SANGZOR.uz | Расмий Канал
1.56K subscribers
20.2K photos
6.5K videos
29 files
21.1K links
Sangzor.uz - O'zbekistondagi voqealar, yangiliklar va joriy hodisalarga doir eng so'nggi ma'lumotlar

Barcha sahifalarimiz uchun havola:
http://myurls.co/sangzoruz

https://tttttt.me/sangzoruz_video

https://tttttt.me/SangzoruzBot Мурожаат боти
Download Telegram
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
#Davlat_dasturi

2023-yil “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” uchun Davlat dasturi tasdiqlandi.

Keng jamoatchilik muhokamalari natijasida ishlab chiqilgan dasturda bir qator muhim islohotlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul nonushta bilan ta'minlash, nogironlikni belgilashni soddalashtirish, tibbiy ma'lumotnomalarni qog‘oz shaklida talab qilish taqiqlash kabi vazifalar belgilangan.

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishda qanday qo‘shimcha qo‘layliklar yaratilishi haqida batafsil — #infografikada

Eslatib o‘tamiz, Davlat dasturi ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Jamoatchilik.uz portalida kuzatib borishingiz mumkin.

Siz ham 👉Yuksalish tarafdorlariga qo‘shiling!

@uzbyuksalish
#Infografika

Joriy yil boshidan O‘zbekistonda maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichi boshlandi. Natijada hukumatga bo‘ysunuvchi ijro hokimiyati organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 taga kamaydi. Hukumatda Bosh vazirning 8 nafar o‘rinbosari va 3 nafar maslahatchisi o‘rniga faqat 4 nafar o‘rinbosari qoldi.

Dunyo mamlakatlarida hukumat tarkibi qanday? Biz buni alohida davlatlar misolida #infografikada aks ettirdik.

Maʼlumotlarga ko‘ra, eng ixcham hukumatlardan biri Islandiyada: ayol Bosh vazir va 11 nafar vazir (ularning 4 nafari ham ayollar). Norvegiyada Bosh vazirning 9 nafar davlat kotibi va bir nafar siyosiy maslahatchisi, 18 nafar vaziri bor (ularning yarmi ayollar). Ispaniyada Bosh vazirning 3 nafar o‘rinbosari (barchasi ayollar), 22 nafar vaziri bor (12 nafari ayollar).

MDH va Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida hukumatning gender tarkibi sezilarli darajada farqlanadi: ayollar ko‘proq taʼlim, madaniyat yoki sog‘liqni saqlash vazirliklarini boshqaradi.

YUKSALISH HARAKATI
O'zbekistonda deputatlar saylovi endilikda majoritar va proporsional tizimi asosida o‘tkaziladi.

Har ikki tizim xususiyatlari haqida #infografikada tanishtiramiz.

📌Ma'lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.

YUKSALISH HARAKATI
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
Yurtimiz bo‘ylab havo harorati pasayib, tinimsiz yog‘ayotgan qor sababli yoʻllar muzlashi aytilmoqda.

Yoʻllardagi muz qoplamalar avtohalokatlar ehtimolini oshiradi. Bunday paytda xavfsizlik choralariga rioya qilish bilan toʻqnashishlar oldini olish hamda haydovchi, yoʻlovchi va piyodalar hayotini, salomatligini saqlash mumkin.

#Infografikada yo‘llar muzlaganda xavfsiz harakatlanish boʻyicha haydovchilarga maslahatlar berilgan.

YUKSALISH HARAKATI
#Davlat_dasturi_2024

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Dasturda yoshlarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishida belgilangan chora-tadbirlar #infografikada aks etgan.

YUKSALISH HARAKATI
O‘zbekistondagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi.

Sel kelganda qanday yo'l tutish kerak? Asosiy tavsiyalar bilan #infografikada bo'lishamiz.

YUKSALISH HARAKATI