OTB vitse-prezidenti Kompaniyada: Ipoteka bozoriga xalqaro ishonch ortmoqda.
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) vitse-prezidenti, bozor yechimlari bo‘yicha yo'nalish rahbari janob Bhargav Dasgupta boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida Kompaniya rahbariyati bilan ham uchrashuv bo’lib bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2025-yil 16–21iyun kunlari davom etayotgan OTBning yuqori darajadagi missiyasi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda ipoteka moliyasini rivojlantirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari hamda istiqboldagi rejalar, kapital bozorlarini chuqurlashtirish borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Janob Dasgupta Kompaniyaning O‘zbekiston ipoteka bozorini isloh qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash borasidagi tashabbuslari nihoyatda e’tiborga loyiqligini hamda Kompaniya va OTB hamkorligi bardavom bo'lishini ta'kidladi.
Telegram / Website / LinkedIn

👏8👍4❤2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompaniya “Eco Expo 2025” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
2025-yilning 19-21 iyun kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan “Eco Expo 2025” xalqaro ko‘rgazmasida Kompaniya ham faol ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida Kompaniya tomonidan “Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari mahsuloti taqdim etilmoqda. Mazkur ipoteka mahsuloti ekologik toza, energiya tejamkor va barqaror uy-joy infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔹 Stendimizda mehmonlar quyidagilar bilan tanishishlari mumkin:
✅ “Yashil ta’mir” kreditining afzalliklari va talablari.
✅ Mijozlar tajribasi asosidagi real misollar.
✅ Barqaror moliyalashtirish yo‘nalishidagi yondashuvlar.
Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish orqali Kompaniya nafaqat o‘z tajribasini namoyish etish, balki ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi hamkorlar bilan yangi aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
Yashil ta'mir – yashil kelajak sari moliyaviy poydevor!

🔥8👍4❤1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨👩👧👦 Birgalikda — biz bir oilamiz!
🎉 Kompaniya xodimlari va ularning farzandlari ishtirokida tashkil etilgan samimiy va do‘stona muhitdagi “Birgalikda — biz bir oilamiz” nomli jamoaviy tadbir unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi!
🤝 Tadbirning asosiy maqsadi — jamoa ruhini mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni oshirish, eng muhimi esa oila qadriyatlarini ulug‘lash edi. Ota-onalar ish joyidagi jamoasi bilan, farzandlar esa bir-birlari bilan tanishib, vaqtni mazmunli o‘tkazishdi.
🎈 Dastur davomida:
▪️ qiziqarli o‘yinlar;
▪️ kvestlar;
▪️ fokus chiqishlari;
▪️ oila va jamoaga bag‘ishlangan iliq suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
💚 Bu kabi tadbirlar jamoamizni yanada yaqinlashtiradi, har bir xodimning o‘zini katta oilaning muhim bir a’zosi sifatida his etishiga yordam beradi.

👍9👏4❤1
Forwarded from Energiya samaradorligi milliy agentligi
"Yashil ta'mir"dan chiqqan uy namunasi haqida Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan tayyorlangan animatsion videorolik📱
https://youtu.be/5ccTPwKjWYM
https://youtu.be/5ccTPwKjWYM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Energosamarador uy namunasi
"Yashil ta'mir"dan chiqarilgan uy namunasi
👍9👏1
Kompaniya o’zining II emissiyasi doirasida chiqarilgan Korporativ obligatsiyalari bo‘yicha II davr uchun hisoblangan foiz to‘lovlarini investorlarga to‘lab berdi.
Ma'lumki, 2024-yil iyun oyida Kompaniya o‘z kapitali doirasida 3 yil muddatga 150 milliard so‘m miqdoridagi Korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarib, investorlar o‘rtasida to‘liq joylashtirgan edi.
Joylashtirilgan obligatsiyalar bo‘yicha foiz to‘lovlari investorlarga har biri 6 oylik 6 ta oraliq davrlarga bo‘lingan holda to‘lanishi belgilangan.
👆Eslatma: Kompaniya tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritilgan.
#rasmiy_axborot

🔥6❤1👍1
▫️▫️▫️▫️▫️
🌱Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari — toza kelajak sari muhim qadam
Quyosh, shamol va suv kabi tabiiy manbalarga asoslangan energiya qurilmalari ekologik tozaligi, yangilanuvchanligi va iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turadi.
🔋 Quyosh panellari — quyosh nuridan elektr energiyasi ishlab chiqaradi
🌞 Quyosh suv isitish qurilmalari — quyosh nurlari orqali suv isitadi
💨 Shamol generatorlari — shamol kuchidan elektr energiyasi hosil qiladi
💧 Mini GESlar — suv oqimi hisobiga energiya ishlab chiqaradi
📌 Ularning afzalliklari:
✅ Atrof-muhitni ifloslantirmaydi;
♻️ Cheksiz va doimiy yangilanib turadi;
💰 Energiya xarajatlarini kamaytiradi;
🌍 Barqaror yashil kelajakni ta’minlaydi.
Batafsil: https://xn--r1a.website/esma_news
#YashilKelajak #QaytaTiklanuvchiEnergiya
#EnergiyaTejamkorlik #ESMA

❤7👍2
📢 Mahalliy kapital bozorida yangi instrument – Ipoteka obligatsiyalari!
🇺🇿 Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tashabbusi bilan 2025-yil 14-iyuldan boshlab “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipotekani sekyuritizatsiya qilish va ipotekaga asoslangan obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi yo'lga qo'yiladi. Batafsil
Bu orqali Kompaniyaga Respublikamizda dastlabki Ipoteka obligatsiyalarini muomalaga chiqarish imkoniyati yaratilmoqda
🏦 Ishtirokchi banklar:
• O‘zmilliybank
• Asakabank
• O‘zsanoatqurilishbank
• Xalq banki
• Agrobank
🎯 Maqsadlar:
• Ipoteka kreditlarini bozor tamoyillari asosida moliyalashtirish mexanizmini shakllantirish;
• Sekyuritizatsiya boʼyicha amaliy tajriba toʼplash;
• Ipoteka obligatsiyalari bozorini bosqichma-bosqich shakllantirishga asos yaratish;
📊 Bu loyiha mahalliy kapital bozorini rivojlantirish va banklar uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslarni kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi.

👏4❤2🔥2
Forwarded from Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekspert_javobi
❓Yashil ta'mir krediti oddiy (yoki an'anaviy) ta'mir kreditidan qanday farq qiladi?
Yashil ta’mir krediti – bu energiya samaradorligini oshirish va ekologik toza texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun beriladigan imtiyozli kredit turidir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3👏3🔥1
⚡️Islomiy moliyaning poydevori: Malayziya tajribasi va O'zbekistonning strategik qadami.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi hamda Kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya 2025-yil 14–18-iyul kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga xizmat safarini amalga oshirdi.
Mazkur safar Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Inklyuziv moliya sektorini rivojlantirish dasturi” doirasida, Islom taraqqiyot bankining Kuala-Lumpurdagi ilg‘or tajriba markazi (Kuala Lumpur Center of Excellence) va INCEIF universiteti huzuridagi ISRA Consulting kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Safar davomida “Islomiy moliyani tartibga solish va ekotizimni rivojlantirish” mavzusida maxsus o‘quv dasturi amalga oshirildi. Dastur doirasida islomiy moliyaviy xizmatlar sohasidagi xalqaro standartlar va Malayziya tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil

👍5❤2👏2🔥1
⚡️Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-sonli Farmoniga muvofiq, Kompaniya korporativ obligatsiyalari hamda Kompaniyaning maxsus vakolatli tashkiloti ipoteka obligatsiyalaridan REPO instrumenti sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi.
📃Ushbu Farmon doirasida Markaziy bank bilan Tijorat banklari oʼrtasida REPO operatsiyalarini amalga oshirishda davlat qimmatli qogʼozlari bilan bir qatorda Kompaniya korporativ obligatsiyalari hamda Kompaniyaning maxsus vakolatli tashkiloti ipoteka obligatsiyalaridan foydalanish amaliyoti yoʼlga qoʼyildi.
🔥Bunda, Kompaniyaning ikkinchi emissiyasi doirasida chiqarilgan korporativ obligatsiyalar investori hisoblangan “Hamkorbank” ATB sotib olgan obligatsiyalarning bir qismini Markaziy bank bilan REPO amaliyoti doirasida joriy yilning 16-iyul kuni O‘zRVB platformasi orqali muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

👍4❤1🔥1👏1🤩1
Kompaniya Risk Menejerlari Kuala Lumpurda: Cagamas Berhad Tajribasini O‘rganmoqda.
🏢 Kompaniya risk menejerlari, risklarni boshqarish tizimini xalqaro ilg‘or amaliyotlarga muvofiq takomillashtirish va joriy etish maqsadida, Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida joylashgan, Kompaniyaga turdosh bo‘lgan Cagamas Berhad Milliy Ipoteka Korporatsiyasida o‘quv treningda faol qatnashmoqda.
📊 Ushbu treningda ishtirokchilar kredit riskini boshqarish, likvidlilik riskini nazorat qilish, bozor risklarini tahlil qilish hamda operatsion risklarni aniqlash va kamaytirish jarayonlarini chuqur o‘rganmoqdalar.
📚 Bu o‘quv trening Kompaniya uchun nafaqat risklarni boshqarish bo‘yicha samarali xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish, balki mamlakatimiz ipoteka bozorining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirish uchun muhim qadam bo'lmoqda.

👍4🔥2👏2🤩1
"Yashil ta'mir" ipoteka krediti dasturiga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB ham qo‘shildi.
"Yashil ta'mir" ipoteka krediti mahsuloti doirasida hamkor banklar soni ortib bormoqda. Endilikda mazkur dastur bo‘yicha qayta moliyalashtirish jarayonlariga "Biznesni rivojlantirish banki" ATB (BRB) ham qo‘shildi.
BRB bilan imzolangan hamkorlik doirasida fuqarolar energiya tejamkor qurilish materiallari va jihozlari asosida uylarda ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli, qulay va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ushbu mahsulot, bir tomondan aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan — mamlakatimizda ekologik barqarorlik va energiya tejamkorlik tamoyillarini keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.
green.uzmrc.uz
Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
BRB-"Yashil ta'mir"

👍5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡"Yashil ta'mir" bilan kelajak sari dadil qadamlar.
🚪🪟"Yashil ta'mir" ipoteka krediti orqali xonadoningizni energiya tejamkor va ekologik toza mahsulotlardan foydalangan holda ta'mirlashingiz mumkin.
👷♂️🪚⛏️Qolaversa kredit summasining 50% qismini an'anaviy ta'mirga ham sarflasangiz bo'ladi.
✅Kredit shartlari:
●Muddati: 10 yilgacha
●Miqdori: 310 mln so'mgacha
●Foiz stavkasi: 19%
●Boshlang'ich to'lov: 0%
Batafsil ma'lumotlar uchun quyidagi tijorat banklariga murojaat qiling:
■ Xalqbanki
■ Agrobank
■ Hamkorbank
■ OFB
■ InFinBank
■ Turonbank
■ BRB

👍3👏2❤1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil ta’mir” ipoteka kreditlari va subsidiya mexanizmlari: banklar bilan amaliy muloqot.
Kompaniya tomonidan tijorat banklarining chakana kreditlash bo‘yicha mas’ul vakillari uchun tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda joriy ipoteka mahsulotlari hamda “Yashil ta’mir” dasturining moliyaviy imkoniyatlari keng qamrovda muhokama qilindi.
Taqdimotda Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlarining asosiy shartlari, ularning moliyaviy manbalari va tijorat banklari orqali aholi uchun taqdim etilish tartibi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbirda "Energiya samaradorligi milliy agentligi" vakillari ham ishtirok etib, “Yashil ta’mir” ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya mexanizmini tushuntirdilar. Ushbu mexanizmga ko‘ra, mijozlar tomonidan amalga oshirilgan energiya samaradorlikka yo‘naltirilgan ta’mirlash xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

👍3🔥1👏1