SANGZOR.uz | Расмий Канал
1.53K subscribers
20.6K photos
6.74K videos
30 files
21.5K links
Sangzor.uz - O'zbekistondagi voqealar, yangiliklar va joriy hodisalarga doir eng so'nggi ma'lumotlar

Barcha sahifalarimiz uchun havola:
http://myurls.co/sangzoruz

https://tttttt.me/sangzoruz_video

https://tttttt.me/SangzoruzBot Мурожаат боти
Download Telegram
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobotini to‘ldirish bo‘yicha tavsiyaviy qo‘llanmalar ishlab chiqildi

Soliq davri yakunlari bo‘yicha foyda solig‘i hisoboti soliq to‘lovchilar tomonidan soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etiladi.
👉Soliq kodeksi 339-modda

🗓 Shunga ko‘ra, 2023-yil yakunlari bo‘yicha foyda solig‘i hisoboti 2024-yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.

🔹 Soliq to‘lovchi tomonidan soliq solish maqsadlarida tanlagan hisob siyosatidan kelib chiqib, hisob-kitob shaklidan tovarlar (xizmatlar) tannarxi aniqlash bo‘yicha quyidagi usullaridan birini tanlashi lozim:
▫️Bevosita xarajatlar moddalari asosida tovarlar (xizmatlar) tannarxi aniqlanganda (2.1(a)-ilova) mutanosib yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish;
▫️Bevosita xarajatlar summasi asosida tovarlar (xizmatlar) tannarxi aniqlanganda (2.1(b)-ilova) mutanosib yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish.
Bunda tanlangan usulga “1” raqami qo‘yiladi.

🔹 Xarajatlar bo‘yicha 2-ilova to‘ldirilmaydi. Uning o‘rniga 2.1-ilova to‘ldiriladi.

🔹 Soliq hisobi maʼlumotlariga ko‘ra xarajatlar (zararlar) bo‘yicha 2.1-ilovaning 020-satri maʼlumoti, 2.1(a)-ilovaning 090-satri 5, 7-ustunlaridan yoki 2.1(b)-ilovaning 090-satri 4-, 6-ustunlaridan avtomat shakllanadi.

🔹 Asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari mavjud soliq to‘lovchilar 4- va 5-ilovalarni ham to‘ldirishi lozim.

📖 Soliq to‘lovchilarga yengillik yaratish maqsadida soliq xizmati organlari mutaxassislari tomonidan o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha sohalar kesimida foyda solig‘i hisobotini to‘ldirish yuzasidan tavsiyaviy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

👇Quyidagi havolalar orqali tavsiyaviy qo‘llanmalar bilan tanishish mumkin.
Savdo faoliyati
Xizmat ko‘rsatish
Ishlab chiqarish
Qurilish sohasi
Qishloq xo‘jaligi