Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
Ukraina Xavfsizlik xizmati “O’rgimchak to’ri” nomli maxsus operatsiyani amalga oshirdi. Shubhasiz, bu voqea tarixga Rossiya o‘z yadroviy qalqonining bir qismini yo‘qotgan lahza sifatida kirishi aniq. Ateo Breaking kanali ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida 41 ta strategik harbiy samolyot yo‘q qilindi yoki ishdan chiqarildi — aynan shu bombardimonchilar yadroviy raketalarni tashuvchi kuch sifatida xizmat qilardi.
Operatsiya juda puxta ishlab chiqildi: ukrainaliklar dronlarni yashirincha Rossiyaga olib kirgan, ularni maxsus konteynerlarda yuk mashinalarida yashirishgan. Kerakli paytda bu konteynerlarning tomi ochilgan va dronlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya hududidan uchib chiqib, bombardimonchi samolyotlarga zarba bergan.
Hech shubhasiz, bu Moskvaga qarshi eng kuchli zarbalardan biri bo’ldi. Bunday samolyotlarning yo‘qotilishi — shunchaki statistik yo‘qotish emas, balki Rossiyaning doim maqtanib kelgan yadroviy tiyib turish tizimi uchun katta zarba.
Kreml vahimani ko‘rsatmaslikka harakat qilmoqda: zaif ko‘rinmaslik uchun Istanbuldagi muzokaralarni davom ettirmoqda. Ammo ichkarida Ukrainaning infratuzilmasi va shaharlari bo‘yicha “qasos” zarbalari tayyorlanmoqda.
Eng muhimi: Ukraina nafaqat frontda, balki Rossiyaning strategik kuchiga ham zarba bera olishini ko‘rsatdi. Endi bu oddiy hududiy urush emas — bu “buyuk derjava” maqomiga qilingan hujumdir.
G’arbiy alyans
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤17👏10🔥7😍2👎1🙏1
M.Imomov: Rossiya o‘zi boshlab bergan tajovuz uchun haqiqiy javobni oldi
“Qo‘shnilarini o‘n yillar davomida qo‘rqitib, “ta’sir zonalari” qurish va yadroviy qurollar bilan tahdid qilish o‘rniga, Moskva o‘zining ichki muammolari bilan shug‘ullanishi kerak edi. Afsus, u xato yo’lni tanladi.
Ukraina aniq harakat qila olishini ko‘rsatdi: strategik aviatsiyaga zarba — Rossiyaning harbiy kuch tizimiga ochiq chaqiriqdir. Bu endi oddiy front emas — bu yuqori darajadagi o‘yin. Rossiya o‘zi boshlab bergan tajovuz uchun haqiqiy javobni oldi.”
S.Pinxasova: Kiyev hech kimning “duxi” yetmagan ishni qildi
““O’rgimchak to’ri” operatsiyasining muvaffaqiyati nafaqat harbiy yutuq, balki Brussel uchun kuchli signaldir. Ukraina Kremlning eng og‘riqli nuqtalariga zarba bera olishini isbotladi. YI va NATO endi harbiy yordamni kengaytirishi va tezlashtirishi ehtimoli o’ta yuqori. Kiyev hech kimning “duxi” yetmagan ishni qildi. Yevropa kutish rejimidan chiqib, jiddiy harakat qilishni boshlashi mumkin.”
K.Ametov: Putin yana tuzoqqa tushdi
“Rossiya shokda. Muzokaralar haqida gaplar ketayotgan paytda ukrainaliklar yadroviy infratuzilmaning eng muhim qismlariga kuchli zarba berdi. Putin yana tuzoqqa tushdi. Kreml katta ehtimol bilan navbatdagi shafqatsiz zarbalar bilan javob beradi. Biroq Kreml endi kun tartibini nazorat qila olmayapti. Uni yana aldashdi. Bu tasodif emas, balki tizimli muammo.”
K.Akopyan: Rossiya strategik nokautga uchradi
“Rossiya yadroviy qurol tashishga qodir o‘nlab strategik samolyotlaridan ayrildi. Rejimning yuragiga qashqatqich zarba urildi. Kreml oldindan rejalashtirilgan va jasorat bilan bajarilgan operatsiya qarshisida ojiz bo‘lib qoldi. Mutaxassislar tili bilan aytganda — bu strategik nokaut. Ko’cha tilda aytganda — ruslar pishdi.”
A.Fayzullozoda: Putin qanday qilib yutqazganini tushunmay qoldi
“Kreml hali ham o‘tmishda yashayapti: shaharlarga bomba tashlaydi, G‘arbni qo‘rqitadi, soxta muzokaralar o‘tkazadi. Ukraina esa Rossiyaning harbiy kuchining asosi bo‘lgan nuqtalariga tez, yashirinch va jiddiy zarbalar bermoqda. Bu operatsiya — yangi urush modelining namunasi. Putin bu o‘yinni boshqaryapman deb o‘ylaydi. Lekin o‘yin allaqachon tugagan, u esa buni hali ham tushunmayapti.”
Strategic Focus: Central Asia

❤44👍21🔥9👎6🤣4🏆2🤔1🐳1💯1
Ozarbayjon harbiylarining rus tilidan ramziy tarzda voz kechishi turkiy o’zlikning o’sayotgan rolidan dalolat beradi.
Hozircha KXShT davlatlaridan kelgan harbiylar uchun o‘qitish rus tilida davom etayotgan bo‘lsa-da, Boku qozoq tilini tanlamoqda — bu esa muhim siyosiy signaldir.
Strategic Focus: Central Asia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍283❤120🔥20👏7👎2⚡1🥰1
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy vaziyat yana chigallashmoqda. AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron AQSh tomonidan taklif etilgan kelishuv loyihasini rad etgan, uni haddan tashqari talablar bilan yuklangan, qabul qilib bo‘lmaydigan hujjat deb baholagan. Oq uy Eronning hatto tinch maqsadlardagi uranni boyitish faoliyatidan to‘liq voz kechishini talab qilmoqda. Biroq Eron uchun bu masala faqatgina texnologiya emas, balki millat mustaqilligi va davlat suvereniteti bilan bog‘liq.
Rasman gap nazorat va inspeksiya haqida ketayotgan bo‘lsa-da, aslida Eronning butun yadroviy infratuzilmasini yo‘q qilish, ya’ni kapitulyatsiya talab qilinmoqda. Tehronda bu yondashuv neomustamlakachilar bosimi sifatida qabul qilinmoqda.
Bu fonda harbiy keskinlashuv xavfi keskin ortmoqda. Oldin ham Eron obyektlariga zarba berishga tayyorligini yashirmagan Isroil endilikda AQShdan norasmiy rozilik olishi mumkin. Eron ichida esa qat’iy javob tarafdorlari kuchaymoqda — bu nafaqat yadroviy dastur tezlashuvi, balki AQSh va uning mintaqadagi ittifoqchilariga qarshi bevosita hujumlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Diplomatik yo‘l bilan muammo hal bo‘lmayotgan bir paytda tomonlar eski uslublarga — tahdidlar, sanksiyalar va kuch namoyishiga qaytmoqda. Bunday vaziyatda hatto tasodifiy hodisa ham yirik mojaro boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mintaqada yana qarama-qarshilik va to‘qnashuv muhiti hukmronlik qilmoqda.
@erontahlili

❤14🤔7⚡1🔥1
Forwarded from Hamid Sodiq | Rasmiy kanal
👍13🔥9❤3🤔2
AQShdagi O’zbekiston vatandoshlari podkasti kanaliga qo’shilishni tavsiya qilamiz.
Strategic Focus: Central Asia
Strategic Focus: Central Asia
👍10👏7❤2🍓2⚡1
Xorijiy jangarilarning Suriya armiyasiga integratsiyasi va uning oqibatlari
M.Imomov, mustaqil ekspert
AQSH Suriyaning taxminan 3,5 ming nafar sobiq chet ellik jangarilarni (bundan oldin Asad rejimiga qarshi urushgan shaxslar) yangi tashkil etilgan 84-diviziya tarkibiga kiritish rejasini ma’qulladi. Ushbu qaror AQSH prezidentining maxsus vakili Tomas Barak tomonidan tasdiqlandi. Ilgari AQSH chet ellik jangarilarning Suriya kuch tuzilmalarida ishtirok etishiga qarshi bo‘lgan edi. Barakning ta’kidlashicha, yangi hukumatga sodiq bo‘lgan jangarilarning davlat tuzilmalariga integratsiyasi ularning ijtimoiy chetlanishidan ko‘ra afzalroq. Unga ko’ra, bu jarayon beqarorlik xavfini kamaytirishiga xizmat qiladi. AQSH pozitsiyasidagi o‘zgarish, ehtimol, Trampning Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a bilan Ar-Riyodda o‘tkazgan muzokaralari bilan bog‘liq.
Mazkur qadam Markaziy Osiyo uchun uzoq muddatli oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. Chet ellik jangarilarning Suriya armiyasiga qo‘shilishi mamlakatni boshqaruv ostidagi reintegratsiya orqali barqarorlashtirishga urinaniyotgan harakat sifatida talqin qilinmoqda, ammo bu jangarilarning sadoqati, jangovar tajribasi va armiyada radikallashuv xavfi borasida jiddiy savollarni tug‘diradi. Chet ellik jangarilarning asosiy qismi Markaziy Osiyodan chiqqanligi bois, bu qaror mintaqa uchun alohida ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyolik jangarilarning Suriya armiyasiga qo‘shilishi mintaqada xavfsizlik tahdidlarini kuchaytirishi mumkin.
Birinchidan, Suriyada xizmat qilgan, radikallashgan jangarilarning vatanga qaytishi ekstremistik g‘oyalar tarqalishiga va beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, rasmiy armiyada xizmat qilganlik ularning jangovar tajribasini legallashtirib yuborishi va mahalliy hukumatlar nazoratini murakkablashtirishi mumkin.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ayni damda bu kabi shaxslarni kuzatish va xalqaro hamkorlar bilan xavfsizlik sohasida muvofiqlashtirilgan choralarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

❤15👍10⚡3🤮2💩2👎1🔥1
Rossiya prezidenti V.Putin: Kiyevdagi noqonuniy rejim terrorchilik tashkilotiga aylanib bormoqda.
Kiyevning homiylari — terrorchilarning ko’makchilari.
Ukrainaga tinchlik kerak emas, Kiyev rejimi uchun hokimiyat odamlardan muhimroq.
Bunday sharoitda nimani muhokama qilish mumkin? Axir, kim ham terrorchilar bilan muzokara olib boradi?

😁29💩19🤡12👍10❤2🤬2⚡1👎1😢1
Strategic Focus: Central Asia
Rossiya prezidenti V.Putin: Kiyevdagi noqonuniy rejim terrorchilik tashkilotiga aylanib bormoqda. Kiyevning homiylari — terrorchilarning ko’makchilari. Ukrainaga tinchlik kerak emas, Kiyev rejimi uchun hokimiyat odamlardan muhimroq. Bunday sharoitda nimani…
M.Imomov: Ukraina tinchlikdan voz kechmagan — unga ultimatum qo‘yildi
Rossiyaning “terrorchilar bilan muzokara qilinmaydi” degan bayonoti — bu uning tinchlik yo‘llaridan butunlay yuz o‘girganini rasman tasdiqlaydi. Ayniqsa bu ikkiyuzlamachilik sifatida namoyon bo‘lmoqda: aynan Rossiya 2022-yilda Istanbul muzokaralaridan chiqib ketgan va mojaro darajasini keskin kuchaytirgan edi. Ukraina esa hech qachon tinchlikdan voz kechmagan — unga tanlov emas, ultimatum taklif qilindi.
S.Pinxasova: Mojaroni harbiy holatda muzlatish — Moskvaning siyosiy taktikasidir
Putinning “Kiyevda gaplashadigan odam yo‘q” degan bahonasi yangilik emas. Ammo aynan Moskva vaziyatni harbiy to‘qnashuv darajasida ushlab turishga intilmoqda va bu orqali siyosiy muloqot imkonini butkul yo‘qqa chiqarmoqda. Bu esa charchatish strategiyasiga asoslangan bo‘lib, hech qanday muqobil yechimni taklif etmaydi.
A.Fayzullozoda: Zo‘ravonlik vositasi bo‘lgan terror — kimdan chiqqani ayon
Agar terrorizmni harakatlar orqali baholaydigan bo‘lsak, infratuzilmalarga ommaviy zarbalar berish, tinch aholi yashaydigan hududlarni yo‘q qilish, soxta “referendum”lar orqali hududlarni bosib olish — bularning bari zo‘ravonlik namunalari bo‘lib, hech qanday tinch yo‘lni anglatmaydi. Aslida kim terror vositalariga tayanayotganini hamma yaxshi biladi.
K.Ametov: Rejim almashishini talab qilish — muzokara emas, tahdid
Putinning “hozirgi Ukraina rahbariyati bilan muzokaralar olib borib bo‘lmaydi” degan bayonoti shuni ko‘rsatadiki, Rossiya faqat rejim almashishidan keyin muloqotga tayyor. Bunday yondashuv esa nafaqat xavfli, balki mojaroni muzlatib turish va murosali yechimlar ehtimolini butunlay yo‘qqa chiqaradi.
K.Akopyan: “Terrorchi” tamg‘asi — urushga mafkuraviy asos yaratish vositasi
Kiyevni tinchlikdan voz kechganlikda ayblab, uni “terrorist” sifatida ko‘rsatish — bu Rossiyaning o‘zini “tinchlikparvar”, Ukrainani esa “buzg‘unchi” sifatida tasvirlovchi ritorik konstruktsiyadir. Bu uslub ichki auditoriyaga voqeani soddalashtirib tushuntiradi, tashqi ittifoqchilar esa bunday harbiy harakatlarni “qonuniy” deb qabul qilishlari mumkin. Ammo bu yondashuv tobora halokatli tus olib, mintaqadagi vaziyatni yanada chuqurlashtirmoqda.

👍15❤10💯8⚡1
Hokimyat o‘zgarsa ham siyosat o‘zgarmaydi
A.Lukashenkoning iyun boshida Xitoyga qilgan tashrifi so‘nggi yillarda yuqori darajadagi uchrashuvlardan eng “g‘alati”si bo‘ldi. Tashrif nihoyatda yopiq va norasmiy muhitda o‘tdi: odatdagi diplomatik protokolga amal qilinmadi, davlat bayroqlari ko‘rinmadi. Televideniye faqat bir yarim daqiqalik qisqacha lavha bilan cheklandi. Eng e’tiborlisi — Si Szinpin bu uchrashuvdan oldin ikki hafta davomida omma oldida ko‘rinmadi. Bu esa Xitoy siyosatida ichki o‘zgarishlarga ishora qilishi mumkin.
Diplomatik manbalarga ko’ra, Lukashenko Pekinga 2 iyun kuni kelishiga qaramay, Si bilan uchrashuv 4 iyunda bo’lib o’tgan.
Belarus tomoni bu uchrashuvni “do‘stona oilaviy tushlik” deb ta’rifladi. Ammo Xitoy manbalarida Lukashenko Si Szinpinning ismini ham tilga olmagan. Holbuki, bir yil oldin Lukashenko uning yetakchiligini ochiq e’tirof etgandi. Bunday tafsilotlar Xitoy yetakchisining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yoki uning ehtimoliy ketishi haqida mish-mishlarga sabab bo‘ldi.
Biroq Markaziy Osiyo nuqtai nazaridan asosiy xulosa boshqacha: Pekinda kim hokimiyatga kelishidan qat’i nazar, Xitoyning mintaqamizdagi tashqi siyosiy yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Xitoyda qarorlar qabul qilish tizimi shunday tuzilganki, strategik yo‘nalishlar shaxsdan ustun turadi. Markaziy Osiyo Pekin uchun — geoiqtisodiy yo‘lak, logistika markazi, xomashyo manbai va mintaqaviy barqarorlikning muhim omilidir. Bu manfaatlar Si yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa rahbar davrida ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Mintaqa davlatlari Xitoy bilan munosabatlarni faqat shaxsiy aloqalar orqali emas, balki institutsional, uzoq muddatli va pragmatik mexanizmlar orqali rivojlantirish zarur. Pekinning tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi mumkin, ammo Markaziy Osiyodagi manfaatlarining mohiyati (nazorat, ta’sir va barqarorlik) o‘zgarmaydi.

👍17❤10🔥5👏1🤯1
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Aziz do’stlar!
Siz, azizlarni va butun musulmon ummatini ulug‘ va muqaddas bayram – Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz!
Bu fayzli kunlarda mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik g‘oyalari qalblarimizda yanada mustahkamlanadi. Qurbon hayiti insonni poklik, sabr-toqat va fidoyilik ruhida tarbiyalaydi, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, har bir xonadonga fayzu baraka, baxt va saodat yor bo‘lsin! Qurbonliklarimiz Yaratganning huzurida qabul bo‘lib, xalqimizning duolari ijobat bo‘lishini tilaymiz.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
SFCA jamoasi

❤18👍10🔥5
Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi. 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi ko‘zda tutilgan. Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojye, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyev shaharlaridan tashrif buyurishgan.
Ukraina Elchixonasining murojaatiga javoban O‘zbekiston tomonining taklifi va to‘liq ko‘magi bilan tashkil etilgan ushbu gumanitar missiya bolalarga ruhiy muvozanatni tiklashga hamda har kungi havo hujumlari va raketa zarbalaridan chalg‘ib dam olishga yordam berishni maqsad qilgan.
Bolalar va ularning kuzatuvchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, shundan so‘ng ular Tyan-Shan tog‘lari etagidagi go‘zal vodiyga yo‘l olishdi. Oromgohdagi kechki qabul samimiy va iliq ruhda tashkil etildi.
Tashrif dasturi juda mazmunli bo‘lib, bu O‘zbekiston davlat organlarining misli ko‘rilmagan darajada jalb etilganidan dalolat beradi. Uni amalga oshirishda mamlakatning deyarli barcha tegishli vazirlik va idoralari ishtirok etmoqda. Har kuni bolalarni “Milliy qadriyatlar kuni”dan tortib, “Sport va salomatlik kuni”gacha bo‘lgan mavzuli tadbirlar, ijodiy tanlovlar va ekskursiyalar kutmoqda.
Bunday kompleks yondashuv O‘zbekiston tomonining ushbu murakkab davrda ukrainalik bolalarga har tomonlama yordam va ko‘mak ko‘rsatishdan chuqur manfaatdor ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
Ukrainaning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi

👍40❤21😍8🤔2
Strategic Focus: Central Asia
Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi. 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi ko‘zda tutilgan. Bolalar Ukrainaning jangovar…
O’zbekiston tomonining Ukrainaga yordami SFCA ekspertlari nigohida:
A.Fayzullozoda: Toshkent Kiyevni qadrdon hamkor sifatida ko‘radi
Ukrainalik bolalarni qabul qilish tashabbusi — bu shunchaki insonparvarlik yordami emas, balki chuqur hamdardlik va birdamlik madaniyatining ifodasidir. Bu orqali Toshkent Kiyevni uzoqdagi davlat emas, balki qadrdon hamkor sifatida ko‘rayotganini namoyon etdi. O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini insoniy qadriyatlar asosida qurayotganini yana bir bor isbotladi.
S.Pinxasova: O’zbekiston-Ukraina munosabatlari ham rasmiy, ham xalq-diplomatiyasi asosida rivojlanmoqda
Ukrainalik bolalar tashrifini tashkil etishda O‘zbekistonning deyarli barcha vazirlik va idoralari faol ishtirok etayotgani bu jarayonga jiddiy va tizimli yondashuv borligini ko‘rsatadi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar faqat rasmiy doirada emas, balki xalqona, samimiy asosda rivojlanayotganining yorqin dalilidir.
K.Abdullayev: Toshkent - xalqaro birdamlik va tinchlik tarafdori
Xarkov, Xerson, Zaporojye kabi urushdan jabr ko‘rgan hududlardan kelgan bolalar O‘zbekistonda tinchlik va mehr-muhabbat topayotgani — bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi insoniy aloqalar qanchalik mustahkam ekanining ramziy ifodasidir. Toshkent yana bir bor o‘zini xalqaro birdamlik va tinchlik tarafdori sifatida ko‘rsatdi.

🔥20👏15❤10💯6👍2🤔1🤝1
Forwarded from Strategic Focus: Atlantic
Xabarlarga ko’ra, Buyuk Britaniya Ukraina uchun 2026-yil apreliga qadar 100 000 dona dron yetkazib berishni va’da qildi. Ta’kidlash joiz, o‘tgan yil Britaniya Ukrainaga atigi 10 000 dona dron yetkazgan edi. Ushbu loyiha 350 million funt sterling (474 million AQSh dollari)ga tushadi va bu Buyuk Britaniyaning joriy yilda Kiyevga 4,5 milliard funt miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatining bir qismi hisoblanadi.
G’arbiy alyans
G’arbiy alyans
👍20❤9👎5👏1