Josh*Developer
4.66K subscribers
451 photos
40 videos
13 files
703 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Tepadagi poll'ni nega tashladim?

Poll aslida umuman boshqa mavzu haqida edi. Asosiy mavzu "Saving"(Jamg'arma) qilish haqida.

6 oylik jamg'armasi bor ishchi bilan, 1 oylik jamg'armasi bor ishchini ishdan bo'shatilishidan qo'rqish darajasi qanchalik bo'ladi bilasizmi?
Ancha. Jamg'arma qilish o'zingizni biroz erkinroq tutishingizga yetaklaydi.

Bilaman hamma ham jamg'arma qilolmaydi. Lekin imkoningiz bormi? Bekorchi narsalarga emas, jamg'arishga harakat qiling. Bu sizga erkinlikka eshik ochadi. Ishda dadil va o'zingizga ishonchli bo'lasiz.
Eng asosiysi, korxona sizni emas, siz korxonani tanlab ishga kira olasiz. (Albatta tajribali ishchi bo'lsangiz). Istasangiz biror g'oyangizni sinab ko'rishingiz, o'xshamasa yana qaytishingizga imkon bo'ladi.

Mana shu sabablar tufayli ham, qarz olishdan qochaman. Imkon qadar qarzdor bo'lmaslikka harakat qilaman. Bo'lsam ham uzoq muddatli emas, qisqa muddatga bo'lishni ma'qul ko'raman.

P.s: Ishdan 5 kunlik dam olish olganman, hozir "Psychology of money" degan kitobni o'qiyapman. Yaxshi insight'lar yoritilgan ekan. Tepadagi fikrlarimda ham shulardan bir oz ilhomlandim. Kitobdan parchalarni @umar_shares kanalida yozib boryapman.

#saving

@JoshDeveloper
👍29🔥421💯1🫡1💊1