🇺🇿🇮🇷 2025-yil 10-noyabr kuni
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Eron Islom Respublikasining sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Atabak bilan uchrashdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
🟠 Energetika,
transport,
logistika,
farmatsevtika va
turizm sohalarida kooperatsiyani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Qoʻshma ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda mahsulotlarni mintaqaviy bozorlarga olib chiqish boʻyicha amaliy tashabbuslar koʻrib chiqildi.
🟠 Uchrashuv yakunida taʼkidlanganidek, 2024-yilda oʻzaro savdo hajmi
500 million dollarni tashkil etdi. 2025-yil 1-sentabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda eron kapitali ishtirokida
222 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ular
qurilish,
transport va
farmatsevtika sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda.
🟠 Uchrashuv konstruktiv ruhda oʻtib, ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
——
🇺🇿🇮🇷 10 ноября глава МИПТ Лазиз Кудратов провёл встречу с
министром промышленности, шахт и торговли Исламской Республики Иран Мохаммадом Атабаком. Стороны обсудили расширение торгово-экономических связей, реализацию совместных проектов и укрепление взаимовыгодного партнёрства.
🟠 Особое внимание уделено развитию кооперации в
энергетике,
транспорте,
логистике,
фармацевтике и
туризме. Рассмотрены практические инициативы по созданию совместных производств и продвижению продукции на региональные рынки.
🟠 По итогам встречи подчеркнуто, что в 2024 году объём взаимной торговли составил
500 млн долларов. На 1 сентября 2025 года в Узбекистане действует
222 предприятия с участием иранского капитала, реализующие проекты в
строительной,
транспортной и
фармацевтической сферах.
🟠 Встреча прошла в конструктивной атмосфере и стала важным шагом на пути к дальнейшему расширению практического сотрудничества и укреплению экономических связей между двумя странами.
——
🇺🇿🇮🇷 On November 10, 2025,
Minister of Investment, Industry and Trade Laziz Kudratov held a meeting with the Minister of Industry, Mines and Trade of the Islamic Republic of Iran, Mohammad Atabak. The parties discussed the expansion of trade and economic relations, implementation of joint projects, and strengthening of mutually beneficial cooperation.
🟠 Special attention was paid to enhancing cooperation in the fields of
energy,
transport,
logistics,
pharmaceuticals, and
tourism. The sides reviewed practical initiatives aimed at establishing joint production facilities and promoting goods to regional markets.
🟠 It was noted that in 2024, the bilateral trade volume amounted to
USD 500 million. As of September 1, 2025, there are
222 enterprises operating in Uzbekistan with Iranian capital participation, implementing projects in the construction, transport, and pharmaceutical sectors.
🟠 The meeting was held in a constructive atmosphere and marked an important step toward further expanding practical cooperation and strengthening economic ties between the two countries.
◽️Facebook ◽️Instagram ◽️LinkedIn ◽️X