O'ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI
1.15K subscribers
321 photos
128 videos
301 links
"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanali

🌐 www.uzmrc.uz
📧 info@uzmrc.uz
linkedin.company/uzmrc/

📍100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko'chasi, 107B
☎️ 78 148 30 00
Download Telegram
📢 Mahalliy kapital bozorida yangi instrument – Ipoteka obligatsiyalari!

🇺🇿 Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tashabbusi bilan 2025-yil 14-iyuldan boshlab “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipotekani sekyuritizatsiya qilish va ipotekaga asoslangan obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi yo'lga qo'yiladi. Batafsil

Bu orqali Kompaniyaga Respublikamizda dastlabki Ipoteka obligatsiyalarini muomalaga chiqarish imkoniyati yaratilmoqda

🏦 Ishtirokchi banklar:
• O‘zmilliybank
• Asakabank
• O‘zsanoatqurilishbank
• Xalq banki
• Agrobank

🎯 Maqsadlar:
• Ipoteka kreditlarini bozor tamoyillari asosida moliyalashtirish mexanizmini shakllantirish;
• Sekyuritizatsiya boʼyicha amaliy tajriba toʼplash;
• Ipoteka obligatsiyalari bozorini bosqichma-bosqich shakllantirishga asos yaratish;

📊 Bu loyiha mahalliy kapital bozorini rivojlantirish va banklar uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslarni kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi.

Telegram / Website / LinkedIn
👏42🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

#ekspert_javobi

Yashil ta'mir krediti oddiy (yoki an'anaviy) ta'mir kreditidan qanday farq qiladi?


Yashil ta’mir krediti – bu energiya samaradorligini oshirish va ekologik toza texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun beriladigan imtiyozli kredit turidir.

Ushbu savolga “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tahlilchisi Sherzod Davronov batafsil javob berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73👏3🔥1
⚡️Islomiy moliyaning poydevori: Malayziya tajribasi va O'zbekistonning strategik qadami.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi hamda Kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya 2025-yil 14–18-iyul kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga xizmat safarini amalga oshirdi.

Mazkur safar Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Inklyuziv moliya sektorini rivojlantirish dasturi” doirasida, Islom taraqqiyot bankining Kuala-Lumpurdagi ilg‘or tajriba markazi (Kuala Lumpur Center of Excellence) va INCEIF universiteti huzuridagi ISRA Consulting kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Safar davomida “Islomiy moliyani tartibga solish va ekotizimni rivojlantirish” mavzusida maxsus o‘quv dasturi amalga oshirildi. Dastur doirasida islomiy moliyaviy xizmatlar sohasidagi xalqaro standartlar va Malayziya tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👍52👏2🔥1
⚡️Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-sonli Farmoniga muvofiq, Kompaniya korporativ obligatsiyalari hamda Kompaniyaning maxsus vakolatli tashkiloti ipoteka obligatsiyalaridan REPO instrumenti sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi.

📃Ushbu Farmon doirasida Markaziy bank bilan Tijorat banklari oʼrtasida REPO operatsiyalarini amalga oshirishda davlat qimmatli qogʼozlari bilan bir qatorda Kompaniya korporativ obligatsiyalari hamda Kompaniyaning maxsus vakolatli tashkiloti ipoteka obligatsiyalaridan foydalanish amaliyoti yoʼlga qoʼyildi.

🔥Bunda, Kompaniyaning ikkinchi emissiyasi doirasida chiqarilgan korporativ obligatsiyalar investori hisoblangan “Hamkorbank” ATB sotib olgan obligatsiyalarning bir qismini Markaziy bank bilan REPO amaliyoti doirasida joriy yilning 16-iyul kuni O‘zRVB platformasi orqali muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👍41🔥1👏1🤩1
Kompaniya Risk Menejerlari Kuala Lumpurda: Cagamas Berhad Tajribasini O‘rganmoqda.

🏢 Kompaniya risk menejerlari, risklarni boshqarish tizimini xalqaro ilg‘or amaliyotlarga muvofiq takomillashtirish va joriy etish maqsadida, Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida joylashgan, Kompaniyaga turdosh bo‘lgan Cagamas Berhad Milliy Ipoteka Korporatsiyasida o‘quv treningda faol qatnashmoqda.

📊 Ushbu treningda ishtirokchilar kredit riskini boshqarish, likvidlilik riskini nazorat qilish, bozor risklarini tahlil qilish hamda operatsion risklarni aniqlash va kamaytirish jarayonlarini chuqur o‘rganmoqdalar.

📚 Bu o‘quv trening Kompaniya uchun nafaqat risklarni boshqarish bo‘yicha samarali xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish, balki mamlakatimiz ipoteka bozorining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirish uchun muhim qadam bo'lmoqda.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👍4🔥2👏2🤩1
"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.

"Yashil ta'mir" ipoteka krediti mahsuloti doirasida hamkor banklar soni ortib bormoqda. Endilikda mazkur dastur bo‘yicha qayta moliyalashtirish jarayonlariga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB (BRB) ham qo‘shildi.

BRB bilan imzolangan hamkorlik doirasida fuqarolar energiya tejamkor qurilish materiallari va jihozlari asosida uylarda ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli, qulay va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ushbu mahsulot, bir tomondan aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan — mamlakatimizda ekologik barqarorlik va energiya tejamkorlik tamoyillarini keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.
green.uzmrc.uz

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
BRB-"Yashil ta'mir"

Telegram / Website / LinkedIn
👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡"Yashil ta'mir" bilan kelajak sari dadil qadamlar.

🚪🪟"Yashil ta'mir" ipoteka krediti orqali xonadoningizni energiya tejamkor va ekologik toza mahsulotlardan foydalangan holda ta'mirlashingiz mumkin.

👷‍♂️🪚⛏️Qolaversa kredit summasining 50% qismini an'anaviy ta'mirga ham sarflasangiz bo'ladi.

Kredit shartlari:

●Muddati: 10 yilgacha
●Miqdori: 310 mln so'mgacha
●Foiz stavkasi: 19%
●Boshlang'ich to'lov: 0%

Batafsil ma'lumotlar uchun quyidagi tijorat banklariga murojaat qiling:

■ Xalqbanki
■ Agrobank
■ Hamkorbank
■ OFB
■ InFinBank
■ Turonbank
■ BRB

green.uzmrc.uz

Telegram / Website / LinkedIn
👍3👏21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.

Kompaniya tomonidan tijorat banklarining chakana kreditlash bo‘yicha mas’ul vakillari uchun tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda joriy ipoteka mahsulotlari hamda “Yashil ta’mir” dasturining moliyaviy imkoniyatlari keng qamrovda muhokama qilindi.

Taqdimotda Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlarining asosiy shartlari, ularning moliyaviy manbalari va tijorat banklari orqali aholi uchun taqdim etilish tartibi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda "Energiya samaradorligi milliy agentligi" vakillari ham ishtirok etib, “Yashil ta’mir” ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya mexanizmini tushuntirdilar. Ushbu mexanizmga ko‘ra, mijozlar tomonidan amalga oshirilgan energiya samaradorlikka yo‘naltirilgan ta’mirlash xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👍3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Yangi ish haftasi muborak!

Yangi kun – yangi imkoniyatlar degani. Harakatdan to‘xtamang, maqsad sari dadil qadam tashlang.
Baraka, samaradorlik va ilhomli kunlar tilaymiz! 💼🚀

#IshHaftasi #Motivatsiya #YangiBoshlanish #Baraka

Telegram / Website / LinkedIn
👍4👏2🎉2
Ekologik risklarni baholash va ijtimoiy standartlar: banklar uchun amaliy trening

Kompaniya tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va NBT Consulting kompaniyasi hamkorligida tijorat banklarining ekologiya bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun amaliy o‘quv trening tashkil etildi.

Mazkur treningda ipoteka kreditlarini ajratish jarayonida loyihalarning ekologik va ijtimoiy ta’sirini aniqlash, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni oldini olish va mavjud qonunchilikdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda risklarni baholash masalalari chuqur tahlil qilindi.

Batafsil

Telegram / Website / LinkedIn
👍3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡"Yashil ta'mir" bilan yashil kelajak sari.

🚪🪟"Yashil ta'mir" ipoteka krediti orqali xonadoningizni energiya tejamkor va ekologik toza mahsulotlardan foydalangan holda ta'mirlashingiz mumkin.

Kredit shartlari:

●Muddati: 10 yilgacha
●Miqdori: 310 mln so'mgacha
●Foiz stavkasi: 19%
●Boshlang'ich to'lov: 0%

Batafsil ma'lumotlar uchun quyidagi tijorat banklariga murojaat qiling:

■ Xalqbanki
■ Agrobank
■ Hamkorbank
■ OFB
■ InFinBank
■ Turonbank
■ BRB

green.uzmrc.uz

Telegram / Website / LinkedIn
👍4👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yashil Ta'mir - Yashil kelajak!

Kredit shartlari:

●Muddati: 10 yilgacha
●Miqdori: 310 mln so'mgacha
●Foiz stavkasi: 19%
●Boshlang'ich to'lov: 0%

Yashil Ta'mir mahsulotlari:

●Quyosh panellari
●Derazalarni almashtirish
●Eshikni almashtirish
●Qozonni almashtirish
●Devor izolyatsiyasi
●Tom izolyatsiyasi
●Issiqlik nasosi
●Havo sovutish (konditsioner)
●Quyoshli suv isitgich (kollektor)

Batafsil ma'lumotlar uchun quyidagi tijorat banklariga murojaat qiling:

■ Xalqbanki
■ Agrobank
■ Hamkorbank
■ OFB
■ InFinBank
■ Turonbank
■ BRB

#Yashil_Tamir #Siz_soragan_edingiz

Telegram / Website / LinkedIn
3👍1
🏘 Oʻzbekiston uy-joy bozori tahlili.

📊 Kompaniya tahliliy ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil II chorak holatiga mamlakat bo‘ylab uy-joy narxlari quyidagicha shakllangan:

📈 Qiziqarli kuzatuvlar:

Toshkent shahri nafaqat eng qimmat uy-joy bozori, balki ijarada ham yetakchi.
Samarqand va Navoiy hududlarida ham narxlar o‘rtacha darajadan yuqori.
Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Namangan hududlarida esa uy-joylar eng arzon toifaga kiradi.

💡 Xulosa o'rnida aytish mumkinki, uy-joy bozoridagi narxlar mintaqalar o‘rtasida keskin farq qiladi. Bu esa investorlar, uy xaridorlari va ijarachilar uchun strategiyani hududga qarab tanlash muhimligini ko‘rsatadi.

#UyJoyBozori #UyJoyNarxlari #IjaraNarxlari

Telegram / Website / LinkedIn
👍5