Josh*Developer
4.68K subscribers
452 photos
40 videos
13 files
701 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Dasturlashda hozirgacha bo’lgan yo’lim.

Video qilmoqchi edim. Ammo, vaqtim kamlik qildi. Ulgurmas ekanman yaqin orada.
Shu sabab yozaqolaman. Uzun bo’lmasligi uchun, faktlar ko’rinishida yozaman. O'ylaymanki Frontendga kirmoqchi bo'lganlarga ham va boshqalarga ham qiziq bo'ladi.

2019
- 2019-yilda dasturlashga kirib keldim.
- Eng birinchi CSS o’rganaman deb, C++ kitobini topib o’qiy boshladim.
- Kursga qatnashni boshladim.
- Keyin CSS boshqa narsa ekanligini tushunib yetdim. 😄️️️️
- Kursda 4 oyga yaqin o’qidim. O’rgangan texnologiyalarim. (HTML, CSS, SCSS, BOOTSTRAP, JAVASCRIPT, JQUERY, orada PHP MYSQL bilan ham ishlab ko’rdik)
- Kursni boshlaganimga 3 oy bo’lar bo’lmas, ishga kirdim.
- Shu orada 200 000 so’mga zakaz ham olgandim. 2 hafta qiynalib qilganman. 😄️️️️
2020
- Birinchi ishimdan 1 oy bo’lmasdan ketdim. Yomon joy ekan. (Qaysi joy ekanini kommentda yozib qoldiring. Siz buni bilasiz)
- Uyda tayyorlanib, ikkinchi ishimga kirdim.
- Sog’liqimda muommolar chiqib, ikkinchi ishimdan ketishga majbur bo’ldim. Batafsil.
- Boshqa ish joyiga kirdim. Ularga 2 tacha loyihani to’liq topshirdim. Pul berishmadi. Ketdim.
- Zakazga loyihalar qilish yo’liga o’tdim.
- Orada Backend’ga kirib chiqdim yana. Node Express…
- Angular o’rganishni boshladim.
- O’z jamoamni tuzdim.
- Yil oxirigacha zakazlar va loyihalarim ustida ishladim.
2021
Davomi postga sig’madi, qolgani kommentda ⬇️

#experience

@JoshDeveloper
👍44🔥72🤣1