Josh*Developer
4.68K subscribers
452 photos
40 videos
13 files
702 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Hozirda ko'proq loyiha arxitekturasi haqida va yo'nalishimdagi "Advanced" mavzular haqida yangi bilimlar olishga harakat qilyapman.

Keyingi oydan mentor bilan C# .NET o'rganishni boshlashim kerak inshaaAlloh. Ammo hali ham tanlovda qiynalyapman. Java, Node yoki .NET tanlovlari bor. Mentorim va atrofimdagilar .NET dasturchilari va shuni tavsiya qilishyapti. Ammo, Java va Angular birgalikda ko'proq ishlatilgan ekan. indeed.com orqali qidirib ko'rdim buni. Node(+Nest.js) esa o'rganib ketishim uchun juda oson. Ammo, vakansiyalar jihatidan kamroq.

Kanal a'zolarini fikri ham qiziq bu borada 🙂

Hozircha shu yangiliklar menda.

#updates

@JoshDeveloper
👍14🤝14👀41💯1
Mentor boshchiligida C# o'rganishni boshladim.

Mentor topish juda oson ekan ishxonamizda. Bir kunda juda tajribali mentor topib, o'rganishni ham boshlab oldik.

#updates

@JoshDeveloper
👍53🏆2🔥1🤝1
Biroz og'ir ish haftasi bo'ldi 😢😄

Ishdan tashqari C# .NET o'rganishga ham vaqt ajratishga harakat qildim.

Komfort zonaga tushib qolibman. Passiv o'rganish jarayonidan, aktivga o'tish biroz charchatib qo'yarkan odamni.

Endi sekin sekin qaytib olaman aktivga inshaaAlloh

C# yoqyapti, biroz qiyin joylari ham bor ekan. Juda "strict" til ekan.

Ammo, umumiy dasturlashni bilganim uchun juda tez bo'lyapti, faqat C#ni o'ziga aloqador funksiya va boshqa narsalarni ko'rish qiynab qo'yarkan.

Udemy'da "Mosh Hamedani"ning Beginner kursini ko'ryapman. Tugay deb qoldi.

Shunday gaplar :)

#updates

@JoshDeveloper
👍73🏆8🌚3😁2🤝1
Ishimda lay-off masalasi nima bo'ldi ?

Ulardan loyiha shu oy tugagandan so'ng, minimum qancha muddat "bench"da o'tirishimni so'ragan edim.

Bench - Zahira. Ishda loyihasiz dasturchilar zahiraga olinadi. Futboldagidek ⚽️

Aniq javob berishmadi. Juda cho'zishyapti. Ammo, kecha aytishlari bo'yicha, "Sizni iloji boricha ko'proq bench'da ushlab turmoqchimiz loyiha chiqquncha" deyishdi.
Kamida 2 oy oylik to'lab "bench"da ushlab turish niyatlari borligini, ammo hali 100% aniq bo'lmaganini aytishdi.

Bu javobdan keyin, rejalarimga ikkilanib qoldim. Ammo, hozir ish qidirmasligim aniq bo'ldi. Kamida Iyun oyidan boshlashim mumkin. Yana Alloh biladi.

Shunaqa gaplar :)

#updates

@JoshDeveloper
👍63👨‍💻5🎉41
Bugun nihoyat bo'sh vaqtim bo'lib, ASP.NET'da CRUD uchun API ko'tardim. Juda ko'p narsalar tayyor ekan. Angular'dagidek.

Endi sekin qiyinroq amallar ustida ishlashni boshlayman. Orada C# Advanced kursini ham tugatdim, ammo hali zo'r bilaman deyolmayman. Amaliyotda o'rganib ketaman endi inshaaAlloh.

Shunaqa gaplar :)

#updates

@JoshDeveloper
👍40🏆3🤝21👏1😁1👌1
Kecha Google tomondan birqancha gigant kompaniyalarga zarbalar ro'y berganini yaxshi bilamiz. Microsoft, Apple va boshqa kompaniyalar bunga misol.

Google'dagi Angular jamoasi ham yangiliklarni davom ettirishyapti.

What's new in Angular ?
https://youtu.be/uqWUv0dpib0

Bu bilan Meta'ga zarba berdi demoqchi emasman. O'zingiz tushunib olarsiz. 😅
(#joke - #hazil - #шутка - #yana_qaysi_tilda_yozay?)

#updates
😁26👍42🥱2😐2
Yangi ish joyi, yoxud global kompaniyadan, lokal kompaniyaga o’tish qanday kechdi?

Xo’sh. Xabaringiz bor. EPAM, ITransition’lardan keyin, lokalniy kompaniyaga o’tishga qaror qilgandim. Bunga quyidagicha sabablar turtki bo’lgandi:

1. Bozor yomonligi va chet el kompaniyalarida “lay-off”lar istalgan payt bo’layotgani. (Stabil ish joyi kerakligi.)
2. Lokal kompaniyada ko’proq mas’uliyat olib, tezroq o’sish.
3. O’zimga ham qiziq bo’lgandi. 😅️️️️

Birinchi oyni ham o’tkazib oldik Alhamdulillah.

Qanday bo’ldi?

Kutganimdan yaxshi. Jamoaga va loyihaga ko’nikib oldik. Alloh fazli bilan. Loyiha biznes protsessi biroz kattaligini aytmasa, qolgan tomondan hammasi yaxshi.

Nimalar yoqdi?
Ofis yaxshi. Jamoa va ishchilar ajoyib.
Tepangizda turib, har 1 soatda tekshirib kelishmaydi, erkin ishlashga berishadi, shu orqali sifatli ishlasa bo’ladi. Ishxonada mendan kuchlilar ko’pligi ham ancha hursand qildi. Ish vaqti qat’iy emas, falon soatdan ishda bo’l deyilmaydi. Ba’zan biroz kechroq ishni boshlasangiz, muommosi yo’q(lekini bor, keyingi bo’limda).
To’g’ri, bu aytganlarim hamma joyda bo’lishi kerak. Lekin, lokal va davlat loyihalarini qilayotgan kompaniyadan bularni kutish biroz qiyin edi men uchun.

Nimalar yoqmadi?
1. SDLC(Software Development Life Cycle) yaxshi rivojlanmagan. Tartib biroz kamroq. Bu haqida o’z fikrlarimni ulashdim. Balki o’zgarish bo’lar :)
2. Ish vaqti qat’iy belgilanmagani, ba’zan zararingizga ishlaydi. Ya’ni, “overwork” bo’lib ketish ehtimoli katta.
3. Ofis binosida namoz o’qib olish mumkin emas ekanligi xayron qoldirdi. Bilishimcha bu kompaniyani aybi emas. Boshqa sabablar tufayli. Ammo, masjidga borib kelishga qarshilik qilishmaydi. Shunga ham shukur.

Umumiy fikrimni aytadigan bo’lsam, hammasi yaxshi. Kutganimdan yaxshiroq desam ham bo’ladi.
Shuyerda kattaroq natijalarga erishishni ko’zlaganman. Xudo xohlasa.

Shunaqa gaplar :)

#updates

@JoshDeveloper
👍115🔥7💯52🥰2
Ayni paytda ishda quyidagi kabi vazifalar bilan bandman:

1. Bug to’g’irlash, Feature qo’shish.
2. Loyiha arxitekturasini yaxshilash.

Aynan shu ikkinchisi ustida ko’p ishlar qilyapmiz. Monorepo ko’rinishiga olib kelish harakatidamiz. Nx ishlatyapmiz. Monorepo ichidagi loyihalarni Module Federation orqali bir biri ichida ishlatish varianti ham bor. Bu haqida bir qarorga hali kelmadik.

Xullas yaxshi tajribalar bo’lyapti.

#updates

@JoshDeveloper
🔥29👍62🌚1