Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Gazprom chiqib ketmoqda
Bloomberg xabariga ko’ra,
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Turkiyani Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hub sifatida foydalanish rejasini to‘xtatmoqda. Ushbu loyiha Rossiya gazining Yevropa bozorlariga qayta kirishining bir yo‘li sifatida ko‘rilgan edi. Biroq tahlilchilarga ko‘ra, kompaniya endilikda bu rejani amalga oshirib bo‘lmasligini tan olmoqda. Bunga sabab sifatida a) Turkiyaning cheklangan eksport quvvatlari; b) Anqaraning “Gazprom” bilan birgalikda gaz sotishga tayyor emasligi va d) Yevropa Ittifoqining 2027-yil oxirigacha Rossiya gazini import qilishni taqiqlash bo‘yicha taklifi ko‘rsatilmoqda.
Politico nashriga ko‘ra esa, Rossiya suyultirilgan tabiiy gazining Yevropadagi eng yirik importchilari bo‘lgan Fransiya va Belgiya iqtisodiy sabablarga ko’ra hozircha bu taklifni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortmoqda.
@erontahlili

❤18👍10👎5🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg’izlar Lenin bilan xayrlashmoqda
7-iyun kuni Qirg‘izistonning aholi soni bo‘yicha ikkinchi yirik shahri — O‘shda, Markaziy Osiyodagi eng yirik Lenin haykali demontaj qilindi. Rasmiylarga ko‘ra, bu faqat “ko‘chirish” bo‘lsa-da, voqeaning mohiyati nafaqat me’moriy, balki mafkuraviy o‘zgarishni ham anglatadi.
Ushbu haykal 1975-yilda shahar va viloyat hokimligi binosi oldida o‘rnatilgandi. Uning olib tashlanishi Qirg‘izistonda kuchayib borayotgan tarixiy merosni qayta ko‘rib chiqish va milliy o‘zlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy tendensiyaga to‘liq mos tushadi.
Bugungi kunda respublikada sovet ramzlari tobora ko‘proq milliy qahramonlar haykallari bilan almashtirilmoqda, ruscha joy nomlari esa asl qirg‘izcha nomlarga o‘zgartirilmoqda. Bu jarayon jamiyatni mustamlakachilikdan tozalashga intilishni, shu bilan birga, tarixiy xotirani mustaqil ravishda shakllantirish istagini aks ettiradi.
Qiziq tomoni shundaki, O‘sh hokimiyati haykalni olib tashlash “siyosiy harakat emas”, deb bayonot berdi va Rossiyadagi shunga o‘xshash holatlarni misol sifatida keltirdi. Biroq ayni vaqtda Rossiya mutlaqo qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilmoqda — geosiyosiy izolyatsiya va Ukraina urushi sharoitida mamlakatda sovet “yetakchilari” obrazlari faol tiklanmoqda. Masalan, yaqinda Vologda viloyatining o’zida Iosif Stalin haykalining ikkinchisi o‘rnatildi.
Demak, O‘shdagi Lenin haykalining demontaji oddiygina estetika yoki shaharning obodonlashtirilishi bilan bog‘liq emas. Bu — postsovet davlatlarida o‘zlikni qayta anglash va ramziy suverenitet sari intilishni aks ettiruvchi siyosiy-madaniy ishoradir.
Strategic Focus: Central Asia

👍59👏17❤12🔥7💯2👎1🎉1
Tolibon dronlari: Yevroosiyodagi tahdidlarning yangi bosqichi
H.Baxriyeva, mustaqil ekspert
Radikal harakatlarning uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) rivojlantirishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik tizimi uchun yangi tahdid shakllanayotganidan dalolat beradi. Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Tolibon Rossiya, Xitoy, Turkiya, Belarus va boshqa davlatlardan jalb etilgan mutaxassislar yordami bilan kamikadze dronlarini ishlab chiqish dasturini yo‘lga qo‘ygan. Yangi dronlar Afg‘onistondagi sobiq G‘arb harbiy bazalarida ishlab chiqilmoqda va ular allaqachon chegara orti hujumlarida qo‘llangan (Pokiston).
Radikal tuzumning texnologik institutsionalizatsiyasi
Xabarlarga ko‘ra, Tolibon tomonidan Britaniya maxsus kuchlari ishlatgan Logar viloyatidagi SAS bazasi hamda AQSHning Camp Phoenix bazasi dronlarni sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarish markazlariga aylantirilgan. Shu tarzda, avval terrorizmga qarshi kurashga xizmat qilgan infratuzilma endilikda uning rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu vaziyat postkonflikt muhitida xalqaro nazoratning yo‘qligi sababli radikal tuzumlarning texnologik jihatdan mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.
Kadrlar va intellektual salohiyat
Dronlar Afg‘onistonda NATO davrida texnik ta’lim olgan mahalliy muhandislar hamda xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilmoqda. Ayrim muhandislarning global terror tarmoqlari bilan aloqasi borligi aytilmoqda. Masalan, Britaniya razvedkasi avval MI6 bilan hamkorlik qilgan, endilikda esa Tolibon tomonidan yollanmoqchi bo‘lgan muhandis haqida ogohlantirmoqda. Shunday qilib, loyiha turli manbalardan ozuqa olayotgan kompleks kadr salohiyatiga ega.
Tizimli tahdidlar
Tolibonning dron dasturi bir necha muhim xavf manbalarini yuzaga chiqarmoqda:
1) Mintaqaviy beqarorlikning kuchayishi: dronlar Pokistan harbiylariga qarshi ishlatilgani haqidagi xabarlar mintaqaviy xavfsizlik uchun jiddiy tahdiddir.
2) Radikal kuchlarning texnologik mustaqillikka erishishi: MQ-9 Reaper va Shahed-136 kabi dron modellarining nusxasi orqali Tolibon strategik qurollanish bosqichiga o‘tyapti.
3) Texnokratik transchegaraviy tarmoqlarning shakllanishi: xorijlik mutaxassislarning jalb qilinishi Tolibonning xalqaro darajada harbiy texnologiyalarga kirish imkonini ko‘rsatadi.
4) Harbiy texnika eksporti ustidan xalqaro nazoratning zaiflashuvi: Xitoy va Turkiyadan dron qismlarining xarid qilinishi mavjud nazorat mexanizmlarining samarasizligini ko‘rsatmoqda.
Geosiyosiy oqibatlar
Radikal kuchlarning texnologik qurollanishi Yevroosiyodagi an’anaviy xavfsizlik arxitekturasini yemirmoqda. Rasmiy jihatdan Tolibonni tan olmagan, biroq amalda uning texnologik loyihalariga to‘sqinlik qilmayotgan davlatlar ushbu tendensiyani kuchaytirmoqda.
Shu munosabat bilan, ushbu tahdidga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish zarur:
Birinchidan, Afg‘onistondagi harbiy infratuzilmalar ustidan razvedka monitoringini qayta yo‘lga qo‘yish.
Ikkinchidan, Tolibonning dron dasturini qo‘llab-quvvatlayotgan uchinchi davlatlarga nisbatan sanksiyalar va cheklov choralarini ko‘rish.
Uchinchidan, radikal texnologik markazlarni kiber va logistika jihatdan izolyatsiya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlar yaratish.
To’rtinchidan, dronlar kabi yuqori texnologiyalarning terror guruhi qo‘liga o‘tishini monitoring qilish uchun ekspert platformalari tashkil etish.
Tolibonning dron-texnologiyalarini ishlab chiqish loyihasi bu harakatning faqat mudofaa salohiyatini oshirishga qaratilgan qadam emas, balki yangi turdagi tahdidlarning shakllanishini bildiradi. Xalqaro nazorat institutlari zaiflashib borayotgan, mojarolar esa texnologik darajaga ko‘tarilgan bir davrda, bunday loyihalar global xavfsizlikni jiddiy xavf ostiga qo‘ymoqda. Mazkur tahdidga qarshi kurashda faqat tizimli, hamkorlikka asoslangan va oldini olishga yo‘naltirilgan strategiyalar samarali bo‘lishi mumkin.

🤮20👍10❤8👎4🔥2🥱2⚡1👏1😁1
Forwarded from MAXFIY DAFTAR
Putin davridagi Rossiya: suverenitet uchun kurash
Rossiya endi 1990-yillarning og‘ir davrini ortda qoldirib, kuchga asoslangan yangi siyosatni olib bormoqda. Bugungi kunda Moskva o‘zini faqat mintaqada emas, balki AQSh kabi kuch markazlariga ham qarshi tura oladigan davlat sifatida ko‘rsatmoqda. Putin G‘arb demokratlashtirish shiori ostida Rossiya ichki ishlariga aralashib, uni zaiflashtirishga, ayniqsa milliy va diniy nizolarni qo‘zg‘atishga urinayotganini ta’kidlaydi.
Kremlning yangi strategiyasi postsovet hududida, ayniqsa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan. Putin iqtisodiy birlashuv va milliy xavfsizlik o‘zaro bog‘liq tushunchalar ekanini ta’kidlaydi. Rossiya Yevropada Sovuq urushdan keyingi xavfsizlik tizimlari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, deb hisoblaydi.
Shunga qaramay, tashqi siyosatdagi o’ziga ishonch ortida jiddiy muammolar mavjud. Rossiya iqtisodiyoti hali ham asosan neft va gazga bog‘liq, sanoat esa texnologik jihatdan yetakchi davlatlardan orqada qolmoqda. Ichki barqarorlik saqlanayotgan bo‘lsa-da, davlat tizimi tashqi zarbalarga nisbatan zaif va mo‘rt tuzilmaga ega.
NATO va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar ishonchsizlik asosida shakllanmoqda. Rossiya G‘arb tizimiga qo‘shilishga intilmayapti va energiya resurslarini qo‘shni davlatlarga siyosiy bosim vositasi sifatida ishlatmoqda. Ba’zi postsovet davlatlariga gaz va neft yetkazib berishni to‘xtatish tahdidi ochiqchasiga ilgari surilmoqda.
Global xavfsizlik tizimi yomonlashib borayotgan bir paytda, AQSh Raketalar bo’yicha bitimidan chiqib, Yevropada raketaga qarshi tizim o‘rnatishga kirishdi. Rossiya buni o‘z milliy xavfsizligiga tahdid deb biladi. AQSh esa bu choralarni “terrorizm” va “xavfli rejimlar”ga qarshi himoya deb asoslaydi. Ammo hozirgi kunda AQShni strategik jihatdan tiyib tura oladigan yagona davlat bu — Rossiyadir.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyor qudratli davlat sifatida harakat qilmoqda. Biroq uning ichki barqarorligi hanuzgacha iqtisodiy xatarlar va cheklangan modernizatsiya imkoniyatlariga bog‘liq.
Beshikdan qabrgacha ilm izla!

❤12👍10👎10💯4🤔1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Rossiya va Tolibon dronlari: imperiyaga xos ikkiyoqlama o‘yin
Rossiya Afg‘oniston atrofidagi vaziyatdan yana o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda. Britaniyaning Daily Mail nashriga ko‘ra, Moskva mutaxassislari Tolibon harakatiga harbiy texnologiyalarni o‘zlashtirishda, xususan zarba beruvchi dronlar — jumladan kamikadze tipidagi BPLAlarni yaratishda yordam bermoqda. Bu dronlar hozirda sobiq G‘arb harbiy bazalarida ishlab chiqilmoqda va sinovdan o‘tkazilmoqda.
Aynan shu fonda Rossiyaning mintaqada olib borayotgan yashirin siyosatiga e’tibor qaratish kerak. Bir tomondan, Moskva Markaziy Osiyo davlatlariga Afg‘onistondan xavf tug‘ilayotganini aytib, ularni qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarga va xavfsizlik sohasida yaqin hamkorlikka undamoqda. Ikkinchi tomondan esa — o‘sha xavf sifatida ko‘rsatilayotgan kuchni qurollantirishga ko‘maklashmoqda. Bu klassik geosiyosiy ikkiyoqlama o‘yin: tahdidni kuchaytirish va ayni paytda uning yechimi sifatida o‘zini taklif qilish.
Tolibon haqida qanday ta’riflar yuritilishidan qat’i nazar, asosiy haqiqat — Rossiya uning harbiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shmoqda. Bu esa mintaqa uchun strategik xavfni anglatadi. Chunki chegaramizda yangi harbiy texnologik markaz paydo bo‘lmoqda (bu safar Rossiya ishtirokida va nazoratida).
Rossiya har doimgidek, kuch vositalari orqali ta’sir zonalarini kengaytirishga intilmoqda. Afg‘onistondagi bu “dron siyosati” esa Markaziy Osiyoni yana Moskvaga qaram qilishning yangi usuli bo‘lishi mumkin. Mintaqa yetakchilari bu ikkiyoqlama siyosatni ochiq anglab, har qanday xavfsizlik hamkorligini ehtiyotkorlik bilan baholashlari zarur. Chunki bugun dronlarni taqdim etgan tomon, ertaga xavfsizlik kafolatini sotishga urinishi mumkin.

👍21❤10🔥8👎2🤔2💯2👏1
Qozog‘iston mudofaa vazirligidagi o‘zgarishlar
Qozog‘istonda mudofaa vazirining almashtirilishi shunchaki kadrlar o‘zgarishi emas, balki mamlakatning strategik ustuvor yo‘nalishlarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganining belgisidir, deydi ekspertlar. Dauren Kosanovning mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishi, ehtimol, tashqi siyosatdagi o’zgarishlar fonida butun mudofaa tizimini qayta tashkil etish zaruratidan dalolat beradi.
Yaqqol ko‘rinib turibdiki, yaqin orada mudofaa sohasida yangi makro-mintaqaviy format shakllanishi kutilmoqda — bu Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida yuz berishi mumkin. U KXShT faoliyatini takrorlashi yoki hattoki unga raqobatchi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun ham xalqaro darajada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, harbiy masalalarni diplomatik vositalar bilan uyg‘unlashtira oladigan yangi rahbar figuralari zarur bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, Qozog‘istonning postsovet makonidagi roli ham qayta baholanmoqda. KXShT doirasidagi ayrim aloqalar sovuqlashayotgani fonida, Ostona Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston kabi mintaqaviy o‘yinchilar bilan aloqalarni kuchaytirishga intilmoqda. Bu esa ichki boshqaruvdan tashqari, tashqi siyosiy moslashuvchanlikni ham o‘zida mujassam etgan yangi tipdagi harbiy rahbariyatni talab etadi.
Shunday qilib, Mudofaa vazirligidagi o‘zgarish Qozog‘iston tashqi siyosiy va mudofaa strategiyasining yangi bosqichiga tayyorlanayotganini ko’rsatadi. Turkiy makro-mintaqada kollektiv xavfsizlikning muqobil yoki parallel mexanizmini shakllantirish tobora real ko‘rinishga ega bo‘lmoqda.

👍21❤14👏10🔥2🥰1
C5+1 — deklaratsiyalardan real mexanizmlargacha
Eldaniz Gusseinov, siyosiy ekspert
Markaziy Osiyo mamlakatlari va ularning tashqi hamkorlari o‘rtasidagi C5+1 formati tobora ko‘proq savollarni keltirib chiqarmoqda. Qator sammitlar va “hududga yangi e’tibor bosqichi” haqidagi chiroyli bayonotlarga qaramay, dabdabali diplomatiya pardasi ortida ushbu formatni zaif va oldindan aytib bo‘lmaydigan holga keltirayotgan chuqur muammolar yashiringan.
Birinchi va eng aniq muammo — tashqi kun tartibiga bog‘liqlik. Sammitlar ko‘pincha Markaziy Osiyo davlatlari tashabbusi bilan emas, balki hamkor mamlakatlardagi siyosiy vaziyat o‘zgargani sababli kechiktiriladi yoki butunlay bekor qilinadi. Yaponiya, Hindiston yoki Fors ko‘rfazi arab davlatlari bilan sammitlar faqat “plus” tomon uchun qulay bo‘lsa, o‘tkaziladi. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlarini xalqaro diplomatiya taqvimiga qaram qiladi — bu yerda mintaqa teng huquqli subyekt emas, balki passiv obyektga aylanmoqda.
Ikkinchi muammo — institutsional zaiflik. C5+1 formati muvofiqlashtirish ishlari o’ta zaif (“Xitoy – Markaziy Osiyo” formati bundan mustasno). Besh davlat ichida ham birlik yo‘q: masalan, Turkmaniston har qanday doimiy ko‘p tomonlama tuzilma tashkil etilishiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqmoqda. Transport kelishuvidagi kabi alohida institutsionalizatsiya urinishlari parchalanib qolmoqda va tizimli shaklga ega emas.
Uchinchi zaif nuqta — formatning noaniqligi. Hozirgi C5+1 odatda davlat rahbarlari yoki vazirlar uchrashuvlari bilan cheklanadi, holbuki barqaror hamkorlik doimiy va tizimli “ikkinchi darajali diplomatiya” — elchixonalar, tahliliy markazlar va ekspert hamjamiyati orqali quriladi. Brussel, Vashington yoki Pekindagi har kunlik diplomatik faollik bo‘lmasa, format yuzaki uchrashuvlar doirasida qolib ketishi mumkin.
To‘rtinchi muammo — kelishilgan ustuvor yo‘nalishlarning yo‘qligi. Kun tartibi global yangiliklarga qarab o‘zgaradi: bir yili Afg‘oniston, keyingi yili — nodir metallar. Strategik uzoq muddatli yondashuv bo‘lmasa, format reaktiv tus oladi, ya’ni tashabbuskorlik yo’q bo’lib qolaveradi va kun tartibi asosan global jarayonlarga reaksiya sifatida shakllanadi. Aniq maqsadlar va ularni amalga oshirish mexanizmlarisiz, C5+1 yakka-yakka tashabbuslar uchun maydonga aylanib qoladi.
Va nihoyat, beshinchi va eng xavfli masala — manfaatlarning o‘zgaruvchanligi. C5+1 faolligi odatda yirik global inqirozlarga bog‘liq: Ukrainadagi urush, AQSh-Xitoy savdo qarama-qarshiligi, Afg‘onistondagi beqarorlik. Ammo inqirozlar kun tartibidan chiqarilgach, tashqi hamkorlarning qiziqishi so‘nadi. Bu formatni barqaror bo‘lishi imkonsizligidan darak beradi — u nafaqat “plus” ga, balki global geosiyosiy silkinishlarga ham bevosita bog‘liq.
Agar Markaziy Osiyo C5+1 ni chiroyli nomdan haqiqiy ishlaydigan mexanizmga aylantirmoqchi bo‘lsa, deklaratsiyalardan amaliy qadamlarga o‘tish kerak: 1) 3–5 kishidan iborat mintaqaviy kichik kotibiyat tashkil etish (hech qanday “plus”siz); 2) uch yillik yo‘l xaritasini belgilash (logistika, yashil energetika, suv, oziq-ovqat xavfsizligi) va 3) asosiy diplomatik poytaxtlarda (Brussel, Vashington, Pekin) choraklik uchrashuvlar joriy etish — bu boradagi dastlabki va zaruriy qadamlar bo‘lishi mumkin.
C5+1 formati Markaziy Osiyo uchun kuchli tashqi siyosiy pozitsiyalash vositasiga aylanishi mumkin. Ammo bu faqatgina mintaqa o‘zi o‘yinning qoidalarini belgilashga jur’at qilgan taqdirdagina amalga oshadi. Illyuziyalarsiz, ammo aniq hisob-kitob va strategik tafakkur bilan harakat qilish kerak.

❤19👍10🔥10⚡3
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Turkiya elchixonasi huzurida Toshkentda yangi maktab tashkil etiladi. Bu tashabbus ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan yuqori darajadagi uchrashuvlarda kelishilgan. Maktab binosini qurish maqsadida Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Shayxontohur tumanining Ko‘hota mahallasidan 31 sotix yer ajratilgan.
@erontahlili
@erontahlili
❤18👍7👏2👌1
Dunyo bo‘yicha harbiy xarajatlar barqaror o‘sishda davom etmoqda — bu global noaniqlik va kuchayib borayotgan geosiyosiy xavf-xatarlar davrining o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. O‘rtacha olganda, davlatlar mudofaa uchun YaIMning 2 foizini sarflaydi (ushbu raqam bugungi kunda go‘yoki “yangi norma”ga aylangan). Ammo bu raqamlar ortida mintaqaviy xususiyatlar va strategik paradokslar yashiringan.
Mutlaq raqamlar bo‘yicha harbiy xarajatlarda yetakchilikni AQSh saqlab qolmoqda, undan keyin Yevropa Ittifoqi davlatlari keladi. Afrika mintaqasi doimiy beqarorlikka qaramay, armiya uchun nisbatan kam mablag‘ ajratmoqda. Shu bilan birga, G‘arb davlatlari tomonidan ko‘p hollarda “tajovuzkor siyosat”da ayblanadigan Xitoy armiyaga bor-yo‘g‘i YaIMning 1,7 foizini sarflaydi — bu hatto ba’zi Yevropa tinchliksevar davlatlaridan ham kam.
Ziddiyatli yoki to‘qnashuv xavfi yuqori bo‘lgan davlatlarda raqamlar yanada qiziqarli ko‘rinadi. Masalan, Hindiston va Pokiston — yadro quroliga ega, doimiy keskinlik holatidagi qo‘shnilar — harbiy ehtiyojlar uchun YaIMdan 2,5 foizdan kam mablag‘ ajratadi. Xuddi shunday ko‘rsatkich Tayvanda ham kuzatiladi, garchi u Xitoydan ehtimoliy harbiy hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Janubiy Koreya esa, Shimoliy Koreya bilan qarama-qarshilikka qaramay, aynan shu darajada mablag‘ ajratmoqda.
Shu fonda Trampning Yevropa mamlakatlaridan harbiy xarajatlarni YaIMning 5 foizigacha oshirish talabi biroz g‘alati ko‘rinadi — axir o‘zi boshchilik qilgan AQSh bu borada atigi 3,4% sarflaydi.
Dunyoda faqat bir nechta davlatlargina harbiy budjetni keskin darajada ko‘tarib, uni YaIMning 7–8 foizigacha yetkazgan: bu — Saudiya Arabistoni, Jazoir va Rossiya. Polsha va Quvayt esa 4–5% diapazoniga yaqinlashmoqda. Alohida e’tiborga loyiq holat — Ukrainada kuzatilmoqda: mamlakat harbiy harajatlari YaIMning rekord darajadagi 34 foizini tashkil etmoqda (keng miqyosli urush sharoitida bu zaruratga aylangan). Ammo hatto shunday ulkan foizda ham, Ukraina harbiy budjeti (yiliga 40–50 mlrd dollar) Rossiyanikidan ancha kichik: Rossiya 7% YaIM (taxminan 140–150 mlrd dollar) sarflab, real ustunlikni saqlab qolmoqda.
Xulosa qilib aytganda, harbiy xarajatlar har doim ham bevosita xavf darajasini aks ettirmaydi. Bu ko‘rsatkichlar davlatning iqtisodiy imkoniyatlari, siyosiy irodasi va dunyoni qanday qabul qilayotganiga bog‘liq.

⚡10👍10❤8🔥1🤔1
Quyida “Tafakkur” jurnalida (2024-yil 3-son) e’lon qilingan adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinovning “Zamonaviy mangqurtlik chizgilari – bugungi qullar kimlar?” nomli maqolasidan parchani keltiramiz.
… Mayli, boyagi savolga qaytaylik: qullikning nimasi qulay?
Qullikning “gashti” shundaki, ko‘plar o‘ylashdan, fikr qilishdan qochadi. Topshiriqni bajarish esa ham oson, ham beg‘alva. O‘sha ishni qilayotganida qiynalib fikrlamaydi, oqibatini o‘ylab o‘tirmaydi ham. Buyruqni bajardimi, tamom-vassalom, endi u javobgar emas. Mabodo ish o‘xshamasa – “yuqori”ning xatosi. Shunday deb yengil tortadi. Qullik mana shu, aslida. Qul buyurilgan vazifadan chetga chiqmaydi. Savol bersangiz, xojasiga havola etib qutuladi. O‘zining “tepa”ga aloqador ekanini his etib, yana quvonadi.
Kishilarning ichkilik, fahsh, giyohvandlikka berilib qolishining tub sababi ham... bu dunyoni unutish, hech narsaning tashvishini qilmay, bir oz bo‘lsa-da, miyani zo‘riqtirmaslik, dam olish istagidan bo‘lsa ajab emas.
Rasuli akram (s.a.v.) – dunyoda qullikka qarshi kurashgan birinchi odamlardan. Qullarni ozod qilish qanchalik ezgu amal ekanini uqtirish uchun yillab harakat qilganlar. Ulug‘ savobli amallarning darajasi falon nafar qulni ozod qilgan bilan teng degan qiyoslar ham o‘sha zamonda urf bo‘lgan.
Billohki, ayrim odamlargina emas, butunboshli xalqlar ham inon-ixtiyorini o‘zgalarga topshirib, ularning izni bilan yashashga moyil bo‘larkan. O‘zligini yo‘qotishdan xavotir olmaslik, boshqa yurtlarning jirini aytib, kiyimini kiyish, o‘shalarning tutumini namuna deb bilish, bo‘lak el kishilari bilan oila qurishning ommalashishi bunga misol.
Odamning tabiati o‘zi shunday. Millionlab nemislar fashizm dohiysining palapartish buyrug‘ini eshitiboq, “Hayl Hitler!” deya qo‘l sermab, jangga jo‘naganini yoki qarshidan pulemyot yo tank otib turgan pallada ming-ming odam “Stalin uchun!” deb ko‘kragini o‘qqa tutib yugurganini eshitganmiz. Hozir ham Stalin zamonini sog‘inayotgan odamlar lak-lak. Aynan unga taassub qilaroq, yuz minglab odamlar bir umr galife shim, etik, gimnastyorka kiyib o‘tdi. Bugun esa ayrim ellarning hovliqma vakillari Chingizxonni alqab ko‘klarga ko‘tarayotganiga, u asli mo‘g‘ul emas, bizlardan, deb talashayotganiga, mislsiz qirg‘inlarning boshida turgan bu vahshiyni dohiy deb atayotganiga guvohmiz.
Bugun ham “o‘tmishdagi paradoks”lardan uzoqqa ketganimiz yo‘q. Axir, har bir tashkilot jamoasi kamtarin, odamshavanda rahbarni emas, aksincha qattiqqo‘l, dag‘al “xo‘jayin”ni ko‘proq yaxshi ko‘rishini bilamiz-ku!
Bilimi o‘rta maktab darajasida, ammo taqdir g‘aroyibotlaridan biri o‘laroq, millionlagan xalqqa bosh bo‘lib qolgan kimsalarning bosgan izini ko‘ziga surtayotgan, o‘zidan, hatto bola-chaqasidan, elyurtidan ham andisha qilib o‘tirmay, “Sendan ulug‘ inson dunyoda yo‘q! Buyur, shahanshohim!” deya tiz cho‘kib turgan ne-ne savlatli odamlarni televizorda ko‘rib qolamiz. Yoki bir imoga bo‘ysunib, yap-yangi tuflisi, ohorli shimi bilan ariqdagi suvga tushib ketadigan vallomatlar bor: suv ichida ham qo‘lida ruchka-yu daftar – biron gap aytilsa, yozib olishga shay. Fikr qilmaydi, eslab ham qolmaydi, yozib olsa bo‘ldi. Chunki bu kallalar yuqorining buyrug‘ini quyiga yetkazishga dasturlangan, boshqasiga yaramaydi.

1❤11🔥10💯9⚡3👎2👍1👏1👌1
Strategic Focus: Central Asia
Quyida “Tafakkur” jurnalida (2024-yil 3-son) e’lon qilingan adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinovning “Zamonaviy mangqurtlik chizgilari – bugungi qullar kimlar?” nomli maqolasidan parchani keltiramiz. … Mayli, boyagi savolga qaytaylik: qullikning nimasi…
… Bu savolga har kim o‘zi bilganicha javob beradi, albatta. Lekin men uchun bugungi eng katta mangqurt – “katta”larning har qanday amriga “labbay” deya qo‘l qovushtirib, o‘ylab-netib o‘tirmay bajarishga tushib ketadigan, bu ishini vatanparvarlik, fidoyilik deb xaspo‘shlaydigan, “pastdan kelgan” kishilarni esa nazar-pisand qilmaydigan kimsalardir. Ular uchun muhokama, mulohaza degan narsa yo‘q, fikrlashga chorlasangiz, “yov”ga aylanasiz-qolasiz. Eng bilarmanlari esa, qozixonaning a’lamiga o‘xshab, har qanday “tashabbus”ga fatvo topish bilan band.
Har bir kishi o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lsin. Binobarin, mustaqil fikrga ega bo‘lgan odamlardan tashkil topgan yurtgina mustaqildir. Haqiqiy erk bir dekret yo deklaratsiya bilan ro‘yobga chiqishi, amalga oshib qolishi amrimahol.
Bizda hozir eng katta da’vat – shukrona bo‘lib qoldi. Ziyoli ahli ham, din ulamolari ham odamlarni shukr qilishga undagani undagan. Albatta, bizga hayot bergan, odam qilib yaratgan, farzand va oila ne’mati bilan siylagan, sog‘-omon asragan Parvardigorga shukrimizni aytib tugata olmaymiz. Ammo jamiyat hayotidagi har qanday o‘zgarishga shukr qilaversak, bizda mustaqil fikr degan narsa qiyomatgacha ham paydo bo‘lmaydi. E’tibor qilsangiz, fuqarolarning fikrlashidan cho‘chimaydigan, g‘oyalariga yo‘l ochib beradigan yurtlar eng mutaraqqiy mamlakatlardir.
Ma’naviy tarbiya o‘ssin, axloq targ‘iboti ta’sir qilsin desak, tadbirbozlik, stadionlarda shior hayqirib, bayroq silkitish bilan murod hosil bo‘lmasligini nihoyat anglab yetishimiz kerak. Halollik va adolat jamiyatda ustuvor bo‘lishiga odamlarda ishonch paydo bo‘lsa, hokimiyat esa vakolatini ishga solib, haromxo‘r va zolim kaslarni jilovlab tura olsa, ko‘p narsa joyiga tushadi.
Odamlar ruhlansin, fozil kishilar jamiyati albatta barpo bo‘lishiga ishonsin. Chunki kelajakdan umidi yo‘q odam halol yashashga intilmaydi. Yana bir gap shuki, Xudodan qo‘rqqani uchungina yomonlik qilmaydigan inson yaxshi odam emas, vijdoni, dilidagi ezgulik tuyg‘ulari yovuzlik qilishga qo‘ymaydigan, bunday yomon narsalar hatto xayoliga ham kelmaydigan kishi – farishta. Buni jamiyat miqyosiga ko‘chirib aytsak, prokuror-u melisadan hadiksiragani uchun jinoyatga qo‘l urmayotgan kimsa bilan pok niyatli, hur tuyg‘uli, erkin, halol odam orasida yer bilan osmoncha farq bor.
Biz yuqorida, yuz o‘ttiz yil mute bo‘lib yashadik, ba’zi odamlardagi fikriy mangqurtlik shuning natijasi, deb aytdik. Undan xalos bo‘lish uchun ham... aftidan, yana shuncha davr o‘tishi kerakka o‘xshab turibdi.

👍10🔥10⚡4❤3💯2👎1
Rossiya Markaziy Osiyoni qanday qilib nazoratda ushlab turmoqchi?
S.Pinxasova, mustaqil ekspert
Gʻarb bilan keskinlashib borayotgan qarama-qarshilik va xalqaro izolyatsiya fonida Rossiya Markaziy Osiyodagi ta’sirini har qanday yo‘l bilan saqlab qolishga urinmoqda. Endi bu ta’sir hamkorlikka emas, balki bosim, qo‘rquv va manipulyatsiyaga asoslanmoqda. Moskva tobora destruktiv yo‘l tutmoqda – u mintaqa davlatlarining zaif nuqtalaridan foydalanishi mumkin.
Birinchi navbatda, Rossiya axborot bosimini kuchaytiradi. Sodiq OAV va Telegram kanallari orqali “birodar xalqlar”, “umumiy tarix”, “SSSRga minnatdorlik” kabi tushunchalarni faol targ‘ib qilinadi. G‘arb va Xitoyning tashabbuslari, jumladan C5+1 formati ham, “tashqi aralashuv” va “barqarorlikka tahdid” sifatida ko‘rsatiladi. Maqsad – jamiyat va elita e’tiborini avvalgidek Moskvaga qaratib turish.
Keyingi qadam – yashirin ta’sirni kuchaytirish bo‘ladi. Mansabdorlar, kuch ishlatar tuzilmalar vakillari va tahlilchilarni sotib olish, Rossiyaga sodiq NNT va diniy tashkilotlarni moliyalashtirish orqali Kreml norasmiy “ta’sir agentlari” tarmog‘ini kengaytiradi. Bu unga rasmiy kanallardan foydalanmasdan qaror qabul qilish jarayoniga aralashish imkonini beradi.
Shu bilan birga, Rossiya boshqa davlatlarning mintaqadagi tashabbuslarini sabotaj qiladi. Bu Xitoyning infratuzilmaviy loyihalari, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan logistika yo‘llariga ham taalluqlidir. Mish-mishlar tarqatish, ishonchsizlik yaratish va hatto etnik yoki suv resurslari bo‘yicha mojarolarni qo‘zg‘ash orqali Moskva ichki birlikni zaiflashtirish va integratsiya rejalariga putur yetkazishga harakat qiladi.
Harbiy bosim ham muhim vositaga aylanadi. Rossiya KXSHT doirasida yangi harbiy mashg‘ulotlar va hamkorlik formatlarini ilgari suradi, o‘zini “xavfsizlik kafili” sifatida ko‘rsatadi – ayniqsa Afg‘oniston mavzusi fonida. Shu bahonada, avvalambor Tojikiston va Qirg‘izistonda harbiy ishtirokni kengaytirish bo‘yicha yopiq muzokaralar olib boriladi.
Iqtisodiy bosim ham chetda qolmaydi. Rossiya migratsiya mavzusi orqali bosim o‘tkazadi, yoqilg‘i ta’minoti va logistika ustidan nazoratdan foydalanadi, o‘z banklari va OAVlarini “neytral” deb ko‘rsatadi, so‘ngra ularni ta’sir vositasi sifatida ishga soladi. Bu orqali iqtisodiy qaramlik siyosiy nazorat vositasiga aylanadi.
Oxirgi yo‘nalish – til va madaniy tafovutlardan foydalanish. “Rus tilli aholining huquqlarini himoya qilish” shiori ostida bayroqlar, Putinning portretlari, Georgiy lentachalari bilan provokatsiyalar bo‘lishi mumkin – ayniqsa, sezgir sanalarda yoki diplomatik vakolatxonalar atrofida. Bu ichki taranglikni kuchaytirish va “til mojarosi” ko‘rinishini yaratish uchun amalga oshiriladi.
Umuman olganda, Moskva mintaqadagi pozitsiyasini saqlab qolish uchun hamkorlikdan voz kechib, bosim va sabotaj yo‘liga o‘tish ehtimoli juda yuqori. Rossiyaning hisob-kitobiga ko’ra, Markaziy Osiyo davlatlari ichki muammolarni o‘zlari hal qila olmaydi va suverenitetni cheklash evaziga bo‘lsa ham muvozanatni saqlab qolishga urinadi. Eng katta xavf — Tojikiston va Qirg‘izistonning kuchayib borayotgan bog’liqligi, Qozog‘istonga qarshi axborot hujumlari va OAV, iqtisodiyot hamda diasporalar orqali O‘zbekistonda beqarorlik keltirib chiqarishga urinilishidir.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo faqat tashqi geosiyosiy raqobat emas, balki Rossiyaning yashirin bosimi maydoniga aylanishi mumkin. Rossiya esa teng huquqli hamkor maqomini yo‘qotib, tobora ko‘proq shantaj va provokatsiyaga tayanishi kutilmoqda.
Strategic Focus: Central Asia
S.Pinxasova, mustaqil ekspert
Ushbu maqolada:
- Rossiya ta'siridan chiqishga uringan Markaziy Osiyo davlatlarini nima kutadi?
- ruslarning Siyosiy va harbiy tartibsizliklar keltirib chiqrishga urinishi;
- mansabdorlar, taniqli shaxslar va kuch ishlatar tuzilmalari vakillarini qarmoqqa ilintirish "verbovka"ga urinish;
- ruslar ta'siridan chiqish oqibatida mintaqa geosiyosiy xaritasidagi o'zgarishlar haqida qisqacha tasavvurlar aks etgan.
Gʻarb bilan keskinlashib borayotgan qarama-qarshilik va xalqaro izolyatsiya fonida Rossiya Markaziy Osiyodagi ta’sirini har qanday yo‘l bilan saqlab qolishga urinmoqda. Endi bu ta’sir hamkorlikka emas, balki bosim, qo‘rquv va manipulyatsiyaga asoslanmoqda. Moskva tobora destruktiv yo‘l tutmoqda – u mintaqa davlatlarining zaif nuqtalaridan foydalanishi mumkin.
Birinchi navbatda, Rossiya axborot bosimini kuchaytiradi. Sodiq OAV va Telegram kanallari orqali “birodar xalqlar”, “umumiy tarix”, “SSSRga minnatdorlik” kabi tushunchalarni faol targ‘ib qilinadi. G‘arb va Xitoyning tashabbuslari, jumladan C5+1 formati ham, “tashqi aralashuv” va “barqarorlikka tahdid” sifatida ko‘rsatiladi. Maqsad – jamiyat va elita e’tiborini avvalgidek Moskvaga qaratib turish.
Keyingi qadam – yashirin ta’sirni kuchaytirish bo‘ladi. Mansabdorlar, kuch ishlatar tuzilmalar vakillari va tahlilchilarni sotib olish, Rossiyaga sodiq NNT va diniy tashkilotlarni moliyalashtirish orqali Kreml norasmiy “ta’sir agentlari” tarmog‘ini kengaytiradi. Bu unga rasmiy kanallardan foydalanmasdan qaror qabul qilish jarayoniga aralashish imkonini beradi.
Shu bilan birga, Rossiya boshqa davlatlarning mintaqadagi tashabbuslarini sabotaj qiladi. Bu Xitoyning infratuzilmaviy loyihalari, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Turkiya qo‘llab-quvvatlayotgan logistika yo‘llariga ham taalluqlidir. Mish-mishlar tarqatish, ishonchsizlik yaratish va hatto etnik yoki suv resurslari bo‘yicha mojarolarni qo‘zg‘ash orqali Moskva ichki birlikni zaiflashtirish va integratsiya rejalariga putur yetkazishga harakat qiladi.
Harbiy bosim ham muhim vositaga aylanadi. Rossiya KXSHT doirasida yangi harbiy mashg‘ulotlar va hamkorlik formatlarini ilgari suradi, o‘zini “xavfsizlik kafili” sifatida ko‘rsatadi – ayniqsa Afg‘oniston mavzusi fonida. Shu bahonada, avvalambor Tojikiston va Qirg‘izistonda harbiy ishtirokni kengaytirish bo‘yicha yopiq muzokaralar olib boriladi.
Iqtisodiy bosim ham chetda qolmaydi. Rossiya migratsiya mavzusi orqali bosim o‘tkazadi, yoqilg‘i ta’minoti va logistika ustidan nazoratdan foydalanadi, o‘z banklari va OAVlarini “neytral” deb ko‘rsatadi, so‘ngra ularni ta’sir vositasi sifatida ishga soladi. Bu orqali iqtisodiy qaramlik siyosiy nazorat vositasiga aylanadi.
Oxirgi yo‘nalish – til va madaniy tafovutlardan foydalanish. “Rus tilli aholining huquqlarini himoya qilish” shiori ostida bayroqlar, Putinning portretlari, Georgiy lentachalari bilan provokatsiyalar bo‘lishi mumkin – ayniqsa, sezgir sanalarda yoki diplomatik vakolatxonalar atrofida. Bu ichki taranglikni kuchaytirish va “til mojarosi” ko‘rinishini yaratish uchun amalga oshiriladi.
Umuman olganda, Moskva mintaqadagi pozitsiyasini saqlab qolish uchun hamkorlikdan voz kechib, bosim va sabotaj yo‘liga o‘tish ehtimoli juda yuqori. Rossiyaning hisob-kitobiga ko’ra, Markaziy Osiyo davlatlari ichki muammolarni o‘zlari hal qila olmaydi va suverenitetni cheklash evaziga bo‘lsa ham muvozanatni saqlab qolishga urinadi. Eng katta xavf — Tojikiston va Qirg‘izistonning kuchayib borayotgan bog’liqligi, Qozog‘istonga qarshi axborot hujumlari va OAV, iqtisodiyot hamda diasporalar orqali O‘zbekistonda beqarorlik keltirib chiqarishga urinilishidir.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo faqat tashqi geosiyosiy raqobat emas, balki Rossiyaning yashirin bosimi maydoniga aylanishi mumkin. Rossiya esa teng huquqli hamkor maqomini yo‘qotib, tobora ko‘proq shantaj va provokatsiyaga tayanishi kutilmoqda.
Strategic Focus: Central Asia
❤19👍10⚡9🤔3👌2🔥1🙊1
Shavkat Mirziyoyevning to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqidan:
- Jahonda qurollanish poygasi yana avj olmoqda. Yirik mamlakatlarning harbiy xarajatlari 2010 yilga nisbatan bir yarim barobar ortib, 2,5 trln dollarga yetdi. Iqtisodiy inqiroz asoratlari, moliyaviy resurslar taqchilligi tufayli jahon YAIMning o‘sish sur’atlari esa ketma-ket uch yil davomida pasaymoqda.
- Yalpi ichki mahsulotimiz 8 yilda 2 barobar ko‘paydi. 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 200 mlrd dollarga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
- Mamlakatimizda shu yilning o‘zida IT eksporti 1 mlrd dollarga yetadi. 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 5 karra oshirish uchun salohiyatimiz ham, imkoniyatimiz ham yetarli.
- Kelgusi yil “Bulutli texnologiyalar” milliy platformasi ishga tushadi. Yaqin 5 yilda xususiy investorlar bilan birga quvvati 500 megavattdan ziyod 20 ta “data markaz” barpo etamiz.
- O‘zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxirasi aniqlangan. Umuman, yer osti boyliklarimizning salohiyati 3 trln dollarga baholanmoqda.
- Poytaxtimizda yashab va ishlayotgan aholi soni 5 milliondan oshdi. Shu bois, 2 mln aholiga mo‘ljallangan “Yangi Toshkent” shahrini barpo etib, poytaxtni megapolisga aylantiramiz.
- 8 yilda qo‘shnilarimiz bilan tovar ayirboshlash hajmi 3,5 barobardan ziyod oshib, qariyb 13 mlrd dollarga yetdi.

❤28👍11🔥10⚡5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥40❤19👍15🌚4⚡3
Pokistonning yetakchi Daily Spokesman nashrida kuzatuvchi do’stimiz Asal Kasimovaning (Toshkent davlat transport universiteti) “Peace, Not War: A Message from Tashkent in an Era of Global Instability” nomli maqolasi chiqdi.
Quyida asosiy tezislarni keltiramiz:
1. O’zbekiston ma’suliyatli mintaqaviy davlat. 2025-yil 10-iyun kuni o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi ochilish marosimidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqi O‘zbekistonning global beqarorlik sharoitida mas’uliyatli mintaqaviy davlat sifatida shakllanayotganini yana bir bor aks etdi.
2. Militarizatsiyaga tanqidiy yondashuv: Prezident qurollanish poygasi samarasizligini (dunyo bo‘yicha $2,5 trln) ta’kidlab, resurslarni mojarolar emas, rivojlanishga yo‘naltirish zarurligini ilgari surdi.
3. Qarama-qarshilik o‘rniga tinchlikparvarlik: O‘zbekiston muqobil variant sifatida insonparvarlik tashabbuslari, muloqot va ishonchni tiklashga urg‘u bermoqda.
4. Afg‘on yo‘nalishi: 2021–2024 yillarda Tolibon bilan 20 marotaba rasmiy uchrashuvlar, gumanitar va iqtisodiy loyihalar – izolyatsiyaga emas, integratsiyaga asoslangan diplomatiya namunasi.
5. Ezgu niyat diplomatiyasi: Urushdan aziyat chekkan ukrainalik bolalar uchun dam olish va reabilitatsiya tashkil qilinmoqda. Rasmiy Toshkent “gumanitar betaraflik” tamoyiliga asoslangan yondashuvga amal qilmoqda.
6. G‘azo bo‘yicha prinsipial pozitsiya: Prezident tinch aholi orasidagi qurbonlarni qoralab, Falastinning mustaqil davlatga ega bo‘lish huquqini e’tirof etdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston dunyoga urush emas, muloqot va muzokaralar taklif qilayotgan, mojarolardan to‘ygan zamonaviy dunyoda tinchlik tashabbuslarini ilgari surayotgan konstruktiv mintaqaviy davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda.

❤20🔥13👍10👏5⚡2
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
Taxminlarimiz tasdiqlandi.
Rus muzokara guruhi rahbari V.Medinskiy Ukraina muloqotga tayyor emasligini bildiridi. Unga ko’ra, Kiyevning muzokaralardan bosh tortishi boshqa hududlarning yo’qotilishiga olib kelishi mumkin.
G’arbiy alyans

👍10👎6❤5
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
2025-yil 9-iyun kuni Rossiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov o‘zining diplomatik missiyasi yakunlanganini rasman e’lon qildi. Elchi xayrlashuv nutqida kutilganidek, Rossiyaning “ming yillik uzluksiz tarixini”, mamlakat iqtisodiyoti va mudofaa qobiliyatining “barqarorligini”, shuningdek, o‘zbek va rus xalqlari o‘rtasidagi “ma’naviy yaqinlik”ni ta’kidladi. U O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor deb atab, ikki tomonlama munosabatlar bundan keyin ham mustahkamlanishiga ishonch bildirdi va O‘zbekiston bilan xalqaro maydonlardagi hamkorlik darajasi yuqoriligini qayd etdi (BMT, ShHT, MDH va YOII doirasidagi hamkorlik).
Ammo rasmiy bayonotlar fonida bir muhim jihat tahlilchilarimiz e’tiborini tortdi: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ketayotgan elchi bilan uchrashmadi. Bu holat odatdagi protokolga zid. O‘zbekistonda diplomatik an’anaga ko‘ra, davlat rahbari mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan davlatlar — jumladan Rossiya, AQSh va Xitoy elchilari bilan ularning missiyasi yakunida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan.
Bunday uchrashuvning bo‘lmagani tasodif emasdek ko‘rinadi. Diplomatiyada nafaqat so‘zlar, balki ramziy ishoralar ham katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, Toshkent va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarda ehtiyotkorlik bilan masofa saqlanayotgani guvohi bo’lyapmiz.

👍22❤16🔥12👎2
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Do’stumning davri o’tdi
K.Akopyan, mustaqil ekspert
Abdurashid Do‘stumning Afg‘onistonga qaytib, Tolibonni “yakson qilish” haqidagi bayonotini jiddiy qabul qilish kerakmas. Anqarada Qurbon hayiti munosabati bilan chiqish qilgan sobiq harbiy arbobning nutqini quruq gap deb baholasak bo’ladi. Do’stumning davri va umuman uning afg‘on o‘zbeklari hamda boshqa hamyurtlari orasida ega bo‘lgan nufuzi allaqachon yo’q bo’lib ketgan. Bugun bu qari chol 2000-yillar boshidagi ritorikaga yopishib, kun tartibida qolishga urinmoqda.
Biroq bugungi haqiqat boshqacha. Bugun Afg‘onistonda yagona hokimiyat to’liqligicha Tolibonga tegishli. Uning legitimligi muhokama qilinishi mumkin, ammo mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Mamlakat ular nazoratida, va na qo‘shnilar, na AQShning sobiq ittifoqchilari bugun korrupsiya va vahshiyliklarga aloqador bo‘lgan eski qo‘mondonlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor emas, shu jumladan Do‘stumni ham. Uning Dashti-Layli voqealarini eslatib, jamoatchilikni qo‘rqitishga urinishlari ayniqsa fojeaviy tarix fonida bepisand va xavfli ko‘rinadi — qolaversa, bu jinoyat uchun u hanuz javob bermagan.
Odamlar urushlardan, yolg‘on va manipulyatsiyalardan charchagan. Ularni bugun xavfsizlik, ish va farzandlari uchun tinch kelajak ko‘proq qiziqtiradi. Shu sababdan mahalliy etnik ozchiliklarning Do’stumni qo’llab-quvvatlash ehtimoli o’ta past - deyarli imkonsiz.
Do‘stum uchun haqiqatni tan olish vaqti keldi: marshal davri tugagan. Tarix oldinga qarab harakat qilmoqda, va o‘tmishdagi siyosiy ruhlarni qayta tiriltirishga urinishlar uning yangi Afg‘oniston haqiqatlaridan qanchalik uzoqligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

👍10❤7🔥3👎1