UzHackerSW
125 subscribers
507 photos
2 videos
1 file
124 links
Kanalimizda kompyuter bo'yicha
✔️ boshlang'ich ma'lumotlar
✔️ qiziqarli faktlar
✔️ foydali maslahatlar
berib boriladi.
Download Telegram
#bu_qiziq
Sizda noutbuk bormi?
Xo‘sh, modeli qanday?
- HP
- Acer
- Asus
- Lenovo
- Samsung
- Dell
- Macbook
- boshqa
O‘zbekiston bozorlarida eng ko‘p tarqagan noutbuk modellari bu
- Acer
- Asus
- Lenovo
hisoblanadi
Ular narx jihatdan ham arzon, sifat jihatdan ham yaxshi. Ularni parametrik ko‘rsatkichlari (hhd, ram, core) deyarli bir xil.
Shunday ekan sizda savol tug‘ilishi mumkin, qaysi noutbuk yaxshi, qaysi birining esa sifati past?
O‘z shaxsiy kuzatuvlarimizdan shuni aytishimiz mumkin-ki, yuqori ro‘yxatdan sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha eng quyi pog‘onani Lenovo noutbuklari egallaydi
Ba'zilarda "nega" degan savol tug‘ilishi mumkin.
Aslini olganda Lenovo savdo belgisi ostidagi noutbuklar narx jihatdan ko‘p noutbuklardan arzon, parametrik jihatdan esa bir xil narxdagi Acer va Asus noutbuklaridan ustun ko‘rinadi. Lekin shunga qaramay, bu noutbuklarda texnik muammolar yetarlicha ko‘p yuzaga keladi, yoki noutbuk hech qachon 100% ishlamaydi
Bu noutbuklarning asosiy kamchiligi ham ularning yuqori parametrik ko‘rsatkichlaridadir, ya'ni, bu noutbuklar bir biriga uncha mos kelmagan qism (intel protsessori va AMD videokartasi, AMD protsessori va intel video kartasi, 2 GB RAM va 1TB doimiy xotira va h.k.) lar bilan ta'minlangan.
ASUS noutbuklari foydalanuvchilari bu noutbuklarning biror bir ustunligini aytisha olmasada, noutbuklarining batareykalari boshqa noutbuklarning batareykalariga qaraganda uzoq vaqt xizmat qilishini ta'kidlashgan.
ACER noutbuklari yetarlicha obro'li noutbuklardan hisoblanadi, bu noutbuklardagi qismlar (HHD, RAM, videokarta va b.) bir biriga mos tarzda qo‘shiladi.
HP esa ochig‘ini aytganda Acer dan-da obro‘li va yetarlicha qimmat ham. Bu brend ostidagi noutbuklar o‘zlarining uzoq muddatli batareykalari, sifatli ishlashi va korpusining yorqin rangi bilan ajralib turadi
MACBOOK - Apple korporatsiyasi mahsuloti bo‘lib, xorijda yuksak baholanadi. Tabiiyki narxi ham o‘ziga yarasha (o‘rtacha 1000 $).
Bu noutbuklar virus yuqtirmasligi bilan mashhur va o‘ylashimcha ko‘pchilik shunday noutbukga ega bo‘lishni istaydi.
Iphoni bor odamga Macbook yarashadi 😜
Lekin shuni ishontirib aytamanki, agarda siz uzoq vaqt Acer, HP va shu kabi brend ostidagi noutbuklardan foydalangan bo‘lsangiz, Macbookda ishlash sizni ensangizni qotiradi! 😨
Bu noutbuklar virusli fleshkalarni ochmaydi, o‘rnatilgan diskovodga deyarli ega emas, faqat Apple korporatsiyasiga tegishli bo‘lgan serverdangina dastur o‘rnatadi, internetga ulangan bo‘lishni talab etadi.
To‘g‘ri, ko‘p dasturchilar, dizaynerlar, tadbirkorlar va boshqa daromadli kasb egalari Macbookni afzal ko‘radi. Lekin, agarda siz hujjatlar bilan ishlasangiz, kompyuter o‘yinlari ishqibozi bo‘lsangiz, yoki birinchi marotaba noutbuk olgan bo‘lsangiz Macbook olishni sizga maslahat bermaymiz. Boshqa hollarda esa bemalol olishingiz mumkin (agar ortiqcha 1000 $ puliz bo‘lsa albatta)