Josh*Developer
4.68K subscribers
452 photos
40 videos
13 files
702 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
2025-yil menda qanday o'tdi?

Bu yil hayotimda juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Eng qizig'i esa, ko'p natijalarimni yil boshida reja qilmagan edim.

Alloh bu yil bizga tuhfa etgan natijalar:

1. Ping pong dev - yil boshida shogirdlarim bilan stol tennis o'ynashga borgandik. Shunda o'zim ham shunaqa zal ochsam deb niyat qilgandim. 1 oy o'tar-o'tmas ochdik. Ajoyib natijalarga erishdik va Avgust oyida biznesni bizdan ham ko'proq qiziqadigan insonlarga topshirdik (sotdik 💸).

2. Farzand - Muhammadsolih o'g'limiz dunyoga keldi. Tug'ilishi juda stressli bo'ldi. Yo'qotib qo'yishimizga oz qoldi.
Allohga shukur-ki, hozir yonimizda va juda yaxshi 🙂 Duo qilib qo'yarsizlar.)

3. Startup - o'xshamadi 😅 Bir nechta startup'larni qilishga urunib ko'rdim. Afsuski hozircha natija yo'q 🙂 "Fail" bo'lish ham tajriba bo'ldi. Olgan tajribalarimdan eng kattasi: Yaxshi jamoa - suv va havodek muhim.

4. Uy - uzoq kutilgan uyimizga erishdik. Bir necha yil yig'ilgan pullar va stresslar, qarzlar bor buni ortida.
Internetda qimmat mashina va uylarini ko'rsatib, dasturlash yoki boshqa sohadan kurs sotayotganlarga ishonmang. Deyarli hech qaysi halol kasb bilan juda tez natijaga erisha olmaysiz.
Dasturlash orqali mana salkam 6 yil deganda Toshkentdan 1 xonali uyni qiynalib qilib oldik, Xudoga shukur. Shu vaqtda katta qarz berib turgan insonlardan Alloh rozi bo'lsin 🙂
(Ayniqsa Unicon Soft kompaniyasiga, ishdan ketgan bo'lsam ham qo'llab turishdi)

5. Masofaviy ish - 2 yillik ofisdagi tajribadan so'ng, EPAM'ga qaytishga qaror qildim. Ofis ishini orada sog'inyapman ham, shu sabab eski ishxonamga ora-orada borib, hamkasblar bilan ko'rishib turibman.

6. Frontend arxitektura - 1 oylik kursimizni muvaffaqiyatli o'tkazib oldik. Juda ajoyib jamoa yig'ildi, kurs ham ancha manfaatli bo'ldi. O'zim uchun ham. (Videolari qiziq bo'lsa, link 😉)

7. Avtomobil - oilali bo'lgandan so'ng, taksida yurish qiyinlashib ketgan edi. Avtomobil kerakligi sabab, ozgina qarz qilib ovoldik, Xudoga shukur. (P.s: 3 oylik qarz, uzoq muddatlik qarz bo'lishni tavsiya bermayman)

Esimga kelgan katta o'zgarishlar shular. Sizlarnikini o'qishga tayyorman ⬇️

Barchasi uchun Alhamdulillah. Keyingi 2026-yil hammamizga bundanda barakali bo'lsin.

#yearlyUpdates

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75168🔥5👏1