Kompaniya kapital bozoridagi yangi tashabbuslarini taqdim etdi.
Kompaniya Cbonds Congress tomonidan Toshkentda tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VII Xalqaro konferensiyasida spiker sifatida ishtirok etdi.
Panel sessiyada Kompaniya mahalliy qarz bozorida erishilgan yutuqlar, kelgusi rejalar va yangi mahsulotlar – sek’yuritizatsiya, birjada sotiladigan obligatsiyalar, ESG-instrumentlar, islomiy moliya mahsulotlarini taqdim etdi.
Shuningdek, Kompaniya “regulyativ sandbox” doirasida ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. Bu tashabbus uy-joy xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirishi, banklar uchun qo‘shimcha resurs yaratishi va arzon ipoteka kreditlashni rivojlantirishi kutilmoqda.
Batafsil.
Telegram / Website / LinkedIn

👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishda qisqa tanaffus – jamoaviy kuch manbai.
Bugun ish jarayonida biroz kayfiyat ulashish va aqliy charchoqni yengillashtirish uchun jamoamizga kichik boshqotirma taqdim etdik. Har bir kishi yechim topishga harakat qilib, birgalikda fikr almashdi, muloqot qildi va yangi energiya oldi.
🍬 G‘oliblar kichik sovg‘a – shirin konfet bilan rag‘batlantirildi, ammo eng katta yutuq – birga ishlashdagi jamoaviy ruh va yangi chaqiriqlarga tayyorlikdir.
Shunday kichik tanaffuslar ish jarayonida ijodiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi va yanada kuchli jamoa bo‘lishga yordam beradi.
Birgalikda kuchmiz, birgalikda yuksalamiz!
#Motivatsiya #JamoaviyRuh #PozitivKayfiyat #XodimlarUchun #SamaraliTanaffus

👏5👍4🔥2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVBizhaqimizda
🎥Ommaviy axborot vositalari biz haqimizda.
O‘zbekiston 24 teleradiokanali Axborot dasturining navbatdagi sonida aholiga Kompaniya muvofiq talablari asosida ajratilayotgan “Yashil ta’mir ipoteka krediti” imkoniyatlari mavzusida maxsus efir bo‘lib o‘tdi.
Unda ekologik xavfsiz ta’mir mahsulotlari va energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llash afzalliklari, kredit shartlari, kredit olish bosqichlari haqida Kompaniya va bank xodimlari tomonidan tushuntirishlar berib o'tildi. Shu kredit orqali xonadonini ta'mir qilgan Namanganlik mijoz tajribasi o'rganildi.

👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Yashil ta’mir — sog‘lom va ekologik uy sari qadam!
Ta’mir qilishda faqat qulaylik emas, balki sog‘liq va tabiat haqida ham o‘ylash kerak.
👉 Tabiiy va ekologik xavfsiz mahsulotlar
👉 Energiya tejovchi texnologiyalar
👉 Qayta ishlangan materiallar
Bu — nafaqat tabiatni asraydi, balki siz va oilangiz uchun ham xavfsiz muhit yaratadi. 🍃
#Yashil_Tamir

👍8👏2🤩2
🏘 Oʻzbekistonda uy-joy qurilishi haqida muhim raqamlar:
🔹 2018-yildan beri 430 mingdan ortiq yangi uylar foydalanishga topshirildi. Uy-joy bilan taʼminlash aholi jon boshiga 18% ga oshdi.
🔹 2024-yilda jami 40,5 mln kv.m bino va inshootlar qurildi. Shundan:
• 21,4 mln kv.m – turar joylar
• 19,1 mln kv.m – noturar obyektlar
👨👩👧👦 Bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni 19 kv.m ga yetdi (2020-yilda 16 kv.m edi).
🔹 2025-yilda 130 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar topshirilishi reja qilingan.
➕ Yangi Toshkentda qoʻshimcha 15 ming xonadon quriladi va bu qurilishda “Yashil” texnologiyalar qoʻllaniladi.
Batafsil
#infografika

👍3🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏅 Jamoa birligi – muvaffaqiyat kaliti!
Kompaniya xodimlari uchun jamoaviy ruhni mustahkamlash, bir-birini yanada yaxshiroq tushunish va ishonchni kuchaytirish maqsadida navbatdagi teambuilding tadbiri tashkil etildi. Navbatdagi ushbu tadbir sport ruhida, yuqori kayfiyatda va faol ishtirok ostida o‘tkazildi.🎉
Tadbir davomida turli sport musobaqalari va jamoaviy bellashuvlar tashkil etilib, xodimlar o‘zlarining chaqqonligi, chidamliligi va eng muhimi – jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
🏆 G‘olib jamoalar alohida taqdirlandi. Biroq bu musobaqaning eng katta yutug‘i – bu birgalikda yaratilgan yangi tajriba, mustahkam do‘stlik va jamoa ichidagi uyg‘unlik bo‘ldi.
✨Bu kabi tashabbuslar Kompaniyada sog‘lom muhit, faol muloqot va jamoaviy birdamlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
#TeamBuilding #Sport #Birlik #Kompaniya

🔥11👏3👍2🎉1🤩1
📊Qayta moliyalashtirilgan portfelning ba'zi guruhlar bo‘yicha taqsimlanishi.
🔹 2025-yil 2-choragida qayta moliyalashtirilgan kreditlarning 35,4% ayollar va 64,6% erkaklar tashkil qiladi.
🏠 2025-yil 2-chorakda ta'mirlash uchun ajratilgan kreditlar tarkibida ayollarning ulushi 47,8%ni tashkil etdi.
#infografika
Telegram / Website / LinkedIn
🔹 2025-yil 2-choragida qayta moliyalashtirilgan kreditlarning 35,4% ayollar va 64,6% erkaklar tashkil qiladi.
🏠 2025-yil 2-chorakda ta'mirlash uchun ajratilgan kreditlar tarkibida ayollarning ulushi 47,8%ni tashkil etdi.
#infografika
Telegram / Website / LinkedIn
👍3🔥1👏1🤩1
📢 Kompaniya o‘zining birinchi “Yashil” korporativ obligatsiyalari bo‘yicha investorlarga IV davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lab berdi.
💡 2024-yil 16-sentabrda 5 yil muddatga chiqarilgan 50 mlrd so‘mlik obligatsiyalar:
🔹20 ta 3 oylik davrda foiz to‘lovlari bilan ta’minlangan;
🔹ICMA tamoyillariga muvofiq “AIFC Green Finance Center” tomonidan tasdiqlangan;
🔹Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan.
Batafsil
#Rasmiy_axborot

👍5❤1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi o‘rtasida banklarda kredit olish jarayonlari murakkab degan qarashlar mavjud. Aslida ham shundaymi?
📊 Ko‘pchilik fuqarolar kredit olishga uringanida, bu jarayon murakkab, tushunarsiz yoki juda ko‘p hujjat talab qilinadi deb o‘ylashadi. Bugun biz aynan shu mavzuda bank xodimi bilan batafsil suhbat qurib, aynan yashil ta'mir ipoteka krediti olgan mijoz misolida jarayonlarni tahlil qildik.
📽 Bank xodimi bilan intervyuni tomosha qiling – unda siz kredit olishning aslida qanday bosqichlardan iboratligi, qanday hujjatlar talab qilinishi va oylik to'lovlar kabi siz uchun foydali bo'lgan ma'lumotlar haqida batafsil ma’lumot olasiz.
Videoni tomosha qilib, kredit olishdagi noaniqliklardan xalos bo‘ling!
To‘liq videoni buyerda ko‘ring
#yashil_tamir

👍4❤2🔥1👏1
Kompaniya o’zining V emissiyasi doirasida chiqarilgan Korporativ obligatsiyalari bo‘yicha II davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini investorlarga to‘lab berdi.
Ma'lumki, 2025-yil mart oyida Kompaniya o‘z kapitali doirasida 3 yil muddatga 200 milliard so‘m miqdoridagi Korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarib, investorlar o‘rtasida to‘liq joylashtirgan edi. Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 3 oylik 12 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.
❗️Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan.

👍5❤1👏1
Kompaniya bugundan boshlab norasmiy daromadga ega bo‘lgan mijozlarga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ydi.
🔹Mazkur mexanizm Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, hamkor tijorat banklariga ipoteka kreditlarini yanada kengroq qatlamga taqdim etish imkonini beradi.
📄💵 Yangi amaliyotning joriy etilishi rasmiy daromad hujjatlarini taqdim eta olmaydigan, biroq barqaror daromad manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ipoteka kreditidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
🌟 Ushbu yangi mahsulot aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanib, ipoteka bozorini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

👏7👍4❤1🔥1🎉1🤩1
“UMRC SPV” MChJ kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “UMRC SPV” MChJni ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
“UMRC SPV” MChJ Kompaniya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy faoliyati – O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalarini chiqarishdan iborat.
“UMRC SPV” MChJning asosiy vazifalari:
tijorat banklaridan ipoteka kreditlari jamlanmalarini balansiga qabul qilish;
ushbu jamlanmalar ta’minoti ostida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish.
Mazkur tashabbus milliy kapital bozorini yanada rivojlantirish, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish va aholining uy-joy bilan ta’minlanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

❤4👏4👍2
Kompaniya 5-Osiyo Moliya Forumida ishtirok etdi.
🌍 Bugun Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) tomonidan tashkil etilgan 5-Osiyo Moliya Forumi doirasida “Arzon va ekologik barqaror uy-joylarni rivojlantirish: siyosat va bozorlar” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.
📌 Tadbirda Kompaniya Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov ham nutq so‘zlab, mamlakatda yashil moliyalashtirish amaliyotlarini joriy etish, ipoteka bozorida innovatsion mexanizmlarni rivojlantirish va barqaror uy-joy qurilishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
🌱 Ushbu forum natijalari O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hamda yashil va energiya tejamkor uy-joylar bozorini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

👍5❤2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompaniya va YeTTB o‘rtasida strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Kuni kecha Kompaniya va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) o‘rtasida strategik moliyaviy hamkorlik yuzasidan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda YeTTBning Moliyaviy tashkilotlar bilan ishlash sektori direktori George Orlov boshchiligidagi delegatsiya hamda Kompaniya Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov rahbarligidagi Kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida mandat xati imzolandi, bu hujjatga ko‘ra, YeTTB tomonidan Kompaniyaga milliy valyutada 40 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdorida uzoq muddatli kredit liniyasini ajratish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.
Mazkur mablag‘ Kompaniyaning hamkor tijorat banklari tomonidan aholiga ajratiladigan uy-joy va ta'mir ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Batafsil
#UZMRC #YeTTB #ipoteka #uyjoy #hamkorlik #moliyaviybarqarorlik

👍3🔥2❤1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni muborak! 🌸
📚 Ustoz — hayot yo‘lida yo‘lboshchi, qalblarimizga nur sochuvchi, orzu-intilishlarimizni parvozga chorlovchi buyuk zotdir.
🔹Kompaniya jamoasi nomidan barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan tabriklaymiz!
💐Sizlarga sihat-salomatlik, bardavom sabr-toqat va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🌟 Sizning mehringiz va saboqlaringiz biz uchun eng katta boylikdir!

❤5👍2🔥2🎉2
🏢 Kompaniya Olmaotadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
📅 29–30 sentabr kunlari Olmaotada o‘tkazilgan “Uy-joy qurilish jamg‘armalari: ilg‘or tajribalar va strategik yetakchilik” xalqaro konferensiyasi doirasida Kompaniya Bosh ijrochi direktori o‘rinbosari "Markaziy Osiyo uchun yo‘l xaritasi" mavzusidagi panel muhokamasida qatnashdi.
💬 Muhokamada O‘zbekistonning uy-joy qurilish jamg‘armalari tizimidagi tajribasi, ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi yutuqlari va istiqbollari taqdim etildi.
✅ Ishtirokchilar O‘zbekistonda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadilar.

👍4🔥1👏1
📊 Qarz oluvchilarning moliyaviy barqarorligi tahlili.
🔹 2025-yil II choragida 10–15 mln so‘m daromad guruhining ulushi 36% ga yetdi – bu eng yuqori ko‘rsatkich.
🔹 5–10 mln so‘m guruh ulushi esa 49% gacha kamaydi, <5 mln daromadli qarz oluvchilar ulushi 15% ni tashkil etdi.
➡️ Bu aholining moliyaviy salohiyati o‘sib borayotganidan dalolat beradi.
📌 Qarz oluvchilarning 69,6% ulushi oylik sof daromadlarining 45% dan kamini ipoteka kreditlariga sarflaydi.
📌 30,4% esa daromadining yarmigacha bo‘lgan qismini kredit to‘lovlariga yo‘naltirmoqda.