillik daromadga nisbati (PIR) mamlakat uchun juda yaxshi (4.7) biroq, hududlardagi daromadlar va uy-joy narxlari tavofuti sababli keskin farq qiladi:
Samarqand – 7.7, Namangan-6.47
Toshkent shahri-2.85, Navoiy-2.96

🏡 Uy-joy savdosi
Uy-joy oldi sotdi bozori yillik 254 mingtaga yetdi, bunda birlamchi bozorning ulushi 26%ni tashkil etmoqda. Uy-joyga bo’lgan talab aholi zich hududlarda konsentratsiyalanib qolmoqda:
Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyati- 50%
Farg’ona vodiysi viloyatlari – 20%

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣🤝🏦⚡️

🌳 Yashil ta'mir ipoteka krediti bilan yashil kelajak sari!

Uy-joyingizni ta'mirlashni rejalashtiryapsizmi? Xarajatlaringizni kamaytirib, qulaylik yaratmoqchimisiz?

Kompaniya muvofiq talablari asosida hamkor tijorat banklarimiz tomonidan ajratilayotgan YASHIL TA'MIR ipoteka krediti green.uzmrc.uz bilan uyingizni nafaqat qulay, balki atrof-muhitga mos tarzda yangilash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

#Yashil_Tamir

Telegram / Website / LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄 Kompaniyada bayram shukuhi!

Yangi yil yaqinlashar ekan, Kompaniyamizda haqiqiy bayramona muhit hukm surmoqda! Ofisimizni bezab, yorqin archa o‘rnatdik, barcha xonalarni quvonch va iliqlik bilan to‘ldirdik.

🎁Sizga ham huddi shunday ko'tarinki kayfiyat tilaymiz.

🎉Kelgusi yil barchamizga omad va yangi yutuqlar olib kelsin!

#YangiYil #BayramShukuhi #KompaniyaHayoti

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5👍42🔥2👏2🤩1
1️⃣🤝🏦⚡️

Kompaniya Obligatsiyalar dasturi doirasida chiqarilgan, nominal qiymati 1 000 000 (bir million) so‘m bo‘lgan 200 000 (ikki yuz ming) dona korporativ obligatsiyalarni joriy yilning 22-dekabr kuni joylashtirish boshlanishini ma’lum qiladi.

Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi orqali savdo qoidalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanmagan doiradagi shaxslar o‘rtasida ochiq obuna bo‘yicha joylashtiriladi.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, Kompaniya korporativ obligatsiyalarining O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilganligi uning jozibadorligini oshishiga va o'z navbatida tijorat banklaridan tashqari sug'urta tashkilotlari va boshqa investorlarning ham katta qiziqish bildirishiga sabab bo'lmoqda.

#rasmiy_axborot

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1🤩1
1️⃣🤝🏦⚡️

Kompaniya o’zining birinchi “Yashil” korporativ obligatsiyalari bo‘yicha investorlarga V davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lab berdi.

Kompaniya 2024-yilning 10-iyunidan kuchga kirgan, «Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari»ga "Istiqbolli loyihalar milliy agentligi" tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin ro‘yxatga olingan birinchi rasmiy “Yashil” korporativ obligatsiyalari bo’yicha beshinchi davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini amalga oshirganligini ma’lum qiladi.

📌Ma'lumki, Kompaniya 2024-yil 16-sentabr kuni o'z kapitali doirasida 5 yil muddatga muomalaga chiqarilgan 50 mlrd so’m miqdoridagi o'zining birinchi “Yashil” Korporativ obligatsiyalarini, investorlar o’rtasida to’liq joylashtirgan edi.

Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 3 oylik 20 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.

🌿Kompaniya "Yashil" korporativ obligatsiyalari ICMA ning yashil obligatsiyalar tamoyillariga muvofiqligi bo'yicha "AIFC Green Finance Center" tomonidan ijobiy baholanib, yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olgan.

❗️Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan.

#rasmiy_axborot

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣🤝🏦⚡️

🌿 Yashil ta'mir bilan yashil kelajak sari!

Kompaniya muvofiq talablari asosida tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan yashil ta'mir ipoteka krediti orqali uyingizni yanada qulay va tejamkor qilib ta'mirlang.

Tabiiy va ekologik xavfsiz mahsulotlar
Energiya tejovchi texnologiyalar

📌 Kredit shartlari:

●Muddati: 10 yilgacha
●Miqdori: 310 mln so'mgacha
●Foiz stavkasi: 19% dan boshlanadi
●Boshlang'ich to'lov: 0%

🏦 Hamkor tijorat banklarimizga murojaat qiling:
■ Xalqbanki
■ Agrobank
■ Hamkorbank
■ OFB
■ InFinBank
■ Turonbank
■ BRB
■ NBU
■SQB

Green.UzMRC.uz

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1👏1
1️⃣🤝🏦⚡️

Kompaniya o’zining V emissiyasi doirasida chiqarilgan Korporativ obligatsiyalari bo‘yicha III davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini investorlarga to‘lab berdi.

Ma'lumki, 2025-yil mart oyida kompaniya o‘z kapitali doirasida 3 yil muddatga 200 milliard so‘m miqdoridagi Korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarib, investorlar o‘rtasida to‘liq joylashtirgan edi.

📌Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 3 oylik 12 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.

❗️Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan:

#rasmiy_axborot

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kompaniya va MKBANK o‘rtasida "Bosh qayta moliyalashtirish kelishuvi" imzolandi.

📊Kompaniya hamkor banklari safi tobora kengayib bormoqda. Endilikda ular 14 taga yetdi. Bugun Kompaniya va “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida "Bosh qayta moliyalashtirish kelishuvi" imzolandi.

📌Ushbu kelishuv orqali uy-joy xarid qilish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari barqaror moliyaviy manbalar bilan ta’minlanadi. Natijada, fuqarolar uzoq muddatli, qulay foiz stavkalariga ega ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Tomonlar bu hamkorlikning uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Kelishuv asosida amalga oshiriladigan loyiha va dasturlar mamlakatda uy-joy masalasi bo‘yicha mavjud ehtiyojlarga javob beruvchi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍31🔥1🎉1
1️⃣🤝🏦⚡️

Kompaniya o‘zining yettinchi chiqarilishdagi 200 milliard so'mlik korporativ obligatsiyalarini to'liq joylashtirdi.

🔈 Kompaniya Obligatsiya dasturi doirasida ikkinchi transhda chiqarilgan 200 000 000 000 (ikki yuz milliard) so‘mlik, nominal qiymati 1 000 000 (bir million) so‘m bo‘lgan 200 000 (ikki yuz ming) dona korporativ obligatsiyalarini joriy yilning 23-dekabr kuni to‘liq joylashtirganligini ma’lum qiladi.

📌 Ushbu transh Obligatsiyalar dasturi doirasidagi yakuniy chiqarilish hisoblanadi. Emitentning obligatsiyalar dasturi ikkita transhdan iborat bo‘lib, uning doirasida umumiy joylashtirish hajmi 400 milliard so‘mni tashkil etishi nazarda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, regulyator tomonidan obligatsiyalar dasturi mexanizmining joriy etilishi Kompaniyaga korporativ obligatsiyalarni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda joylashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda bozorga chiqish muddatlarini qisqartirish imkonini berdi.

Ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi orqali savdo qoidalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiq obuna usulida joylashtirildi.

Hozirda Kompaniya tomonidan chiqarilgan va joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar umumiy hajmi 1190 milliard so‘mni tashkil etib, bu esa Kompaniyani korporativ obligatsiyalr bozoridagi eng yirik emitentga aylantirdi deyish mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Kompaniya korporativ obligatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritiliganligi va REPO imkoniyati yaratilganligi, shuningdek obligatsiyalardan olinadigan daromadlarning foyda solig’idan ozod etilishi obligatsiyalarning jozibadorligini yanada oshirib, navbatdagi chiqarilishlarda tijorat banklaridan tashqari sug‘urta tashkilotlari, fondlar va boshqa investorlarning ham katta qiziqish bildirishiga olib kelishi mumkin.

#rasmiy_axborot

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🎉3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣🤝🏦⚡️

YANGI YILINGIZ MUBORAK!

Kompaniya jamoasi Siz azizlarni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan samimiy qutlaydi.

Yangi yil yangi orzular, yangi imkoniyatlar va cheksiz quvonchlar olib kelsin.

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🎉2👍1👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣🤝🏦⚡️

🌿 Issiqlik nasosi va quyosh panellarini o'rnatish orqali oylik to'lovlarni kamaytiring!🌿


📌 Yashil ta'mir ipoteka krediti orqali uyingizga issiqlik nasosi va quyosh panellarini o'rnatish natijada oylik elektr va gaz to'lovlarini 70-80% gacha kamaytirish mumkinligi haqida bilarmidingiz?

green.uzmrc.uz

Samarali isitish va sovutish
Bepul quyosh energiyasi
Davlat ko'magi
Daromad

Tejamkorlik + ekologiyani asrash! 🌍

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1👏1
1️⃣🤝🏦⚡️

Kompaniya o’zining II emissiyasi doirasida chiqarilgan korporativ obligatsiyalari bo‘yicha III davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini investorlarga to‘lab berdi.

🔈Ma'lumki, 2024-yil iyun oyida Kompaniya o‘z kapitali doirasida 3 yil muddatga 150 milliard so‘m miqdoridagi korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarib, investorlar o‘rtasida to‘liq joylashtirgan edi.

Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 6 oylik 6 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.

📌Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan.

#rasmiy_axborot

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣🤝🏦⚡️

🇺🇿 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

📌 Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan mard va jasur himoyachilarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Sizning fidoyiligingiz — bizning faxrimiz!

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🎉2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣🤝🏦⚡️

🏡 Yashil ta'mir ipoteka kreditini qaysi bank orqali rasmiylashtirish mumkin?

Uy-joyingizni ta'mirlashni rejalashtiryapsizmi? Xarajatlaringizni kamaytirib, qulaylik yaratmoqchimisiz?

📌Kompaniya muvofiq talablari asosida hamkor tijorat banklarimiz tomonidan ajratilayotgan YASHIL TA'MIR ipoteka krediti green.uzmrc.uz bilan uyingizni nafaqat qulay, balki atrof-muhitga mos tarzda yangilash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

#siz_soragan_edingiz

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣🤝🏦⚡️

Har bir xodim - Kompaniyaning muvaffaqiyat kaliti!

📌Kompaniyamiz barqaror rivoji va yutuqlari ortida kuchli jamoa turadi. Har bir xodim o‘z bilim va tajribasi, mas’uliyati hamda tashabbusi bilan umumiy natijaga hissa qo‘shadi.

🚀Biz uchun inson kapitali — eng muhim qadriyat. Jamoamizdagi har bir mutaxassis Kompaniya strategiyasining ajralmas qismi bo‘lib, sifatli natijalarga erishishda muhim rol o‘ynaydi!

#Bizning_xodimlar

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍32🔥2🤩1
1️⃣🤝🏦⚡️

📊2025-yil yakunlari: Kompaniya faoliyati va ipoteka bozori tahlili

📌2025-yilda Kompaniya ipoteka bozoridagi ishtirokini sezilarli darajada kengaytirdi.

Kredit portfeli
2025-yil 4-chorak yakuniga ko‘ra, Kompaniya kredit portfeli 14,5% ga oshib, 5 586 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Qayta moliyalashtirilgan portfel 2024-yil 4-chorakka nisbatan 37,7% oshdi va 6 159 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlarining umumiy ipoteka
kreditlaridagi ulushi 7,8%ga yetdi.

2025-yilda aholiga jami 21 215 mlrd so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan.
Shundan, 11%, ya’ni 2 243 mlrd so‘m Kompaniya shartlari asosida shakllantirilgan
ipotekalardir.

🔗Batafsil

📱Telegram /🌐 Website / 📱LinkedIn/📱YouTube/📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21👏1